Account

Posts of Abdulbosit Mirvali o'g'li

newest first

#1167File
Views431−27%vs avg
Forwards—
Reactions1
Comments—
#1162Text

O'zbekistonda soliqlar qimmatmi yoki chet eldami? (Ishlab chiqaruvchilar uchun faktlar bilan) Ko'pchilik "Bizda ishlab chiqarish qiyin, soliqlar juda baland, foyda qolmaydi" deb noliydi. Bugun shu masalani o'zim uchun tahlil qilib ko'rdim va qiziq faktlarga duch keldim. Tasavvur qilamiz: Siz mebel yoki boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchisiz. Oyiga barcha xarajatlardan tashqari toza 10,000$ sof foyda qilasiz. Turli davlatlarda bu puldan qanchasini soliqqa berishingiz kerak bo'lardi? Raqamlarga qaraymiz: 🇩🇪 Germaniya: ~30% soliq. 10,000$ dan 3,000$ soliqqa ketadi. 🇯🇵 Yaponiya: ~28-30% soliq. 10,000$ dan ~2,800$ davlatga ketadi. 🇺🇸 Amerika: ~26% soliq (Shtatga qarab). 10,000$ dan o'rtacha 2,600$ ketadi. 🇸🇪 Shvedsiya: 20.6% soliq. 10,000$ dan 2,060$ soliq to'laysiz. 🇺🇿 O'zbekiston: 15% foyda solig'i. 10,000$ dan 1,500$ soliqqa ketadi. 🇨🇳 Xitoy: Xitoyda kichik korxonalar (SME) uchun vaqtinchalik imtiyoz bor — ular toza foydasining ma'lum qismigacha atigi 5% to'laydi. Ya'ni, 10,000$ dan bor-yo'g'i 500$ soliq. Xitoyliklar nega arzon ishlab chiqarishini endi tushunavering. Lekin, masala faqat soliqning foizida emas. O'zbekistonda 15% dan ham arzonroq to'lash yo'llari bor. Masalan: - Agar oborotingiz yiliga 1 milliard so'mdan oshmasa, 15% foyda solig'i o'rniga, 4% oborot solig'i to'lab ishlashingiz mumkin. - Agar zavod yoki sexni Toshkentda emas, iqtisodiy rivojlanishi orqada bo'lgan "5-toifali" tumanlarda ochsangiz, foyda solig'i 15% emas, atigi 1% bo'ladi. - Agar sohangiz davlat tomonidan maxsus qo'llab-quvvatlanadigan tarmoq bo'lsa yoki MIZ (Maxsus Iqtisodiy Zona) da ochsangiz, soliqdan butunlay ozod bo'lishingiz ham mumkin. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Bizda mahsulotning sotilish narxi rivojlangan davlatlarga nisbatan arzonroq. Ya'ni, bizda marja kamroq qo'yiladi. Amerikada yoki Yevropada bitta mahsulotni sotib 50$ toza foyda qilish mumkin bo'lsa, bizda shu foydani topish uchun huddi shu mahsulotdan 5 ta yoki 10 ta sotishga to'g'ri keladi. Soliq stavkamiz chet eldan past bo'lgani bilan, o'sha 10,000$ sof foydaga yetib borish uchun biz ko'proq mehnat qilishimiz, ko'proq mahsulot ishlab chiqarishimiz va ko'proq sotishimiz kerak bo'ladi. Foyda solig'i kamroq bo'lsa ham, mehnat va hajm hisobiga bu balanslashib ketadi. Siz nima deb o'ylaysiz, bizning sharoitda ishlab chiqaruvchilarga yana qanday yengilliklar kerak? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring. 👉 @abdulbasitvakhidov

Open in Telegram
Views1,690+188%vs avg
Forwards—
Reactions4
Comments—
#1161Text
Views1,320+125%vs avg
Forwards—
Reactions18
Comments—
#1158Text
Views1,840+214%vs avg
Forwards—
Reactions32
Comments—
#1154Photo

Al-Beruniy 973-yilda hozirgi O'zbekistonning Xorazm hududida tug'ilgan musulmon olim edi. U astronomiya, matematika, geografiya, tibbiyot va tarix fanlari bo'yicha 150 ga yaqin asar yozgan. Bugungi kunda ko'pchilik uning nomini eshitmagan. Taxminan 1023-yilda hozirgi Pokiston hududidagi tog'larda joylashgan qal'ada turib, u g'ayrioddiy bir ish qildi. U ma'lum balandlikdagi tepalikka chiqib, ufqning qancha burchak ostida pastga tushishini o'lchadi va oddiy geometriyadan foydalangan holda butun Yerning hajmini (o'lchamini) hisoblab chiqdi. Uning hisob-kitobiga ko'ra, Yerning radiusi taxminan 6339 kilometrni tashkil qildi. Haqiqiy ko'rsatkich esa 6371 kilometrga teng. Bundan ming yil oldin, hech qanday sun'iy yo'ldoshlar va texnikasiz u bor yo'g'i bir foiz xatolik bilan buni bajargan edi. Yevropa yana 500 yil davomida bunday aniqlikka erisha olmadi. Nima uchun musulmon olim osmon va yerni o'lchashga bunchalik ko'p e'tibor qaratdi? Chunki Qur'on mo'minlarni doimo kuzatishga chaqiradi. Unda aytilishicha, osmonlar va yerning yaratilishida tafakkur qiluvchi kishilar uchun alomatlar bor (3:190). Bu tafakkur qilish, mulohaza yuritishdir. Yaratilganlarni diqqat bilan o'rganish — Yaratuvchini chuqurroq tanish yo'lidir. Qolaversa bu olimning, muslumonlar yerning istalgan yerida qiblani topishlari uchun oson tizim yaratish maqsadi ham bo'lgan degan gaplar yuradi. Al-Beruniy uchun ilm-fan hech qachon e'tiqodga raqib bo'lmagan. Bu Alloh yaratgan narsalarga diqqat bilan e'tibor qaratish orqali u amalga oshirgan ibodat turlaridan biri edi. Uning tafakkuri ilohiy ne'mat edi va u buni oyat-alomatlarni o'qishga sarfladi. Qachonki ilm-fan va Islom bir-biriga dushman qilib ko'rsatilsa, 1023-yilda tog' yonbag'ridan turib Yerni o'lchagan insonni eslang. Buni saqlab qo'ying va izlanuvchan qalblar bilan ulashing. 👉🏻 @abdulbasitvakhidov

Open in Telegram
Views2,740+367%vs avg
Forwards—
Reactions32
Comments—
#1153Text
Views1,610+174%vs avg
Forwards—
Reactions36
Comments—
#1152Text
Views1,880+220%vs avg
Forwards—
Reactions27
Comments—