Misrda dahshatli yongʻin: kamida 31 kishi halok boʻldi Misrda neft mahsulotlarini tashiyotgan transport vositasi katta halqa yoʻlida agʻdarilib, kuchli yongʻin yuzaga keldi. Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, kamida 31 kishi halok boʻlgan, yana 15 kishi jarohatlangan. Hodisa oqibatida transport vositasi yonib ketgan, voqea joyida qutqaruv va tez tibbiy yordam ishlari olib borilgan. Voqea munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev ham Misrga hamdardlik bildirdi. Afsuski, birgina yoʻl-transport hodisasi oʻnlab insonlarning hayotiga zomin boʻldi. ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram
Teacher Azam
TEACHER AZAM (Qahramoniy) 👨🏼💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman 👉t.me/Teacherazamchat 🚩Instagram: 👉instagram.com/teacherazam ☎️ Englify online maktabim: +998781136969 ☎️ Reklama va taklif uchun: 👉+998 97 831 11 11
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 15 нояб. 2026 г. | 16 800 |
| 16 нояб. 2026 г. | 15 700 |
| 17 нояб. 2026 г. | 14 400 |
| 18 нояб. 2026 г. | 14 900 |
| 19 нояб. 2026 г. | 15 250 |
| 20 нояб. 2026 г. | 13 350 |
| 21 нояб. 2026 г. | 12 550 |
| 22 нояб. 2026 г. | 12 800 |
| 23 нояб. 2026 г. | 10 950 |
| 24 нояб. 2026 г. | 9 915 |
| 25 нояб. 2026 г. | 8 685 |
| 26 нояб. 2026 г. | 5 750 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры16,8 тыс.Пересылки—Реакции636Комментарии—
- 02Просмотры16,3 тыс.Пересылки—Реакции273Комментарии—
- 03Просмотры16 тыс.Пересылки—Реакции241Комментарии—
- 04Просмотры15,7 тыс.Пересылки—Реакции253Комментарии—
Новые посты
Hamma ham fikringizga qoʻshilmaydi, lekin siz… Nega ba’zan hamma biz bilan bir xil fikrlayotgandek tuyuladi? Buning sabablaridan biri — Echo Chamber Effect. Bu hodisada inson asosan o‘z qarashlariga mos fikrlar, yangiliklar va odamlar bilan o‘ralib qoladi. Ijtimoiy tarmoqlar ham bizga ko‘proq yoqadigan kontentni tavsiya qilib, bu holatni kuchaytirishi mumkin. Natijada, boshqa qarashlar bilan kamroq tanishamiz va o‘z fikrimizni yagona to‘g‘ri qarash deb qabul qila boshlaymiz. Ba’zan haqiqatni anglash uchun bizga qo‘shiladiganlarni emas, biz bilan fikri farq qiladiganlarni ham tinglash kerak. ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram🤔Bu nimasi bo‘ldi endi? Chikagoda yuzlab odamlar The Bean haykalini 18 sm chapga surish uchun yig‘ilganidan so‘ng, bu g‘alati tashabbus Vashingtonga ham ko‘chdi. Endi navbatdagi “nishon” — AQShning eng mashhur monumentlaridan biri. Vashingtonda odamlar Oq uy bilan bir chiziqqa tushishi uchun Washington Monument’ni chapga surishga urinishdi. Taxminan 100 ming tonna og‘irlikdagi monument, tabiiyki, joyidan qimirlamadi) Bularning barchasi jiddiy loyiha emas, balki internetdagi hazil va odamlarni birlashtirgan noodatiy aksiyalar. Biroq, minglab odamlarning shunchaki bir monumentni surish uchun yig‘ilishi — internet hazillarining real hayotga qandayin tezkorlik bilan koʻchishini koʻrsatib beryapti. Siz bu haqda qanday fikrdasiz? Izohlarda fikringizni kutaman ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram💻 Jensen Huang NVIDIA CEO lavozimiga qayta tiklandi: Men bu safar yaxshiroq “CEO” boʻlaman… NVIDIA direktorlar kengashi 23-noyabr kuni Jensen Huangni kompaniya prezidenti va bosh direktor (CEO) lavozimiga 11 kunlik tanaffusdan so‘ng qayta tikladi. Qaror kengash tomonidan bir ovozdan qabul qilindi. Avvalroq Huang iste’foga chiqqan edi. Kengash uning qaytishi yuzasidan AQSh hukumati vakillari bilan maslahatlashib, uning rahbarligi milliy xavfsizlikka tahdid tug‘dirmasligiga ishonch hosil qilganini bildirdi. Huangning qaytishi NVIDIA uchun muhim burilish bo‘lib, u kompaniyaning SI chiplar bozoridagi yetakchiligini saqlab qolish va kelajakdagi strategiyasini boshqarishda davom etadi. ✅@TeacherAzam
Открыть в TelegramHafta Tahlili 33-son Haftaning eng muhim voqealari, kutilmagan hodisalar va jamiyatda muhokama uyğotgan masalalar — barçasi bir son içida. Azam Qahramoniy bilan haftaga nazar, voqealar ortidagi sabablar va odatdagidan biroz boşqaçaroq tahlil. 33-sonni tomosha qiling va fikringizni izohlarda bölishing! Video uchun havola: https://youtu.be/LbN84FUqE24 ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram🌐Antaliyada boʻlgan COP31 sammiti kelishuvsiz yakunlandi. Sabab: Rossiya va Arab mamlakatlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning COP31 iqlim sammiti ikki haftadan ortiq davom etgan muzokaralardan so‘ng kelishuvsiz yakunlandi. Bu 2009-yilda Kopengagenda oʻtgan COP15 dan beri iqlim bo‘yicha eng yirik diplomatik muvaffaqiyatsizliklardan biri bo‘ldi. Asosiy kelishmovchilik qazilma yoqilg‘ilardan voz kechish va rivojlanayotgan davlatlarga iqlim oqibatlariga qarshi kurashish uchun moliyaviy yordam ajratish masalalarida yuzaga keldi. Yakunda Rossiya va Fors koʻrfazi davlatlari qazilma yoqilgʻilardan voz kechmasligini, Yevropa Ittifoqi esa ushbu davlatlarsiz hech qanday shartnoma tuzmasligini maʼlum qilgan. Amaldagi siyosatlar davom etsa, 2100-yilga kelib global harorat 2,8°C ga oshishi mumkin. ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram😧 Kevin McCallister yana qaytmoqda! 36 yil oldin butun dunyoga tanilgan Home Alone filmining bosh qahramoni Kevin McCallister yana ekranlarga qaytishi mumkin. Disney yangi film ustida ish boshlagan bo‘lib, Macaulay Culkin o‘zining mashhur rolini qayta ijro etadi. Yangi film ssenariysi ustida Seth Rogen va Evan Goldberg ishlamoqda. Loyiha hali dastlabki bosqichda, filmning syujeti, boshqa aktyorlar tarkibi va chiqish sanasi hozircha ma’lum emas. 😊 Kevin va uning mashhur tuzoqlarini yana ko‘rishga tayyormisiz? ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram🇺🇸 FQBning jinoyatchilar bazasi kiberhujumga uchradi AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI) mamlakat bo‘ylab politsiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar foydalanadigan National Crime Information Center (NCIC) ma’lumotlar bazasiga kiberhujum uyushtirilganini tekshirmoqda. Mazkur tizimda qidiruvdagi shaxslar, bedarak yo‘qolganlar, jinoiy tarix, o‘g‘irlangan avtomobillar va boshqa muhim ma’lumotlar saqlanadi. Unga mahalliy, shtat va federal huquqni muhofaza qilish organlari murojaat qiladi. Xabarlarga ko‘ra, bu FBI tizimlariga so‘nggi oylarda amalga oshirilgan ikkinchi kiberhujum bo‘lishi mumkin. Hozircha hujum ortida kim turgani va qanday ma’lumotlar qo‘lga kiritilgani aniqlanmagan. ✅@TeacherAzam
Открыть в Telegram😒 Anthropic’da 5,100 xodim bir kechada millionerga aylandi! Claude AI ishlab chiqaruvchisi Anthropic’ning birjaga chiqishi nafaqat kompaniyaga, balki uning xodimlariga ham katta boylik olib keldi. IPO’dan so‘ng kompaniyaning 5 300 nafar xodimidan qariyb 5 100 nafari (96%) millionerga aylandi. Shuningdek, 2 800 nafar xodimning aksiyalari $10 milliondan, 600 nafari esa $100 milliondan oshiq qiymatga ega. Bu startaplarda kompaniya aksiyalariga ega bo‘lish xodimlar uchun oddiy maoshdan ancha katta moliyaviy imkoniyat yaratishi mumkinligini ko‘rsatadi. ✅@TeacherAzam
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Lazizbek Hamidov@lazizhamidovБлоги9,47 тыс.
Nizamoff@nizamoffТехнологии41,8 тыс.
IT Masters@itmastersuzТехнологии35,5 тыс.
AI | DigiTech@digitechaiТехнологии54,5 тыс.
Uztelecom@uztelecomuzТехнологии80,6 тыс.
IT Park Uzbekistan@itpark_uzТехнологии18 тыс.
#️⃣Hashtag | Rasmiy kanal@hashtaguzТехнологии16 тыс.
Sariq Dev@sariqdevТехнологии14,7 тыс.
Кого упоминает
Lazizbek Hamidov@lazizhamidov2 репоста