#Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy tashriflar yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda 2027-yilda mamlakatimizda yirik xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Yig‘ilishga 16-17-noyabr kunlari Oʻmon Sultonligiga va 23-24-noyabr kunlari Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga amalga oshirilgan davlat tashriflari Oʻzbekistonning ushbu mamlakatlar bilan munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqqanligi qayd etildi. Shuningdek, oliy darajadagi muzokaralar yakunida strategik sheriklik toʻgʻrisida bitimlar imzolandi, uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan amaliy hamkorlikning keng qamrovli kun tartibi shakllantirildi. 2027-2029-yillarda oltita istiqbolli yoʻnalishda 164 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilgan. Batafsil: https://president.uz/oz/lists/view/9895 Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramPosts of BBA|Samarqand
Forwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
👍👍👍 Xalqaro TKT imtixoniga ro’yxatdan o’tish ochildi 📍 Imtihonlar Toshkent shahri, Farg‘ona, hamda Buxoro viloyatlarida o'tkaziladi. ⏳ Ro'yxatdan o'tish muddati: 03.01.2027 uchun — 29.11.2026; 10.01.2027 uchun — 06.12.2026; 24.01.2027 uchun — 20.12.2026. ✍️ Ro'yxatdan o'tish ushbu havola orqali! ❗️ Eslatma: ro'yxatdan o'tish va to'lov ko'rsatilgan muddatdan oldin yakunlanishi lozim. Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: 📱 Telegram |📷 Instagram |🎞 YouTube
Open in TelegramForwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
MILLIY SERTIFIKAT BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🗓 Boshlanish vaqti: 2026-yil 3-dekabr, soat 15:00 ⏳ Davomiyligi: 12 soat Ma’lumot uchun: dastlabki 60 nafar nomzod saralab olinadi. ‼️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: ✅Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog bo‘lish; ✅Qoraqalpoq tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga; ✅Rus tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga yoki TRKI C1 va undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim. 📚 Kursda yozma ishlarni baholash mezonlari va metodikasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramForwarded from Bilimni baholash agentligi
#OnlaynTest 🏢🏢🏢🏢🏢🏢🏢 Shaharsozlik boʻyicha mutaxassislar sertifikatlash imtihonidan o‘tdilar 📆 2026-yil 25-noyabr kuni shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimi doirasida navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi. 📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu imtihonlarda 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 💼 Test sinovlari Bilimni baholash agentligining “Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi va talabgorlar imtihon yakunida to‘plagan ballarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📝 Imtihonlarning yakuniy natijalari bo‘yicha qaydnomalari belgilangan tartibda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutiga taqdim etiladi. ‼️ Ma'lumot uchun: ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentyabrdagi 460-son qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramForwarded from Ilmiy-o‘quv amaliy markazi
MILLIY SERTIFIKAT BO‘YICHA MALAKA OSHIRISH KURSLARI TASHKIL ETILMOQDA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarida yozish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. 🗓 Boshlanish vaqti: 2026-yil 3-dekabr, soat 15:00 ⏳ Davomiyligi: 12 soat Ma’lumot uchun: dastlabki 60 nafar nomzod saralab olinadi. ‼️Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar: ✅Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot bo‘yicha oliy ma’lumotli pedagog bo‘lish; ✅Qoraqalpoq tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga; ✅Rus tili mutaxassislari — milliy sertifikatning A yoki A+ darajasiga yoki TRKI C1 va undan yuqori darajaga ega bo‘lishi lozim. 📚 Kursda yozma ishlarni baholash mezonlari va metodikasi bo‘yicha nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 1-dekabrgacha. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | YouTube
Open in TelegramForwarded from Bilimni baholash agentligi
🟦🟦🟦 “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2026-yil 2-ochiq stipendiya tanlovi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tdi. ‼️ Barcha jarayonlar ochiqlik, shaffoflik, tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga asosan tashkil etildi. ✔️ Test topshirish nuqtalari nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham tashkil etildi. Bu nomzodlarga bevosita o‘z hududlarida sinovdan o‘tish orqali vaqt va mablag‘larini tejash imkonini beradi. 🔵 Shuningdek, chet elda bo‘lib turgan nomzodlar uchun ham test sinovlarida onlayn ravishda ishtirok etish imkoniyati taqdim etildi. 📹 Ishtirokchilar fikri bilan batafsil videoda tanishing! Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramForwarded from Bilimni baholash agentligi
Donald Tramp O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan sovg‘a qilingan o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. Donald Trampning qayd etishicha, o‘tgan hafta O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov va AQSh Ichki ishlar vaziri Dag Burgum ishtirokida o‘tkazilgan taqdimot marosimi chog‘ida «Marine One» vertolyotida ushbu ayvonlar ustidan uchib o‘tish uning uchun alohida sharaf bo‘lgan. AQSh Prezidenti ayvonlarni qurgan ustalarni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi. "O‘zbekistonlik mohir ustalar haqiqiy iste’dod sohiblaridir! Ular ushbu go‘zal ayvonlarni yuksak mahorat bilan bunyod etishdi. Bu ayvonlar chindan ham hayratomuz!" - deb yozdi Donald Tramp. Batafsil Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in TelegramForwarded from Bilimni baholash agentligi
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️ Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda 📆 Oldin xabar qilingan milliy sertifikatlash doirasida biologiya, kimyo va fizika fanlari bo‘yicha imtihonlar yakunlandi. 📍 Imtihonlar 2026-yil 21–24-noyabr kunlari agentlikning respublikadagi barcha hududiy bo‘limlari binolarida va Toshkent shahrida tashkil etildi. Talabgorlarga o‘zi yashaydigan hududlarga yaqin joyda, zamonaviy infratuzilmaga ega va qulay shart-sharoitlarda imtihon topshirish imkoniyati yaratildi. 👥 Biologiya, kimyo va fizika fanlaridan o‘tkazilgan imtihonlarda jami 95 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va ulardan 37 nafari amaldagi tartib-qoidalarga amal qilmagani uchun jarayondan chetlatildi. 📌 Eslatib o‘tamiz: matematika fanidan imtihonlar 2026-yil 28–30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 🪪 Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asl nusxasi bilan kiritiladi. ❗ Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) narsalarni olib kelmaslik so‘raladi. Agentlikning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling: 🔝 Telegram |🔝Facebook |🔝 Instagram |🔝 YouTube
Open in Telegram