AAOIFI xalqaro sertifikatlari uçun 2027-yilgi imtihon sanalari! Islom moliyasi sohasida xalqaro tan olingan mutaxassis bölişni istaysizmi? ✔️ Bugun 2026-yilning oxirgi imtihoniga qabul yopiladi. Endi sizda 2027-yilda AAOIFI sertifikatini qölga kiritiş uçun quyidagi imkoniyatlar bor: 🗓 Mart sanalari Röyxatdan ötiş: 27-fevralgaça CPFAS: 29-mart · CPAAGE: 30-mart · CPSS: 31-mart 🗓 Iyun sanalari Röyxatdan ötiş: 29-maygaça CPFAS: 28-iyun · CPAAGE: 29-iyun · CPSS: 30-iyun 🗓 Dekabr sanalari Röyxatdan ötiş: 6-noyabrgaça CPFAS: 6-dekabr · CPAAGE: 7-dekabr · CPSS: 8-dekabr ✔️ Qaysi sertifikat sizga mos keladi? 🟢 CPSS: Şariat standartlari böyiça malaka sertifikati 🔵 CPFAS: Moliyaviy hisob standartlari böyiça malaka sertifikati 🟠 CPAAGE: Audit, kafolat, boşqaruv va etika böyiça malaka sertifikati AAOIFI standartlari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida qöllaniladi. Bu sertifikat sizning bilimingizni xalqaro darajada tasdiqlaydi. ✔️ Imtihonlarga röyxatdan ötiş va tayyorgarlik kurslariga qöşiliş uçun murojaat qiling: @mezontalim_admin Joylar va muddatlar çeklangan, malakangizni oşiriş böyiça rejangizni hozirdan tuzing! @Islommoliyasi @AAOIFI_Uzbekistan @MezonTalim
Open in TelegramPosts of AAOIFI Uzbekistan
📢 AAOIFI CPSS: RUS TILIDAGI IMTIHON UÇUN YANGI IMKONIYAT! Endi dekabrdagi AAOIFI xalqaro CPSS (Certificate of Proficiency in Shari’ah Standards) sertifikati imtihonini rus tilida topşirişga tayyorlaniş uçun köproq vaqtingiz böladi! 😀 MUHIM YANGILIK Rus tilidagi imtihon sanasi 2026-yil 23-dekabrga köçirildi. Bu esa nomzodlarga tayyorgarlik köriş va röyxatdan ötiş uchun qöşimça vaqt beradi. 📅 IMTIHON SANASI: 🇷🇺 Rus tili — 23-dekabr, 2026-yil ⏳ RÖYXATDAN ÖTIŞNING OXIRGI MUDDATI: 21-noyabr, 2026-yil Yangi imkoniyatdan foydalaning! 😀 Röyxatdan ötiş uçun: @mezontalim_admin
Open in TelegramForwarded from Mezon Ta’lim
AAOIFI IMTIHONLARIGA RÖYXATDAN ÖTIŞ UÇUN 1 HAFTA QOLDI! Islomiy moliya sohasidagi bilim va malakangizni xalqaro sertifikat bilan tasdiqlang! 🇺🇿 AAOIFIʼning Özbekistondagi rasmiy imtihon markazi Mezon Taʼlim orqali quyidagi imtihonlardan birini tanlaşingiz mumkin: ➡️ Imtihon yönalişlari: 🔹 CPFAS — Moliyaviy hisob standartlari bo‘yicha malaka sertifikati (7-dekabr) 🔹 CPAAGE — Audit, kafolat, boshqaruv va axloq bo‘yicha malaka sertifikati (8-dekabr) 🔹 CPSS — Shariat standartlari bo‘yicha malaka sertifikati (9-dekabr) 🌐 Imtihon tillari: 🇬🇧 ingliz, 🇸🇦 arab va 🇷🇺 rus tillari. Röyxatdan ötişning oxirgi muddati — 7-noyabr! 🚩 Röyxatdan ötiş va batafsil maʼlumot uçun: @mezontalim_admin Imkoniyatni qöldan boy bermang!
Open in Telegram📢 AAOIFI xalqaro sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish OCHIQ! Islomiy moliya sohasidagi bilim va malakangizni xalqaro darajadagi sertifikat bilan tasdiqlashni xohlaysizmi? 🇺🇿AAOIFI’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili — Mezon Ta’lim orqali AAOIFI imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishingiz va imtihon topshirishingiz mumkin. 📚 Siz quyidagi imtihonlardan birini tanlashingiz mumkin: 🔹 CPFAS — (Certificate of Proficiency in Financial Accounting Standards) Moliyaviy hisob standartlari bo‘yicha malaka sertifikati 📅 Imtihon sanasi: 7-dekabr 2026-yil 🔹 CPAAGE — (Certificate in Audit, Assurance, Governance & Ethics) Audit, kafolat, boshqaruv va axloq bo‘yicha malaka sertifikati 📅 Imtihon sanasi: 8-dekabr 2026-yil 🔹 CPSS — (Certificate of Proficiency in Shariah Standards) Shariat standartlari bo‘yicha malaka sertifikati 📅 Imtihon sanasi: 9-dekabr 2026-yil 🌐 Imtihon tillari: 🇬🇧 Ingliz tili 🇸🇦 Arab tili 🇷🇺 Rus tili ⏳Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati — 7-noyabr! Agar siz ham islomiy moliya sohasida professional bilimlaringizni xalqaro darajada tasdiqlashni istasangiz, ro‘yxatdan o‘tishni kechiktirmang. 📩 Mezon Ta’lim orqali ro‘yxatdan o‘ting! Ro‘yxatdan o‘tish, imtihonlar va mavjud yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun biz bilan bog‘laning: 📲 Murojaat uchun: @mezontalim_admin 🗓 Muddatni o'tkazib yubormang!
Open in Telegram❗️Сертификат — энди афзаллик эмас, талаб. Марказий банкнинг янги қарорида исломий молия кенгаши аъзолари ва исломий банк фаолиятига масъул ходимлар учун малака талаблари белгиланди. Улар қаторида AAOIFIнинг CPSS сертификати ҳам бор. Энди савол ўзгарди: «сертификат керакми?» эмас — «қайси биридан бошлайман?» 📌 Жавоб — CPSS. CPSS (Certificate of Proficiency in Shari'ah Standards) — AAOIFIнинг 59 та Шариат стандарти бўйича халқаро сертификати. Қолган AAOIFI сертификатлари шу пойдевор устига қурилади. 🗓 CPSS сертификатига тайёрлов курси, 2–мавсум — 21 октябрдан. 15 ҳафта, 30 та дарс. Дарслар ўзбек тилида. Нега Mezon Ta'lim? — AAOIFIнинг Ўзбекистондаги расмий вакили; — тайёргарлик ҳам, имтиҳон ҳам бир жойда — расмий имтиҳон маркази; — таржима қилинган стандарт матни асосида, ҳар бир стандарт учун алоҳида ўқув қўлланма; — дарсларни AAOIFI сертификатлари соҳиблари олиб боришади. ➡️ Курс ҳақида батафсил маълумот олиш учун @mezontalim_admin га CPSS деб ёзинг.
Open in TelegramAAOIFI CPSS имтиҳони илк бор рус тилида! 🇷🇺 AAOIFI Ислом молиясини ривожлантириш маркази CPSS имтиҳонининг илк бор рус тилида ҳам ўтказилишини маълум қилди. CPSS (Certificate of Proficiency in Shari'ah Standards) — AAOIFI томонидан ишлаб чиқилган 59 та Шариат стандарти бўйича профессионал билимни тасдиқловчи халқаро сертификат. 📌 Имтиҳонни рус тилида топшириш имкониятини бой берманг! 🎓 Халқаро AAOIFI CPSS сертификати билан малакангизни оширинг ва ислом молияси соҳасида ривожланинг. Маълумот ўрнида, навбатдаги CPSS имтиҳони 9-декабр куни бўлиб ўтади ва имтиҳонга рўйхатдан ўтиш жараёни 7-ноябргача давом етади. ➡️Имтиҳонга рўйхатдан ўтиш ва CPSS имтиҳонини Mezon Ta'lim орқали топшириш учун ҳозироқ @mezontalim_admin орқали мурожаат қилинг. @IslomMoliyasi @MezonTalim @ChiroyliMoliya
Open in TelegramForwarded from AAOIFI | Центр содействия развитию исламского финансирования
Директор Центра содействия развитию исламского финансирования AAOIFI Амьер Аль-Муса провёл встречу с Советом улемов Узбекистана. В ходе встречи стороны обсудили перспективы развития партнёрского (исламского) финансирования в Узбекистане и роль международных стандартов в формировании устойчивой финансовой экосистемы. Особое внимание было уделено вопросам внедрения стандартов AAOIFI, а также развитию профессиональных компетенций и подготовке специалистов в области партнёрских финансов. Участники встречи рассмотрели возможности сотрудничества между Центром AAOIFI и Советом муфтиев, включая образовательные программы, консультационную поддержку и обмен опытом. Во встрече приняли участие члены Центрального шариатского совета, которые отметили важность системного подхода к развитию партнёрского финансирования в стране. Стороны выразили готовность к дальнейшему диалогу и укреплению сотрудничества в целях поддержки развития исламских финансов в Узбекистане. ▪️▪️▪️ The Director of the AAOIFI Centre for Islamic Finance Development, Amier Al-Mousa, met with the Mufti Council of Uzbekistan. The meeting focused on the development of partnership (Islamic) finance in Uzbekistan, the role of AAOIFI standards, and capacity building. Both sides discussed opportunities for collaboration, including educational programmes, technical support, and knowledge exchange. Members of the Central Shari'ah Board attended the meeting and emphasised the importance of a structured approach to developing partnership finance in the country. The parties expressed their readiness to strengthen cooperation in support of Islamic finance development in Uzbekistan. 📸: Управлении мусульман Узбекистана 📍Официальные каналы Центра:Telegram | Max | VK Официальный сайт Центра AAOIFI CIS
Open in TelegramForwarded from BFAUZ
✍️ Bank-moliya akademiyasida Islom moliyasi ta’limi yo‘nalishida xalqaro hamkorlik kengaymoqda ⭐️ O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida islom moliyasi sohasida nufuzli xalqaro tashkilot – Islom moliya institutlari buxgalteriya va audit tashkiloti (AAOIFI) bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muloqot o‘tkazildi. ❗️Uchrashuvda Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Hoshimov, AAOIFIning MDH mamlakatlarida islom moliyasini rivojlantirish markazi direktori Amier Al Mousa, shuningdek, tashkilotning katta konsultanti, buxgalteriya standartlari hammuallifi, Pokiston Markaziy Shar’iy kengashining sobiq a’zosi Haroon Tabraze bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 🔰 Muloqot davomida islom moliyasi sohasida zamonaviy kadrlar tayyorlash, xalqaro standartlarni ta’lim jarayoniga joriy etish va ilg‘or xorijiy tajribadan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ta’lim jarayonida islom moliyasi yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda dars mashg‘ulotlarini tashkil etish, sohaning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab olgan maxsus kurslarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, AAOIFIning professional sertifikatlash dasturlarini hamkorlikda taqdim etish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi. 💢 O‘zaro fikr almashish chog‘ida islom moliyasi sohani rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik va ta’lim tizimida yangi dasturlarning joriy etilishi moliya bozorining kelgusi taraqqiyoti uchun muhim zamin yaratilayotganligiga urg‘u berildi. ✅Muloqot yakunida Islom moliyasi tizimi uchun xalqaro talablarga javob beradigan, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, global moliyaviy jarayonlarni chuqur anglaydigan mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, AAOIFI bilan hamkorlikda ta’lim va sertifikatlash yo‘nalishlarini rivojlantirishga kelishib olindi. ✍️ Банк-молия академиясида ислом молияси таълими йўналишида халқаро ҳамкорлик кенгаймоқда ⭐️ Ўзбекистон Республикаси Банк-молия академиясида ислом молияси соҳасида нуфузли халқаро ташкилот – Ислом молия институтлари бухгалтерия ва аудит ташкилоти (AAOIFI) билан ҳамкорликни ривожлантиришга қаратилган мулоқот ўтказилди. ❗️ Учрашувда Банк-молия академияси ректори Элмурод Ҳошимов, AAOIFI нинг МДҲ мамлакатларида ислом молиясини ривожлантириш маркази директори Амиер Ал Моуса, шунингдек, ташкилотнинг катта консультанти, бухгалтерия стандартлари ҳаммуаллифи, Покистон Марказий Шаръий кенгашининг собиқ аъзоси Ҳароон Табразе билан ҳамкорликда амалга ошириладиган ишлар юзасидан фикр алмашилди. 🔰 Мулоқот давомида ислом молияси соҳасида замонавий кадрлар тайёрлаш, халқаро стандартларни таълим жараёнига жорий этиш ва илғор хорижий тажрибадан самарали фойдаланиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Жумладан, таълим жараёнида ислом молияси йўналиши бўйича ҳамкорликда дарс машғулотларини ташкил этиш, соҳанинг назарий ва амалий жиҳатларини қамраб олган махсус курсларни йўлга қўйиш, шунингдек, AAOIFIнинг профессионал сертификатлаш дастурларини ҳамкорликда тақдим этиш бўйича атрофлича фикр алмашилди. 💢 Ўзаро фикр алмашиш чоғида ислом молияси соҳани ривожлантириш учун яратилаётган имкониятлар, халқаро ташкилотлар билан йўлга қўйилаётган ҳамкорлик ва таълим тизимида янги дастурларнинг жорий этилиши молия бозорининг келгуси тараққиёти учун муҳим замин яратилаётганлигига урғу берилди. ✅Мулоқот якунида Ислом молияси тизими учун халқаро талабларга жавоб берадиган, замонавий билим ва амалий кўникмаларга эга, глобал молиявий жараёнларни чуқур англайдиган мутахассисларни тайёрлаш, шунингдек, AAOIFI билан ҳамкорликда таълим ва сертификатлаш йўналишларини ривожлантиришга келишиб олинди. 👉Телеграм каналимизда аъзо бўлинг! 🌐 www.bfa.uz | 🕊Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram | 📺Youtube | Linked in
Open in Telegram#AAOIFI AAOIFI ning Shariat Kengashlari anjumani oktaybr oyida o'tkaziladi Joriy yilning 11—12 oktaybr kunlari Bahrayn qirolligida AAOIFI tashkiloti Bahrayn Markaziy Banki ko‘magida 24-yillik Shariat Kengashlari Konferensiyasini tashkil qilmoqda. Tadbir Bahrayndagi Crowne Plaza mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada yuqori darajadagi xalqaro ishtirok kutilmoqda. U dunyoning turli burchaklaridan kelgan taniqli shariat olimlari, tartibga soluvchi organlar vakillari hamda islom moliyasi sohasi mutaxassislarini bir joyga jamlaydi. ◾️Islom moliyasi sohasida eng nufuzli va mustahkam platformalardan biri sifatida ushbu konferensiya yigirma yildan ortiq vaqt davomida islom huquqiy qarashlarini uyg‘unlashtirish hamda islom moliyaviy xizmatlari sohasida shariat boshqaruvini takomillashtirish uchun asosiy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. ◾️Konferensiya kun tartibi amaldagi dolzarb fiqhiy va texnik masalalarga bag‘ishlangan to‘rtta ixtisoslashtirilgan sessiyani o‘z ichiga oladi, jumladan: ✅Iqrad (qarz berish)ning bevosita haqiqiy xarajatlarini baholash; ✅ islomiy va an’anaviy moliyalashtirish yo‘nalishlari alohida yuritiladigan ikki yo‘nalishli sindikatlashgan moliyalashtirishni tartibga soluvchi nazorat mexanizmlari; ✅faoliyat turi aralash bo‘lgan kompaniyalarning aksiyalariga investitsiya kiritish; ✅qiymatning majburiy kuchga ega bo‘lgan va’daga qarshi almashinuvi joizligi. AAOIFI Vasiylik kengashi raisi, Shayx Ibrohim bin Xalifa Ol Xalifa janoblari boshchiligda tashkil etilayotgan Shariat Kengashlari anjumani AAOIFI tashkil etilganining 35 yillik yubileyi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Turli auditoriyalar uchun inklyuzivlik va qulaylikni ta'minlash maqsadida konferensiya sessiyalari arab va ingliz tillarida sinxron tarjima bilan taqdim etiladi. Shuningdek, konferensiya AAOIFI'ning raqamli platformalari, jumladan Zoom, YouTube va LinkedIn orqali jonli ravishda translyatsiya qilinadi. ◾️AAOIFI shaxsan yoki masofaviy tarzda ishtirok etishga qiziquvchilarni rasmiy veb-sayti orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tishga taklif qiladi: ➡️ www.aaoifi.com ✈️ @AAOIFI_Uzbekistan
Open in TelegramForwarded from Islom banklari | Ислом банклари
#yangilik #news AAOIFI va YeTB Markaziy Osiyoda islomiy moliyani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda Islomiy banklar to'g'risidagi qonun ortidan O'zbekistonga va Markaziy Osiyoga Islom moliya muassasalarining e'tibori oshib bormoqda Qozoqistonning Olmata shahrida Yevroosiyo Taraqqiyot Banki (EDB) va Islomiy moliya institutlari uchun Buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti — AAOIFI o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandumni EDB Boshqaruvi raisi Nikolai Podguzov va AAOIFI Vasiylar kengashi raisi Shayx Ibrohim bin Xalifa Al Xalifa imzoladi. 🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: ✨ Markaziy Osiyoga islomiy moliya orqali investitsiyalarni jalb qilish; ✨ Shariatga muvofiq yangi moliyaviy mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish; ✨ Islomiy moliya sohasidagi institutlar va mutaxassislarning malakasini oshirish; ✨ Islomiy moliya standartlarini takomillashtirish va amaliyotda qo‘llashni kengaytirish; ✨ Mintaqada islomiy moliya uchun yagona va xalqaro miqyosda tan olingan yondashuvlarni shakllantirish. ◾️ Bu kelishuvning ahamiyati nimada? EDBning AAOIFI bilan hamkorligi Markaziy Osiyoda islomiy moliya ekotizimini rivojlantirish uchun muhim institutsional qadam hisoblanadi. EDB AAOIFIning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkori sifatidagi rolini ham mustahkamlamoqda. ⬆️ EDB ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda islomiy bank aktivlari 2033-yilga borib 6,3 mlrd AQSh dollariga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu esa mintaqada islomiy moliyaga bo‘lgan talab va investitsion imkoniyatlar sezilarli darajada oshishi mumkinligini ko‘rsatadi. 📚 Yana bir muhim qadam: 2026-yil fevral oyida EDB ko‘magida AAOIFI Shariat standartlarining rasmiy rus tilidagi yangi nashri e’lon qilindi. Unda 1–61-sonli Shariat standartlari qamrab olingan bo‘lib, ushbu nashr MDH va Markaziy Osiyo davlatlaridagi banklar, investitsiya fondlari, fintech kompaniyalari va mutaxassislar uchun muhim manba sifatida taqdim etilgan. 🇺🇿 O‘zbekiston uchun ham bu jarayon alohida ahamiyatga ega. 2026-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki AAOIFIga regulyator a’zo sifatida qo‘shildi. Shuningdek, iyun oyida AAOIFI Markazi va Mezon Kengashi o‘rtasida AAOIFI Shariat standartlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Shunday qilib, Markaziy Osiyoda islomiy moliya bo‘yicha standartlashtirish → mutaxassislarni tayyorlash → regulyatorlar ishtiroki → investitsiyalar → amaliy moliyaviy mahsulotlar zanjiri tobora shakllanib bormoqda. Bu jarayon kelgusida O‘zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlarida islomiy bank, sukuk, takaful, islomiy investitsiya va boshqa Shariatga muvofiq moliyaviy instrumentlarning rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. #IslamicFinance #AAOIFI #EDB #CentralAsia #IslomiyMoliya #Uzbekistan #IslamicBanking ✈️ Islom banklari kanali
Open in Telegram