Кабинет

Посты канала O‘zbek 은혜 bilan

сначала новые

#8073Текст
Просмотры666+26%к среднему
Пересылки—
Реакции49
Комментарии—
#8072Текст
Просмотры573+9%к среднему
Пересылки—
Реакции31
Комментарии—
#8068Фото
Просмотры600+14%к среднему
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—
#8063Текст

Siz hislaringizni taniysizmi? Insondagi kuchli emotsional charchoq, energiyaning tugashi davomiy ravishda o’zini inkor qilishdan bo’lishi mumkin. O’zini inkor qilishga eng yorqin misol boshdan kechirayotgan hislaringizni boricha qabul qilmaslik, tan ola bilmaslikdir! Bu xuddi olmaligingizni bilib tursangiz ham yo’q men shaftoli bo’lishim kerak-ku degandek gap 🤦🏻‍♀️ Masalan, jahlingiz chiqyapti. Uni oxirigacha chiqarib yuborib tinchlanish o’rniga ichingizga yutasiz. Chunki “Jahl - yaxshi narsa emas, jahl qilsa o’ziga yomon” deb o’rgatishgan. Biror bir ish sizga og’irlik qildi, juda qiynab yubordi. Jarayon sizga qiyinligini tan olish o’rniga o’zingizni yetarlicha qobiliyatli emasman, deb ezasiz. Qiyin vazifalarni ado etib bo’lgach esa charchadingiz, lekin “charchadim” deya olmaysiz. Oldingizda yana qancha ish turganda o’zingizga dam olishga ruxsat bera olmaysiz, dam olish imkoniyati tug’ilib qolganda ham “hech nima qilmay” o’tirganingiz uchun o’zingizni aybdor his qilasiz. Menga ham og’ir deb ayta olmaysiz, chunki shunday desangiz odamlar sizni noshukrga chiqarishadi. Hatto yig’lay olmaysiz chunki ojizlikni tan olish sizdan oxirgi kuchni ham tortib oladigandek tuyuladi. Sizga esa bu mumkin emas, oldindagi ishlarni amalga oshirish uchun kuchli bo’lishingiz kerak. Kimdir sizni hafa qilsa ha mayli, o’rtog’im/yaqinim/oilam/bolam deb ichingizga yutasiz, bu kim bo’lishidan qat’iy nazar men xafaman, ko’nglim og’ridi deyishga ham o’zingizga ruxsat bera olmaysiz. “Axir yaqinlardan xafa bo’linmaydi-ku?” Yoki aksincha, qalbingizni og’ritgan odamlar bir kun siz his qilgan hissiyotlarni boshidan kechirayotganini bilib ichingizda yengillik his qilsangiz buni tan olmaslikka urinasiz, tan olsangiz ham juda og’ir gunoh qilgan odamdek uyalasiz, o’zingizni yomon ko’rib ketasiz. Chunki “yaxshi odamlar birovning g’amidan quvonmaydilar”! Bunday misollarni hali yana ko’p keltirish mumkin. Ishonchim komilki, ular orasida qaysi birinidir juda bo’lmaganda bir marta his qilgansiz. Lekin agar bularni doimiy boshdan kechirsangiz hissiyotlaringizni boricha qabul qilib o’z nomi bilan atab to’g’ri ifodalashni o’rganishingiz kerak. Xuddi men kabi. Ha, men ham buni endi o’rganyapman) Buni aytishdan tan olishdan uyalmayman ham chunki bolalikda shaxsiyatimiz rivojiga juda ko’p omillar (mentalitet, madaniyat, boshqa odamlar) ta’sir qiladi. Ularni bola sifatida bashqarish, analiz qilish qiyin. Lekin hozir ko’proq o’qib o’rganib, o’zimni kuzatib ba’zi narsalarni tuzatishim mumkin. Men kabi sizda ham hali imkoniyat bor. Bu ba’zilarga oddiy hol, lekin bolalikdan hislarini ifodalash to’g’ri o’rgatilmagan insonlar buni tushunguncha ancha qiynalishadi. Sizga ham hali ko’p narsa tushunarsiz bo’lishi mumkin, lekin harakat qilsangiz shaxsiyatingizning shu tomoni asta sekin o’zgaradi va juda katta yengillikni his qilasiz. Izohlarda o’zingiz o’zingizda inkor qiladigan hissiyotlar haqida yozishingiz mumkin. Muhokama qilmasdan o’qiymiz~ @Uzbek_Eunhye

Открыть в Telegram
Просмотры503−5%к среднему
Пересылки—
Реакции20
Комментарии—
#8062Текст
Просмотры523−1%к среднему
Пересылки—
Реакции26
Комментарии—
#8061Текст
Просмотры534+1%к среднему
Пересылки—
Реакции46
Комментарии—
#8055Видео
Просмотры656+24%к среднему
Пересылки—
Реакции40
Комментарии—
#8049Текст
Просмотры1 130+114%к среднему
Пересылки—
Реакции58
Комментарии—
#8047Текст
Просмотры1 270+141%к среднему
Пересылки—
Реакции50
Комментарии—