Posts of Alisher Qodirov

newest first

#2819Link preview

Turkiy davlatlar taşkiloti davr sinovidan ötişi kerak. Bu davr Özbekiston raisligiga töğri kelayotgani alohida mas’uliyat. Taşkilotning poydevori faqat iqtisodiy yoki siyosiy manfaat va maqsadlardan iborat emasligiga avvalambor a’zo qondoş davlatlarning qarindoş xalqlari özi işonişi kerak. Yaqin ön yillar içida siyosiy manfaatlar, yoki iqtisodiy manfaat uçun birlaşganlarni tarqalişini kuzatamiz. Bunday boğlar vazifasini bajarib bölganidan keyin uziladi, lekin qondoşlik boği vaqtinçalik emas, u manfaatlarga qarab bor-yöq bölib qolmaydi. Albatta bu taşkilot ham iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni maqsad qiladi, lekin insoniyatni kutayotgan oğir transformatsiya 100 yilligida bu davlatlar bir-biriga qondoş bölgani uçun ham yonma-yon turişi, bir-birini qöllaşi kerak, faqat manfaatiga mos bölgani uçun emas. Yaqin yuz yilda zaiflar yöq bölib ketadi, biz yöq bölib ketmaslik uçun birlaşişga majburmiz. Faqat öz manfaatlarimiz haqida öylaş bizni turli kuç markazlarining çarxpalagiga tortib, yöqlikka otib yuborişi aniq. Bundan yuz yil avval xalqlar bir-biriga qança intilmasin, turkiy davlatlar zaifligidan bir-biriga yordam berolmadi, bu faktlar arxivlarda kömilib yotibdi. Bekorga emas, yangi avlodlar bu boğlarni unutib yuborişidan manfaatdor kuçlar hali ham kuçli. Karimov davridagi Turkiya-Özbekiston, bugungi Ozarbayjon-Turkiya kelişmovçiliklarining mualliflari bitta. Qondoş davlatlar manfaat uçun qiymatini ölçab bölmaydigan boğlarni zörlamasliklari kerak, mutlaqo özaro bezarar yöllar topilişi lozim. Tarixdan töğri xulosalar çiqaraylik. Faqat iqtisodiy manfaatlarga tayangan aloqalarning umri manfaatlarning tugagan kunigaça ekanligi - isbotlaş zarur bölmagan töğriga aylandi. Oçiq savdoga aylanib ketgan ukrainaliklarning taqdiri bunga yaqqol misoldir. TDTning Anqara sammitida ilgari surilgan Prezident Mirziyoyev taşabbuslari aynan şu mezonlarda çuqur tadqiq qilinişi va röyobga çiqarilişi zarur. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir

Open in Telegram
Views976−65%vs avg
Forwards8
Reactions53
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
5 h560
17 h686
29 h786
32 h799
77 h976
  1. After 6 hours560
  2. After 24 hours786
  3. Total to date976
#2818Link previewedited

🇹🇷29-oktyabr - Turkiya Respublikasi taşkil topgan kun. Qondoşlarimiz qiyomatgaça ozod va farovon bölsinlar. 🇰🇬31-avgust Qirğiziston, 🇺🇿1-sentyabr Özbekiston, 🇹🇲27-sentyabr Turkmaniston, 🇦🇿18-oktyabr Ozarbayjon, 🇰🇿16-dekabr Qozoğiston Respublikalarining ozodligi ham abadiyatgaça davom etsin. Turkiylarni yiqitiş mumkin, lekin mağlub etib bölmaydi, çunki turkiylar yiqilişni ösiş uçun çaqiruv deb biladigan millatdir. Bu millatning davlatçilik madaniyati kuçni atom bombasida emas, adolatda ekanligiga tayanadi. Qondoşlarni bir-biriga duşman qilib maqsadiga intilayotganlarga qarşi “Tilda, fikrda, işda birlik” bilan tobora birlaşayotgan turkiylar barça tinçlikparvar xalqlar orzu qilayotgan adolatli dunyo uçun birdam va bardam bölişlari kerak. * * * * 🇹🇷29 Ekim, Türkiye Cumhuriyeti’nin kuruluş yıl dönümü. Türk kardeşlerimiz kıyamete kadar özgür ve müreffeh olsunlar. 🇰🇬31 Ağustos Kırgızistan’ın, 🇺🇿1 Eylül Özbekistan’ın, 🇹🇲27 Eylül Türkmenistan’ın, 🇦🇿18 Ekim Azerbaycan’ın ve 🇰🇿16 Aralık Kazakistan’ın bağımsızlık günleridir. Bu özgürlükler de sonsuza dek sürsün. Türkileri yıkmak mümkündür, ancak onları mağlup etmek mümkün değildir, çünkü türkiler, her düşüşü yeniden yükselmek ve daha da güçlenmek için bir çağrı olarak kabul eden bir millettir. Bu milletin devlet geleneği ve kültürü, gücün atom bombasında değil, adalette olduğuna dayanır. Kardeş halkları birbirine düşman ederek amaçlarına ulaşmaya çalışanlara karşı, “Dilde, fikirde, işte birlik” ülküsü etrafında giderek daha fazla kenetlenen türki halklar bütün barışsever milletlerin özlemini duyduğu adil bir dünya için birlik ve dirlik içinde olmalıdır. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir

Open in Telegram
Views1,786−37%vs avg
Forwards12
Reactions71
Comments—
Views growthHide views growth

Views growth

Hours after publication

Show as table
Hours after publicationViews
0 h0
29 h1,275
66 h1,786
  1. After 24 hours1,275
  2. Total to date1,786
#2817Link preview
Views2,230−21%vs avg
Forwards14
Reactions66
Comments—
#2816Link preview
Views2,206−22%vs avg
Forwards10
Reactions57
Comments—
#2814Photoalbumedited
Views4,177+48%vs avg
Forwards29
Reactions—
Comments—
#2812Video
Views4,570+62%vs avg
Forwards16
Reactions74
Comments—
#2810Link previewedited

Tarbiya, ta’lim va ilm - milliy yuksaliş davrini muvaffaqiyat poydevori böladi. Oila -boğça - maktab uçligi 18 yoşgaça bölgan davrda özligi bilan ğururlanadigan, umuminsoniy qadriyatlar va boşqa madaniyatlarni hurmat qiladigan şaxs şakllanişiga erişişi kerak. Bu oila - davlat işbirligida, jamiyat kömagida, mas’uliyat va majburiyatlarni anglaş va töğri tadqiqotlarga tayangan metodologiya asosida amalga oşadi. Aynan şu davrda jiddiy konservatizm kerak. Aynan şu davrni xayolparast kosmopolitizm, boşqa madaniyatlarni yuzyillar kelajakka yönaltirilgan mafkuraviy moyillik loyihalaridan asraş kerak. Aynan şu vaqtda mustahkam davlat va raqobatbardoş millat maqsadimiz ildiz çiqarişni boşlaşi kerak. Agar şu yerda bolaga oila, davlat, millat va qadriyat ekilmasa qanday lavozim yoki darajada bölişidan qat’iy nazar nafaqat özligi va mansub bölgani jamiyat manfaatlari va qadriyatlari, balki dunyo taqdirini ham savdo qila oladigan xudbin şaxslar boşqaradigan jamiyatga tayyor böliş kerak. Davlatlarni jiddiy boşoğriqlariga aylanadigan siyosiy va ijtimoiy inqirozlarni boşlanğiç nuqtalari aynan şu davrdadir. Yangi taşkil etilgan vazirlik tegişli davlat va nodavlat taşkilotlar, birinçi navbatda Soğliqni saqlaş vazirligi va Ijtimoiy agentlik bilan hamkorlikda soğlom özbek tuğilişini, keyingi bosqiçlarda tarbiya va ta’limni töğri taşkil etiş orqali uni raqobatbardoşligini ta’minlaşi zarur. Homiladorlikdan 18 yoşgaça bölgan davr milliy taqdirimizni belgilaydigan davr sifatida qabul qilinişi kerak. Oliy ta’limga esa davlat qança aralaşmasa şunça natija böladi. 18 yoşdan keyin qobiliyat va imkoniyati bölganlarni keskin raqobat qilişiga qöyib beriş kerak. Imkoniyati bölmagan qobiliyatlilarni davlat yoki tadbirkorlarni sarmoyalari bilan qöllab-quvvatlaydigan tizim haqida öylaş mumkin. Şunda davlat qimmatli ğoyalar, yuqori qiymatli mahsulotlar va albatta sifatli mutaxassislar raqobatini muvozanatlaş haqida öylaydi, ularni xorijdan olib keliş haqida emas. Rivojlangan dunyo boylik topdi, lekin insonni yöqotdi, biz bu xatoni takrorlamasligimiz kerak. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir

Open in Telegram
Views4,371+55%vs avg
Forwards45
Reactions76
Comments—
#2808Textedited
Views3,453+22%vs avg
Forwards25
Reactions117
Comments—
#2807Textedited
Views3,857+36%vs avg
Forwards42
Reactions123
Comments—
#2806Link previewedited

Ölim jazosi zaruratdir. Biz bugun begunoh xalqlar va bolalar qirğiniga çora körolmaydigan darajada zaif va ikkiyuzlamaçi mezonlarga moslaşiş va özlariga qarşi işlatilişidan xavotir olayotgan “qörqoq qahramonlar”ni ayyuhannoslariga quloq tutib bu zaruratga köz yumyapmiz. Ajratib olişda xato qiliş mumkin bölmagan ayrim toifadagi jinoyatçilarni yaşaşini öziyoq jamiyat halovati uçun xavfdir! Bu toifadagi jinoyatçilarni yillar davomida yanada jinoyatçiroq qilib jamiyatga qaytariş orqali jinoyatni pro şakllari uçun şaroit yaratilmoqda, xolos. Amaldagi qonunlar bilan ehtimoliy vatan xoini davr özgarib milliy qahramonga aylanişi mumkindir, unga heç qaçon ölim jazosi qöllanilmasligi kerak, lekin retsidivist, bola öldira olgan yoki murğak bolani toptaş darajasidagi mahluq-pedofilni qamoqda mehribon pedagog bölib qolişiga kimdir işonsa hayratlanaman. Inson insonni öldirişi mumkinmas, bu ham dunyoviy, ham diniy qaraşlarda eng oliy jinoyat sifatida qabul qilingan, lekin bu oliy jinoyatga jazo masalasida yondaşuv bir xil emas: biri bundaylarni odamlarni puli hisobiga qamoqda saqlab, yedirib-içirib, issiq-sovuğini ta’minlab, jamiyatdan umrbod ajratib qöyiş yetarli deb hisoblasa, yana biri ehtimoliy keyingi jinoyatlarni oldini oliş, moyillarga ogohlantiriş bölişi uçun (jabrdiydaning talabi asosida!) ölimga mahkum qiladi. Beayb insonni qasddan öldirgan, ayniqsa bola qotili va pedofillarni yaşaşda davom etişi keyingi şu şakldagi jinoyatlar uçun motivatsiyadir! Qasddan odam öldirgan, ayniqsa bola qotillari özini nima kutayotganini aniq bilişi kerak! 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir

Open in Telegram
Views11,239+297%vs avg
Forwards74
Reactions1,150
Comments—
#2805Link preview
Views11,584+310%vs avg
Forwards105
Reactions102
Comments—
#2804Link previewedited
Views5,876+108%vs avg
Forwards22
Reactions67
Comments—
#2803Videoedited
Views4,062+44%vs avg
Forwards45
Reactions98
Comments—
#2802Link previewedited

Qoraqalpoğiston safaridan xulosalar. Davlat rahbarini Qoraqalpoğiston taşrifiga taklif etildik. 3 kun davomida mahalliy deputatlarimiz bilan Nukus, Çimboy, Kegeyli va Möynoq tumanlarida vatandoşlar bilan samimiy muloqot qildik va tahlillar olib bordik. Qoraqalpoğiston Yangi Özbekiston havosi bilan tölgan. Uç kun davomida qoraqalpoğistonlik bölib emin-erkin tumanlar kezdik, Hakim ota Sulaymon Boqirğoniy hazratlarini ziyorat qilib, haqlariga duo qildik, Möynoqning öz baliğidan juda mazali şörva içib, Nukusning bahavo tongida Döstlik daryosining qirğoqlari böylab 10 ming qadam rejamizni töldirdik… Közböyamaçilikka keskin qarşi inson sifatida diqqat bilan uni izladim, biroz bölsa-da jarayonga foydam tegsin istagida masalalarga har tomondan diqqat bilan qaraşga harakat qildim. Oçiq aytaman, Davlat rahbarini Qoraqalpoğistonning barça tumanlariga viloyatlar biriktirilişidan natija bölişiga işonmagandim. Davlat rahbari ötkazgan majlisda butun Özbekiston ota boşçiligida, akamniki-ukamniki demasdan, borini örtada, muammolarni navbati bilan yeçayotgan ahil oiladek harakat qilayotganini körib juda faxrlandim: Surxondaryo hokimi Taxiatoşdagi tarbiyasi oğir bolalarni özini bolasidek töğri yölga olişga kirişgani, Sirdaryo hokimini Qonliköldagi muammoni Prezident oldida kötarişga tortinib turgan tuman hokimiga dastakka otilib çiqişi, Toşkent şahar hokimini Nukusning muammolariga Toşkentnikidek jon kuydirayotgani, Andijon hokimi Kegeylidan Andijonga kelin tuşayotganidan öğliga kelin qilayotgan otadek xursand bölayotgani, umuman, viloyatlar iştirokida milliardlab içki sarmoyalar, minglab iş örinlari… har bir viloyat hokimi qilayotgan işlarida fidoiy, vatanparvar va samimiy manfaatdorligini körib bu buyuk taşabbusni haqiqiy mazmunini olqişladim, bir butun oila - Özbekiston ekanligimiz bilan ğururlandim! Içimizda özlikni qadrlaş va millatçilik orasidagi baland devorni nafaqat soçsiz, balki aqlsiz tönka boşlar bilan buzmoqçi bölayotgan yolğonçi-vatanparvarlar va ularni boşqarayotgan kaltabin rahnamolarini kasodi aniq, çunki ular turkiylarni heç qaçon millatçi bölmasligi, turkiylar millatparvarlik ğoyasida buyuk insonparvar otalari Navoiy, Yassaviy va Baqirğoniylarga suyanişlarini bilmaydilar. Mingyillik turkiy qadriyatni amalda körsatayotgan Özbekiston Prezidenti nafaqat qoraqalpoq eli qaddini kötargani, balki ozar, turk, qirğiz, qozoq qondoşlarga ham kerak vaqtda qardoş yelkasini tuta olgan buyuk turkiy Xoqonlardek tarixda uluğlanişiga şubha qilmayman. Qoraqalpoğistonda nafaqat turkiy dunyoga, balki insonlarni qondoş ekanligini unutib qöyayotgan  dunyoga  ham körsatiş kerak bölgan işlar bölyapti. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir

Open in Telegram
Views4,196+48%vs avg
Forwards21
Reactions62
Comments—
#2801Photoalbumedited
Views3,466+23%vs avg
Forwards73
Reactions—
Comments—
#2799Link previewedited

Madaniy meros agentligi Oliy Majlis Qonunçilik Palatasida byudjet hisobotida xalq vakillarining örinli savollariga javob beriş örniga rasmiy munosabat beribdi. Partiya javob munosabati qilmaydi, albatta, lekin savollarimizga javob oliş uçun Parlament sörovi yoki eşituvi vakolatimizdan foydalanişga harakat qilib köramiz… Betakror madaniy meroslarimiz hisoblangan Sarmişsoy, Şohizinda, Mizdahqan qal’a böyiça tanqid va takliflarimizni e’tiborsiz qoldirgan agentlik rassomning millatidan merosning millatini yasab mavzuni millatlararo taranglikka boğlaşga intilişi juda ajablanarli. Takror e’tiboringizni qarataman: 1) Nega Sarmişsoydek noyob merosga milliardlab pul işlatilgan, lekin gektarlab oçiq muzey qarovsiz va taşlandiq? 2) Nega Şohizinda oğyapti, yonidan ötgan avtoyöl unga jiddiy zarar beryapti, ta’mirlaşga pul yöq, heç kim hokimiyatni sudga bermayapti? 3) Nega Buxoroda eng qadimiy Qur’on nusxasi arkning talabga javob bermas omboriga taşlab qöyilgan? 4) Nega Dovon davlatidek noyob merosimiz ostida joylaşgan yerlar dehqonçilikka berib yuborildi? U yerda qazilma işlari olib boriş kerak emasmidi? U yerni tagida buyuk davlatçiligimiz bilan boğliq, hatto Xitoyda rasman maktablarida öqitiladigan şonli merosimiz borku? Nega agentlik Hokimiyat bilan sudlaşmayapti? Nega agentlik sovet davridagi merosga qilayotgan mehribonçiligini ming yillik milliy madaniyatimiz va merosimizga nisbatan qilmayapti? Önlab savollar bor, ötgan yildan beri javob olişga harakat qilyapmiz. Biz örnini töldirib bölmaydigan madaniy merosimiz bir çekkada qolib ketib, bir rus rassomi, özbek adabiyotşunosi, ukrain arxitektori yoki biron boşqa qadrli ekanligiga şubxamiz bölmagan vatandoşimizni, kim bölişidan qat’iy nazar kvartirasini asraşga köproq e’tibor qaratilayotganiga e’tiroz bildiryapmiz. Yoki ayrim meroslarni asraş manfaatliroqmi? Mutaxassis emasmiz, balki xato öylayotgandirmiz? Nega Parlamentda hisobot beriş uçun Hukumat keladi-yu Agentlik jöyali javoblar berolmasdan tarmoqlardan turib munosabat bildiradi? Davlat rahbarini gapini şior qilib yozib oling, “Deputatga munosabat - xalqqa munosabatdir”. Xalqqa esa uning qadriyatlari va ming yillik merosini asraş uçun berayotgan pullarini qanday işlatilayotgani haqida hisobot kerak, provokatsion munosabatlaringiz emas. Bu deputat sifatida mening fikrim, partiya raisi sifatida Agentlik hisobotidan keyin Parlamentda söz olaman. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir

Open in Telegram
Views4,854+72%vs avg
Forwards99
Reactions175
Comments—