Account

Posts of Arofat malim | Ta’limning Nigorasi

newest first

#157Text
Views466−64%vs avg
Forwards—
Reactions46
Comments—
#156Text
Views645−50%vs avg
Forwards—
Reactions48
Comments—
#155Text

O‘smirlarni darsda betartib, betayin, hech narsaga qiziqmaydigan deb o‘ylaysizmi? Demak, siz jamiyatdagi vaziyatlar haqida savol berganingizda ularning qanchalik jiddiy tortib qolishini, mas’uliyat va mulohaza bilan fikr bildirishini ko‘rmagansiz. Darsning tanishuv qismida bir qiz: "Pulni yomon ko‘raman", deb yozibdi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga: — Qizlar faqat pul va boylikka qarab turmush o‘rtoq tanlayapti, deyishyapti. Chindan ham shundaymi? Sizningcha, bu to‘g‘rimi? — deb savol berdim. Burchakda o‘tirgan, sertabassum, chiroyli yigit jiddiy tortib: — Hamma narsa oxir-oqibat pulga borib taqaladi. Yigit kishi yaxshi pul topishi kerak, — dedi. Hududdagi eng badavlat oilaning uchta singlisi bor o‘g‘li esa: — Boyligiga qaramaslik kerak. Insonning qandayligiga qarash kerak, — dedi. — Aka sifatida aytyapsizmi yoki yigit sifatida? — deb so‘radim. — Ikkalasi ham, — dedi u. Sinfdagi eng yaxshi o‘qiydigan qiz esa: — Yigit yaxshi pul topishi kerak, lekin unga boyligiga qarab baho bermaslik kerak, — dedi. Darsda mazmundan ko‘ra shaklga ko‘proq e’tibor berishimiz bizni eng muhim narsadan — bolalarning ichki dunyosi va fikrlaridan — bebahra qoldiradi. Darsni hayot va amaliyot bilan bog‘lash esa unga doim jon kiritadi. Butun sinf jonlanib ketdi. Hamma nimadir demoqchi. Munozara shu qadar qizg‘in ediki, ish yuzasidan darsimizga kelgan rahbariyat va mehmonlar bizdan: — Darsingizni bo‘lib qo‘ymadikmi? — deb so‘rashganida! — BO‘LDINGIZ! — deb g‘azab bilan javob berdik. 😁 P.S. Informatika darsi edi. Bo‘sh qolgan sinfga kirgandim. @arofat_sheraliyeva

Open in Telegram
Views649−49%vs avg
Forwards—
Reactions43
Comments—
#154Text
Views924−28%vs avg
Forwards—
Reactions55
Comments—
#153Text
Views780−39%vs avg
Forwards—
Reactions44
Comments—
#152Text
Views1,100−14%vs avg
Forwards—
Reactions64
Comments—
#150Link preview
Views1,020−21%vs avg
Forwards—
Reactions19
Comments—
#148Text

Bir juda qimmat mentorning darslarida savollarni ko‘p berganim uchun hamrohim mening o‘rnimga uyalib berdi. Hatto ustozdan men uchun uzr ham so‘radi.🤭 O‘yga toldim: men nima qildim? U nega bunday bo‘lib qolgan? O‘quvchi ustoz uchun qulay bo‘lishi kerak, degan tushuncha qayerdan paydo bo‘lgan? Aslida, ustoz o‘quvchiga qulay bo‘lishi kerak emasmi? Ustozdan imkon qadar ko‘proq foydalanishga intilish mantiq emasmi? Axir, u yerda mijoz — menman. Tasavvur qiling, restoranga kirib, piyola olib kelmagan ofitsiantga qulay bo‘lishi uchun choyni choynak jo‘mragidan ichsangiz. Ishi yengilroq bo‘lishi uchun qorningiz to‘ymay turib ketsangiz-chi? Bolani kattalar uchun qulaylashtirish bizni yeb qo‘ydi. Endi ham shunday: qulaylashasiz, besh olasiz. Masalan, mustaqillik nima? Siz mustaqilmisiz? Ha, fuqaro o‘laroq ozodsiz. Ammo inson sifatida-chi? Qarorlaringizni o‘zingiz qabul qilasizmi? Aniqmi?.. Balki qarorlaringizni ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, qarindoshlaringiz, mahalla yoki ko‘cha boshidagi Risolatapa belgilayotgandir? Miyangizga in qurib olgan ularning ovozlari sizning qarorlaringizga aralashmayaptimi? Qachon boshlandi bu? Ichki kiyimingizni ham o‘z istagingizga ko‘ra tanlamaysiz. Boshidan shunday edi... 😁 Mening 33 yoshimda uy paypog‘imni ayam tanlagan ekan. O‘zi bilmaydi, lekin. Gulsizidan! "Gulli paypoq bachkana ko‘rinadi o‘qituvchiga". 😁 Bir gulli-rasmli paypoq kiyadigan erkak bor. Biz uni jasoratli deymiz. Biz ham deyarli shunday qulay avlod yetishtirmoqchimiz. Keyin ulardan kim yasamoqchimiz o‘zimizcha?🤭 Yechim: bolaga tayyor qaror berish emas, qaror qabul qilishni, uning oqibatlarini baholashni va xatosidan o‘rganishni o‘rgatish, o‘z qarorlari ichidan to‘g‘risini tanlashga ko‘maklashish kerak. Endi ertaga faqat o‘z qaroringiz bilan nimadir qilib ko‘ring. Sizlarga uyga vazifa. 🙃 @arofat_sheraliyeva

Open in Telegram
Views1,610+25%vs avg
Forwards—
Reactions76
Comments—
#145Text
Views2,290+78%vs avg
Forwards—
Reactions70
Comments—
#144Text
Views1,930+50%vs avg
Forwards—
Reactions28
Comments—
#143Text
Views2,680+109%vs avg
Forwards—
Reactions61
Comments—
#142Photo
Views2,240+75%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#141Photo
Views3,170+147%vs avg
Forwards—
Reactions12
Comments—
#140Text
Views3,060+138%vs avg
Forwards—
Reactions61
Comments—
#138Text
Views3,920+205%vs avg
Forwards—
Reactions66
Comments—
#136Text
Views3,480+171%vs avg
Forwards—
Reactions44
Comments—
#135Text

Forwarded from ✾্᭄͜͡Dilshoda Abdullayeva

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nomidan ATTESTATSIYA JARAYONIGA NOROZILIK XATI Hurmatli mas’ul tashkilot rahbarlari! Biz, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, so‘nggi o‘tkazilgan attestatsiya jarayonlari yuzasidan o‘z qat’iy noroziligimizni bildiramiz. Avvalo, attestatsiya savollari mazmuni va darajasi boshlang‘ich ta’lim bosqichiga mos kelmayotganini alohida ta’kidlamoqchimiz. Matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha berilgan savollar nafaqat murakkab, balki ko‘p vaqt talab qiladigan, chuqur va uzoq o‘ylashni talab etadigan tarzda tuzilgan. Bu esa belgilangan vaqt doirasida savollarga to‘liq va aniq javob berishni qiyinlashtirmoqda. Xususan, matematika fanidan berilgan masalalar tushunarsiz, sharti murakkab va aniq ifodalanmagan bo‘lib, ularni yechish uchun ortiqcha mantiqiy bosqichlar talab etiladi. Tabiiy fanlar bo‘yicha esa savollar tarkibida fizika va biologiyaga oid mavzular keng o‘rin olgan bo‘lib, ular boshlang‘ich sinf darajasidan ancha yuqori hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim test savollari o‘quv dasturi va rasmiy spetsifikatsiyada ko‘rsatilmagan manbalardan, ya’ni darsliklarga to‘liq mos kelmaydigan kitoblardan tuzilgani kuzatilmoqda. Bu esa o‘qituvchilarni noaniq va kutilmagan savollar oldida qoldirmoqda. Yana bir muhim jihat — testlarda sun’iy intellekt asosida yaratilgan rasmlar qo‘llanilgan bo‘lib, ularda oziqlanish zanjiri, ovqatlanish ratsioni kabi murakkab tushunchalar berilgan. Ushbu rasmlar orqali berilgan savollarni tushunish va tahlil qilish ham ko‘p vaqt talab etadi hamda aniqlikdan yiroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘qish fanidan berilgan she’riy matnlar asosidagi savollarda ham mazmuniy nomuvofiqliklar mavjud. Savollar va javob variantlari bir-biriga to‘liq mos kelmaydi, ularni mantiqan tahlil qilib aniq javob topish qiyin. Ba’zi hollarda savollar muallif fikrini emas, balki test tuzuvchining sub’ektiv qarashini topishni talab qilayotgandek taassurot uyg‘otadi. Oliy toifa olish uchun 70% va undan yuqori natija talabi qo‘yilgan bo‘lsa-da, yuqoridagi muammolar sababli bu ko‘rsatkichga erishish ko‘plab tajribali o‘qituvchilar uchun amalda imkonsiz bo‘lib qolmoqda. Bu esa o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga va ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi taklif va talablarni bildiramiz: 1. Attestatsiya savollarini boshlang‘ich sinf o‘quv dasturi va spetsifikatsiyaga to‘liq mos holda qayta ishlab chiqish; 2. Savollarni ortiqcha murakkablikdan xoli, aniq va tushunarli shaklga keltirish; 3. Fizika va biologiyaga oid yuqori darajadagi mavzularni kamaytirish yoki chiqarib tashlash; 4. Sun’iy intellekt asosidagi noaniq va murakkab tasvirlar o‘rniga sodda va tushunarli materiallardan foydalanish; 5. O‘qish fanidagi matn va savollar o‘rtasidagi mazmuniy moslikni ta’minlash; 6. Baholash mezonlarini qayta ko‘rib chiqib, adolatli va shaffof tizimni joriy etish. Hurmatli mas’ullar, biz ushbu murojaatimiz jiddiy ko‘rib chiqilib, attestatsiya jarayonlari haqiqatan ham o‘qituvchilarning bilim va pedagogik mahoratini to‘g‘ri baholaydigan tizimga aylantirilishiga umid qilamiz. Hurmat bilan, Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari nomidan

Open in Telegram
Views3,460+170%vs avg
Forwards—
Reactions30
Comments—
#134Text

Eng "yaramas" o‘smirlar auditoriyasiga ham ishlaydigan usullar: Eng yaqin vaqtda sinab ko‘rganim — ishlashiga o‘zim ham ishonmagan (🤭), ammo samara bergan usullar bilan tanishing. 1. Pachakilashmaslik Kech qolgan o‘quvchiga tezroq o‘z joyini egallab, darsga kirishib ketishi mumkinligini aytdim. “Tarbiyaviy ishlar”ni dars yakuniga qoldirdim. 2. Ehtiyojini berish orqali zararsizlantirish Bir o‘quvchi jig‘imga tegish uchun rasmga olmoqchi bo‘ldi. Tabassum bilan turib berdim va endi darsga diqqat qilishini aytdim. 3. Aloqasi bo‘lmagan savol yoki harakatni mavzuga bog‘lash orqali diqqatni jamlash Huquq mavzusida bir-biriga samolyot uchirayotgan o‘quvchilardan samolyotini menga uzatishini so‘rab, xalqaro huquqning fazodagi holati haqida gapira boshladim. 4. Taktil kontakt o‘rnatish (o‘zga jinsli o‘quvchilar bilan tavsiya qilinmaydi) Telefonini topshirishni istamayotgan o‘quvchining kuragiga 3 soniya hurmat bilan kaftimni qo‘yib istagimni takrorladim. 5. Katta insondek gaplashish Savollarni qunt bilan eshitdim va hurmat bilan, asosli javob berdim. Mavzuga mos bo‘lmaganlariga darsdan keyin javob berishga ruxsat so‘radim. 6. Dars emas — suhbat Mavzuni imkon qadar hayotiy misollar bilan, go‘yo suhbatlashish ohangida tushuntirdim. O‘rtoqlar, bu avlod chegaralarni yoqtirmaydi, qoliplarni qabul qilmaydi. Fokusni chegaralarni himoya qilishga emas, o‘quv materialini singdirishga qarating. Qarindoshim bo‘lmasangiz bitta layk bosing. Statistikani bilay-chi. 😁 @arofat_sheraliyeva

Open in Telegram
Views2,550+99%vs avg
Forwards—
Reactions176
Comments—