🇺🇿 2018-yilning sentyabr oyida “Islomxöja” badiiy-publitsistik filmining xalqaro premyerasi Vaşingtonda, AQŞning 28-prezidenti Vudro Vilson nomidagi markazda ötkaziladigan böldi.
Kiçik ijodiy guruhimiz bilan AQŞga uçayapmiz. Samolyotga ötirgaç, birdan esimga bayroq kelib qoldi. Özbekiston bayroğidan olib keling, deb iltimos qilişgandi. Men ham sovğa arzirli bölsin uçun eng kattasidan, eng sifatli matodan qilingan bayroğimizdan bir dona sotib olgandim.
— Bayroq qayerda? — dedim hovliqib operatorimiz Jahongir Ibragimovga.
— Bilmayman, aka. Menga bermagandingiz.
— Qayerga qöydim… Yoki uyda qolib ketdimi-a?!
Şoşilib örnimdan turib, qöl yukimni joyidan olib, titkilay ketdim. Xayriyatki, bayroqni olgan ekanman. Uni qölimga olib, qayta taxlab joyiga soldim. Xotirjam tortib örnimga ötirdim.
— Xudoga şukr, joyida ekan, — maqtandim Jahongirga.
Samolyot havoga kötarilganidan ikki soatlar ötib, bizdan ikki örindiq oldinda ötirgan, yoşi elliklardan ötgan bir ayol oldimga keldi.
— Uka, keçirasiz, boya bayroğingizga közim tuşgandi. Agar sizga juda zarur bölmasa, şu bayroqni menga berolmaysizmi? Qizim Amerikada universitetni tamomlayapti. Bitiruv keçasiga ketyapman. Aytgan hamma narsasini olibman-u, şu bayroqqa kelganda esimdan çiqibdi. Rosa tayinlagandi-da. Diplom topşirişayotganda hamma talabalar öz davlatining bayroğini yopinib çiqarkan sahnaga. Xafa böladimi, deyman-da… Xohlasangiz, bayroqni menga soting. Ikki barobar qimmatiga bölsa ham olaveraman.
— Ikki narsa sotilmaydi. Vijdon bilan bayroq, — dedim jilmayib.
— Unda şundoqqa bering.
— Sovğaga olingan, opa.
Berolmayman, xafa bölmaysiz.
Opa mahzun jilmaygança öz joyiga qaytdi. Samolyot Nyu-Yorkka qönib, pasport nazoratida turibmiz. Opaning ikki közi menda. Buni sezib turganim uçun ham noqulay bölaverdi. Bölmadi, öz navbatimni taşlab, boşqa qatorga borib navbatga turdim.
Endi yuklarimiz çiqişini kutib turibmiz. Mendan sal nariroqda öşa ayol. Bilayapman, mendan közini uzmayapti. Bu çamadon degani ham ha deganda çiqavermaydi. Na menikidan, na opanikidan darak yöq.
Nihoyat, mening yukim köriniş berdi. Çamadonimni körişim bilan unga yaqinroq joyga borib turiş uçun şoşdim. Yukni olib, özimni taşqariga qarab urdim. Ammo ortimdan kelayotgan öşa taniş ovoz töxtaşga majbur qildi.
— Uka! Hoy, uka! Töxtang! Uka, uka, töxtasangiz-çi!!!
— Mana, töxtadim! Nima deysiz?! Bayroqni berolmayman. Tuşunyapsizmi? U mening bayroğim. Meniki!
Opaning köziga yoş tölib, rangi oqarib ketdi.
— Nega sizniki bölarkan? Bayroq Özbekistonniki! Hammaning bayroği bu!
Alam bilan şunday dedi-da, yuklar çiqadigan tomonga qarab keta boşladi. Men esa nima deyişimni bilmay, turgan joyimda haykaldek qotib qoldim.
Ortga qaytib, opani qidirib topdim. Çamadoni endigina çiqqan ekan. Bayroqni olib, unga uzatdim.
— Oling, opa…
Opa bayroqni darrov olmadi.
— Sovğaga oldim, degandingiz-ku…
— Qizingizga köproq kerak u.
Hamma talabalar bayroqlariga öranib sahnaga çiqişsa-yu, Özbekistonlik qiz bayroqsiz çiqadimi? Oling.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
© Jahongir Ahmedov
✅ Instagram | ✅ Telegram