
CHDPU Oʻquv-uslubiy boshqarma /press-service
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Oʻquv-uslubiy boshqarma rasmiy Telegram kanali. Ta’lim jarayoni, dars jadvali, o‘quv-me’yoriy hujjatlar hamda muhim e’lonlar.
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 6, 2026 | 11,100 |
| Nov 7, 2026 | 4,700 |
| Nov 9, 2026 | 4,535 |
| Nov 11, 2026 | 4,020 |
| Nov 13, 2026 | 4,750 |
| Nov 18, 2026 | 4,410 |
| Nov 19, 2026 | 5,610 |
| Nov 20, 2026 | 2,455 |
| Nov 23, 2026 | 2,260 |
Most viewed this month
- 01Views11.1KForwards—Reactions11Comments—
- 02Views5.61KForwards—Reactions6Comments—
- 03Views5.22KForwards—Reactions14Comments—
- 04Views4.75KForwards—Reactions8Comments—
Latest posts
#Talabaga_qulaylik Talabalar uchun ajoyib imkoniyat! Gemini AI PLUS — 1 yil BEPUL! 💻 Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanishni istaysizmi? 🤖 Endi talabalar Gemini AI’ning ilg‘or imkoniyatlaridan 1 yil davomida bepul foydalanishlari mumkin! Buning uchun: 🔤 HEMIS mobil ilovasiga kiring. 🆔 Talabalik guvohnomasi va o‘qish joyidan ma’lumotnomani yuklab oling. So‘ngra ♊️ Gemini ilovasida talabalar uchun maxsus taklifni tanlang. 🗂 Kerakli ma’lumotlarni kiriting va hujjatlarni yuboring. ✔️ Arizangiz tasdiqlangach, obunani faollashtiring. 🎁 Natija: Gemini AI Plus imkoniyatlaridan 1 yil davomida BEPUL foydalaning! Batafsil videoda👆
Open in Telegram📚 Bilimingiz — kimningdir kelajagi! Har bir bola - qayerda tug'ilganidan qat'i nazar - sifatli ta'limga loyiq. Teach for Uzbekistan aynan shu maqsad yo'lida iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularni o'zgarish yetakchilariga aylantiradi. Siz ham bu harakatning bir qismi bo'ling! 🚀 📢 Teach for Uzbekistan hududiy maktablarda ishlash uchun quyidagi fanlar bo'yicha O'QITUVCHILARNI qidirmoqda: ⚛️ Fizika ➗ Matematika 💻 Informatika 🧪 Kimyo 🧬 Biologiya 🇬🇧 Ingliz tili 🇷🇺 Rus tili 📍 Hududlar: Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan, Farg'ona va Qoraqalpog'iston Respublikasi 🎁 Sizni nimalar kutmoqda? 💰 Oylik maosh + stipendiya — jami 9 600 000 so'm 📖 Uzluksiz metodik yordam va professional rivojlanish 🌍 Teach for All global yetakchilar tarmog'iga a'zolik ✅ Talablar: 🎓 2027-yil sentyabrigacha bakalavr diplomiga ega bo'lish 🔬 O'z faniga oid bilimiga ishongan har qanday yo'nalish vakillari ariza topshirishi mumkin 🙌 Pedagogik ma'lumot va tajriba talab etilmaydi ⏳ Arizalar 2026-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi! 👉 Ariza topshirish: https://apply.teachforuzbekistan.org 📲 Batafsil ma'lumot: https://teachforuzbekistan.org/uz O'z bilimingiz bilan bolalar hayotini o'zgartiring! ✨
Open in Telegram📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 KURS ISHLARINI TAYYORLASH VA HIMOYA QILISH TARTIBI Chirchiq davlat pedagogika universitetida kurs ishlarini tayyorlash, rasmiylashtirish va himoya qilish bo‘yicha yagona talablar belgilandi. 📌 Kurs ishini bajarishga qo‘yiladigan asosiy talablar: ✅ Kurs ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar kafedra yig‘ilishi qarori asosida tasdiqlanadi. ✅ Kurs ishining umumiy hajmi 25–30 bet bo‘lishi lozim. ✅ Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo‘ladi. ✅ Kurs ishlari akademik halollik talablariga rioya etilgan holda, mustaqil tayyorlanishi shart. 📚 KURS ISHINI HIMOYA QILISH TARTIBI 🔹 Tayyor kurs ishi yakuniy nazoratdan kamida 2 hafta oldin ilmiy rahbarning yozma xulosasi bilan kafedraga taqdim etiladi. 🔹 Kurs ishi kafedra tomonidan ko‘rib chiqilib, taqriz asosida himoyaga tavsiya etiladi. 🔹 Himoya jarayonida talaba 8–9 ta slayd asosida 10–15 daqiqa davomida taqdimot o‘tkazadi. ❗️ MUHIM! ⚠️ Kurs ishini belgilangan muddatda topshirmagan, himoya qilmagan yoki qoniqarsiz baho olgan talabalar akademik qarzdor hisoblanadi. ⚠️ Kurs ishidan qoniqarsiz baho olgan talabalar yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi. Barcha talabalardan kurs ishlarini belgilangan talablar va muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda tayyorlash hamda himoya qilish so‘raladi. 🏛 Chirchiq davlat pedagogika universiteti O‘quv-uslubiy boshqarma
Open in Telegram📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 2026–2027-o‘quv yilining birinchi yarim yilligi uchun kurs ishi va loyihalarini himoya qilish grafigi e’lon qilindi! Ushbu grafik bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=nazorat-grafigi
Open in Telegram📚 Chirchiq davlat pedagogika universitetida talabalar uchun tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati va ularning mashg‘ulotlar jadvali bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishing👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=togarak-2
Open in Telegram🎓 CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETIDA BILIMLAR SINOVDAN O‘TKAZILMOQDA 📖 Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakultetida o‘quv jarayonining muhim bosqichlaridan biri — oraliq nazorat sinovlari davom etmoqda. 📝 Talabalar tomonidan semestr davomida o‘zlashtirilgan bilimlar, fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasi va mustaqil ishlash ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida baholanmoqda. 🏛 Nazorat jarayonlari ta’lim sifatini monitoring qilish, bilimlarni mustahkamlash va o‘quv natijalarini tahlil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 🌟 Zero, har bir nazorat — bilimni sinash bilan birga, kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyat sari tashlangan qadamdir! CHDPU — bilim, izlanish va taraqqiyot sari!
Open in Telegram🎓CHDPU | ORALIQ NAZORAT JARAYONLARI 🏛Chirchiq davlat pedagogika universitetining San’atshunoslik hamda Turizm fakultetlarida oraliq nazorat jarayonlaridan lavhalar. 🗓Nazoratlar belgilangan reja-grafik asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etilmoqda. ⚖️ Jarayonlarda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash, akademik halollikka rioya etish hamda barcha uchun teng sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. ✨Shaffof nazorat — xolis baho — sifatli ta’lim!
Open in Telegram🎓✨ TANISHING — SAN’ATSHUNOSLIK FAKULTETI! 🎨 San’at va ijod, 🎭 madaniy meros, 💡 ijodiy tafakkur va 🌟 zamonaviy yondashuvlar — barchasi bir videorolikda! 🎬 Fakultetimiz faoliyati bilan yaqindan tanishing hamda san’at va ijod olamiga biz bilan nazar tashlang! ✨
Open in Telegram📢 DIQQAT, TALABALAR! 📚 2026–2027-o‘quv yilining 1-yarim yilligi uchun oraliq nazoratlar grafigi bilan tanishing! 🗓 Oraliq nazoratlarning o‘tkazilish muddatlari va jadvali bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin👇🏻 https://cspu.uz/oquv-uslubiy-boshqarma?tab=nazorat-grafigi
Open in Telegram