🍁TOZALIK — BARÇAMIZ UÇUN MAS’ULIYAT! SURXONDARYODA «DOLZARB 15 KUNLIK» TADBIRI ÖTKAZILMOQDA
Obod va fayzli hudud, avvalo, tozalikdan boşlanadi. Köçalarimiz, ariqlarimiz, xiyobonlarimiz va xonadonlarimiz atrofining ozoda bölişi nafaqat yaşaş muhitini yaxşilaydi, balki aholi salomatligi va ekologik barqarorlikni ta’minlaşda ham muhim ahamiyatga ega.
👨👩👧👦 Şu maqsadda joriy yil 23-noyabrdan 8-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatining Termiz şahri va barça tumanlarida «Dolzarb 15 kunlik» obodonlaştiriş va tozalik tadbiri ötkazilmoqda.
🧹Tadbir doirasida:
➖köçalar, yöl yoqalari va xiyobonlar;
➖ariq, zovur va suv oqova lotoklari;
➖bozorlar va ularga tutaş hududlar;
➖qabristonlar, bolalar maydonçalari va sport inşootlari;
➖ijtimoiy soha obyektlari hamda aholi yaşaş joylari xazon va maişiy çiqindilardan tozalanadi.
❗️ Muhim talablar:
❌yiğilgan xazon va çiqindilarni oçiq maydonlarda yoqiş qat’iyan taqiqlanadi.
❌ariq va lotoklarni çiqindilardan tozalaş orqali yoğingarçilik paytida suv töplanişining oldi olinadi.
❌obodonlaştiriş işlarida mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilinadi.
❌fuqarolarni tozalaş işlariga majburiy jalb etişga yöl qöyilmaydi.
📢 Hurmatli viloyatimiz ahli!
Tozalik faqat mas’ul taşkilotlarning emas, har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir. Keling, uşbu xayrli taşabbusda faol iştirok etib, xonadonlarimiz, köçalarimiz va mahallalarimizni ozoda saqlaşga öz hissamizni qöşaylik.
Zero, toza muhit — soğlom hayot, obod mahalla va farovon turmuş garovidir!
Surxondaryo obodligi — barçamizning umumiy işimiz!
👉 Kanalga ulanish 👉 https://t.me/boysunaxborotxizmati
✅ Telegram 💬 Facebook 📹 YouTube 🌍 baysun.uz