⚡️Talabalarning ijara to‘lovi qisman qoplab berilishi tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qaroriga muvofiq, davlat oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, turar joy bilan qamrab olinmagan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Kompensatsiya miqdori (oyiga): 🔹 Toshkent shahrida — BHMning 1 baravari (440 ming so‘m); 🔹 boshqa hududlarda — BHMning yarim baravari (220 ming so‘m). Ariza har oyning 7-sanasiga qadar kontrakt.edu.uz axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali «Ijara to‘lovlari» bo‘limida topshiriladi. Ijara shartnomasi ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan bo‘lishi shart; birinchi kurs talabalari uchun bu talab noyabrdan amal qiladi. 👉 @Axmadjanovuz
Open in TelegramViews growthHide views growth
Views growth
Hours after publication
Show as table
| Hours after publication | Views |
|---|---|
| 0 h | 0 |
| 2 h | 1,253 |
| 14 h | 2,399 |
| 26 h | 2,785 |
- After 24 hours2,785
- Total to date2,785