Account
Bookerberg

Bookerberg

📚 Kitoblar haqida fikrlar, taqrizlar, loyihalar... ▶️ YouTube: https://www.youtube.com/@Bibliotubeuz Bog'lanish uchun: @Afterway

Username
@bookerberg
Category
Books
Country
UzbekistanUzbekistan
Subscribers2,699
Avg views per post, 7d428−68.1% vs prev 7d
ERR15.85%last 7 days

Average views per post by day

By publication day

Show as table
DateAvg views per post
Nov 6, 20261,280
Nov 18, 20261,340
Nov 24, 2026466
Nov 25, 2026408

Most viewed this month

  1. 01

    SI bor olamda yashash uchun bolalarimiz nimalarni o'rganishi kerak? O'tgan oy 1000KITOB`dagi hamkasblarim Frankfurt shahrida bo'lib o'tgan kitoblar yarmarkasida qatnashib, menga u yerdan sovg'a — Daniel Sasskindning "What Should My Children Do?" kitobini olib kelishdi. Kitobda juda dolzarb masalalar ko'tarilgan, ko'pchilikni qiynayotgan savollarga javob izlangan. (Kitob nomini "Farzandlarim nima qilgani ma'qul?" deb tarjima qilish mumkin). SI modellari shiddat bilan rivojlanmoqda, yaqin yillarda hattoki Superintellekt paydo bo'ladi degan gaplarni ko'p eshitayapmiz. Ana shunday holatda, ertaga farzandlarimiz hayot kechiradigan dunyo qanday bo'lishi, ularni o'zimiz tasavvur qila olmayotgan kelajakka qanday tayyorlashimiz kerakligi haqida o'ylanib qoladi odam. Daniel Sasskind mana shu masalalar bilan boshi qotgan insonlarga mana shu kitobi orqali yordam berishga harakat qilgan. Men ham ushbu kitobda yozilgan maslahatlarni biroz o'rganib chiqdim. Shundan kelib chiqib, bu kitobdagi eng sara tavsiyalarni sizlar bilan ulashmoqchiman. Sasskind kelajakda talabgir bo'ladigan kasblarni tahmin qilishga harakat qilmaslikni maslahat beradi. Yaxshisi, asosiy fokusni muammolarga va ularning yechimiga qaratgan ma'qul. Chunki kasblar va rollar tez-tez o'zgaradi, ba'zan qaysidirlari yo'qolib ham ketadi — lekin muammolar hech qachon yo'qolmaydi. Shuning uchun, bolaning diqqatini fundamental muammolarga (kasalliklar, ijtimoiy muammolar, ekologiya, huquq) yechim izlashga yo'naltirgan ma'qul. Balki SI o'sha muammolarga yechim topishda yaxshi ko'makchiga aylanar, lekin undan unumli foydalana olish uchun ham, avvalambor, muammolarni ko'ra olish ko'nikmasi kerak. Ikki xil rejimda ishlash/o'qishni o'rgating: SI bilan va SI`siz. Shunda u ham SI qulayliklaridan o'zini cheklamaydi, ham fikrlash jihatidan SI`ga qaram bo'lib qolmaydi. 70-80-yillarda portativ kalkulyatorlar paydo bo'lib, deyarli barcha o'quvchi va talabalarning shaxsiy qurilmasiga aylana boshlagach, "endi farzandlarimiz mustaqil fikrlashdan cheklana boshlashadi, mustaqil hisob-kitob qila olishdan to'xtashadi" mazmunidagi xavotirlar avjiga chiqadi. Britaniyalik olim Uilfred Kokkroft bu muammoni o'rganib chiqadi va hammasi ko'pchilik o'ylaganchalik yomon emasligini aytadi. U shunday yechim taklif qiladi: murakkab hisob-kitoblarda kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berish va odatiy misollarni yechishda, shuningdek, imtihonlarda kalkulyatorlardan foydalanishni cheklash. Bu ikki xil rejimdan iborat o'rganish usuli — Kokkroft qoidasi deb ataladi. Daniel Sasskind SI bilan ishlashda/o'rganishda ham mana shu qoidadan foydalanishni tavsiya qiladi. Farzandingizdagi qiziquvchanlikni rag'batlantiring, emotsional intellektni rivojlantiring, etik (ahloqiy) fikrlash va empatiyani singdiring. SI bor dunyoda bular eng qadrli fazilatlarga aylanadi. Sasskind bolada bu kabi fazilatlar va sifatlarni rivojlantirish uchun turli to'garaklar, jumladan, sport, teatr (yoki umuman san'atning turli yo'nalishlari) kabilarga olib borishni tavsiya qiladi. Bola jamoada shakllanadi, turli sifatlarga ega bo'ladi va eng muhimi, jonli muloqot qilishni o'rganadi. Umuman olganda, Sasskindning maslahatlari, bola tarbiyasi haqidagi har qanday kitoblarda uchratishingiz mumkin bo'lgan tavsiyalarga o'xshash. Faqat bu kitobda fokus — noaniqliklarga to'la kelajakka qaratilgan. Kitobdagi maslahatlar, chindan ham insonni istalgan holatda, kutilmagan hodisalar oldida o'zini yo'qotib qo'ymasdan, mustaqil harakat qila oladigan qilib shakllantirishga xizmat qiladi. Menimcha ham, kelgusida bu kabi fazilatlar insondagi eng muhim xususiyatga aylanadi. Muhimi, sarosimaga tushmaslik, har qanday holatda ham "sovuq kalla" bilan qaror chiqarishni o'rganish. Go'yoki "o'yin qoidalari" hech ham o'zgarmagandek — chunki bu sifatlar oldin ham muhim bo'lgan, faqat bu safar ushbu fazilatlar odamlarni oldingidan ham keskinroq saralab qo'yishi mumkin. @Bookerberg

    Photo
    Views1.34K
    Forwards—
    Reactions26
    Comments—
  2. 02
    Views1.28K
    Forwards—
    Reactions66
    Comments—
  3. 03
    Views503
    Forwards—
    Reactions9
    Comments—
  4. 04

    So'nggi ikki oy ichida juda ko'p yangi kitoblar xarid qildim. Shaxsiy kutubxonam yaxshigina boyidi. Birinchi suratdagi kitoblarni do'konlaridan sotib olgan bo'lsam, ikkinchi suratdagi "tog'" bo'lib turgan kitoblarni chet eldan, marketpleyslardan (Ozon, WB, Uzum) buyurtma qildim. Shu, internetdan kitoblar buyurtma qilish oxirgi paytlar, men uchun qandaydir "fetish"ga aylandi. Qiziq kitoblar juda ko'p, savatchangizni qanday to'ldirib qo'yganingizni bilmay qolasiz. Kelinglar, dastlab o'zbek tilidagi, ya'ni o'zimizdagi kitob do'konlarida topiladigan kitoblar bilan tanishsak. "Mavjudlikning chidab bo'lmas yengilligi", Milan Kundera Kunderaning ushbu asari rusiyzabon kitobxonlar orasida juda mashhur. Buning ustiga, Praga bahori voqealari men uchun juda qiziq. Yana bir kuchli argument: Zabarjad Media yaxshi kitoblar chiqaradi. Qiziqdim, sotib oldim) "Kitobni qanday o'qish kerak?", Sergey Povarnin Tajribali kitobxonlar Mortimer Adlerning shu nomdagi asaridan ko'ra, bunisini foydaliroq deyishadi. Farengeyt Press`dan yana bir manfaatli kitob. "Zamonaviy dunyo inqirozi", Rene Genon Atrofimdagi insonlar bu kitob haqida juda ko'p gapirishdi, maqtashdi. Buni ustiga, ayni damda falsafaga qiziqib yurgan inson sifatida bu kitobni ham kutubxonamga qo'shishim va o'qib chiqishim kerak deb hisobladim. "Simulyakr va simulyatsiya", Jan Bodriyyar Postmodernist faylasuf Jan Bodriyyarning shoh asari, falsafiy traktat. Bu asarida u reallik, simulyatsiya, simulyakr tushunchalarini ochib bergan. Kitobni biroz o'ylanib, sotib oldim. Bodriyyarning tili aslida juda murakkab, uning matnini tarjima qilish osonmas — shunga tarjimasi qanday ekan deb ikkilandim. Lekin hali tarjima sifatini to'liq baholashga fursat bo'lmadi. "Momo", Mixael Ende Qiziq ma'lumot, bu asar Germaniyada eng ko'p o'qiladigan bolalar adabiyoti sirasiga kiradi. Bu kitobni aynan shu sababga ko'ra sotib oldim. "Ultrabilim", Skott Yang Bu kitobning original nomi "Ultralearning", aslida mazmunan "Ultra-o'rganish" deb tarjima qilinishi to'g'riroq bo'lardi. Menimcha nashriyot o'zbekchada qanday eshitilishi yoki sotilish nuqtai nazaridan shunaqa qarorga kelgan deb o'yladim. Kitob juda foydali. Ayniqsa talabalar o'qishi kerak bo'lgan kitoblardan. "Bolakay, ko'rsichqon, tulki va tulpor", Charli Makkizi Bu kitobni shundoq ochib ko'rishingizdanoq — "bo'ldi, sotib olaman" deysiz. Illyustratsiyalari o'zgacha. Bu kitobni o'zingiz ham, bolalaringiz ham (yoki umuman, birgalikda o'qilsa yaxshi) o'qishi mumkin. Juda sifatli bosma. "Iste'dod aristokratiyasi", Adrian Vuldrij Bu kitob Markaziy Bankning "Moliyaviy bilimlar" loyihasi va Akademnashr hamkorligida nashr qilingan. Muallif ushbu kitobda meritokratiya nimaligini va uning ildizlarini tushuntirib bergan. Siz qaysi birini o'qigansiz yoki o'qishni xohlaysiz? Boshqa yangi kitoblarim bilan tanishamizmi? Qiziqmi? @Bookerberg

    Photo
    Views466
    Forwards—
    Reactions28
    Comments—

Latest posts

#2231Photo

Open in Telegram
Views466−40%vs avg
Forwards—
Reactions28
Comments—
#2230Photo

SI bor olamda yashash uchun bolalarimiz nimalarni o'rganishi kerak? O'tgan oy 1000KITOB`dagi hamkasblarim Frankfurt shahrida bo'lib o'tgan kitoblar yarmarkasida qatnashib, menga u yerdan sovg'a — Daniel Sasskindning "What Should My Children Do?" kitobini olib kelishdi. Kitobda juda dolzarb masalalar ko'tarilgan, ko'pchilikni qiynayotgan savollarga javob izlangan. (Kitob nomini "Farzandlarim nima qilgani ma'qul?" deb tarjima qilish mumkin). SI modellari shiddat bilan rivojlanmoqda, yaqin yillarda hattoki Superintellekt paydo bo'ladi degan gaplarni ko'p eshitayapmiz. Ana shunday holatda, ertaga farzandlarimiz hayot kechiradigan dunyo qanday bo'lishi, ularni o'zimiz tasavvur qila olmayotgan kelajakka qanday tayyorlashimiz kerakligi haqida o'ylanib qoladi odam. Daniel Sasskind mana shu masalalar bilan boshi qotgan insonlarga mana shu kitobi orqali yordam berishga harakat qilgan. Men ham ushbu kitobda yozilgan maslahatlarni biroz o'rganib chiqdim. Shundan kelib chiqib, bu kitobdagi eng sara tavsiyalarni sizlar bilan ulashmoqchiman. Sasskind kelajakda talabgir bo'ladigan kasblarni tahmin qilishga harakat qilmaslikni maslahat beradi. Yaxshisi, asosiy fokusni muammolarga va ularning yechimiga qaratgan ma'qul. Chunki kasblar va rollar tez-tez o'zgaradi, ba'zan qaysidirlari yo'qolib ham ketadi — lekin muammolar hech qachon yo'qolmaydi. Shuning uchun, bolaning diqqatini fundamental muammolarga (kasalliklar, ijtimoiy muammolar, ekologiya, huquq) yechim izlashga yo'naltirgan ma'qul. Balki SI o'sha muammolarga yechim topishda yaxshi ko'makchiga aylanar, lekin undan unumli foydalana olish uchun ham, avvalambor, muammolarni ko'ra olish ko'nikmasi kerak. Ikki xil rejimda ishlash/o'qishni o'rgating: SI bilan va SI`siz. Shunda u ham SI qulayliklaridan o'zini cheklamaydi, ham fikrlash jihatidan SI`ga qaram bo'lib qolmaydi. 70-80-yillarda portativ kalkulyatorlar paydo bo'lib, deyarli barcha o'quvchi va talabalarning shaxsiy qurilmasiga aylana boshlagach, "endi farzandlarimiz mustaqil fikrlashdan cheklana boshlashadi, mustaqil hisob-kitob qila olishdan to'xtashadi" mazmunidagi xavotirlar avjiga chiqadi. Britaniyalik olim Uilfred Kokkroft bu muammoni o'rganib chiqadi va hammasi ko'pchilik o'ylaganchalik yomon emasligini aytadi. U shunday yechim taklif qiladi: murakkab hisob-kitoblarda kalkulyatordan foydalanishga ruxsat berish va odatiy misollarni yechishda, shuningdek, imtihonlarda kalkulyatorlardan foydalanishni cheklash. Bu ikki xil rejimdan iborat o'rganish usuli — Kokkroft qoidasi deb ataladi. Daniel Sasskind SI bilan ishlashda/o'rganishda ham mana shu qoidadan foydalanishni tavsiya qiladi. Farzandingizdagi qiziquvchanlikni rag'batlantiring, emotsional intellektni rivojlantiring, etik (ahloqiy) fikrlash va empatiyani singdiring. SI bor dunyoda bular eng qadrli fazilatlarga aylanadi. Sasskind bolada bu kabi fazilatlar va sifatlarni rivojlantirish uchun turli to'garaklar, jumladan, sport, teatr (yoki umuman san'atning turli yo'nalishlari) kabilarga olib borishni tavsiya qiladi. Bola jamoada shakllanadi, turli sifatlarga ega bo'ladi va eng muhimi, jonli muloqot qilishni o'rganadi. Umuman olganda, Sasskindning maslahatlari, bola tarbiyasi haqidagi har qanday kitoblarda uchratishingiz mumkin bo'lgan tavsiyalarga o'xshash. Faqat bu kitobda fokus — noaniqliklarga to'la kelajakka qaratilgan. Kitobdagi maslahatlar, chindan ham insonni istalgan holatda, kutilmagan hodisalar oldida o'zini yo'qotib qo'ymasdan, mustaqil harakat qila oladigan qilib shakllantirishga xizmat qiladi. Menimcha ham, kelgusida bu kabi fazilatlar insondagi eng muhim xususiyatga aylanadi. Muhimi, sarosimaga tushmaslik, har qanday holatda ham "sovuq kalla" bilan qaror chiqarishni o'rganish. Go'yoki "o'yin qoidalari" hech ham o'zgarmagandek — chunki bu sifatlar oldin ham muhim bo'lgan, faqat bu safar ushbu fazilatlar odamlarni oldingidan ham keskinroq saralab qo'yishi mumkin. @Bookerberg

Open in Telegram
Views1,340+72%vs avg
Forwards—
Reactions26
Comments—
#2227Photo
Views1,640+110%vs avg
Forwards—
Reactions28
Comments—
#2225Text
Views1,410+81%vs avg
Forwards—
Reactions21
Comments—
#2224Text
Views1,420+82%vs avg
Forwards—
Reactions10
Comments—

All posts

Connections