Shu videoni bo'lishmasam bo'lmasdi. Video ruschada lekin uni tushunishingizni juda xohlardim. Instagramda ko'rish @Uzbek_Eunhye
Открыть в TelegramO‘zbek 은혜 bilan
Tarjimon/pedagog O‘zbek 은혜~ 어디서든 어떻게든 행복할 것! 은구야~ 행복하자~ ♡ Koreyada o’qish, GKS mentorligi, kasb/fakultet tanlash konsultatsiyasi, Koreyada gid va tarjimonlik xizmatlari uchun @TopiKoreanBot ga yozing. TOPIK uchun: @I_can_get_TOPIK6
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 2 нояб. 2026 г. | 656 |
| 3 нояб. 2026 г. | 573 |
| 4 нояб. 2026 г. | 536 |
| 5 нояб. 2026 г. | 523 |
| 7 нояб. 2026 г. | 552 |
| 10 нояб. 2026 г. | 573 |
| 11 нояб. 2026 г. | 666 |
| 12 нояб. 2026 г. | 597 |
| 23 нояб. 2026 г. | 262 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры666Пересылки—Реакции49Комментарии—
- 02Просмотры656Пересылки—Реакции40Комментарии—
- 03Просмотры600Пересылки—Реакции17Комментарии—
- 04Просмотры597Пересылки—Реакции28Комментарии—
Новые посты
Pochtamga yozsangiz kuting. Men robot emas odamman va 24 soat onlayn bo’la olmayman. Rahmat.
Открыть в TelegramTarjimon bo’lish uchun diplom kerak emas, degan gapni eshitib qoldim ~ Siz nima deb o’ylaysiz, tarjimon bo’lish uchun diplom kerakmi? Yoki yo’q?
Открыть в TelegramTaksidaman. Ummon kuylayapti. Qo’shiqning mazmuni: Eshikni qattiq yopib chiqib ketding. Keyin biron marta qo’ng’iroq qilmading. Manam qilmadim. Qiynaldim siqildim, 6oy o’tdi. 1yil degan yuzimga rang kirdi. Sen kelmading men ham bormadim. Keyin do’stim kelib oq libosdagi rasmingni ko’rsatdi. O’zimda yo’q qizlik uyinga yugurib (!) bordim, singling opam sizni qancha qon yutib kutdi, dedi. Shuyoda savol: qiz-ku kutgani tabiiy. Sen nimani kutding, yigit? Qiz gul ko’tarib kirib kelishinimi? Doimgidek savollar ko’p) Lekin javoblarni o’zingiz berganingiz yaxshi. P.S: gap qo’shiq haqida emas 😁 @Uzbek_Eunhye
Открыть в TelegramTaksidaman. Botir Qodirov kuylayapti. Ekranda esa klipi: Ona cho’ziliiiib yotgan o’g’lini choyga chaqirdi. Shu payt qo’shni ayol kelib qoldi, ona bilan salomlashib qizini unashtirishganini aytdi. Shu payt hali bola anqayiiiib qoldi. Keyin yaxshi ko’rib yurgan paytlarini eslab shuuu siqildiya.. (shu paytgacha sovchi yubormay nima qilding so’tak deydigan odam yo’q) onasi ham g’alati bo’lib qoldi. Ishqilib yigit “siqilib” yurganda to’y kuni ham keldi. Yigit po’rim kiyinib qiznikiga chiqdi, kelin-kuyov oldida raqsga tushdi. Boshqa yigitlar olib chiqmoqchi bo’lishdi lekin bu “qahramon” ularni siltab tashlab o’zi “mardlarcha” to’yxonadan chiqib ketdi. Shu payt qizni otasi yigit va qiz bir-birini yaxshi ko’rishini eslab qoldi. Keyin qizini olib dalada o’tirgan yigitga oliboriberdi. Shu payt o’ylab qoldim: Nimadir xato ketmadimi? Gapirsa gap ko’p-u lekin gapirgan bilan foyda yo’qmikin deymanda…. @Uzbek_Eunhye
Открыть в Telegram#tavsiya Hissiyotlaringizni tushunish jarayonini yanada foydali qilish uchun sizlarga bir koreys dramasini tavsiya qilmoqchiman~ Serial qahramonlari insonlar har kuni boshidan kechiradigan hissiyotlarni o’rganuvchi izlanishda ko’ngilli sifatida qatnashishadi va shu orqali o’zlari haqida kutilmagan haqiqatlarni bilib olishadi. Drama boshida zerikarli tuyulishi mumkin lekin mazmunan anchagina salmoqli. So’zlari ham qiyin, lekin tushunib ko’rsangiz hissiyotlar haqida juda ko’p narsani o’rganasiz. Boshqalarning xatti-harakatlari sababini tushuna boshlaysiz. Ko’p yangi so’zlarni ham bilib olasiz~ 🎞️ 모두가 자신의 무가치함과 싸우고 있다 (We Are All Trying Here) Ру: «Мы все здесь стараемся» («Каждый борется со своей собственной никчёмностью») @Uzbek_Eunhye
Открыть в TelegramSiz hislaringizni taniysizmi? Insondagi kuchli emotsional charchoq, energiyaning tugashi davomiy ravishda o’zini inkor qilishdan bo’lishi mumkin. O’zini inkor qilishga eng yorqin misol boshdan kechirayotgan hislaringizni boricha qabul qilmaslik, tan ola bilmaslikdir! Bu xuddi olmaligingizni bilib tursangiz ham yo’q men shaftoli bo’lishim kerak-ku degandek gap 🤦🏻♀️ Masalan, jahlingiz chiqyapti. Uni oxirigacha chiqarib yuborib tinchlanish o’rniga ichingizga yutasiz. Chunki “Jahl - yaxshi narsa emas, jahl qilsa o’ziga yomon” deb o’rgatishgan. Biror bir ish sizga og’irlik qildi, juda qiynab yubordi. Jarayon sizga qiyinligini tan olish o’rniga o’zingizni yetarlicha qobiliyatli emasman, deb ezasiz. Qiyin vazifalarni ado etib bo’lgach esa charchadingiz, lekin “charchadim” deya olmaysiz. Oldingizda yana qancha ish turganda o’zingizga dam olishga ruxsat bera olmaysiz, dam olish imkoniyati tug’ilib qolganda ham “hech nima qilmay” o’tirganingiz uchun o’zingizni aybdor his qilasiz. Menga ham og’ir deb ayta olmaysiz, chunki shunday desangiz odamlar sizni noshukrga chiqarishadi. Hatto yig’lay olmaysiz chunki ojizlikni tan olish sizdan oxirgi kuchni ham tortib oladigandek tuyuladi. Sizga esa bu mumkin emas, oldindagi ishlarni amalga oshirish uchun kuchli bo’lishingiz kerak. Kimdir sizni hafa qilsa ha mayli, o’rtog’im/yaqinim/oilam/bolam deb ichingizga yutasiz, bu kim bo’lishidan qat’iy nazar men xafaman, ko’nglim og’ridi deyishga ham o’zingizga ruxsat bera olmaysiz. “Axir yaqinlardan xafa bo’linmaydi-ku?” Yoki aksincha, qalbingizni og’ritgan odamlar bir kun siz his qilgan hissiyotlarni boshidan kechirayotganini bilib ichingizda yengillik his qilsangiz buni tan olmaslikka urinasiz, tan olsangiz ham juda og’ir gunoh qilgan odamdek uyalasiz, o’zingizni yomon ko’rib ketasiz. Chunki “yaxshi odamlar birovning g’amidan quvonmaydilar”! Bunday misollarni hali yana ko’p keltirish mumkin. Ishonchim komilki, ular orasida qaysi birinidir juda bo’lmaganda bir marta his qilgansiz. Lekin agar bularni doimiy boshdan kechirsangiz hissiyotlaringizni boricha qabul qilib o’z nomi bilan atab to’g’ri ifodalashni o’rganishingiz kerak. Xuddi men kabi. Ha, men ham buni endi o’rganyapman) Buni aytishdan tan olishdan uyalmayman ham chunki bolalikda shaxsiyatimiz rivojiga juda ko’p omillar (mentalitet, madaniyat, boshqa odamlar) ta’sir qiladi. Ularni bola sifatida bashqarish, analiz qilish qiyin. Lekin hozir ko’proq o’qib o’rganib, o’zimni kuzatib ba’zi narsalarni tuzatishim mumkin. Men kabi sizda ham hali imkoniyat bor. Bu ba’zilarga oddiy hol, lekin bolalikdan hislarini ifodalash to’g’ri o’rgatilmagan insonlar buni tushunguncha ancha qiynalishadi. Sizga ham hali ko’p narsa tushunarsiz bo’lishi mumkin, lekin harakat qilsangiz shaxsiyatingizning shu tomoni asta sekin o’zgaradi va juda katta yengillikni his qilasiz. Izohlarda o’zingiz o’zingizda inkor qiladigan hissiyotlar haqida yozishingiz mumkin. Muhokama qilmasdan o’qiymiz~ @Uzbek_Eunhye
Открыть в TelegramNimadir qidirib 2020-yildagi postlarimga ko’zim tushdi. Karantin boshlangan payt ekan, kanalga mavzulashtirilgan postlar yuborgan ekanman) Esimda o’sha yili yil boshida qilgan bironta rejam o’xshamagan. Balki shuni deb tushkunlikka tushmaslik uchun astoydil o’zimni chalg’itishga uringandirman. Lekin hozir qarasam shuncha material, bo’sh vaqt, shuncha g’oyani qayerdan topgan ekanman deyman. Shunchaki o’zimda bor bilimlarni boshqalar bilan bo’lishish, yangi narsalarni o’rgatish, koreys madaniyatini tanishtirish ishtiyoqi kuchli bo’lgan ko’rinadi… O’sha paytda shu kanalim meni ruhiy muammolardan saqlab qolgani aniq chunki bunchalik bandlikda miya tushkunlikka tushish mumkinligini ham unutib qo’yadi) P.S: Bekorchi paytingiz instagramni emas 2020-yildagi postlarimni ko’ring) Tavsiya qilaman)) Ko’p narsa o’rganasiz)) @Uzbek_Eunhye
Открыть в Telegram“Go’zallik uni ko’ruvchi ko’zlarda bo’ladi” Shu gapni hech eshitganmisiz? Men bugun shu gapga hayotiy misolni ko’rdim. Qisqasi, Koreyadan xizmat safari bilan kelishgan, hozir mitingma miting yuribmiz. Kelganlardan biri O’zbekistonda birinchi marta ekan, hamma narsaga katta qiziqish bilan qarab hissiyotlarini yashira olmayapti: “Sarg’aygan daraxtlarga qarang, bunchalar chiroyli bo’lmasa?” “Bu qanday bino? Juda chiroyli qurilgan ekan!” “Ob-havoning yaxshiliginiiii! Juda iliq va yoqimli!” Uni kuzatarkanman menga ham o’sha kayfiyat yuqqanidanmi daraxtlar, binolar, osmon ham go’zal ko’rinishni boshladi. Shu paytgacha e’tibor bermaganimni qarang… Hozir o’ylasam ko’p narsa men uchun oddiy hol bo’lib ketgan ekan.. Xulosa shuki, go’zallik chet elda yoki instagramda emas, o’zimizning ko’zlarimizda! Uni ko’ra olish yoki shunchaki o’tkazib yuborish faqat o’zimizga bog’liq… @Uzbek_Eunhye
Открыть в TelegramMen bilan Seul o’rtasidagi munosabatni eng zo’r ifodalaydigan video 😂 Ketgunimcha bunchalik yaxshi ko’rib sog’inishimni bilmagan ekanman. Video manbasi @Uzbek_Eunhye
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
SamATI | Rasmiy kanali@samati_rasmiyОбразование1,88 тыс.
TKTI Yoşlar Ittifoqi@tkti_officialОбразование1,88 тыс.
Bog'cha direktor o'rinbosari@bogcha_direktor_orinbosariОбразование1,89 тыс.
Tarjimonlik fakulteti_ÖzDJTU (official)@tf_uzswluОбразование1,9 тыс.
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi@ihma_markaziОбразование1,86 тыс.
ORBITAL o'quv markazi@orbital_educationОбразование1,85 тыс.
Technovation Girls Uzbekistan 2026@technovation_uzОбразование1,93 тыс.
𝙉𝙖𝙯𝙤𝙧𝙖𝙩 𝙞𝙨𝙝𝙞 𝙢𝙖𝙩𝙚𝙢𝙖𝙩𝙞𝙠𝙖@nazorat_ishi_matematika_0808Образование1,84 тыс.