qabulda so‘rayman: -nega maktab almashtiryapsiz? -ustozi aytdi, farzandimiz u muhitda uvol ketarkan, kuchliroq joyga olib keldik. o‘qituvchimiz qabulda ishladilar. ancha orqada qolgan bir o‘quvchiga rahimlari keldi. -imtihondan o‘tmasa ham, kafillikka olib, o‘qitaman dedilar. bir o‘qituvchimiz borlar. ba’zi o‘quvchilar bilan o‘ynab, boshqalar bilan jiddiy, yana kimdirga mehribonlik bilan gapiradilar. ustozlikda eng to‘g‘ri ish o‘zgarib turadi: ketkazish, chaqirish, turli usullarda gapirish. chunki kuchli ustoz bo‘lishning aniq formulasi yo‘q. bo‘lganida 200ta pedagogik asar o‘qigan makarenko topa olar edi. bittagina qonuniyat bor bo‘lsa kerak: shogirdlarini chin dildan yaxshi ko‘rish. bu esa pokiza qalbsiz qiyin kechadi. shuning uchun ham, tanigan eng yaxshi odamlarimizni eslab chiqaylik, aksari ustozlar bo‘ladi. muallimlar kuni muborak! yaxshi odamlar kuni muborak!
Open in Telegram
Aziz Rahimov
Bog’lanish uchun: @rahimov_aziz Reklama olmaymiz.
Latest posts
eng foydali ixtirolar oldindan ma'lum bo'lmaydi. oldindan kutilganida, ularni kashf qilib bo'lishar edi. ishxonamizda kutilmagan odamlar yulduz(kuchli) bo'lib chiqadi. yulduz bo'lishi oldindan ma'lum bo'lganida, ular bizgacha yetib kelmas edi. hayotimizdagi katta musibatlar kutilmagan joydan (va vaqtda) keladi. kutilganida, musibatning zarbasi katta bo'lmas edi. bilganlarimizning aksar qismini ham kutilmagan joydan o'rganamiz. kutilgan joylar kutilgan, tayyorgarlik ko'rilgan (demak kichkina) foyda olib keladi.
Open in Telegramkibr tashqaridan kelgan fidbekni qabul qildirmaydi. fidbek kelmasa, o’zgarish kelmaydi. o’zgaradigan dunyoda o’zgara olmaslik, o’yindan chiqishga sabab bo’ladi. shuning uchun ham: rahbarni ulug’lash va u bilan bahslashmaslik – cho’kayotgan ishxonaning belgisi anchadan beri uzr so’ralmagan xonadon – baxtsiz oilaning belgisi kamchiliklar gaplashilmagan do’stlik – vaqtinchalik munosabat belgisi
Open in Telegramfikrlarimizni yozmaguncha, sayoz tafakkurimizni ko‘rmaymiz. taymer bilan hisoblamaguncha, bekor yurganimizni bilmaymiz. eski rasmlarimizga qaramaguncha, qariganimizni sezmaymiz. xarajatlarimizni kiritmaguncha, o‘zimizni tejamkor hisoblaymiz. niyatlarimizni tahlil qilmaguncha, “yaxshi odamman” deb o‘ylaymiz. o'zgarish "o'lchash"dan boshlanadi.
Open in Telegramdouble benefit ko‘proq ishlagan ham ko‘proq topadi, ham pul ishlatishga kamroq vaqti qoladi. kamroq yegan ham yeyishdan, ham hammomga qatnashdan vaqt tejaydi. instagramga kirmagan ham vaqti ortib qoladi, ham behuda istaklari kamayib ketadi.
Open in Telegrammas’uliyatiga qarab uch xil xodimlarni ko‘rdim. 1. topshirilgan ishni to‘liq bajarmaydi. bo‘shab ketmaslik darajasida ishlaydi. bozor kadrga och bo‘lgan sohalarda uni rostdan ham bo‘shatib yuborishmaydi. “yo‘qdan ko‘ra”. 2. topshirilgan ishni to‘liq bajaradi. natijada bitta shirkatda yillab ishlaydi. bozorda ham doim ish topa oladi. 3. topshirilgan ishlardan tashqari, aytilmagan (lekin foydali bo‘lgan) ishlarni ham qilib boradi.. shu uchinchi toifa yaqin kelajakda rahbar bo‘lib ketadi. ba’zilari tadbirkorlikka ham o‘tadi. 1- va 2-toifadagilar shu hamkasblariga qarab ko‘tarilish sababini tushunmaydilar. "biz ham ishlayapmiz-ku", deydilar. xuddi ivan va ishchi latifasidagi kabi. tushunmasliklari sababi oddiy. odam o‘zida yo‘q narsani na ko‘ra oladi, na o‘lchay oladi.
Open in Telegramraqamli dunyomizga moslashgan maqollar: kuzatadigan beshta blogingni o'rtachasisan. instagramga yaqin yursang, istaklaring ko'payadi. brauzer(yoki gpt) tarixingni ko'rsat, kimligingni aytaman. do'st blog(fikr)ingga qarab, dushman instagram akkaunting (ya'ni ko'rinishing)ga qarab muomala qiladi. yaxshi qiz blogidan tashqariga chiqmaydi. yigit kishiga 40ta app kam. akkauntingdagi kabi bo'l, yoki akkauntingni asling kabi yurgiz. yetti o'lchab, bir linkning ustiga bos. ko'zoynakning ham kamerasi bor. rilsga to'ymagan, storisga ham to'ymaydi. kelin kelsa, "screen time"ga boq.
Open in Telegrammahsulot o’zgarishi uchun moddaning hammasi emas, bir qismi o’zgarishi ham yetarli bo’lishi mumkin. sut qatiqqa aylanishi uchun bir necha tomchi achitqi yetadi. mevali suvlarning aksarida sharbat yoki meva hidi 1% bo’ladi. xuddi shu tartibni odamlarda ham ko’ramiz. Prays-Lotka qonuniga ko'ra, sohadagi asosiy yangiliklarni bir nechtagina olim olib keladi. Dyurantlar yozadi: xalqni kam sonli avliyolar o’zgartiradi. Taleb yozadi: iqtisodni kam sonli yetakchilar o’stiradi. shuning uchun ham o’zgarish olib kelmoqchi bo’lsak, ikkita yo’l qoladi: noyob yetakchi bo’lib yetishamiz. yoki shunday yetakchini topib, ergashamiz.
Open in Telegramchanqoqning cho‘qqisi suvni rohatli qiladi ochlikning cho‘zilishi ovqatni shirin qiladi mehnatda charchash damda vijdonni tinch qo‘yadi yolg‘onsiz pul topish uyquni xotirjam qiladi uzoq muddatda erishish yutuqni qadrli qiladi hissiyotlarni tashqaridan qidiramiz asli ularning manbasi ichimizda bo‘ladi
Open in TelegramYarim doim ham o‘rtada emas. 70 yillik umrning yarmi 21 yoshda o‘tib ketgandek tuyuladi. Ishning yarim qiyinchiligi o‘rtasida emas, boshlab olishda bo‘ladi. 400 betlik kitobning yarim foydasi ilk 50 betida bo‘ladi. Million yig‘ishning yarim qiyinchiligi ilk 50-100k da bo‘ladi. Kunning yarmi peshinda emas, tonggi 9-10 larda o‘tib ketadi.
Open in TelegramConnections
Similar channels
Şaha Dolimov@shahadolimovBlogs20K
Muhammad Ali | Rasmiy Blog@muhammadali_eshonqulovBlogs55.7K
𝗔𝗕𝗗𝗨𝗝𝗔𝗕𝗕𝗢𝗥𝗢𝗩__7@abdujabborov_islom_7Blogs71.9K
𝑇𝑜𝑘ℎ𝑖𝑟𝑜𝑣13@tokhirov13Blogs41.4K
Anvarov’s blog@anvarovsblogBlogs39K
Эффект Макаренко@makarenko_channelBlogs35.9K
Komilov Ibratbek@komilov_ibratbekBlogs33.8K
ABDUKARIM MIRZAYEV | Расмий канал@abdukarim_mirzayev_kanaliBlogs113K

