Кабинет

Посты канала Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)

сначала новые

#2145Фото
Просмотры838+150%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#2144Фото

▫️▫️▫️▫️ #maqolalar_tanlovi 🟦 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamkorligida “O‘zbekiston hududlarini iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy g‘oyalar va innovatsion yechimlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi! 📚 Tanlovning asosiy yo‘nalishlari: ⚫️ Hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish; ⚫️ Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi va tadbirkorlikni rivojlantirish; ⚫️ Yoshlar bandligi va tadbirkorligining hududiy iqtisodiyotga ta’siri; ⚫️ Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish; ⚫️ Raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar; ⚫️ Qishloq hududlarini rivojlantirish va infratuzilmani takomillashtirish; ⚫️ Yashil iqtisodiyot va barqaror hududiy rivojlanish. 📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin? 📝 Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan tadqiqot qilishga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin. 📝 Ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar: ✔️ Maqola tanlov mavzusiga mos bo‘lishi; ✔️ Ilmiy tahlil, asoslangan xulosalar va amaliy takliflarni o‘z ichiga olishi; ✔️ Muallifning mustaqil ilmiy ishi bo‘lishi va foydalanilgan manbalarga havolalar keltirilishi lozim. ❗️Ilmiy maqolalar hajmiga cheklov belgilanmagan! 🏆 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: ➡️ 1-bosqich: Taqdim etilgan ilmiy maqolalarni ekspertlar tomonidan o‘rganish va saralash. ➡️ 2-bosqich: Saralangan eng yaxshi ilmiy ishlarning ekspertlar hay'ati oldida taqdimoti. ⏰ Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati - 2026-yil 30-oktabr. 📩 Ilmiy maqolangizni muallif haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., yoshi, ta’lim yoki ish joyi va telefon raqami) bilan birga Telegram orqali @YoshParlament_Senat manziliga yuboring. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Открыть в Telegram
Просмотры2 060+514%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#2143Видео

Videodagi chehralar sizga tanish, shunday emasmi? Bugun ular -o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan, ko‘plab insonlarga ilhom berayotgan kuchli ayollar. Ammo ularning har biri ham bir paytlar katta orzular qilgan kichkina qizaloq bo‘lgan. 🚀 UNFPA UZBEKISTAN O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda “Safia” qandolat uyi bilan yaqin hamkorlikda “Orzudan kelajakka” keng ko‘lamli onlayn kampaniyasi va chellenjini boshlamoqda! Ushbu tashabbus turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan ayollarning bolalikdagi orzulari, hayot yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklari va ularni qo‘llab-quvvatlagan insonlar haqidagi samimiy hikoyalarni birlashtiradi. Har bir qiz orzu qilish, o‘z yo‘lini tanlash va kelajagini yaratish huquqiga ega! 🎬 Bu hali boshlanishi! Oldinda sizni yana ko‘plab ajoyib ayollar, ularning bolalik xotiralari, hayotiy hikoyalari va orzulari sari bosib o‘tgan yo‘llari bilan tanishuv kutmoqda! Ularni nima birlashtiradi? Orzulari sari ilk qadamni qanday qo‘yishgan? Qanday to‘siqlarni yengib o‘tishgan? Va eng muhimi, siz ham ushbu chellenjga qanday qo‘shilishingiz mumkin? 💬 Siz kimning hayotiy hikoyasini eshitishni istardingiz? Izohlarda yozib qoldiring! Balki aynan siz taklif qilgan qahramon kampaniyamizning navbatdagi ishtirokchisiga aylanar! 🔔 Bizni kuzatib boring! Ertaga barchasini batafsil bilib olasiz! #OrzudanKelajakka #BirQizningOrzusi #FromDreamsToTheFuture #UNFPAUzbekistan

Открыть в Telegram
Просмотры1 080+222%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#2133Фото

✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniyadagi vatandosh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi 🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining Germaniyaga hamkorlik tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida vatandosh yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 🇺🇿 Tadbir avvalida O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov so‘zga chiqib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. ➡️ Muloqot davomida Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Yoshlar parlamentining faoliyati va yoshlarning qonun ijodkorligi hamda parlament nazoratidagi ishtiroki haqida ma’lumot berdi. ⚫️ Ochiq muloqotda Germaniyada tahsil olayotgan vatandosh yoshlar tomonidan innovatsiyalar, STEM yo‘nalishlarini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash va IT texnologiyalari bo‘yicha taklif hamda tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu yo‘nalishlarda xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. ➡️ Tadbir yakunida vatandosh yoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Открыть в Telegram
Просмотры1 440+329%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—
#2129Фото
Просмотры1 120+234%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—
#2122Фото
Просмотры853+154%к среднему
Пересылки—
Реакции4
Комментарии—