shaxsiy kanal ochilmadi haliyam: https://t.me/+bSH9wrMZ-vk1ZWJi qani bugun ochilish marosimini o'tkazarmiz
Open in TelegramPosts of "Cho'kib ketgan tiriklar"
Umuman olganda hech qachon bunday bo'lmaydi. Atrofi odamga to'lgan 5×5 sun'iy qoplamali stadionlar sababli almashmayman vodiyni.
Open in TelegramTo'liq baxtli bo'lmaysan baribir. Baxtsizlik hech ham seni tark etmaydi yoki esingdan chiqmaydi. Doimo o'zini eslatib turadi...
Open in TelegramForwarded from "Cho'kib ketgan tiriklar"
Yo'l Bilasiz, O'zbekiston futboli xususiy emas, davlat hisobidan yashaydi, moliyalashtiriladi. Jumladan har viloyat klublari ham... Bu mavsum boshida bizning viloyat jamoasi birdan baquvvat maoshli futbolchilar bilan shartnoma tuza boshladi... Avvaliga bu menga yoqmadi. An'ana, qadriyat yo'qolgandek bo'ldi. Go'yo viloyat hokimlari oligarxlar... Ularning bahosi esa viloyat jamoasining natijalari bog'liqdek. Eng kami o'zaro choyxonada kimdir mikrofonni birovga bermaydi... 10, 20, 30, ming $ maoshlarni eshitib, tribunalardan soliq to'lovchi sifatida so'zlashga qodir xalq mag'lubiyatlar vaqtida norozi gapirdi... O'z viloyatining oddiy bolasi ham bunday yutqaza olishini baralla aytdi. Yutganda unutdi. Ko'z yumdi eng kamida... To'ydagi chiqimlar yodimga tushardi o'sha vaqtlar. Keyin miyaga tepadi-ku... Xursandchilik xunuk allalaydi... Bugun "Neftchi" chempion bo'ldi. Farg'ona xursand! 24yillik tanaffusdan keyin... Bugun yana allalandik... Qo'shimchasiga bu muhit qolgan kimdir-kimdirlarni ham allaladi. "Soliqlar kerakli sarflanadigandek, xuddi yetib keladigandek bunga achinishingizga o'laman-da", dedim... Bugungi qimmat mushaklar zavqiga mastlanib... Omon "bulbul" eslanganiga shod bo'ldim. Ilgari har "Neftchi"ning uy o'yinidan oldin hushtakda bulbuldek kuylardi, keyin o'yin boshlanardi. Bugun xotirasiga performans ko'tarildi. Sarkisyan mehmon sifatida chaqirilibdi, ammo afsuski betobligi uchun kelolmabdi... An'ana, dedim, qadriyat, dedim... Katta klub dedim! Universitetimiz 2qavatli stadionini Rivaldo vaqtlari bilan eslab yurgandim, Istiqlolni eng zo'r muhitlar bilan eslab qoladigan bo'lyapman. Zavqli... Jurnal tarqatishdi, tarix va bugunga uyg'unlashuv! Bosh kiyim ham berishdi... Esdalik. Ular uddalashdi. Bugun kim qarshi chiqmasin, 20.000lik jonli stadion raqibni shunchaki yeb yuborardi. Tashqarida yana shuncha odam... Ko'chalarda shodlik... Sog'inilgan vaqtlar... Ajoyib!!! Yana to'ydagi chiqimlar esimga tushadi. Baxtli yakun – sarf qilingan pullar afsusini tarqatadi har safar. Bu safar baxtli yakun bo'ldi! Yuriy Sarkisyan imzosi bor "Fenomen" kitobim ichiga bugungi jurnal/gazetaning maxsus sonini, bugungi o'yin chiptasi bilan solib qo'yaman. Chang jiddiy bizda. Yomg'ir kerak... Kamida yomg'ir. Bugun yaqqol bilinib qoldi... Shunga qaramay baxtchalar bugun stadionda ko'p edi. Shuncha shovqinda uxladi, men bittasiga bosh kiyimni berdim. U mazza qilib uxladi, 90daqiqa. Va mushaklar ovoziga uyg'ondi. Kuzatdi ko'zlari porladi... p.s Rasmda aynan o'sha malika... SEN FARG'ONASAN NEFTCHI!!! © #BI14 - @ch_k_t
Open in TelegramUyqu ham bir marta so'raydi xolos. Ha, qurgur, yana bir so'ra, rasmiyatchilikka birinchisi yo'q deyilardi-ku. Yana bitta so'ra, uxlaylik.
Open in TelegramSen seni sog'ingani haqida so'ray boshlaganingdayoq munosabatlarni boy berib, munosabatlarda yutqazib bo'lganding...
Open in TelegramYaxshi ko'radiganlarimizni yolg'ondan maqtab qo'yamiz-a? Qiziq jarayon... O'lgan odamni ayniqsa. Vafot etishlariga yaxshi ko'rib qolamiz. Buyuk anglov o'sha. Ya'ni men bilan ham sodir bo'ladigan ish axir, degan signal miyaga uriladi. Yaxshi ko'ramiz yoki achinamiz. Yolg'ondan maqtashadi, maqtaymiz. Ishonamiz kamida. Ishonishadi...
Open in TelegramSendan to'yganlarni esla. Ular kechagina sen bilan sakkiz mahal ovqatlanib, senga to'ymasdi... - @ch_k_t
Open in TelegramMen o'zim ekkan daraxtning shu mavsumdagi oxirgi bargidan nega bunchalik hayotni sevgani haqida so'ramoqchiman. Nafratda ham majbur yashash tushunchasini balki menga o'rgatib ketar, o'sha oxirgi barg... - @ch_k_t
Open in TelegramMen yolg'on yozadiganlarni tushunaman. Olam eng boshidan yolg'on yozadiganlarni o'ziga ko'mgan. Haqiqat bilan o'quvchini olib qolish qiyin. Jilo bermoq uchun yolg'on kerak. O'zidan qo'shishni aytdim. Yashab o'tilgan yozdirmaydi, ko'p hollarda. Xayol qilingan esa yozilishi kerak.
Open in TelegramBu qanday kuz bo'ldi? Yomg'ir yog'masa... Bu qanday ko'ngil ekan? Meni sevmasa... - @ch_k_t
Open in Telegram