📢 DaF Sprachzentrum Namangan filialiga administrator qidirilmoqda! Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirasizmi va ishlarni tartibli yurita olasizmi? Unda sizni jamoamizga taklif qilamiz. Asosiy vazifalar: - Telefon va Telegram orqali kelgan murojaatlarga javob berish, markazga kelgan mijozlarni kutib olish - Nemis tili kurslari, dars jadvali va to‘lovlar haqida ma’lumot berish - O‘quvchilarga mos guruhni tanlashda yordam berish va ularni kursga ro‘yxatga olish - O‘quvchilar ro‘yxati, davomat va to‘lov ma’lumotlarini yuritish Sizdan kutamiz: - Xushmuomalalik, mas’uliyat va e’tiborlilik - Kompyuter va messenjerlardan foydalana olish - Mijozlar bilan ishlash yoki o‘quv markazidagi tajriba ustunlik beradi. 📍 Ish joyi — Namangan shahri (Namangan Davlat Universiteti va Namangan viloyati hokimligi yonida) 🕒 Ish vaqti — dushanbadan shanbagacha, 08:00–18:00 💰 Oylik suhbat davomida kelishiladi. 📩 Murojaat uchun — Telegram orqali @consultinguz_chat Rezyumengizni yuborayotganda xabarda «Namangan — administrator» deb yozing. 📢 Ushbu xushxabarni ish qidirayotgan do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan ham ulashing! ✈️ Telegram | 📷 Instagram | ▶️ YouTube
Open in TelegramConsultingUz | Chet elda qonuniy ishlash
🇩🇪 ConsultingUZ - Germaniyada qonuniy ishlash va o‘qish. Ro'yxatdan o'tish: @consultinguz_admin_bot
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 8, 2026 | 16,200 |
| Nov 19, 2026 | 8,570 |
| Nov 25, 2026 | 4,200 |
Most viewed this month
- Views16.2KForwards—Reactions63Comments—
- Views8.57KForwards—Reactions39Comments—
- Views4.2KForwards—Reactions16Comments—
Latest posts
🇩🇪 YANA BIR MUHIM NATIJA — GERMANIYA ISH VIZALARI CHIQA BOSHLADI! 🎉 Germaniyada ichki va tashqi fasad ta’mirlash ishlari bo‘yicha e’lon qilgan loyihamiz doirasida saralangan nomzodlarning ish vizalari tasdiqlanib, pasportlari topshirila boshlandi! ✅ Bugun ushbu loyiha doirasida tanlab olingan malakali mutaxassislarimizdan biri Germaniya elchixonasidan ish vizasini muvaffaqiyatli oldi! 🇩🇪 Endi u yaqin kunlarda Germaniyaga yo‘l olib, qurilish va ta’mirlash sohasida o‘z kasbiy faoliyatini boshlaydi. ✈️🏗 📚 DaF Sprachzentrum — til o‘rganishdan Germaniyada ishlashgacha! Quvonarlisi, ushbu nomzodimiz nemis tilini DaF Sprachzentrumning Kosonsoy filialida o‘rgangan! 🇺🇿 O‘zbekistonda nemis tilini o‘rganishdan boshlangan yo‘l bugun Germaniya ish vizasini olishdek muhim natijaga olib keldi. Bu natija DaF Sprachzentrum va ConsultingUz hamkorligining amaliy samarasidir. 📋 Nomzodimiz quyidagi bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tdi: ☑️ DaF Sprachzentrum Kosonsoy filialida nemis tilini o‘rganish ☑️ Ma’lumot va hujjatlarni tekshirish ☑️ ConsultingUz bilan dastlabki suhbat ☑️ Kasbiy tajriba va malakani baholash ☑️ Germaniyalik ish beruvchi bilan suhbat ☑️ Mehnat shartnomasi va viza hujjatlarini tayyorlash ☑️ Germaniya ish vizasini olish 🇩🇪 💡 Har bir muvaffaqiyatli viza ortida katta mehnat, til o‘rganish, kasbiy tajriba va puxta tayyorgarlik turadi. Biz uchun eng muhim natija — nomzodlarimizning Germaniyada o‘z kasbi bo‘yicha qonuniy mehnat faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘lishidir. 🤝 DaF Sprachzentrum — bilim va til tayyorgarligi! 🤝 ConsultingUz — kasbiy imkoniyatlar va amaliy natija! 🎉 Viza olgan nomzodimizni samimiy tabriklaymiz! Unga Germaniyadagi yangi hayoti va kasbiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🇩🇪🇺🇿 ConsultingUz — va’da emas, natija! 📢 Ushbu xushxabarni Germaniyada ishlashni maqsad qilgan do‘stlaringiz va yaqinlaringiz bilan ham ulashing! ✈️ Telegram | 📷 Instagram | ▶️ YouTube
Open in TelegramGERMANIYADA 6 OYLIK GASTRONOMIYA WEITERBILDUNG DASTURI! Germaniyaning ko‘ngilochar parkida ishlab, gastronomiya sohasida malakangizni oshirishni xohlaysizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun! 📚 Dastur haqida: 🗓 Ish boshlanishi: 2027-yil mart va aprel oylaridan ⏳ Davomiyligi: 6 oy 👤 Yo‘nalish: restoran va ko‘ngilochar park xodimi 📍 Joylashuv: Janubiy Germaniya 📥 Hujjatlar qabuli: ochiq 💼 Ish haqi va sharoitlar: — Ish haqi: soatiga kamida 14,60 yevro brutto — 2027-yilda Germaniyada amal qiladigan qonuniy eng kam ish haqi — Brutto — soliq va ijtimoiy sug‘urta badallari ushlab qolinishidan oldingi summa — Germaniya qonunchiligiga muvofiq rasmiy mehnat sharoitlari va ta’til huquqi — Kasbiy rivojlanish va malaka oshirish imkoniyati — Yirik kompaniyada xalqaro ish tajribasi — Ijara asosida yashash joyi topib beriladi — Yashash joyi narxi: oyiga taxminan 250–400 yevro 📌 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 🎓 O‘zbekistonda turizm yoki nemis tili yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lish 🗣 Nemis tili sertifikati shart emas! Biroq nemis tilida muloqot qila olish va Germaniyadagi ish beruvchi yoki ichki xodimlar bilan nemis tilidagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tish talab etiladi 💼 Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi ish tajribasi afzallik beradi 🗣 Nomzodlar ikki bosqichli saralash suhbati orqali tanlab olinadi. 📥 Hujjat topshirish uchun quyidagi havola orqali arizani to‘ldiring: 👉 ARIZA TOPSHIRISH 📢 Turizm yoki nemis tili yo‘nalishini bitirgan yaqinlaringizga ushbu e’lonni ulashing! ✈️ Telegram | 📷 Instagram | 🖤 YouTube
Open in Telegram🇩🇪 GERMANIYAGA PROFESSIONAL TA’MIRLASH USTALARI KERAK! 🛠 Ichki va tashqi ta’mirlash, fasad, plitka va santexnika ishlarining ustasimisiz? Germaniyada rasmiy ishlash imkoniyati sizni kutmoqda! ✅ Kamida 4 yillik amaliy ish tajribasi ✅ Institut yoki universitetning oliy ma’lumot diplomi ✅ Rus tilini bilish kifoya — nemis tili shart emas! ❗️Faqat o‘z ishining haqiqiy ustalari kerak! “Borib o‘rganaman”, “harakat qilib eplab ketaman” degan nomzodlar ushbu vakansiya uchun ko‘rib chiqilmaydi. Yordamchilar kerak emas. 🛠 ASOSIY ISH VAZIFALARI: — Devor va shiftlarni suvoq qilish — ichki va tashqi ishlar; — Bezakli gips ishlari, shift bezaklari va ornamentlar tayyorlash; — Binolarning issiqlik izolyatsiyasini bajarish; — Gipsokarton o‘rnatish, devor va to‘siqlar qurish; — Eski binolarni ta’mirlash va restavratsiya qilish; — Yuzalarni tekislash va silliqlash; — Fasadni bezash va unga ishlov berish; — Oboy yopishtirish; — Devor va polga plitka yopishtirish; — Santexnika ishlari: suv va oqova quvurlarini o‘rnatish, sanitariya jihozlarini ulash; — Dush xonalarini tayyorlash va ta’mirlash: gidroizolyatsiya, plitka ishlari hamda dush jihozlarini o‘rnatish. 💶 ISH HAQI VA SHAROITLAR: — Soatiga 15,55 € brutto — soliq va ijtimoiy to‘lovlar ushlanmasidan oldingi ish haqi; — 🇩🇪 Germaniya qonunchiligiga mos rasmiy ish shartnomasi; — 🏗 Yirik va ishonchli kompaniyada ishlash imkoniyati; — 🏠 Ijara asosida turar joy topib beriladi. 👤 NOMZODLARGA TALABLAR: — Yuqoridagi ishlarni professional darajada va mustaqil bajara olish; — Ushbu sohada kamida 4 yillik real ish tajribasi; — Oliy ma’lumot diplomi bo‘lishi shart — kollej diplomi yetarli emas; — Rus tilida muloqot qila olish. Nemis tilini bilish talab etilmaydi. 📩 ARIZA TOPSHIRISH: Avvalo quyidagi havola orqali ConsultingUz tizimida ro‘yxatdan o‘ting: 👉 RO‘YXATDAN O‘TISH ⚠️ Barcha ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri kiriting! Dastlabki saralash aynan tizimga kiritgan ma’lumotlaringiz asosida amalga oshiriladi. 📸 BAJARGAN ISHLARINGIZDAN FOTO VA VIDEOLAR YUBORISH SHART! Ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, shu kungacha o‘zingiz bajargan ta’mirlash ishlarining foto va videolarini Telegram orqali 👉 @consultinguz_chat manziliga yuboring. ✍️ Xabarda ism-familiyangiz va ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatgan telefon raqamingizni ham yozing. 📋 SARALASH JARAYONI: 1️⃣ Dastlabki saralash — tizimga kiritilgan ma’lumotlar hamda yuborilgan foto va videolar ko‘rib chiqiladi. 2️⃣ Ichki suhbat — ConsultingUz xodimlari bilan tajribangiz va kasbiy ko‘nikmalaringiz bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. 3️⃣ Amaliy imtihon — kasbiy mahoratingiz tekshiriladi. Ishni mustaqil va sifatli bajara olishingizni amalda ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi. 4️⃣ Ish beruvchi bilan yakuniy suhbat — tarjimon yordamida o‘tkaziladi. 📢 Germaniyada ishlashni istaydigan professional usta tanishingiz bormi? Ushbu e’lonni unga yuboring! ConsultingUz Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramForwarded from Xorijiy vakansiyalar
🇩🇪 Germaniyaga yo‘l DaF Sprachzentrum’dan boshlanadi! 🇩🇪 DaF Sprachzentrum nemis tili o‘quv markazining Namangan filialida hamkorimiz ConsultingUz firmasi tomonidan tashkil etilgan mavsumiy ishlar bo‘yicha Germaniyadan tashrif buyurgan ish beruvchilar bilan yakuniy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Suhbatda Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridan hujjat topshirgan nomzodlar ishtirok etishdi. 🇺🇿🤝🇩🇪 Siz ham Germaniyada ishlashni maqsad qilganmisiz? Unda hozirdanoq nemis tilini o‘rganishni boshlang! DaF Sprachzentrum’da 0 dan boshlangan yangi guruhlarga qabul ochiq! 🎓 ✅ Nemis tilini noldan boshlab o‘rganish ✅ Malakali, C1 darajadagi o‘qituvchilar ✅ Nemis tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalari ✅ Germaniya sari ilk qadamingizni biz bilan boshlash imkoniyati 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 👉 https://form.dafzentrum.uz/rCHmNw2Mo5?source=Telegram 📞 Batafsil ma’lumot: +998 88 388 55 50 📍 DaF Sprachzentrum — Germaniyaga yo‘l shu yerdan boshlanadi! 🇩🇪
Open in TelegramForwarded from Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi
📢 Viza uchun ariza topshiruvchilar diqqatiga! Iltimos, uchrashuv vaqtini band qilishda maʼlumotlaringizni diqqat bilan tekshiring: - Kiritilgan maʼlumotlar pasportingizdagi maʼlumotlarga mos keladimi? - Sayohat maqsadi toʻgʻri koʻrsatilganmi? - Telefon raqamingiz toʻgʻri kiritilganmi? ⚠️ Eslatib oʻtamiz: Elchixona topshirigʻiga koʻra, TLScontact xizmat koʻrsatish markazi faqat roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlari pasportdagiga toʻliq mos kelgan shaxslarnigina qabulga kiritadi. 📄 Sayohat maqsadi ham toʻgʻri tanlangan boʻlishi kerak. TLScontact markazi xodimlari sizning maʼlumotlaringizni oʻzgartira olmaydi. 🗓️ Shuningdek, elchixona bora olmaydigan uchrashuv vaqtingizni boshqalar foydalana olishi uchun o’z vaqtida bekor qilishingizni soʻraydi.
Open in TelegramForwarded from Nemis tili || DaF Sprachzentrum Namangan
Germaniyadan kelgan ustozimizning DaF Sprachzentrum haqidagi iliq fikrlari! Markazimiz, ustozlarimiz va o‘quvchilarimiz haqidagi samimiy taassurotlar bilan tanishing! 🎥✨ Siz ham nemis tilini professional ustozlar bilan o‘rganib, Germaniya sari ilk qadamingizni tashlamoqchimisiz? Unda ayni vaqti! 🔥 YANGI GURUHLARGA QABUL BOSHLANDI! ✅ Nemis tilini noldan o‘rganish ✅ Qiziqarli va interaktiv darslar ✅ Xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ✅ Nemis tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalari 📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z maqsadingiz sari harakatni boshlang! 🔗 https://form.dafzentrum.uz/rCHmNw2Mo5?source=Telegram 📍 DaF Sprachzentrum — Germaniyaga yo‘l shu yerdan boshlanadi!
Open in Telegram🇩🇪 QABUL BOSHLANDI! NIHOYAT, KUTILGAN VAKANSIYALAR E’LON QILINMOQDA! ✨ GERMANIYADA GASTRONOMIYA SOHASIDA 2027-YILGI MAVSUMIY ISHLAR ✨ Germaniyada 6–8 oy davomida rasmiy ishlash, daromad topish, nemis tilini rivojlantirish va xalqaro tajriba orttirishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! 🚀 📍 Ish joyi: Germaniya, Baden-Württemberg federal yeri 💼 ISH SHAROITLARI: ▪️ Ish muddati: 6 oydan 8 oygacha ▪️ Kunlik ish vaqti: 7,5–8 soat ▪️ Haftalik ish vaqti: 39–40 soat ▪️ Ish grafigi: haftasiga 5 kun ▪️ Tanaffus: 30 daqiqa 💶 MAOSH: ▪️ Soatlik maosh: 14,30 € brutto Brutto — soliqlar va ijtimoiy badallar ushlanishidan oldingi maosh. 🏠 TURAR JOY VA XARAJATLAR: ▪️ Turar joy ijara asosida taqdim etiladi. ▪️ Ijara narxi oyiga taxminan 300–400 €. ▪️ Barcha xarajatlar nomzod tomonidan qoplanadi. 👥 NOMZODLARGA TALABLAR: ✅ Yosh: 20–40 yosh ✅ Nemis tilidan kamida B1 darajadagi sertifikat (SHART) ✅ Nemis tilidagi suhbatdan muvaffaqiyatli o‘ta olish ✅ Saranjom-sarishta va ozoda ko‘rinish ✅ Sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma taqdim eta olish ✅ Gastronomiya yoki xizmat ko‘rsatish sohasidagi tajriba ustunlik beradi 📌 MAVJUD ISH YO‘NALISHLARI: 🛏 Housekeeping — mehmonxona xonalarini tozalash 🍻 Thekenkraft — ichimlik va taomlarni tarqatish 🍽 Food Runner — ofitsiantlarga yordamchi 🧽 Abräumer & Spüler — idishlarni yig‘ish va yuvish 👨🍳 Küchenhilfe — oshpaz yordamchisi ⚠️ MUHIM: Nomzodlar nemis tilidagi suhbat natijasi va ish beruvchining talablari asosida saralanadi. ⚠️ Ish yo‘nalishini ish beruvchi belgilaydi. Suhbatdan so‘ng nomzodning tajribasi, til darajasi va ish beruvchining ehtiyojiga qarab tegishli yo‘nalish taklif qilinadi. Nomzod ish turini o‘zi tanlamaydi. 📝 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN: 👉 Ariza topshirish 🚀 2027-yilda Germaniyada ishlashni istasangiz, tayyorgarlikni hozirdan boshlang! 📤 Germaniyaga borib ishlashni istayotgan do‘stlaringiz va yaqinlaringizga ushbu e’lonni yuboring! 📲 ConsultingUz rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Open in Telegram