🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va Kasbiy taʼlim agentligi oʻrtasida Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi oʻtkazildi. Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | X | Threads | Virtual murojaat | Yoshlar parlamenti
Открыть в Telegram
Yoshlar Parlamenti (Oliy Majlis Senati)
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamentining rasmiy sahifasi Veb-sayt: yp.senat.uz Facebook: www.fb.com/Senat_YP Instagram: www.instagram.com/Senat_YP Youtube: www.youtube.com/Senat_YP Murojaat uchun: (78) 238-29-91
Новые посты
🇺🇿 Sizning ilmiy g‘oyangiz O‘zbekiston kelajagini o‘zgartirishi mumkin! 🔵 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamkorligida respublika ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi! ✅ Tanlov mavzusi: “O‘zbekiston hududlarini iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy g‘oyalar va innovatsion yechimlarning o‘rni” 🌐 Tanlov shartlari ⏰ Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 2026-yil 30-oktabr. ➡️ Maqolalarni yuborish: @YoshParlament_Senat 👤 Maqolangiz bilan birga F.I.Sh., yoshingiz, ta’lim yoki ish joyingiz hamda telefon raqamingizni yuboring. 🚀 G‘oyangiz qog‘ozda qolmasin! Uni respublika miqyosida namoyish etish imkoniyatidan foydalaning! 🔎 Bizni kuzatishda davom eting! 🕊 Telegram | 📱 Instagram 📱 Facebook | 📺 YouTube
Открыть в Telegram▫️▫️▫️▫️ #maqolalar_tanlovi 🟦 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamkorligida “O‘zbekiston hududlarini iqtisodiy rivojlantirishda ilmiy g‘oyalar va innovatsion yechimlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi! 📚 Tanlovning asosiy yo‘nalishlari: ⚫️ Hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish; ⚫️ Hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi va tadbirkorlikni rivojlantirish; ⚫️ Yoshlar bandligi va tadbirkorligining hududiy iqtisodiyotga ta’siri; ⚫️ Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoshligini oshirish; ⚫️ Raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar; ⚫️ Qishloq hududlarini rivojlantirish va infratuzilmani takomillashtirish; ⚫️ Yashil iqtisodiyot va barqaror hududiy rivojlanish. 📌 Kimlar ishtirok etishi mumkin? 📝 Tanlovda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan tadqiqot qilishga qiziquvchi barcha yoshlar qatnashishi mumkin. 📝 Ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar: ✔️ Maqola tanlov mavzusiga mos bo‘lishi; ✔️ Ilmiy tahlil, asoslangan xulosalar va amaliy takliflarni o‘z ichiga olishi; ✔️ Muallifning mustaqil ilmiy ishi bo‘lishi va foydalanilgan manbalarga havolalar keltirilishi lozim. ❗️Ilmiy maqolalar hajmiga cheklov belgilanmagan! 🏆 Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi: ➡️ 1-bosqich: Taqdim etilgan ilmiy maqolalarni ekspertlar tomonidan o‘rganish va saralash. ➡️ 2-bosqich: Saralangan eng yaxshi ilmiy ishlarning ekspertlar hay'ati oldida taqdimoti. ⏰ Maqolalarni qabul qilishning oxirgi muddati - 2026-yil 30-oktabr. 📩 Ilmiy maqolangizni muallif haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh., yoshi, ta’lim yoki ish joyi va telefon raqami) bilan birga Telegram orqali @YoshParlament_Senat manziliga yuboring. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Открыть в TelegramVideodagi chehralar sizga tanish, shunday emasmi? Bugun ular -o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan, ko‘plab insonlarga ilhom berayotgan kuchli ayollar. Ammo ularning har biri ham bir paytlar katta orzular qilgan kichkina qizaloq bo‘lgan. 🚀 UNFPA UZBEKISTAN O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda “Safia” qandolat uyi bilan yaqin hamkorlikda “Orzudan kelajakka” keng ko‘lamli onlayn kampaniyasi va chellenjini boshlamoqda! Ushbu tashabbus turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan ayollarning bolalikdagi orzulari, hayot yo‘li, duch kelgan qiyinchiliklari va ularni qo‘llab-quvvatlagan insonlar haqidagi samimiy hikoyalarni birlashtiradi. Har bir qiz orzu qilish, o‘z yo‘lini tanlash va kelajagini yaratish huquqiga ega! 🎬 Bu hali boshlanishi! Oldinda sizni yana ko‘plab ajoyib ayollar, ularning bolalik xotiralari, hayotiy hikoyalari va orzulari sari bosib o‘tgan yo‘llari bilan tanishuv kutmoqda! Ularni nima birlashtiradi? Orzulari sari ilk qadamni qanday qo‘yishgan? Qanday to‘siqlarni yengib o‘tishgan? Va eng muhimi, siz ham ushbu chellenjga qanday qo‘shilishingiz mumkin? 💬 Siz kimning hayotiy hikoyasini eshitishni istardingiz? Izohlarda yozib qoldiring! Balki aynan siz taklif qilgan qahramon kampaniyamizning navbatdagi ishtirokchisiga aylanar! 🔔 Bizni kuzatib boring! Ertaga barchasini batafsil bilib olasiz! #OrzudanKelajakka #BirQizningOrzusi #FromDreamsToTheFuture #UNFPAUzbekistan
Открыть в Telegram✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniyadagi vatandosh yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi 🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining Germaniyaga hamkorlik tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida vatandosh yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. 🇺🇿 Tadbir avvalida O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahatov so‘zga chiqib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni, xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda ularning salohiyatidan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. ➡️ Muloqot davomida Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, Yoshlar parlamentining faoliyati va yoshlarning qonun ijodkorligi hamda parlament nazoratidagi ishtiroki haqida ma’lumot berdi. ⚫️ Ochiq muloqotda Germaniyada tahsil olayotgan vatandosh yoshlar tomonidan innovatsiyalar, STEM yo‘nalishlarini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, sog‘liqni saqlash va IT texnologiyalari bo‘yicha taklif hamda tashabbuslar ilgari surildi. Ushbu yo‘nalishlarda xalqaro tajribani o‘rganish va O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. ➡️ Tadbir yakunida vatandosh yoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hamkorlikni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Открыть в Telegram✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniya Bundestagi faoliyati bilan tanishdilar 🟦 Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniyaga hamkorlik tashrifi doirasida Bundestag faoliyati bilan tanishdilar. ➡️ Tashrif davomida Germaniya parlamentining faoliyati, Reyxstag binosining tarixiy ahamiyati hamda parlament ishini jamoatchilikka ochiq namoyish etish tajribasi bilan tanishdilar. ✔️ Ayniqsa, parlament binosining fuqarolar uchun ochiqligi, tashrif buyuruvchilarga parlament faoliyati va uning tarixini o‘rganish imkoniyati yaratilgani Yoshlar parlamenti a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. 🇩🇪 Bundestag vakillari bilan muloqotda Yoshlar parlamenti faoliyatini rivojlantirish, yoshlarning parlament jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish hamda ikki tomonlama tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Открыть в Telegram✅ Yoshlar parlamenti a’zolari Germaniya tashqi siyosati va Markaziy Osiyo bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdilar 🟦 Yoshlar parlamenti a’zolari Berlin shahridagi Germaniya Federal Tashqi ishlar vazirligida Germaniya tashqi siyosati va Markaziy Osiyo mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdilar. Unda vazirlikning Pokiston, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo yo‘nalishlari bo‘yicha departamenti vakillari janob Strittmatter va janob Mannweiler ishtirok etdi. 📝 Muloqot davomida Germaniyaning tashqi siyosati, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik, yoshlar siyosati hamda yoshlar parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. ➡️ Tomonlar yoshlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faolligini oshirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdilar. 🇩🇪 Germaniya vakillari Yoshlar parlamentining faoliyati hamda qonunchilik jarayonida yoshlar ishtiroki borasidagi tajribasiga katta qiziqish bildirdilar. #Senat #yoshlar #parlament #siyosat 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Oliy Majlis Senati@senatuzПолитика12,1 тыс.
Odiljon Tojiyev@odiljon_tojiyevПолитика1,96 тыс.
ناشر الفرنسيين@rftationПолитика1,72 тыс.
ÓzMKÓMI Nókis filialı@uzdsminf_24Политика2,16 тыс.
Farxod Karimov | Shaxsiy kanal@fekarimovПолитика1,66 тыс.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi - Rasmiy kanal@asdruzbekistanПолитика2,22 тыс.
GROSSMEYSTER@grossmeyster_uzПолитика2,27 тыс.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot kotibi I G'ulomjon Samadov@matbuot_kotibi_uzПолитика1,59 тыс.
Кто упоминает
Oliy Majlis Senati@senatuz99 упоминанийПоследний пост
Eco-schools Uzbekistan@ecoschools_uzbekistan1 упоминаниеПоследний пост