qabulda so‘rayman: -nega maktab almashtiryapsiz? -ustozi aytdi, farzandimiz u muhitda uvol ketarkan, kuchliroq joyga olib keldik. o‘qituvchimiz qabulda ishladilar. ancha orqada qolgan bir o‘quvchiga rahimlari keldi. -imtihondan o‘tmasa ham, kafillikka olib, o‘qitaman dedilar. bir o‘qituvchimiz borlar. ba’zi o‘quvchilar bilan o‘ynab, boshqalar bilan jiddiy, yana kimdirga mehribonlik bilan gapiradilar. ustozlikda eng to‘g‘ri ish o‘zgarib turadi: ketkazish, chaqirish, turli usullarda gapirish. chunki kuchli ustoz bo‘lishning aniq formulasi yo‘q. bo‘lganida 200ta pedagogik asar o‘qigan makarenko topa olar edi. bittagina qonuniyat bor bo‘lsa kerak: shogirdlarini chin dildan yaxshi ko‘rish. bu esa pokiza qalbsiz qiyin kechadi. shuning uchun ham, tanigan eng yaxshi odamlarimizni eslab chiqaylik, aksari ustozlar bo‘ladi. muallimlar kuni muborak! yaxshi odamlar kuni muborak!
Open in TelegramPosts of Aziz Rahimov
eng foydali ixtirolar oldindan ma'lum bo'lmaydi. oldindan kutilganida, ularni kashf qilib bo'lishar edi. ishxonamizda kutilmagan odamlar yulduz(kuchli) bo'lib chiqadi. yulduz bo'lishi oldindan ma'lum bo'lganida, ular bizgacha yetib kelmas edi. hayotimizdagi katta musibatlar kutilmagan joydan (va vaqtda) keladi. kutilganida, musibatning zarbasi katta bo'lmas edi. bilganlarimizning aksar qismini ham kutilmagan joydan o'rganamiz. kutilgan joylar kutilgan, tayyorgarlik ko'rilgan (demak kichkina) foyda olib keladi.
Open in Telegramkibr tashqaridan kelgan fidbekni qabul qildirmaydi. fidbek kelmasa, o’zgarish kelmaydi. o’zgaradigan dunyoda o’zgara olmaslik, o’yindan chiqishga sabab bo’ladi. shuning uchun ham: rahbarni ulug’lash va u bilan bahslashmaslik – cho’kayotgan ishxonaning belgisi anchadan beri uzr so’ralmagan xonadon – baxtsiz oilaning belgisi kamchiliklar gaplashilmagan do’stlik – vaqtinchalik munosabat belgisi
Open in Telegramfikrlarimizni yozmaguncha, sayoz tafakkurimizni ko‘rmaymiz. taymer bilan hisoblamaguncha, bekor yurganimizni bilmaymiz. eski rasmlarimizga qaramaguncha, qariganimizni sezmaymiz. xarajatlarimizni kiritmaguncha, o‘zimizni tejamkor hisoblaymiz. niyatlarimizni tahlil qilmaguncha, “yaxshi odamman” deb o‘ylaymiz. o'zgarish "o'lchash"dan boshlanadi.
Open in Telegramdouble benefit ko‘proq ishlagan ham ko‘proq topadi, ham pul ishlatishga kamroq vaqti qoladi. kamroq yegan ham yeyishdan, ham hammomga qatnashdan vaqt tejaydi. instagramga kirmagan ham vaqti ortib qoladi, ham behuda istaklari kamayib ketadi.
Open in Telegrammas’uliyatiga qarab uch xil xodimlarni ko‘rdim. 1. topshirilgan ishni to‘liq bajarmaydi. bo‘shab ketmaslik darajasida ishlaydi. bozor kadrga och bo‘lgan sohalarda uni rostdan ham bo‘shatib yuborishmaydi. “yo‘qdan ko‘ra”. 2. topshirilgan ishni to‘liq bajaradi. natijada bitta shirkatda yillab ishlaydi. bozorda ham doim ish topa oladi. 3. topshirilgan ishlardan tashqari, aytilmagan (lekin foydali bo‘lgan) ishlarni ham qilib boradi.. shu uchinchi toifa yaqin kelajakda rahbar bo‘lib ketadi. ba’zilari tadbirkorlikka ham o‘tadi. 1- va 2-toifadagilar shu hamkasblariga qarab ko‘tarilish sababini tushunmaydilar. "biz ham ishlayapmiz-ku", deydilar. xuddi ivan va ishchi latifasidagi kabi. tushunmasliklari sababi oddiy. odam o‘zida yo‘q narsani na ko‘ra oladi, na o‘lchay oladi.
Open in Telegramraqamli dunyomizga moslashgan maqollar: kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan. instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi. brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman. do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi. yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi. yigit kishiga 40ta app kam. akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz. yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos. ko'zoynakning ham kamerasi bor. rilsga to'ymagan, storisga ham to'ymaydi. kelin kelsa, "screen time"ga boq.
Open in Telegrammahsulot o’zgarishi uchun moddaning hammasi emas, bir qismi o’zgarishi ham yetarli bo’lishi mumkin. sut qatiqqa aylanishi uchun bir necha tomchi achitqi yetadi. mevali suvlarning aksarida sharbat yoki meva hidi 1% bo’ladi. xuddi shu tartibni odamlarda ham ko’ramiz. Prays-Lotka qonuniga ko'ra, sohadagi asosiy yangiliklarni bir nechtagina olim olib keladi. Dyurantlar yozadi: xalqni kam sonli avliyolar o’zgartiradi. Taleb yozadi: iqtisodni kam sonli yetakchilar o’stiradi. shuning uchun ham o’zgarish olib kelmoqchi bo’lsak, ikkita yo’l qoladi: noyob yetakchi bo’lib yetishamiz. yoki shunday yetakchini topib, ergashamiz.
Open in Telegramchanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladi ochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladi mehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadi yolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladi uzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladi hissiyotlarni tashqaridan qidiramiz asli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi
Open in TelegramYarim doim ham o‘rtada emas. 70 yillik umrning yarmi 21 yoshda o‘tib ketgandek tuyuladi. Ishning yarim qiyinchiligi o‘rtasida emas, boshlab olishda bo‘ladi. 400 betlik kitobning yarim foydasi ilk 50 betida bo‘ladi. Million yig‘ishning yarim qiyinchiligi ilk 50-100k da bo‘ladi. Kunning yarmi peshinda emas, tonggi 9-10 larda o‘tib ketadi.
Open in Telegramvia negativa aqlli gap aytgan emas, ahmoqona gap aytmaydigangina - oqil. adolat qilib turadigan emas, adolatsizlik qilmaydigangina - odil. ilmdan gapiradigan emas, ilmsiz gapirmaydigangina - olim. rost gaplari ko’p bo’lgan emas, yolg’onlari yo’q odamgina - rostgo’y.
Open in TelegramMandat javoblari chiqdi. Talaba bo‘lganlarning ba’zilari hamma ishni tashlab o‘qiganlari yaxshi. Boshqalari esa, universitetga qatnab tursalar ham yetadi. Yana boshqalari esa, kirgan bo‘lsalar ham, o‘qishni davom ettirishmasa yutishadi. Bizga shularning qaysi biri mosroqligini bilish, Mandatdan keyingi hayot, Talabalik nasib qilmaganlarning yo‘l xaritasi va boshqa mavzular haqida do‘stlarimiz Abdusattor va Temurbek bilan yangi videoda gaplashdik.
Open in TelegramYana bir o‘quv yili tugadi. Maktabimiz natijalari bilan bo‘lishamiz. Hozircha bitiruvchilarimizning 94 foizi talaba bo‘ldi. Lekin, faqatgina talaba bo‘lish bilan hozir kimni hayron qoldira olasiz? 104 ta bitiruvchimizdan: 28 tasi 100 foizlik (upd: 37ta bo'ldi) 44 tasi 50+ foizlik 10 tasi qisman grant bilan talaba bo‘lishdi. Qolganlari shartnomaga kirdi yoki javobini kutyapmiz. 104 ta bitiruvchimizning 99 tasida kamida bitta fan yoki til sertifikati bor. Bu yilning o‘zida o‘quvchilarimiz: 113 ta IELTS, 34ta SAT, 91ta CEFR(ingliz va arab tilidan), 10 ta AP Calculus & Statistics va 49 ta Milliy matematika sertifikati olishdi. 4100 ta kitob o‘qib topshirishdi. O‘nlab olimpiadalardan sovg‘a bilan qaytishdi. Boshlang‘ich sinflarimizda kumon matematika tizimi joriy qildik. 50% o‘quvchilarimiz mavzudan bir yil oldinga o‘tib ketishdi. Ota-onalar roziligini 87% ga olib chiqa oldik. Ustozlarimizda yildan-yilga qolish 90.2% ga chiqdi. O‘quvchilarimizning 87 foizi kelasi yil uchun shartnoma tuzib bo‘lishdi. (Eng birinchi kampusimizda 91%) O‘zimizda ishlab, o‘zimizda farzandini o‘qitayotganlar soni 61 taga yetdi. Endi biz ham ayta olamiz: Maktabni o‘zimiz uchun yurityapmiz, sizlarga ham ilindik.
Open in TelegramPul (yoki mukofot) berib kitob o‘qitish foyda beradimi? Ayni shu savolni Garvard ta’lim iqtisodchilari ham berishgan edi. 250 ta maktabda 10 mln dollar sarflab, tekshirib ham ko‘rishdi. 2$ gina mukofot olgan bolalar 40% ko‘proq kitob o‘qishgan. Mukofot to‘xtaganidan keyin ham, odatlari saqlanib qolgan. Ko‘p kitob o‘qish yo‘lida ikkita asosiy to‘siq bor: 1. Odatlanmaganlik 2. Lug‘at kichikligi sabab tushunmaslik. Mukofotga qiziqib, muntazam o‘qish, ikkisiga ham yechim bo‘la oladi.
Open in TelegramParallel muhitda 150 tadan oshiq insho yozdik. Ibrohim turmush qurish haqidagilarini tartiblab, bir joyga to'plabdi. O'n yil oldin o'zim ham shunday qo'llanmani qidirgan edim. Yoshlarga foydasi tegib qolar: turmusht.uz
Open in TelegramBog’cha ochish bo’yicha savollar so’rab turishadi. Eng ko’p takrorlanadiganlarini yig’ib do’stimiz Jasurbek bilan darslik yozdik. Bog’cha ochmoqchi bo’lganlarga foydali bo’ladi. Ancha xatolardan saqlab qoladi.
Open in TelegramO‘quvchilarimiz qaytib kelganda xursand bo‘lib ketaman. Ichimdan fikr o‘tadi: Demak, birinchi tanlovlari tasodifiy yoki majburiy bo‘lmagan ekan. Hamkasblarimiz qaytib kelganda, xursand bo‘lib ketaman. Demak, ishxonani yaxshi ko‘rib ishlashgan. Vatan, umr yo‘ldosh, hamkasb, do‘st, ustoz uchun ham eng yaxshi maqtov shu bo‘lsa kerak: Sizni yana boshqatdan tanlagan bo‘lar edim.
Open in TelegramBiror ma’lumotni o‘qiyman. Xuddi shu ma’lumotni kimdir gapirib beradi. Gapirib bergani yaxshiroq esimda qoladi. Sababi haqida o‘ylab qoldim. Topdim shekilli: Suhbatlarda hissiyot qo‘shiladi. -“Menga gapiryapti” deb yaxshiroq eslab qolamiz. Shu kuzatuvdan matn o‘qish uchun ham layfxak chiqib kelyapti: -“Men uchun yozgan” deb o‘qish. Bu usulda o‘qisak, odatdagidan ko‘proq xafa bo‘lishimiz mumkin. Hechqisi yo'q. Chunki maqsadimiz ham shu: Ta’sir qilgani uchun eslab qolish.
Open in TelegramIshga olish suhbatlarida ko‘p qatnashganman. Oldingi ishxonasi haqidagi fikriga qarab, suhbatdoshlar ikkiga bo‘linar edi. Minnatdor bo‘lganlar: “Buni o‘rgandim, ko‘p odamlar bilan tanishdim, mana bu ishlarni qildim” deyishadi. Noshukur bo‘lganlar: “Qadrimga yetmadi, mendan kuchsizni rahbar qilishdi, umrim ketdi” deyishadi. Ilk suhbatlarim 2018-yilda boshlangan edi. Demak, javoblarga qarab, oqibatlar haqida xulosa qila olamiz. Minnatdorlarning holati yaxshilandi. Rahbar, tadbirkor, inflyuyenser bo‘lib ketganlar ham bor. Noshukurlarning darajasi uncha o‘zgarmadi. Tepaga chiqqanlari ham ozginadan keyin qaytib tushishdi. Tabiatimizga shukr qilish emas, cheksiz xohishlar xos. Ba’zilar shu tabiatiga qarshi chiqib, minnatdor holda yashaydi. Keyin hayot minnatdor bo‘lish uchun yana sabablar taqdim qiladi. Bundan ikkita xulosa olamiz: Noshukurlarni ishga olmang. Ko‘tarilmaydigan xodimni nima qilasiz? Shukrni ko‘paytiring. Noshukur bo‘lsangiz, yutqazasiz.
Open in Telegram"Amal qilishga ulgurmasam, o’qib nima qilaman?" Shunday o’ylab, o’qimay qo’yadiganlar bor. Bu fikrga uchta e’tirozim bor: 1- Amal qilish uchun o’qish yetarli emas. Yodlash ham kerak. Esimizda turgan narsaga amal qilishimiz ehtimoli 50%. Esimizda turmasa 0%. Demak, amal qilishga ko’p o'qish emas, o'qiganimiz esimizda turmasligi xalaqit beradi. 2- Fizika-matematikani maktab paytida o’qiymiz. Ehtiyojdan ancha oldin. Iqtisod va tarix fanlari bilan ham shunday. Chunki ehtiyoj kelganda, o’qishga vaqt topilmay qoladi. 3- Yodlamasak ham, ishlatmasak ham, har bir o’qigan narsamiz tafakkurimizni kengaytiradi. SI tufayli tafakkur torayishi jarayonida, bu bizga cheksiz ustunliklar beradi.
Open in Telegram