🙂Avvalroq aytib o‘tganimizdek, «Hilol» jurnalining 85-sonida chop etilgan «Tajvid» haqidagi maqolamning PDF shaklini e’tiboringizga havola etamiz. 📝 Maqola sizlar uchun foydali bo‘lishidan umidvormiz. ✅@AbdulHadiyHafiz
Открыть в TelegramПосты канала AbdulHodiy Qori
#xabar #fatvo #anjuman #istanbul Муфтий ҳазратнинг фатво анжуманидаги нутқлари ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в TelegramБақара сурасининг фойдаларидан «Сабр ва намоз билан ёрдам сўранглар», Бақара сураси, 45-оят. Имом Қуртубий раҳимаҳуллоҳ айтади: «Аллоҳ таоло барча ибодатлар орасидан намозни алоҳида зикр қилди. Бу эса унинг зикрини улуғлаш ва аҳамиятини таъкидлаш учундир. Дарҳақиқат, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бирор ташвишли ишга дуч келсалар, намозга шошилардилар. У зот Билолга: “Эй Билол, намоз билан бизга ором бағишла!” дер эдилар». Намознинг бошқа ибодатлар эмас, айнан алоҳида зикр қилинишининг сабаби шуки, дунё — синов ва машаққатлар диёридир. Бундай ҳаётда биз сабрга муҳтожмиз. Шу боис Аллоҳ таоло бизга сабрни истасак, уни намоздан топишимизни кўрсатди. Arabic uz ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в TelegramДангасалик умидсизлик ва омадсизликнинг асосидир. Дангаса одам ҳеч қачон яхшиликка етишолмайди, иззат-ҳурматга эришолмайди ва дин ва на дунёда бирон насибага эга бўлолмайди. «Баҳжату қулубил аброр»дан. ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в Telegram#jumamuborak 🌙 Ассалому алайкум! Тортиқ бўлсин сизга дуо саломлар, Дуода энг гўзал ширин каломлар. Илоҳо қалбингиз нурларга тўлсин, Жума айёммингиз муборак бўлсин! @AbdulhadiyHafiz
Открыть в TelegramAllohning fazl va marhamati bilan “Hilol” jurnalining 85-sonida “Tajvid” haqidagi maqolam chiqibti. Yangi qalam tebratayotganlar bu hayajonni yaxșiroq bilișadilar. ) ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в Telegram#muftiy_minbari Ҳар ишнинг ўз вақти бор 🎙 Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратлари 📲 ОБУНА БЎЛИНГ ✅ ВА УЛАШИНГ🗣 ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в TelegramEy qalblar sirini eng yaxshi biluvchi Robbim! G‘am-tashvishlar qalbini og‘ir qilgan bandalaringga yengillik ato et. Ko‘ngli siqilganlarga kenglik, umidsizlikka tushganlarga umid ber. Qo‘llarini duo uchun ochgan bandalaringning iltijolarini dargohingda qabul ayla. Bemorlarimizga shifo, qarzdorlarimizga qarzlaridan qutulish yo‘lini, halol rizq izlayotganlarga keng va pokiza rizq nasib et. Oila qurishni istaganlarga xayrli juftlar, mehr-muhabbat va huzur-halovatga to‘la umr ato qil. Ey karam va ehsoni cheksiz Allohim! Qalbimizdagi ezgu orzularni biz uchun xayrli, go‘zal va barakali tarzda ro‘yobga chiqar. Amalga oshmagan tilaklarimiz o‘rniga undan-da yaxshisini nasib et. Bizga kutishda sabr, boriga qanoat, har holimizda shukr ato qil. Duolarimizni dargohingdan noumid qaytarma. Bizni rahmatingdan umidvor, mag‘firatingdan panoh izlagan va yuzini Senga burib yashaydigan bandalaringdan qil. Qalblarimizni nuring ila munavvar et, yo‘llarimizni hikmating ila ravshan qil. Bu dunyoda xayrli hayot kechirishni, xayrli insonlar bilan uchrashishni va huzuringga xayr-u saodat bilan qaytishni nasib ayla. 🤲 Mudarrisa ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в Telegram#jumamuborak 🌙 Бомдодда бош эгиб аҳли мусулмон, Жойномоз устида ният қилибсиз, Ўзига сўрасин ризқ-иймон, ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин!!! @AbdulHadiyHafiz
Открыть в Telegram🎙•Muhammad Siddiq Minșaviy 📖•”Anfol” surasidan 🕋•Gözal hafla qiroat ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в TelegramQORILAR UCHUN MALAKA OSHIRISH O’QUV KURSLARI O’Z FAOLIYATINI BOSHLADI ✅ O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar tashabbusi bilan yurtimizda ilk bor Ramazondagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilar uchun malaka oshirish o’quv kurslari yo’lga qo’yildi. ✅ Masjidlarda xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilarni ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi malakasini oshirish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2026-yil 23-oktyabrdagi 01A/111-sonli buyrug‘ida ko’rsatilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, “Qur’on va tajvidni o’rgatish” bo’limi tomonidan qorilarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan bir haftalik “Qur’oni karim va tajvid” maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqildi. ✅ Ushbu dastur asosida 2026-yil 9-noyabr kuni qorilarning malakasini oshirishga mo‘ljallangan bir haftalik “Qur’oni karim va tajvid” maxsus o‘quv kurslari o‘z faoliyatini boshladi. Har bir viloyatdan Ramazon oyidagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etadigan qorilar saralab olinib, mazkur o‘quv kurslariga jalb qilindi. ✅ O‘zbekiston musulmonlar idorasining joylardagi vakilliklarida tashkil qilingan qisqa muddatli ushbu malaka oshirish o‘quv kurslarida qorilarning Qur’oni karimni hifz qilish darajasini aniqlash, ularning hifz, murojaa va tilovat bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish, ularda qorilik mas’uliyatini shakllantirish, yurtimizda olib borilayotgan diniy sohadagi islohotlar bilan tanishtirish hamda huquqiy ongini oshirish bo‘yicha maxsus darslar tashkil qilindi. ✅ O‘quv kurslarini muvofaqqiyatli tamomlagan qorilarga Ramazon oyidagi xatmi Qur’on tadbirlarida ishtirok etish huquqini ta’minlovchi maxsus sertifikatlar topshirilishi reja qilingan. Shayx Alijon qori rasmiy sahifalari Telegram ✅@AbdulhadiyHafiz
Открыть в Telegram