⚙️ Xalq banki call-markazida texnik tanaffus Xalq banki call-markazida texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan mijozlarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish va ularga javob berishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Texnik ishlar call-markaz xizmatining sifatini yaxshilash va tizim faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan. Jarayon yakunlangach, call-markaz faoliyati odatiy tartibda davom ettiriladi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Открыть в Telegram
Xalq Banki Info
✅ Халқ банки Коммуникациялар ва маркетинг департаменти расмий канали Банкимиз ҳақидаги хабарлар, янгиликлар, расмий муносабатлар, таҳлиллар ва бошқа маълумотлар 🌐 www.xb.uz 🔵 t.me/xalqbankinfo/ ⏺️ instagram.com/xalqbankinfo/ ☎️ 1106
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 29 окт. 2026 г. | 1 397 |
| 6 нояб. 2026 г. | 1 310 |
| 11 нояб. 2026 г. | 819 |
| 13 нояб. 2026 г. | 1 160 |
| 19 нояб. 2026 г. | 827 |
| 20 нояб. 2026 г. | 649 |
| 23 нояб. 2026 г. | 365 |
| 25 нояб. 2026 г. | 702 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,94 тыс.Пересылки—Реакции8Комментарии—
- 02Просмотры1,42 тыс.Пересылки—Реакции17Комментарии—
- 03Просмотры1,2 тыс.Пересылки—Реакции6Комментарии—
- 04Просмотры1,19 тыс.Пересылки—Реакции4Комментарии—
Новые посты
⚖️ Qonunlarga sodda sharh — sharh.lex.uz Adliya vazirligi huzuridagi «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi tomonidan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini sodda shaklda tushuntiruvchi sharh.lex.uz elektron platformasi ishga tushirildi. Platformada qanday imkoniyatlar bor? ✅ Ilmiy-amaliy sharhlar: Mehnat kodeksi, Oila kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks va boshqa muhim qonunlarga mutaxassislar tayyorlagan tahlillar bilan tanishish; ✅ Turli huquqiy yo‘nalishlardagi 20 dan ortiq foydali qo‘llanmalardan foydalanish; ✅ Jismoniy va yuridik shaxslar uchun yagona onlayn tizim orqali kerakli huquqiy bilimlarni tezkor topish. Platformada nafaqat alohida qonunlarga sharhlarni tanlash, balki barcha ilmiy-amaliy sharhlarni o‘z ichiga olgan yillik obuna to‘plamidan ham foydalanish imkoniyati yaratilgan. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Открыть в Telegram🌐 Xavfsiz kelajak sari 2026-yil 16-noyabr kuni Xalq banki Samarqand viloyati Mintaqaviy markazida 23 ta BXM va 4 ta YaKM xodimlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali maxsus o‘quv-seminar o‘tkazildi. Samarqand viloyati prokuraturasi hamda viloyat IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mas’ul xodimlari qatnashgan tadbirda quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi: ⏺ Zamonaviy kiberfiribgarlik usullarini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari; ⏺ Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish hamda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik; ⏺ «Qonun ustuvor — jazo muqarrar» tamoyili asosida xodimlarning huquqiy savodxonligi va mas’uliyatini oshirish. 🗣Amaliy keyslar va hayotiy misollar asosida berilgan tavsiyalar bank tizimida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlashga, shuningdek, mijozlar mablag‘lari xavfsizligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 🏦 Xalq bankida korrupsiyaga oid har qanday vaziyatga guvoh bo‘lsangiz, bu haqida xabardor qiling. ✅ Tezkor xabar ilovasi ✅ [email protected] ✅ (95) 197-99-01 ✅ Xalq banki aloqa markazi - 1106 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Открыть в TelegramYoshlarning innovatsion g‘oyalari — istiqbolli startaplar uchun zamin 🗣 Prezidentimizning 2026-yil 11-fevraldagi “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Xalq banki, Ichki ishlar vazirligi va Cyber University hamkorligida talabalar o‘rtasida “Cyberuni Techsprint xakaton va ideaton” tanlovi o‘tkazildi. 🎙 Tanlovda talabalar kiberxavfsizlik va fintech yo‘nalishlarida dolzarb masalalarga yechim taklif qiluvchi texnologik loyihalar ustida ishladilar. Jumladan, ✅ kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish ✅ onlayn savdo platformalari orqali giyohvandlik vositalari tarqatilishining oldini olish ✅ shubhali moliyaviy tranzaksiyalarni aniqlashga qaratilgan yechimlar ishlab chiqildi. Tashabbus iqtidorli yoshlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli texnologik ishlanmalarni aniqlash, jamiyat xavfsizligi va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Открыть в TelegramSergeli tumanida yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 📍 Sergeli tumani hokimligi hamda Xalq banki rahbariyati ishtirokida hududdagi yosh tadbirkorlar va o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish hamda bandligini ta’minlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida: ⏺Xalq banki tomonidan yosh tadbirkorlar uchun ishlab chiqilgan imkoniyatlar, startap loyihalarni moliyalashtirish shartlari va zamonaviy raqamli bank xizmatlari taqdimot qilindi. ⏺ Mutaxassislar tomonidan biznes-reja tuzish, mablag‘lardan samarali foydalanish va soliq imtiyozlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. ✅ Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita bank rahbariyati va hokimlik vakillaridan javob oldilar. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Открыть в TelegramHar bir kilometrda — jamoaviy ruh🏃♂️ 🗺 7–8-noyabr kunlari ko‘hna Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Samarkand Marathon 2026” sport xalqaro xayriya marafonida Xalq banki xodimlari ham faol ishtirok etdi. Musobaqada dunyoning 67 mamlakatidan 10mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi. 🏃♂️ Minglab yugurish ixlosmandlarini jamlagan ushbu yirik sport tadbirida an’anaga muvofiq Xalq banki hamda xazna jamoasi katta tarkib bilan start chizig‘ida jam bo’ldi. 🏦 Xalq banki jamoasi nafaqat moliya sohasida, balki sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy birdamlik borasida ham doimo faol!
Открыть в TelegramTarixiy Samarqand ko‘chalari bo’ylab startga tayyormisiz? 🏃♂️ 7–8-noyabr kunlari bo’lib o’tadigan Samarkand Marathon yugurish musobaqasida har qadam — marraga, har marra yangi g‘alaba sari boshlaydi. Samarkand Marathon 2026da ko’rishamiz!🤝
Открыть в Telegram🛡 Bank tizimida xavfsizlik va shaffoflik — ustuvor vazifa Xalq banki Sirdaryo viloyati Mintaqaviy markazi va joylardagi BXM xodimlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi. ZOOM orqali ham bogʻlanilgan ushbu tadbir kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, korrupsiyaning oldini olish hamda manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish mavzulariga bagʻishlandi. 🗣 Tadbirda Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi hamda IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari maʼruza qildi. Ekspertlar tomonidan firibgarlikning zamonaviy usullari va bank tizimida korrupsion xavf-xatarlarni jilovlash yuzasidan amaliy tavsiyalar hamda hayotiy misollar keltirildi. 🗣 Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishidan asosiy maqsad — xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali tizim shaffofligini taʼminlash hamda mijozlar mablagʻlarini kiberxavflardan ishonchli himoya qilishdir.
Открыть в Telegram🏦 Xalq bankida bank xodimlari uchun profilaktik uchrashuv o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Terrorizmga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimlari ishtirokida bank xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi. 💬 Uchrashuvning asosiy maqsadi: Bank xodimlari o‘rtasida radikalizm va diniy ekstremizmning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, ularning huquqiy ongi va bilimlarini oshirishdan iborat bo‘ldi. 🗣 Tadbirda quyidagi dolzarb mavzularga alohida to‘xtalib o‘tildi: ⏺ Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlangan diniy mazmundagi materiallardan ogoh bo‘lish; ⏺ “Virtual diniy ustozlar”ning da’vat va nasihatlari ortida yashiringan salbiy ta’sirlardan himoyalanish; ⏺ Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish va huquqiy savodxonlikni yuksaltirish; ⏺ Bank tizimida sodir etilayotgan korrupsion holatlarni oldini olish kabilar. Shuningdek, tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish hamda tizimda shaffoflikni ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. 📨 Telegram | 🖼 Instagram
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Мижозлар учун!@mijozbankЭкономика5,07 тыс.
Bankchi Maslahati@bankchimaslahatiЭкономика1,48 тыс.
Asaxiy Invest – Kelajak uchun sarmoya@asaxiy_investЭкономика1,57 тыс.
Center for Economic Research and Reforms@cerruzЭкономика1,35 тыс.
Musofir Iqtisodchi@musofir_iqtisodchiЭкономика1,61 тыс.
Тuronbank matbuot kotibi@turonbankmatbuotkotibЭкономика1,66 тыс.
Islom Urolov@islom_urolovЭкономика1,3 тыс.
Poytaxt Bank@bank_poytaxtЭкономика1,28 тыс.
Кто упоминает
Мижозлар учун!@mijozbank1 упоминаниеПоследний пост