Posts of CHDPU Oʻquv-uslubiy boshqarma /press-service
#Talabaga_qulaylik Talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Gemini AI PLUS — 1 yil BEPUL! 💻 Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni istaysizmi? 🤖 Endi talabalar Gemini AI’ning ilg‘or imkoniyatlaridan 1 yil davomida bepul foydalanishlari mumkin! Buning uchun: 🔤 HEMIS mobil ilovasiga kiring. 🆔 Talabalik guvohnomasi va o‘qish joyidan ma’lumotnomani yuklab oling. So‘ngra ♊️ Gemini ilovasida talabalar uchun maxsus taklifni tanlang. 🗂 Kerakli ma’lumotlarni kiriting va hujjatlarni yuboring. ✔️ Arizangiz tasdiqlangach, obunani faollashtiring. 🎁 Natija: Gemini AI Plus imkoniyatlaridan 1 yil davomida BEPUL foydalaning! Batafsil videoda👆
Open in Telegram📚 Bilimingiz — kimningdir kelajagi! Har bir bola - qayerda tug'ilganidan qat'i nazar - sifatli ta'limga loyiq. Teach for Uzbekistan aynan shu maqsad yo'lida iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularni o'zgarish yetakchilariga aylantiradi. Siz ham bu harakatning bir qismi bo'ling! 🚀 📢 Teach for Uzbekistan hududiy maktablarda ishlash uchun quyidagi fanlar bo'yicha O'QITUVCHILARNI qidirmoqda: ⚛️ Fizika ➗ Matematika 💻 Informatika 🧪 Kimyo 🧬 Biologiya 🇬🇧 Ingliz tili 🇷🇺 Rus tili 📍 Hududlar: Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farg'ona va Qoraqalpog'iston Respublikasi 🎁 Sizni nimalar kutmoqda? 💰 Oylik maosh + stipendiya — jami 9 600 000 so'm 📖 Uzluksiz metodik yordam va professional rivojlanish 🌍 Teach for All global yetakchilar tarmog'iga a'zolik ✅ Talablar: 🎓 2027-yil sentyabrigacha bakalavr diplomiga ega bo'lish 🔬 O'z faniga oid bilimiga ishongan har qanday yo'nalish vakillari ariza topshirishi mumkin 🙌 Pedagogik ma'lumot va tajriba talab etilmaydi ⏳ Arizalar 2026-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi! 👉 Ariza topshirish: https://apply.teachforuzbekistan.org 📲 Batafsil ma'lumot: https://teachforuzbekistan.org/uz O'z bilimingiz bilan bolalar hayotini o'zgartiring! ✨
Open in Telegram📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 KURS ISHLARINI TAYYORLASH VA HIMOYA QILISH TARTIBI Chirchiq davlat pedagogika universitetida kurs ishlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish bo‘yicha yagona talablar belgilandi. 📌 Kurs ishini bajarishga qo‘yiladigan asosiy talablar: ✅ Kurs ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar kafedra yig‘ilishi qarori asosida tasdiqlanadi. ✅ Kurs ishining umumiy hajmi 25–30 bet bo‘lishi lozim. ✅ Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo‘ladi. ✅ Kurs ishlari akademik halollik talablariga rioya etilgan holda, mustaqil tayyorlanishi shart. 📚 KURS ISHINI HIMOYA QILISH TARTIBI 🔹 Tayyor kurs ishi yakuniy nazoratdan kamida 2 hafta oldin ilmiy rahbarning yozma xulosasi bilan kafedraga taqdim etiladi. 🔹 Kurs ishi kafedra tomonidan ko‘rib chiqilib, taqriz asosida himoyaga tavsiya etiladi. 🔹 Himoya jarayonida talaba 8–9 ta slayd asosida 10–15 daqiqa davomida taqdimot o‘tkazadi. ❗️ MUHIM! ⚠️ Kurs ishini belgilangan muddatda topshirmagan, himoya qilmagan yoki qoniqarsiz baho olgan talabalar akademik qarzdor hisoblanadi. ⚠️ Kurs ishidan qoniqarsiz baho olgan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi. Barcha talabalardan kurs ishlarini belgilangan talablar va muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda tayyorlash hamda himoya qilish so‘raladi. 🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma
Open in Telegram📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 2026–2027-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi uchun kurs ishi va loyihalarini himoya qilish grafigi e’lon qilindi! Ushbu grafik bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=nazorat-grafigi
Open in Telegram📚 Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati va ularning mashg‘ulotlar jadvali bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishing👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=togarak-2
Open in Telegram🎓 CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETIDA BILIMLAR SINOVDAN O‘TKAZILMOQDA 📖 Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakultetida o‘quv jarayonining muhim bosqichlaridan biri — oraliq nazorat sinovlari davom etmoqda. 📝 Talabalar tomonidan semestr davomida o‘zlashtirilgan bilimlar, fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda. 🏛 Nazorat jarayonlari ta’lim sifatini monitoring qilish, bilimlarni mustahkamlash va o‘quv natijalarini tahlil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 🌟 Zero, har bir nazorat — bilimni sinash bilan birga, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyat sari tashlangan qadamdir! CHDPU — bilim, izlanish va taraqqiyot sari!
Open in Telegram🎓CHDPU | ORALIQ NAZORAT JARAYONLARI 🏛Chirchiq davlat pedagogika universitetining San’atshunoslik hamda Turizm fakultetlarida oraliq nazorat jarayonlaridan lavhalar. 🗓Nazoratlar belgilangan reja-grafik asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etilmoqda. ⚖️ Jarayonlarda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash, akademik halollikka rioya etish hamda barcha uchun teng sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✨Shaffof nazorat — xolis baho — sifatli ta’lim!
Open in Telegram🎓✨ TANISHING — SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI! 🎨 San’at va ijod, 🎭 madaniy meros, 💡 ijodiy tafakkur va 🌟 zamonaviy yondashuvlar — barchasi bir videorolikda! 🎬 Fakultetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishing hamda san’at va ijod olamiga biz bilan nazar tashlang! ✨
Open in Telegram📢 DIQQAT, TALABALAR! 📚 2026–2027-o‘quv yilining 1-yarim yilligi uchun oraliq nazoratlar grafigi bilan tanishing! 🗓 Oraliq nazoratlarning o‘tkazilish muddatlari va jadvali bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=nazorat-grafigi
Open in Telegram📢DIQQAT, TALABALAR! 2026/2027-o‘quv yilining 1-yarim yilligi uchun oraliq va yakuniy nazorat savollari bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=oraliq-va-yakuniy-savollar-banki
Open in Telegram🎓✨ TANISHING — MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI! 🎓 Pedagogik mahorat, 📚 zamonaviy ta’lim metodlari, 💡 innovatsion yondashuvlar va 🚀 yangi imkoniyatlar — barchasi bir videorolikda! 🎬 Fakultetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishing va kelajak avlod ta’limi sari biz bilan nazar tashlang! ✨
Open in Telegram🎓✨ TANISHING — PEDAGOGIKA FAKULTETI! 📚 Pedagogik mahorat, 💡 innovatsion yondashuvlar, 🌱 ta’lim va tarbiya uyg‘unligi — barchasi bir videorolikda! ✨ 🎬 Fakultetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishing va ta’lim hamda tarbiya olamiga biz bilan nazar tashlang! ✨
Open in Telegram#yarmarka “KELAJAK TADBIRKORI – 2026”: YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR Toshkent davlat agrar universitetida yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Nilufar Normirzayeva, hamda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov ishtirok etdi. Yarmarkada Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari, 100 ga yaqin korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyekti qatnashib, yoshlarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, kasbiy tayyorgarlik va ishga joylashish imkoniyatlarini taqdim etdi. Shuningdek, yoshlar tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish, biznes g‘oyalarini rivojlantirish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Open in Telegram🟢 “KELAJAK TADBIRKORI – 2026”: ÇIRÇIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FAOL İŞTİROK ETDİ ✅ Toşkent davlat agrar universitetida yoşlar bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va aholi daromadlarini oşirişga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi bölib ötdi. 👍 Mazkur tadbirda Çirçiq davlat pedagogika universiteti ham faol iştirok etdi. Universitetning öquv işlari böyiça prorektori Axmadjonov Doniyor Baxtiyor Oğli ham tadbirda qatnaşdi. ✅ Yarmarkada 100 ga yaqin yetakçi korxona, taşkilot va tadbirkorlik subyektlari iştirok etib, yoşlar uçun mavjud iş örinlari, kasbiy imkoniyatlar va tadbirkorlik yöna lişlari haqida ma’lumotlar taqdim etildi. 🤝 Bunday tadbirlar yoşlarning bandligini ta’minlaş, kasbiy salohiyatini yuzaga çiqarış hamda ta’lim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. 😎 CHDPU O’quv-uslubiy boshqarma
Open in Telegram