Turkiy davlatlar taşkiloti davr sinovidan ötişi kerak. Bu davr Özbekiston raisligiga töğri kelayotgani alohida mas’uliyat. Taşkilotning poydevori faqat iqtisodiy yoki siyosiy manfaat va maqsadlardan iborat emasligiga avvalambor a’zo qondoş davlatlarning qarindoş xalqlari özi işonişi kerak. Yaqin ön yillar içida siyosiy manfaatlar, yoki iqtisodiy manfaat uçun birlaşganlarni tarqalişini kuzatamiz. Bunday boğlar vazifasini bajarib bölganidan keyin uziladi, lekin qondoşlik boği vaqtinçalik emas, u manfaatlarga qarab bor-yöq bölib qolmaydi. Albatta bu taşkilot ham iqtisodiy va siyosiy manfaatlarni maqsad qiladi, lekin insoniyatni kutayotgan oğir transformatsiya 100 yilligida bu davlatlar bir-biriga qondoş bölgani uçun ham yonma-yon turişi, bir-birini qöllaşi kerak, faqat manfaatiga mos bölgani uçun emas. Yaqin yuz yilda zaiflar yöq bölib ketadi, biz yöq bölib ketmaslik uçun birlaşişga majburmiz. Faqat öz manfaatlarimiz haqida öylaş bizni turli kuç markazlarining çarxpalagiga tortib, yöqlikka otib yuborişi aniq. Bundan yuz yil avval xalqlar bir-biriga qança intilmasin, turkiy davlatlar zaifligidan bir-biriga yordam berolmadi, bu faktlar arxivlarda kömilib yotibdi. Bekorga emas, yangi avlodlar bu boğlarni unutib yuborişidan manfaatdor kuçlar hali ham kuçli. Karimov davridagi Turkiya-Özbekiston, bugungi Ozarbayjon-Turkiya kelişmovçiliklarining mualliflari bitta. Qondoş davlatlar manfaat uçun qiymatini ölçab bölmaydigan boğlarni zörlamasliklari kerak, mutlaqo özaro bezarar yöllar topilişi lozim. Tarixdan töğri xulosalar çiqaraylik. Faqat iqtisodiy manfaatlarga tayangan aloqalarning umri manfaatlarning tugagan kunigaça ekanligi - isbotlaş zarur bölmagan töğriga aylandi. Oçiq savdoga aylanib ketgan ukrainaliklarning taqdiri bunga yaqqol misoldir. TDTning Anqara sammitida ilgari surilgan Prezident Mirziyoyev taşabbuslari aynan şu mezonlarda çuqur tadqiq qilinişi va röyobga çiqarilişi zarur. 📹 Instagram 💬 Telegram 🔴 Facebook 🔥 Youtube @alisherQodir
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 560 |
| 17 ч | 686 |
| 29 ч | 786 |
| 32 ч | 799 |
| 77 ч | 976 |
- Через 6 часов560
- Через 24 часа786
- Всего сейчас976