⚖️ ILMIY-AMALIY MUNOZARA BO‘LIB O‘TADI. TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi mustaqil izlanuvchisi (PhD) Bozorov Maqsudali Maxmudovichning “Jinoyat ishi yurituvida protsessual chiqimlar instituti: muammolar va takomillashtirish masalalari” mavzusidagi ilmiy ishi yuzasidan ilmiy-amaliy munozara (crowdsourcing) o‘tkaziladi. 🗓 2026-yil 27-noyabr 📍 TDYU 2-binosi, 310-xona ⏰ Soat 10:00 da 💬 Ilmiy munozarada tadqiqot ishiga doir quyidagi masalalar muhokama qilinadi: 👉 “Protsessual chiqim” va “sud chiqimi” bir xil tushunchami? Qonunchilikdagi atamalar nomuvofiqligini qanday bartaraf etish mumkin? 👉 Qaysi xarajatlar protsessual chiqim hisoblanadi, ularni qanday mezonlar asosida tasniflash kerak va “boshqa xarajatlar” doirasi qayergacha? 👉 Jabrlanuvchi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon va xolisga to‘lanadigan mablag‘larni hisoblash hamda to‘lash tartibi (Vazirlar Mahkamasining 570-son qarori) amaliyotda qanday ishlayapti? 👉 Davlat hisobidan ko‘rsatilgan yuridik yordam, ekspertiza va qidiruv bilan bog‘liq chiqimlarni undirish mexanizmi qanchalik samarali? 👉 Xorij tajribasidan nimalarni o‘rganish mumkin? Chiqimlarni to‘lash va undirishni raqamlashtirish qanday imkoniyat beradi? 👉 Jinoyat-protsessual kodeksining 318–320-moddalari va qonunosti hujjatlarini qaysi yo‘nalishda takomillashtirish lozim? Zoom: https://us05web.zoom.us/j/9532022641?pwd=NoQekBdGYPX02vkIvcCxrgwvjqEcrD.1&omn=84700615082 Identifikator: 953 202 2641 Kod: 1WZUgU #seminar #crowdsourcing
Открыть в Telegram
TSUL - Science and Innovation
📢Ushbu kanalda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimi, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat haqida ma’lumotlar berib boriladi. 📢:Murojaatlar uchun: @TSUL_Science_and_Innovation_bot @TSUL_Ilmiypedagogikkadrlar_bot
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 17 нояб. 2026 г. | 1 240 |
| 19 нояб. 2026 г. | 886 |
| 20 нояб. 2026 г. | 859 |
| 21 нояб. 2026 г. | 1 000 |
| 23 нояб. 2026 г. | 826 |
| 25 нояб. 2026 г. | 631 |
| 26 нояб. 2026 г. | 577 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,24 тыс.Пересылки—Реакции1Комментарии—
- 02Просмотры1 тыс.Пересылки—Реакции2Комментарии—
- 03Просмотры968Пересылки—Реакции1Комментарии—
- 04Просмотры894Пересылки—Реакции7Комментарии—
Новые посты
Переслано из Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash
📢 ILMIY EKSPERTLAR SAFIGA QO‘SHILING! Innovatsion rivojlanish agentligi davlat ilmiy dasturlari doirasidagi loyihalar va hisobotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun malakali olimlarni hamkorlikka taklif etadi. Ekspertlarga qo‘yiladigan talablar: 🔹 O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tan olinadigan ilmiy darajaga ega bo‘lish; 🔹 Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etgan bo‘lish; 🔹 Xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar chop etgan bo‘lish; 🔹 Web of Science yoki Scopus bazalarida H-indeksiga ega bo‘lish (ijtimoiy-gumanitar fanlar bundan mustasno); 🔹 Kamida 5 yillik ilmiy yoki ilmiy-pedagogik faoliyat tajribasiga ega bo‘lish. 💰 Har bir ilmiy ekspertiza uchun 680 000 so‘m gonorar to‘lanadi Ro‘yxatdan o‘tish: https://loyiha.ilmiy.uz/ platformasining «Ilmiy ekspertlikka ro‘yxatdan o‘tish» bo‘limi orqali ma’lumotlaringiz va tegishli hujjatlaringizni yuboring. 📞 Murojaat uchun: +998 94 119 55 77 O‘z bilim va tajribangiz bilan istiqbolli ilmiy loyihalarni saralash hamda O‘zbekiston ilm-fani rivojiga hissa qo‘shing! 👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Открыть в Telegram📢 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF 2026-yil 16-dekabr kuni Toshkent xalqaro universiteti tomonidan "Konstitutsiyaviy o‘zgarishlar va raqamli boshqaruv: huquqlar, institutlar va yangi texnologiyalar" mavzusida III xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Anjumanda universitetimiz professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari ma’ruza (kengaytirilgan tezis) bilan, doktorantlar, magistrantlar va bakalavriat talabalari esa ilmiy poster taqdimoti (yoki tinglovchi) sifatida offlayn va onlayn shaklda qatnashishlari mumkin. Manzil: AZIMUT Grand Hotel Tashkent (Amir Temur shohko‘chasi, 107A-uy) Tezis va poster takliflarini yuborish: 2026-yil 26-noyabrgacha Tinglovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish: 2026-yil 10-dekabrgacha Ro‘yxatdan o‘tish va material yuklash: faqat icltg.tiu.uz sayti orqali (elektron pochta orqali qabul qilinmaydi) Ishtirok etish: Bepul (tanlab olingan maqolalar ISBN to‘plamga kiritiladi, eng saralari TIU Journal of Global Research and Innovation jurnaliga tavsiya etiladi) 📎
Открыть в Telegram📢 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIGA TAKLIF 2026-yil 18-dekabr kuni Olmaliq shahridagi Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetida "O‘zbekiston Respublikasida raqamli va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish: sun’iy intellekt istiqbollari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Anjumanda universitetimiz professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar offlayn hamda onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin. Maqolalarni yuborish muddati: 2026-yil 11-dekabrgacha Taqdimotlar (.pptx) muddati: 2026-yil 16-dekabrgacha Nashr: Qabul qilingan maqolalar elektron to‘plamda chop etilib, har biriga alohida DOI (Zenodo) hamda elektron sertifikat beriladi Tashkiliy badal: 70 000 so‘m (faqat maqola qabul qilingani tasdiqlangach to‘lanadi) 📎 Sho‘balar ro‘yxati, maqola talablari va ariza namunasi ilova qilingan axborot xatida keltirilgan. 📲 Maqola yuborish va murojaat uchun: +998 94 385-96-90 (A.Q. Sharobiddinov, Telegram)
Открыть в Telegram⚖️ ILMIY-AMALIY MUNOZARA BO'LIB O'TADI. TDYU Jinoyat-protsessual huquqi sho‘basi mustaqil izlanuvchisi (PhD) Xabibiddinov Nodirjon Mo‘sinjon o‘g‘lining “Internet tarmog‘ida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy ishi yuzasidan ilmiy-amaliy munozara (crowdsourcing) o‘tkaziladi. 🗓 2026-yil 27-noyabr 📍 TDYU 2-binosi, 211-xona ⏰ Soat 11:00 da 💬 Ilmiy munozarada tadqiqot ishiga doir quyidagi masalalar muhokama qilinadi: 👉 Firibgarlar qanday niqoblanadi va ortidan qanday raqamli iz qoldiradi? 👉 Jinoyatchi, jabrlanuvchi va vositachi (“drop”) shaxsini o‘rganish tergovchiga qanday yo‘l ochadi? 👉 Tergovga qadar tekshiruv va ish qo‘zg‘atish bosqichida qanday tipik vaziyatlar yuzaga keladi? 👉 Tintuv, olib qo‘yish va so‘roqni raqamli muhitda qanday o‘tkazish, elektron dalilni yo‘qotmasdan qanday mustahkamlash kerak? 👉 Kompyuter-texnik ekspertiza va mutaxassis bilimi tergov samaradorligini qanchalik oshiradi? 👉 Firibgar xorijda bo‘lsa-chi? Xalqaro va idoralararo hamkorlikning imkoniyatlari qanday? 👉 Tergov metodikasi va jinoyat-protsessual qonunchiligini qaysi yo‘nalishda takomillashtirish lozim? Zoom: https://us05web.zoom.us/j/9532022641?pwd=NoQekBdGYPX02vkIvcCxrgwvjqEcrD.1&omn=84700615082 Idenfikator: 953 202 2641 Kod: 1WZUgU #seminar #crowdsourcing
Открыть в Telegram📢 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF! 2026-yil 22-dekabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida "Jinoyatchilik, xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlik: zamonaviy muammolar va ilmiy-amaliy yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Anjumanga professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda soha ekspertlari taklif etiladi. Asosiy ma’lumotlar: Sana va vaqt: 2026-yil 22-dekabr, soat 11:00 (ro‘yxatga olish soat 10:00 dan boshlanadi) O‘tkazish formati: Gibrid (oflayn va Zoom platformasi orqali onlayn) Zoom ma’lumotlari: ID: 884 6744 1483 | Kirish kodi: 835915 Manzil: Toshkent shahri, Intizor ko‘chasi, 68-uy (O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi) Ishchi tillar: O‘zbek, rus va ingliz tillari Maqola va tezislarni topshirish tartibi: Ilmiy maqola va tezislar 2026-yil 27-noyabrga qadar Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limiga taqdim etilishi lozim. Texnik talablar ilovada
Открыть в Telegram⚖️📢🌏💬 🔘“INTELLEKTUAL MULK: INNOVATSIYALARDAN FOYDALANISH KALITI” MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYA MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI! ⚖️Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashi yig‘ilishining 2026-yil 24-fevraldagi 1/26-son majlisi bayonnomasi bilan tasdiqlangan Huquq sohalari kesimida xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil etib borish reja-grafigiga muvofiq xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada xalqaro ekspertlar — Hindistonning MIT World Peace University Huquq maktabi dotsenti Dr. Anuttama Ghose, Pokiston Islom Respublikasi Patent idorasi katta eksperti Mohammad Rizwan Khan, Chernogoriyadan xalqaro huquqshunos va xususiy yuridik firma boshqaruvchi hamkori Nikola Marku hamda Filippindan intellektual mulk huquqi bo‘yicha mutaxassis, OPTMARKS konsalting firmasi asoschisi Arjel P. De Guzman o‘zlarining qimmatli tajribalari va ilmiy qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar. 🖥Qizg‘in savol-javoblar va konstruktiv munozaralarga boy o‘tgan konferensiya yakunida intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va yangi texnologiyalar sharoitida huquqiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan muhim taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 👉BATAFSIL & RASMLAR #TDYU #IntellektualMulk #XalqaroKonferensiya #Innovatsiya #IlmFan ✅Telegram 📱Instagram 🌐Facebook
Открыть в TelegramПереслано из TSUL in International Rankings
📢 E’LON Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari tomonidan Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasida chop etilgan ilmiy maqolalar asosida qisqacha dayjestlar tayyorlandi. Quyida mazkur maqolalar raqamlangan tartibda taqdim etiladi: Mualliflar: Saydullaev Shakhzod, Utemuratov Makhmut, Turdiev Khayitjon, Sultamuratov Allayar, Gaffarova Shakhnoza. Maqola nomi: Gender Equality and Women’s Rights Protection: International Practice and National Legal Reforms in Uzbekistan. Asosiy: Scopus link Maqola dayjesti: havola Mualliflar: Uktamova Nozima, Abulkasimov Murod, Abdullayeva Shakhnoza, Makhmudov Samariddin, Kushbakova Surayyo, Pardayev Umid, Shanyazov Nuriddin. Maqola nomi: Income Distribution, Living Standards, and Labor Market Dynamics in Shaping Economic Security: Evidence from G-20 Economies Asosiy: Scopus link Maqola dayjesti: Havola Mualliflar: Ghouri, Ahmad Maqola nomi: Beyond finality: post-award bargaining and asymmetry in investor–state dispute settlement Asosiy: Scopus link Maqola dayjesti: Havola Yuqoridagi mualliflarda Maqola Dayjesti bo'yicha takliflar bo’lsa TDYU Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo’limiga murojaat qiling. __________________________________________________________________ 🗞 https://t.me/tsul_rankings 🛎 https://t.me/tsulofficial 🌏 https://tsul.uz/en ♻️ https://sdg-tsul.uz/sustainability/
Открыть в Telegram🚀 Toshkent xalqaro startaplar markaziga aylanadi: Techstars Startup Week boshlanmoqda! 24–26-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasi yirik xalqaro texnologik festivalga mezbonlik qiladi. Uch kunlik tadbir startap asoschilari, investorlar, yetakchi kompaniyalar va IT-ekotizim vakillarini yagona maydonda birlashtiradi. Festival dasturidan nimalar o‘rin olgan? Keng ko‘lamli bilim va tajriba: 12 xil formatdagi 100 dan ziyod sessiyalar, panel muhokamalar, amaliy vorkshoplar hamda xorijiy ekspertlar ma’ruzalari; Sarmoya va hamkorlik: Startaplarning pitch-taqdimotlari, investorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar va samarali netvorking; Ko‘rgazma va Demo Day: “Startup Alley” innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi, shuningdek, UzVC SGP 3.0 va SGP Life Sciences akseleratsiya dasturlarining yakuniy Demo Day tadbirlari; Yorqin yakun: “Startup Week Awards” taqdirlash marosimi va bayramona “Closing Festival”. 🎟 Ishtirok etish mutlaqo bepul! 📅 Sana: 2026-yil, 24–26-noyabr 📍 Manzil: Humo Arena, Toshkent 👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ko‘magida UzVC Milliy venchur jamg‘armasi va Hackonnect tomonidan tashkil etilmoqda.
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
TDYU • ТГЮУ • TSUL@tsulofficialОбразование20,3 тыс.
Jinoyat protsessi@tsul_cplПраво2,46 тыс.
E-BAZA 8-SINF@e_baza_8sinfОбразование2,66 тыс.
INNO Technopark@innotechnoparkОбразование2,65 тыс.
Creative Tech@creative_tech_officialОбразование2,64 тыс.
ÖzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal@ijtimoiyfanuzОбразование2,64 тыс.
Nurboy Jabborov saboqlari@nurboyjabborovОбразование2,63 тыс.
Xorazm | BBA@bbaxorazmОбразование2,62 тыс.
Кто упоминает
Кого упоминает
TDYU • ТГЮУ • TSUL@tsulofficial2 упоминания, 1 репост