Account

Posts of AbdulHodiy Qori

newest first

#15583Photo
Views462−39%vs avg
Forwards—
Reactions7
Comments—
#15575Photo
Views822+8%vs avg
Forwards—
Reactions13
Comments—
#15562Photo

QORILAR UCHUN MALAKA OSHIRISH O’QUV KURSLARI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI ✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan yurtimizda ilk bor Ramazondagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilar uchun malaka oshirish o’quv kurslari yo’lga qo’yildi. ✅ Masjidlarda xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi malakasini oshirish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 01A/111-sonli buyrug‘ida ko’rsatilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi tomonidan qorilarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan bir haftalik “Qur’oni karim va tajvid” maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqildi. ✅ Ushbu dastur asosida 2026-yil 9-noyabr kuni qorilarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan bir haftalik “Qur’oni karim va tajvid” maxsus o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshladi. Har bir viloyatdan Ramazon oyidagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilar saralab olinib, mazkur o‘quv kurslariga jalb qilindi. ✅ O‘zbekiston musulmonlar idorasining joylardagi vakilliklarida tashkil qilingan qisqa muddatli ushbu malaka oshirish o‘quv kurslarida qorilarning Qur’oni karimni hifz qilish darajasini aniqlash, ularning hifz, murojaa va tilovat bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish, ularda qorilik mas’uliyatini shakllantirish, yurtimizda olib borilayotgan diniy sohadagi islohotlar bilan tanishtirish hamda huquqiy ongini oshirish bo‘yicha maxsus darslar tashkil qilindi. ✅ O‘quv kurslarini muvofaqqiyatli tamomlagan qorilarga Ramazon oyidagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etish huquqini ta’minlovchi maxsus sertifikatlar topshirilishi reja qilingan. Shayx Alijon qori rasmiy sahifalari Telegram ✅@AbdulhadiyHafiz

Open in Telegram
Views906+19%vs avg
Forwards—
Reactions3
Comments—