Account

Posts of ConsultingUz | Chet elda qonuniy ishlash

newest first

#1093Photo
Views4,200−57%vs avg
Forwards—
Reactions16
Comments—
#1092Photo

🇩🇪 YANA BIR MUHIM NATIJA — GERMANIYA ISH VIZALARI CHIQA BOSHLADI! 🎉 Germaniyada ichki va tashqi fasad ta’mirlash ishlari bo‘yicha e’lon qilgan loyihamiz doirasida saralangan nomzodlarning ish vizalari tasdiqlanib, pasportlari topshirila boshlandi! ✅ Bugun ushbu loyiha doirasida tanlab olingan malakali mutaxassislarimizdan biri Germaniya elchixonasidan ish vizasini muvaffaqiyatli oldi! 🇩🇪 Endi u yaqin kunlarda Germaniyaga yo‘l olib, qurilish va ta’mirlash sohasida o‘z kasbiy faoliyatini boshlaydi. ✈️🏗 📚 DaF Sprachzentrum — til o‘rganishdan Germaniyada ishlashgacha! Quvonarlisi, ushbu nomzodimiz nemis tilini DaF Sprachzentrumning Kosonsoy filialida o‘rgangan! 🇺🇿 O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganishdan boshlangan yo‘l bugun Germaniya ish vizasini olishdek muhim natijaga olib keldi. Bu natija DaF Sprachzentrum va ConsultingUz hamkorligining amaliy samarasidir. 📋 Nomzodimiz quyidagi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdi: ☑️ DaF Sprachzentrum Kosonsoy filialida nemis tilini o‘rganish ☑️ Ma’lumot va hujjatlarni tekshirish ☑️ ConsultingUz bilan dastlabki suhbat ☑️ Kasbiy tajriba va malakani baholash ☑️ Germaniyalik ish beruvchi bilan suhbat ☑️ Mehnat shartnomasi va viza hujjatlarini tayyorlash ☑️ Germaniya ish vizasini olish 🇩🇪 💡 Har bir muvaffaqiyatli viza ortida katta mehnat, til o‘rganish, kasbiy tajriba va puxta tayyorgarlik turadi. Biz uchun eng muhim natija — nomzodlarimizning Germaniyada o‘z kasbi bo‘yicha qonuniy mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishidir. 🤝 DaF Sprachzentrum — bilim va til tayyorgarligi! 🤝 ConsultingUz — kasbiy imkoniyatlar va amaliy natija! 🎉 Viza olgan nomzodimizni samimiy tabriklaymiz! Unga Germaniyadagi yangi hayoti va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇩🇪🇺🇿 ConsultingUz — va’da emas, natija! 📢 Ushbu xushxabarni Germaniyada ishlashni maqsad qilgan do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan ham ulashing! ✈️ Telegram | 📷 Instagram | ▶️ YouTube

Open in Telegram
Views8,570−11%vs avg
Forwards—
Reactions39
Comments—
#1091Photo

GERMANIYADA 6 OYLIK GASTRONOMIYA WEITERBILDUNG DASTURI! Germaniyaning ko‘ngilochar parkida ishlab, gastronomiya sohasida malakangizni oshirishni xohlaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 📚 Dastur haqida: 🗓 Ish boshlanishi: 2027-yil mart va aprel oylaridan ⏳ Davomiyligi: 6 oy 👤 Yo‘nalish: restoran va ko‘ngilochar park xodimi 📍 Joylashuv: Janubiy Germaniya 📥 Hujjatlar qabuli: ochiq 💼 Ish haqi va sharoitlar: — Ish haqi: soatiga kamida 14,60 yevro brutto — 2027-yilda Germaniyada amal qiladigan qonuniy eng kam ish haqi — Brutto — soliq va ijtimoiy sug‘urta badallari ushlab qolinishidan oldingi summa — Germaniya qonunchiligiga muvofiq rasmiy mehnat sharoitlari va ta’til huquqi — Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati — Yirik kompaniyada xalqaro ish tajribasi — Ijara asosida yashash joyi topib beriladi — Yashash joyi narxi: oyiga taxminan 250–400 yevro 📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 🎓 O‘zbekistonda turizm yoki nemis tili yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lish 🗣 Nemis tili sertifikati shart emas! Biroq nemis tilida muloqot qila olish va Germaniyadagi ish beruvchi yoki ichki xodimlar bilan nemis tilidagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish talab etiladi 💼 Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi ish tajribasi afzallik beradi 🗣 Nomzodlar ikki bosqichli saralash suhbati orqali tanlab olinadi. 📥 Hujjat topshirish uchun quyidagi havola orqali arizani to‘ldiring: 👉 ARIZA TOPSHIRISH 📢 Turizm yoki nemis tili yo‘nalishini bitirgan yaqinlaringizga ushbu e’lonni ulashing! ✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 YouTube

Open in Telegram
Views16,200+68%vs avg
Forwards—
Reactions63
Comments—
#1090Photo

🇩🇪 GERMANIYAGA PROFESSIONAL TA’MIRLASH USTALARI KERAK! 🛠 Ichki va tashqi ta’mirlash, fasad, plitka va santexnika ishlarining ustasimisiz? Germaniyada rasmiy ishlash imkoniyati sizni kutmoqda! ✅ Kamida 4 yillik amaliy ish tajribasi ✅ Institut yoki universitetning oliy ma’lumot diplomi ✅ Rus tilini bilish kifoya — nemis tili shart emas! ❗️Faqat o‘z ishining haqiqiy ustalari kerak! “Borib o‘rganaman”, “harakat qilib eplab ketaman” degan nomzodlar ushbu vakansiya uchun ko‘rib chiqilmaydi. Yordamchilar kerak emas. 🛠 ASOSIY ISH VAZIFALARI: — Devor va shiftlarni suvoq qilish — ichki va tashqi ishlar; — Bezakli gips ishlari, shift bezaklari va ornamentlar tayyorlash; — Binolarning issiqlik izolyatsiyasini bajarish; — Gipsokarton o‘rnatish, devor va to‘siqlar qurish; — Eski binolarni ta’mirlash va restavratsiya qilish; — Yuzalarni tekislash va silliqlash; — Fasadni bezash va unga ishlov berish; — Oboy yopishtirish; — Devor va polga plitka yopishtirish; — Santexnika ishlari: suv va oqova quvurlarini o‘rnatish, sanitariya jihozlarini ulash; — Dush xonalarini tayyorlash va ta’mirlash: gidroizolyatsiya, plitka ishlari hamda dush jihozlarini o‘rnatish. 💶 ISH HAQI VA SHAROITLAR: — Soatiga 15,55 € brutto — soliq va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmasidan oldingi ish haqi; — 🇩🇪 Germaniya qonunchiligiga mos rasmiy ish shartnomasi; — 🏗 Yirik va ishonchli kompaniyada ishlash imkoniyati; — 🏠 Ijara asosida turar joy topib beriladi. 👤 NOMZODLARGA TALABLAR: — Yuqoridagi ishlarni professional darajada va mustaqil bajara olish; — Ushbu sohada kamida 4 yillik real ish tajribasi; — Oliy ma’lumot diplomi bo‘lishi shart — kollej diplomi yetarli emas; — Rus tilida muloqot qila olish. Nemis tilini bilish talab etilmaydi. 📩 ARIZA TOPSHIRISH: Avvalo quyidagi havola orqali ConsultingUz tizimida ro‘yxatdan o‘ting: 👉 RO‘YXATDAN O‘TISH ⚠️ Barcha ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri kiriting! Dastlabki saralash aynan tizimga kiritgan ma’lumotlaringiz asosida amalga oshiriladi. 📸 BAJARGAN ISHLARINGIZDAN FOTO VA VIDEOLAR YUBORISH SHART! Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, shu kungacha o‘zingiz bajargan ta’mirlash ishlarining foto va videolarini Telegram orqali 👉 @consultinguz_chat manziliga yuboring. ✍️ Xabarda ism-familiyangiz va ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamingizni ham yozing. 📋 SARALASH JARAYONI: 1️⃣ Dastlabki saralash — tizimga kiritilgan ma’lumotlar hamda yuborilgan foto va videolar ko‘rib chiqiladi. 2️⃣ Ichki suhbat — ConsultingUz xodimlari bilan tajribangiz va kasbiy ko‘nikmalaringiz bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. 3️⃣ Amaliy imtihon — kasbiy mahoratingiz tekshiriladi. Ishni mustaqil va sifatli bajara olishingizni amalda ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi. 4️⃣ Ish beruvchi bilan yakuniy suhbat — tarjimon yordamida o‘tkaziladi. 📢 Germaniyada ishlashni istaydigan professional usta tanishingiz bormi? Ushbu e’lonni unga yuboring! ConsultingUz Telegram | Instagram | YouTube

Open in Telegram
Views24,400+153%vs avg
Forwards—
Reactions43
Comments—
#1089Video
Views12,800+33%vs avg
Forwards—
Reactions29
Comments—
#1083Photo
Views11,600+20%vs avg
Forwards—
Reactions31
Comments—
#1081Video
Views13,000+35%vs avg
Forwards—
Reactions27
Comments—
#1079Photo

🇩🇪 QABUL BOSHLANDI! NIHOYAT, KUTILGAN VAKANSIYALAR E’LON QILINMOQDA! ✨ GERMANIYADA GASTRONOMIYA SOHASIDA 2027-YILGI MAVSUMIY ISHLAR ✨ Germaniyada 6–8 oy davomida rasmiy ishlash, daromad topish, nemis tilini rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 🚀 📍 Ish joyi: Germaniya, Baden-Württemberg federal yeri 💼 ISH SHAROITLARI: ▪️ Ish muddati: 6 oydan 8 oygacha ▪️ Kunlik ish vaqti: 7,5–8 soat ▪️ Haftalik ish vaqti: 39–40 soat ▪️ Ish grafigi: haftasiga 5 kun ▪️ Tanaffus: 30 daqiqa 💶 MAOSH: ▪️ Soatlik maosh: 14,30 € brutto Brutto — soliqlar va ijtimoiy badallar ushlanishidan oldingi maosh. 🏠 TURAR JOY VA XARAJATLAR: ▪️ Turar joy ijara asosida taqdim etiladi. ▪️ Ijara narxi oyiga taxminan 300–400 €. ▪️ Barcha xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi. 👥 NOMZODLARGA TALABLAR: ✅ Yosh: 20–40 yosh ✅ Nemis tilidan kamida B1 darajadagi sertifikat (SHART) ✅ Nemis tilidagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘ta olish ✅ Saranjom-sarishta va ozoda ko‘rinish ✅ Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma taqdim eta olish ✅ Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba ustunlik beradi 📌 MAVJUD ISH YO‘NALISHLARI: 🛏 Housekeeping — mehmonxona xonalarini tozalash 🍻 Thekenkraft — ichimlik va taomlarni tarqatish 🍽 Food Runner — ofitsiantlarga yordamchi 🧽 Abräumer & Spüler — idishlarni yig‘ish va yuvish 👨‍🍳 Küchenhilfe — oshpaz yordamchisi ⚠️ MUHIM: Nomzodlar nemis tilidagi suhbat natijasi va ish beruvchining talablari asosida saralanadi. ⚠️ Ish yo‘nalishini ish beruvchi belgilaydi. Suhbatdan so‘ng nomzodning tajribasi, til darajasi va ish beruvchining ehtiyojiga qarab tegishli yo‘nalish taklif qilinadi. Nomzod ish turini o‘zi tanlamaydi. 📝 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN: 👉 Ariza topshirish 🚀 2027-yilda Germaniyada ishlashni istasangiz, tayyorgarlikni hozirdan boshlang! 📤 Germaniyaga borib ishlashni istayotgan do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ushbu e’lonni yuboring! 📲 ConsultingUz rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube

Open in Telegram
Views20,100+108%vs avg
Forwards—
Reactions53
Comments—
#1078Link preview

Forwarded from ConsultingUz | Chet elda qonuniy ishlash

🇩🇪 YANGI VAKANSIYA: GERMANIYAGA TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI RASMIY ISH 🌿🚧 GÄRTNER VA TIEFBAU BO‘YICHA UNIVERSAL ISHCHI (m/w/d) Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri doimiy ish asosida ishlashni xohlaysizmi? Ish beruvchi ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni obodonlashtirish hamda yerosti qurilishi ishlarini bajara oladigan mas’uliyatli nomzodlarni qabul qilmoqda. 📄 ISH HAQIDA: ▪️ Lavozim: Gärtner va Tiefbau ishchisi ▪️ Yo‘nalish: ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va yerosti qurilishi ▪️ Ish turi: doimiy ish — Festanstellung ▪️ Joylashuv: Germaniya bo'ylab ▪️ Qabul holati: hozir ochiq ✅ ⚠️ MUHIM: Ushbu vakansiyada vazifalar faqat bog‘dorchilik yoki faqat Tiefbau bilan cheklanmaydi. Nomzod ikkala yo‘nalishdagi aralash vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lishi kerak. 💶 ISH HAQI VA ISH SHAROITLARI: ▪️ Ish haqi: soatiga 17 € brutto dan boshlanadi ▪️ Ish vaqti: haftasiga taxminan 39–40 soat ▪️ Nomzodga Germaniyada ijara asosida turar joy topib beriladi ▪️ Germaniyaga uchib kelish uchun aviachipta va yo‘l xarajatlarini nomzodning o‘zi to‘laydi Brutto — soliqlar va ijtimoiy badallar ushlanishidan oldingi ish haqi. 🌿 VAZIFALAR: ✅ Bog‘lar, yashil hududlar va tashqi maydonlarni yaratish hamda parvarishlash ✅ Daraxt, buta, gul va boshqa o‘simliklarni ekish ✅ Ekish uchun tuproqni tayyorlash, tekislash va unumdor qatlam hosil qilish ✅ Maysazorlarni yaratish, tayyor chimlarni yotqizish, o‘rish va parvarishlash ✅ Daraxt va butalarni kesish, shakl berish hamda qurigan qismlarini olib tashlash ✅ Begona o‘tlarni tozalash, o‘simliklarni o‘g‘itlash va sug‘orish ✅ Sug‘orish va drenaj tizimlarini o‘rnatishda ishtirok etish ✅ Yo‘laklar, bordyurlar, bruschatka, tosh va plita qoplamalarini yotqizish ✅ Devor, panjara va boshqa tashqi hudud elementlarini o‘rnatishda yordam berish ✅ Mavjud yashil hududlarni ta’mirlash va qayta obodonlashtirish ✅ Yo‘l, kanal, quvur va yerosti kommunikatsiyalari qurilishida ishlash ✅ Xandaq va chuqurlar qazish, qurilish maydonini tayyorlash ✅ Suv, oqova suv va drenaj quvurlarini yotqizishda ishtirok etish ✅ Kanalizatsiya tizimlari, quvur ulanishlari va nazorat quduqlarini o‘rnatishga yordam berish ✅ Qum, shag‘al va boshqa asos qatlamlarini yotqizish ✅ Tuproq va qurilish qatlamlarini maxsus uskunalar yordamida zichlash ✅ Yo‘l ustki qatlamlarini qurish va ta’mirlash ✅ Bordyur, yo‘l cheti elementlari, beton tosh va plitalarni o‘rnatish ✅ Qurilish maydonida balandlik, masofa va nishabni o‘lchash ishlarida qatnashish ✅ Qurilish materiallarini yuklash, tushirish va belgilangan joyga joylashtirish ✅ Zichlagich, kesish uskunalari va boshqa kichik qurilish texnikalaridan foydalanish ✅ Qurilish maydonini tartibli saqlash va xavfsizlik talablariga rioya qilish 📌 Ish vazifalari obyekt va ish beruvchining buyurtmalariga qarab Gärtner, obodonlashtirish va Tiefbau ishlari o‘rtasida almashib turishi mumkin. 👥 NOMZODLARGA TALABLAR: ✅ Kollej, texnikum, institut yoki universitet diplomi — diplom yo‘nalishi muhim emas ✅ Gärtner, obodonlashtirish, yo‘l qurilishi, Tiefbau yoki umumiy qurilish sohasidagi tajriba ustunlik beradi ✅ Nemis tili: kamida A2 daraja (Sertifikat talab qilinmaydi) ✅ B toifali haydovchilik guvohnomasi ✅ Jismonan bardoshli va ochiq havoda ishlashga tayyor bo‘lish ✅ Qurilish asboblari va texnikalaridan foydalana olish ✅ Mustaqil, mas’uliyatli va ehtiyotkor ishlash ✅ Jamoada ishlay olish ✅ Turli vazifalarni bajarishga moslashuvchan bo‘lish 💼 ISH BERUVCHI TAKLIF QILADI: ✅ Germaniyada rasmiy va doimiy ish o‘rni ✅ Zamonaviy texnika va uskunalar bilan ishlash imkoniyati ✅ Kasbiy hamda shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari ⚠️ SARALASH JARAYONI 4 BOSQICHDAN IBORAT: 1️⃣ Hujjatlar asosida dastlabki saralash Nomzodning diplomi, ish tajribasi, haydovchilik guvohnomasi, nemis tili darajasi va boshqa topshirilgan hujjatlari tekshiriladi. 2️⃣ ConsultingUz xodimlari bilan ichki suhbat Nomzodning nemis tilida muloqot qila olishi, ish tajribasi, kasbiy tayyorgarligi, motivatsiyasi va Germaniyada ishlashga tayyorligi baholanadi. 3️⃣ Kasbiy-amaliy imtihon Nomzod amaliy topshiriqlar orqali o‘z kasbiy mahoratini ko‘rsatishi kerak. Jumladan: ▪️ Bruschatka — yo‘lak toshlarini to‘g‘ri terish ▪️ Yer maydonini o‘lchash, tayyorlash va tekislash ▪️ Bordyur va plitalarni o‘rnatish ▪️ Xandaq qazish va kanal yoki quvur tizimini yotqizish ▪️ Qum, shag‘al va asos qatlamlarini tayyorlash hamda zichlash ▪️ Maysa yoki tayyor chim yotqizish ▪️ Qurilish asboblari va kichik texnikalardan to‘g‘ri foydalanish ▪️ Ish sifati, tezligi va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish 4️⃣ Germaniyadagi ish beruvchi bilan yakuniy suhbat Kasbiy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ish beruvchi bilan suhbatga tavsiya qilinadi. Ishga qabul qilish bo‘yicha yakuniy qarorni ish beruvchi qabul qiladi. 📩 SAVOLLAR UCHUN: 👉 @consultinguz_chat 📝 ARIZA TOPSHIRISH UCHUN: 👉 Hoziroq ariza topshiring 📢 Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashni istayotgan do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ushbu e’lonni yuboring! Telegram | Instagram | YouTube

Open in Telegram
Views10,300+7%vs avg
Forwards—
Reactions55
Comments—
#1077Video
Views13,200+37%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#1075Text

🇩🇪 Germaniyaga borishni rejalayapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Internetda ma’lumot ko‘p. Ammo aynan sizning ta’limingiz, tajribangiz va til darajangizga qaysi yo‘l mos kelishini aniqlash oson emas. Noto‘g‘ri yo‘l tanlash esa vaqt va mablag‘ yo‘qotishiga olib kelishi mumkin. 🎥 Individual maslahat qanday o‘tishini haqiqiy mijoz misolida ko‘ring! Biz ConsultingUz rahbari Orif Akhmadaliev bilan individual konsultatsiya sotib olgan mijozimizning suhbatini videoga yozib oldik. Endi aynan shu suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin: ▶️ Suhbatni tomosha qilish Bu video orqali individual maslahat jarayoni bilan tanishib, o‘zingiz uchun ham shunday suhbatning foydasini baholashingiz mumkin. 🤝 Siz ham Orif Akhmadaliev bilan birga-bir suhbatlashib, o‘z holatingiz bo‘yicha aniq yo‘l-yo‘riq olishingiz mumkin. Konsultatsiya davomida: ✔️ Sizga mos yo‘l — ish, Ausbildung, o‘qish yoki boshqa imkoniyatlar ko‘rib chiqiladi. ✔️ Nimadan boshlash va qanday bosqichlardan o‘tish kerakligi muhokama qilinadi. ✔️ Kerakli hujjatlar, ularni tayyorlash va taxminiy xarajatlar tushuntiriladi. ✔️ Nemis tili darajangiz va keyingi tayyorgarlik bo‘yicha tavsiyalar beriladi. ✔️ Germaniyadagi hayot va eng ko‘p uchraydigan xatolar haqida suhbatlashiladi. ✔️ Ma’lumotlaringiz mos kelgan taqdirda Lebenslauf (CV) bepul tayyorlab beriladi. ✔️ Tajriba va malakangiz mos bo‘lsa, ish o‘rinlariga tavsiya qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqiladi. Barcha e’tibor sizning holatingiz, savollaringiz va rejalaringizga qaratiladi. Suhbatda boshqa ishtirokchilar bo‘lmaydi. 👤 Orif Akhmadaliev: — 16+ yillik amaliy tajriba — 800+ insonning Germaniyada o‘z faoliyatini boshlashiga ko‘mak — Germaniyadagi yirik ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik 📌 Individual konsultatsiya pullik bo‘lib, oldindan yozilish asosida o‘tkaziladi. Avval videoni ko‘ring, maslahat qanday o‘tishi bilan tanishing va o‘zingiz uchun vaqt band qiling. 📅 Bo‘sh vaqtlar va yozilish uchun: 👉 @consultinguz_chat1 Telegram | Instagram | YouTube

Open in Telegram
Views15,800+64%vs avg
Forwards—
Reactions11
Comments—
#1074Photo
Views14,900+54%vs avg
Forwards—
Reactions33
Comments—