shaxsiy kanal ochilmadi haliyam: https://t.me/+bSH9wrMZ-vk1ZWJi qani bugun ochilish marosimini o'tkazarmiz
Open in Telegram
"Cho'kib ketgan tiriklar"
Ular shu yo'ldan yurdilar garchi xohish bo'lmasa...
Average views per post by day
By publication day
Show as table
| Date | Avg views per post |
|---|---|
| Nov 26, 2026 | 526 |
| Nov 27, 2026 | 456 |
| Nov 28, 2026 | 400 |
| Nov 29, 2026 | 157 |
Most viewed this month
- 01Views526Forwards—Reactions33Comments—
- 02Views499Forwards—Reactions33Comments—
- 03Views477Forwards—Reactions13Comments—
- 04Views476Forwards—Reactions27Comments—
Latest posts
Umuman olganda hech qachon bunday bo'lmaydi. Atrofi odamga to'lgan 5×5 sun'iy qoplamali stadionlar sababli almashmayman vodiyni.
Open in TelegramTo'liq baxtli bo'lmaysan baribir. Baxtsizlik hech ham seni tark etmaydi yoki esingdan chiqmaydi. Doimo o'zini eslatib turadi...
Open in TelegramForwarded from "Cho'kib ketgan tiriklar"
Yo'l Bilasiz, O'zbekiston futboli xususiy emas, davlat hisobidan yashaydi, moliyalashtiriladi. Jumladan har viloyat klublari ham... Bu mavsum boshida bizning viloyat jamoasi birdan baquvvat maoshli futbolchilar bilan shartnoma tuza boshladi... Avvaliga bu menga yoqmadi. An'ana, qadriyat yo'qolgandek bo'ldi. Go'yo viloyat hokimlari oligarxlar... Ularning bahosi esa viloyat jamoasining natijalari bog'liqdek. Eng kami o'zaro choyxonada kimdir mikrofonni birovga bermaydi... 10, 20, 30, ming $ maoshlarni eshitib, tribunalardan soliq to'lovchi sifatida so'zlashga qodir xalq mag'lubiyatlar vaqtida norozi gapirdi... O'z viloyatining oddiy bolasi ham bunday yutqaza olishini baralla aytdi. Yutganda unutdi. Ko'z yumdi eng kamida... To'ydagi chiqimlar yodimga tushardi o'sha vaqtlar. Keyin miyaga tepadi-ku... Xursandchilik xunuk allalaydi... Bugun "Neftchi" chempion bo'ldi. Farg'ona xursand! 24yillik tanaffusdan keyin... Bugun yana allalandik... Qo'shimchasiga bu muhit qolgan kimdir-kimdirlarni ham allaladi. "Soliqlar kerakli sarflanadigandek, xuddi yetib keladigandek bunga achinishingizga o'laman-da", dedim... Bugungi qimmat mushaklar zavqiga mastlanib... Omon "bulbul" eslanganiga shod bo'ldim. Ilgari har "Neftchi"ning uy o'yinidan oldin hushtakda bulbuldek kuylardi, keyin o'yin boshlanardi. Bugun xotirasiga performans ko'tarildi. Sarkisyan mehmon sifatida chaqirilibdi, ammo afsuski betobligi uchun kelolmabdi... An'ana, dedim, qadriyat, dedim... Katta klub dedim! Universitetimiz 2qavatli stadionini Rivaldo vaqtlari bilan eslab yurgandim, Istiqlolni eng zo'r muhitlar bilan eslab qoladigan bo'lyapman. Zavqli... Jurnal tarqatishdi, tarix va bugunga uyg'unlashuv! Bosh kiyim ham berishdi... Esdalik. Ular uddalashdi. Bugun kim qarshi chiqmasin, 20.000lik jonli stadion raqibni shunchaki yeb yuborardi. Tashqarida yana shuncha odam... Ko'chalarda shodlik... Sog'inilgan vaqtlar... Ajoyib!!! Yana to'ydagi chiqimlar esimga tushadi. Baxtli yakun – sarf qilingan pullar afsusini tarqatadi har safar. Bu safar baxtli yakun bo'ldi! Yuriy Sarkisyan imzosi bor "Fenomen" kitobim ichiga bugungi jurnal/gazetaning maxsus sonini, bugungi o'yin chiptasi bilan solib qo'yaman. Chang jiddiy bizda. Yomg'ir kerak... Kamida yomg'ir. Bugun yaqqol bilinib qoldi... Shunga qaramay baxtchalar bugun stadionda ko'p edi. Shuncha shovqinda uxladi, men bittasiga bosh kiyimni berdim. U mazza qilib uxladi, 90daqiqa. Va mushaklar ovoziga uyg'ondi. Kuzatdi ko'zlari porladi... p.s Rasmda aynan o'sha malika... SEN FARG'ONASAN NEFTCHI!!! © #BI14 - @ch_k_t
Open in TelegramUyqu ham bir marta so'raydi xolos. Ha, qurgur, yana bir so'ra, rasmiyatchilikka birinchisi yo'q deyilardi-ku. Yana bitta so'ra, uxlaylik.
Open in Telegram