
Laziz Hamidov
Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman. Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Подписчики, 30 дней
2 нояб. – 4 нояб.−3 (0%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 2 нояб. 2026 г. | 9 351 |
| 3 нояб. 2026 г. | 9 351 |
| 4 нояб. 2026 г. | 9 348 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 26 окт. 2026 г. | 3 847 |
| 27 окт. 2026 г. | 3 613 |
| 28 окт. 2026 г. | 4 310 |
| 29 окт. 2026 г. | 2 770 |
| 30 окт. 2026 г. | 2 747 |
| 31 окт. 2026 г. | 2 787 |
| 1 нояб. 2026 г. | 2 802 |
| 2 нояб. 2026 г. | 3 043 |
| 3 нояб. 2026 г. | 1 537 |
| 4 нояб. 2026 г. | 1 277 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры4,87 тыс.Пересылки109Реакции38Комментарии—
- 02Просмотры4,87 тыс.Пересылки109Реакции—Комментарии—
- 03Просмотры4,04 тыс.Пересылки48Реакции50Комментарии—
- 04Просмотры3,91 тыс.Пересылки10Реакции74Комментарии—
- 05Просмотры3,85 тыс.Пересылки4Реакции50Комментарии—
Новые посты
O‘zbekistonni dunyoga tanitishning yana bir imkoniyati: bu safar London orqali ekan O‘zbekiston haqida gap ketganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga Samarqand, Buxoro, Xiva va qadimiy obidalar keladi. Lekin sayyohlik imkoniyatlarimiz bundan ancha keng. Milliy taomlarimiz, chiroyli tabiatimiz, tog‘ va cho‘l manzaralari, faol dam olish yo‘nalishlari ham xorijlik sayyohlar uchun katta qiziqish uyg‘otishi mumkin. Aynan shu imkoniyatlar 3–5-noyabr kunlari Londonda o‘tkazilayotgan World Travel Market (WTM) London 2026 xalqaro turizm ko‘rgazmasida ham namoyish etilyapti. O‘zbekiston bu yerda nafaqat tarixiy-madaniy merosini, balki gastronomik, tabiiy va faol turizm yo‘nalishlarini ham xalqaro auditoriyaga taqdim etyapti. Menimcha, bunday ko‘rgazmalarning eng katta foydasi — O‘zbekistonni dunyoga faqat tarixiy obidalar mamlakati sifatida emas, balki turli did va qiziqishdagi sayyohlar uchun jozibador manzil sifatida tanitish boʻladi. WTM London kabi xalqaro maydonlar esa mahalliy turizm kompaniyalariga xorijiy hamkorlar bilan bevosita uchrashish, yangi sayohat paketlarini ishlab chiqish va xalqaro bozorda o‘z o‘rnini kengaytirish imkonini beradi. O‘zbekistonda sayyohlarga ko‘rsatiladigan joylar ham, tatib ko‘riladigan taomlar ham, kashf etiladigan manzaralar ham yetarlicha. Eng muhimi, bularni dunyoga to‘g‘ri piar qila olish.
Открыть в TelegramKecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ketishi haqida xabarlar tarqaldi, ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. O‘FA bu ma’lumotni inkor qilib ham chiqdi. Lekin men baribir o‘zimning o‘ta shaxsiy fikrimni aytib qo‘ymoqchiman: Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasi uchun hech narsa bermaydi va men uni O‘zbekistonda baxtsiz ekanligiga ishonaman. Bu 100 foiz qaror qabul qiluvchilarning xatosi deb bilaman. Mayli, adashgan bo‘lay, lekin ushbu tayinlov hech narsa bilan tugamaydi, shunchaki millionlab pulni havoga uchiriladi, xolos. Xayriyatki, Osiyo Kubogi qoldirildi, endi italiyalik murabbiyimizda biroz vaqt bor Ham soqqani qiladi, ham biroz yaxshiroq natijaga harakat qilib ko‘rsa bo‘ladi. Yana bilmadim.
Открыть в TelegramTadbirkorlar kengashida nima qilib yuribman o‘zi? Kecha bir obunachim qiziq savol berdi: “Tadbirkorlar kengashiga a’zosiz. O‘z sohangiz bo‘yicha nimani oldinga surdingiz, nima hal bo‘ldi, kimning huquqini himoya qildingiz?” Savol qichiq, javob esa hammaga qiziq — ochiqchasiga yozaman. Bu o‘zi qanaqa kengash? Savdo-sanoat palatasi huzuridagi jamoatchilik kengashi. Hukumat biznesga daxldor qonun-qaror yozsa, u Adliyadan oldin bizning ekspertizadan o‘tadi. Biz qaror qabul qilmaymiz, faqat taklif beramiz. Lekin eng zo‘r joyi — har bir e’tirozimizga qonun muallifi yozma va asosli javob berishi shart. A’zolar — oziq-ovqat, IT, bank, qurilish va riteyl kabi turli sohalardagi amaliyotchi tadbirkorlar. Media va kreativ industriyadan — men. U yerda ish qanday ketadi? Har ikki hafta oralig‘ida yig‘ilish. O‘rtacha 8–10 ta loyiha muhokama qilinadi. Hujjatlar har bir kengash a’zosiga yuboriladi va hamma o‘z sohasidan kelib chiqib, loyihani chok-chokidan so‘kib, taklif yozadi. Va ishoning, u yerda umuman tinchlik yo‘q. Bunga oxirgi oydagi tortishuvlardan misollar: Mavsumiy bojlar (import meva-sabzavotga bojni oshirish). Oziq-ovqat vakili ochiq yozdi: “Bizda sal narsaga boj kiritish kasalligi bor. Mahalliy mahsulotimiz shuncha yordam bilan ham raqobatbardosh bo‘lmasa, nega buning to‘lovini 40 million aholi bo‘yniga ilishimiz kerak?!” Riteyl vakili boshqacha yondashdi: “Boj oshirishdan oldin buning do‘kondagi narxga ta’siri hisoblansin”. Fermerlar esa faqat o‘zini himoya qildi. Bitta stol, uchta qat’iy manfaat. Yagona “salomatlik sertifikati”: Eksportga yangi hujjat o‘ylab topishmoqchi edi. Eksportchilar darhol qarshi chiqdi: “Buni xaridor davlatlar so‘ramayapti, bu tadbirkorga ortiqcha vaqt va xarajat! Majburiy emas, ixtiyoriy bo‘lsin!” Kimni ko‘proq himoya qilyapmiz? Iste’molchinimi yo biznesni? Kengash nomiga “Tadbirkorlar”niki bo‘lsa ham, eng ko‘p yangragan so‘z “iste’molchi” bo‘ldi.“Mahalliy ishlab chiqaruvchini himoya qilish xalqning xarid qobiliyatini pichoqlash hisobiga bo‘lmasin!”. Bu gaplarni iste’molchilar jamiyati emas, yirik importchi va riteyl biznesmenlar aytyapti. Chunki narx sun’iy oshsa, xaridor kamayib, savdo o‘lishini hamma tushunib turibdi. Kengashning ma’nosi ham shu — “qog‘ozda chiroyli, hayotda ishlamaydigan” qonunlarni amaliyotchilar ko‘zidan o‘tkazish. Shaxsan biz nima qildik va nimani himoya qildik? Bizga 3 ta asosiy masala biriktirildi: 1. “Birinchi xato uchun jarima emas, ogohlantirish” qonuni. O‘tgan 2 yilda sudga oshgan jarimalarning 43%i asossiz chiqqan. Loyihada “birinchi xato” nimaligi mavhum qolib, inspektorga xohlasa kechirish, xohlamasa jarima yozish huquqi (korrupsiyaga ochiq eshik) berilgan. Buni yopish bo‘yicha 7 ta aniq taklifni tayyor matni bilan kiritdik. 2. Xorijiy raqamli platformalarni soliq uchun bir kunda bloklash. Bular (dizayn, AI, reklama kabinetlari) soliq to‘lamadi deb bir kunda bloklab qo‘ymoqchi. Bu chet el kompaniyasini emas, shu platformalarda tirikchilik qilayotgan minglab o‘zbek studiyalari va frilanserlarni o‘ldiradi! Bu xuddi Apple soliq to‘lamagani uchun O‘zbekistondagi hamma iPhone’larni o‘chirib qo‘yish bilan baravar mantiqsizlik. Bloklash eng oxirgi chora bo‘lsin deb 6 ta taklif berdik. 3. Davlat xaridlarida “Eng arzon narx” mezonidan voz kechish. Loyiha tashkilotlarini tanlashda sifatga emas, faqat arzon narxga qarab tanlash amaliyotini o‘zgartirish bo‘yicha 4 ta yozma taklif yozdik. Xo‘sh, nima hal bo‘ldi? Ochiqchasiga aytaman — hozircha hech narsa! Kengash taklif beradi, qonunni tasdiqlash hukumat va Adliya qo‘lida. Natija oylardan keyin ko‘rinadi. Lekin biz e’tiroz bildirmasak, o‘sha qonunlar jimgina qabul qilinib ketaveradi. Kimning huquqini himoya qildik? Kichik kreativ va IT studiyalar, frilanserlar, reklamachilar — kengashda shu sohadan mendan boshqa odam yo‘q. Biz aytmasak, ularning muammosini hech kim aytmaydi. Endi niyat shuki, har yig‘ilishdan keyin shu yerda hisobot berib boraman: nima taklif qildik, hukumat nimani qabul qildi, nimani yo‘q, o‘zingiz tekshirib, baho berib turasiz. P.S. Yaxshi savol uchun alohida rahmat!
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 12 ч | 2 442 |
| 36 ч | 3 043 |
- Всего сейчас3 043
Переслано из A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Qanday qilib mana shunday seriallarning bosh qahramoniga aylanmaslik mumkin? Ko‘pni ko‘rgan Lazizbek Hamidovdan tavsiyalar (#)
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 21 ч | 1 336 |
| 33 ч | 2 185 |
| 69 ч | 2 523 |
- Через 24 часа1 336
- Всего сейчас2 523
Связи
Похожие каналы
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев@muhrim2022Блоги19,4 тыс.
Kainbek@davletovuztwБлоги8,43 тыс.
Allaev Uz@allaevuzbБлоги11,3 тыс.
Prizma@prizmauzbБлоги7,2 тыс.
Temurbek Adhamov@temurbek_adhamovБлоги13,4 тыс.
Paiziev24@paiziev24Блоги13,4 тыс.
Mirzodan maktub@mirzodanmaktubБлоги4,59 тыс.
Muhammad Temur A’zam@temurazamБлоги2,34 тыс.
Кого упоминает
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев@muhrim20222 упоминания, 1 репост- Markaziy bank@centralbankuzbekistan1 упоминание