Посты канала Creative Tech
👀 «Hali ro‘yxatdan o‘tmaganman…» deganlar, keyingi post siz uchun! So‘rovnomada ayrimlaringiz ro‘yxatdan o‘tishni rejalashtirayotganingizni, boshqalaringiz esa batafsil ma’lumot kerakligini bildirdingiz. Sizni eshitdik! 💬 Creative Tech akademiyasiga qanday ro‘yxatdan o‘tishni keyingi postda bosqichma-bosqich tushuntiramiz.
Открыть в Telegram🚀 Siz sevgan qahramonlar ham birinchi eskizdan boshlangan! Personajning ko‘rinishi, kiyimi va ranglari uning xarakterini ochib beradi. Har bir detal: yangi hikoyaning bir qismi. ✍️ Creative Tech’dagi darslardan lavhalar: o‘quvchilarimiz personaj dizayni bilan tanishib, grafik planshetda o‘z g‘oyalarini tasvirga aylantirmoqda. Siz ham xayolingizdagi qahramonlarni yaratishni xohlaysizmi? 🌐 Ro‘yxatdan o‘ting: https://creativetech.uz/ 💬 Savollaringizni izohlarda yozib qoldiring!
Открыть в TelegramUlarning soatlab qilgan mehnatini biz bir necha soniyada ko‘ramiz. Bir qarash, bir tabassum, bir sakrash… Ekranda tabiiy ko‘ringan har bir harakat ortida animatorning mahorati, sabri va tasavvuri bor. 🥳 28-oktabr — Xalqaro animatorlar kuni! Creative Tech jamoasi barcha animatorlarni, ustozlarimizni va bu kasbni o‘rganayotgan bo‘lajak ijodkorlarni bayram bilan tabriklaydi!
Открыть в Telegram✍️ Creative Tech — yangi bilimlar sari ilk qadam! Har bir yangi yo‘nalish ortida savollar, izlanishlar va yangi imkoniyatlar bor. Creative Tech bilan tanishuv ham aynan shundan boshlanadi — tushunish, savol berish va yangi bilimlarni kashf etishdan. 🎬 Akademiyamizdagi jarayondan kichik lavha. 💬 Creative Tech haqida savollaringiz bormi? Ularni izohlarda yozib qoldiring — sizni qiziqtirgan savollarga javob beramiz!
Открыть в Telegram🔥 SHREK’DAGI AJDARHO OLOVI ASLIDA… PUFAKLARDAN YARATILGAN! Ha, noto‘g‘ri o‘qimadingiz. 🐉 Shrek (2001) filmida ajdarho Shrek va Eshakni quvib, ularga olov purkaydigan sahna bor. Animatorlar avval oddiy CGI olovini sinab ko‘rishgan, ammo u ajdarhoning og‘zidan otilganda tabiiy ko‘rinmagan. Ular qanday yechim topishgan? 🔥 Jamoa maxsus simulyatsiya yordamida jo‘shqin, aylanib harakatlanuvchi pufakchalar oqimini yaratgan. Keyin uning ustiga olov ko‘rinishini berishgan. Natijada ekranda biz ko‘rgan ajdarho olovi paydo bo‘lgan. Bu shunchaki animatsiya emas — VFX (Visual Effects): fizika, simulyatsiya va kompyuter grafikasini birlashtirib, imkonsiz narsalarni ishonarli ko‘rsatish san’ati. 🎮 Creative Tech’da aynan shunday texnologiyalar o‘rganiladi: olov, tutun, portlash, suv va boshqa vizual effektlarni yaratish. ➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://CreativeTech.uz/
Открыть в Telegram🚀 Kelajak kasblari bugundan boshlanadi! 💻 Creative Tech’da nazariya amaliyot bilan uyg‘unlashadi! Akademiyamizda yoshlar zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganish, soha mutaxassislaridan bilim olish va o‘z ijodiy salohiyatini rivojlantirishda davom etmoqda. 🎯 Bizning maqsadimiz - shunchaki bilim berish emas, balki kreativ industriyada o‘z o‘rnini topa oladigan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash. 🎬 Creative Tech’dagi haqiqiy muhitni ko‘rishga tayyormisiz? 🔥 Videoni hoziroq tomosha qiling, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishing va kelajak sari ilk qadamni biz bilan qo‘ying! ➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://CreativeTech.uz/
Открыть в Telegram🚀 MIYAMDA SHEDEVR. EKRANDA NOL. Har bir katta loyiha kichik bir g‘oyadan boshlanadi. Ammo g‘oyani haqiqiy mahsulotga aylantirish uchun bilim, amaliy ko‘nikma va to‘g‘ri yo‘nalish kerak. 🎨 Creative Tech - yoshlarning ijodiy salohiyatini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan birlashtiruvchi ta’lim tashabbusi. 🎮 GameDev, 3D Modeling, animatsiya va boshqa kreativ texnologiyalar yo‘nalishlarida yoshlar o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirib, g‘oyalarini real loyihalarga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 💡 Maqsadimiz - O‘zbekistonda yangi avlod raqamli ijodkorlarini tayyorlash, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mamlakatimiz kreativ industriyasining rivojlanishiga hissa qo‘shish. Tasavvurdagi g‘oyalarni ekranga olib chiqish vaqti keldi! ➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://CreativeTech.uz/
Открыть в TelegramBir necha soniyada tomosha qilasiz. Biz esa har bir detalini yaratamiz. Qahramonning yuz ifodasi, sahnaga tushgan yorug‘lik, o‘yindagi harakat: bularning har biri ortida izlanish, sinov va jamoaning mehnati bor. Creative Tech’da g‘oyalar shu tariqa shakl oladi: dastlabki eskizdan 3D modelgacha, tekstura va animatsiyadan tayyor loyihagacha. Jarayonda muhokama qilamiz, xatolarni tuzatamiz, qayta sinaymiz. 📸 Bugun sizga natijaning ortidagi jarayonni va uni yaratayotgan insonlarni ko‘rsatamiz. Suratlarni varaqlang! Sizni qaysi bosqich ko‘proq qiziqtiradi: 3D modellashtirish, animatsiya yoki o‘yin yaratish?
Открыть в Telegram