Payşanba — Yoşlar kuni: öquv markazlari rahbarlari bilan oçiq muloqot Qumqörğon tumanida Payşanba — Yoşlar kuni doirasida faoliyat yuritayotgan öquv markazlari rahbarlari bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Uçraşuvda ta’lim sohasida samarali faoliyat olib borayotgan, yoşlarning bilim va salohiyatini oşirişga munosib hissa qöşayotgan markazlar rahbarlarining mehnati e’tirof etildi. Muloqot davomida öquv markazlari faoliyatini yanada rivojlantiriş, ta’lim sifatini oşiriş, yoşlarni zamonaviy kasb-hunar va xorijiy tillarga örgatiş, şuningdek, sohada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi. Markazlar rahbarlarining taklif va taşabbuslari tinglanib, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi. Bugungi kunda Qumqörğon tumanida 14 ta öquv markazi faoliyat yuritib, ularda 3000 nafardan ziyod yoşlar qöşimça ta’lim olmoqda. Markazlarda yaratilgan şaroitlar, öquvçilarning bilim olişga bölgan intilişi hamda oliy ta’lim muassasalariga kiriş körsatkiçlarining yuqoriligi sohada olib borilayotgan işlarning samaradorligini körsatmoqda. Xususan, “Turon Ilm”, “Nurli kelajak”, “Algoritm” kabi öquv markazlari öz faoliyati va erişayotgan natijalari bilan köpçilikka tanilib ulgurgan. Uçraşuv yakunida taşabbuskorligi, fidoyiligi va ta’lim sohasiga qöşayotgan munosib hissasi bilan ajralib turgan bir qator öquv markazlari rahbarlari tuman hokimligining estalik sovğalari bilan taqdirlandi. Yoşlarning sifatli ta’lim olişi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallaşi hamda kelajakda munosib örin topişida öquv markazlarining örni beqiyos. Şu bois, soha vakillarini qöllab-quvvatlaş va ularning taşabbuslarini rağbatlantirişga qaratilgan işlar izçil davom ettiriladi. ✍️ Qumqörğon tumani hokimligi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: 📱Qumqörğon.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Открыть в Telegram
Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Qumqo'rg'on tumani hokimligining rasmiy kanali Web site: https://gov.uz/oz/qumqorgon Elektron pochta: [email protected] Ishonch telefoni: +998 (76) 228-01-35 Yuridik manzili: Qumqo‘rg‘on tumani, O‘zbekiston shox ko‘chasi 1-uy.
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры1,43 тыс.Пересылки—Реакции5Комментарии—
- 02Просмотры1,13 тыс.Пересылки—Реакции2Комментарии—
- 03Просмотры1,11 тыс.Пересылки—Реакции—Комментарии—
- 04Просмотры1,08 тыс.Пересылки—Реакции6Комментарии—
Новые посты
“Yuksalish” mahallasida quvonchli kun: 90 örinli yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qumqo‘rg‘on tumanida ham ushbu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish hamda bolalar uchun sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday ezgu ishlarning navbatdagi amaliy natijasi sifatida tumanning “Yuksalish” mahallasida yangidan qurilgan 90 o‘rinli 40-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. ✍️ Qumqörğon tumani hokimligi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: 📱Qumqörğon.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Открыть в Telegram28–29-noyabr kunlari — obodonlashtirish va ko‘chat ekish kunlari! Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan tadbirlar doirasida mahallalarda 30 million tup manzarali va mevali daraxt hamda buta ko‘chatlari ekiladi. Yangi bog‘lar yaratiladi, ko‘chalar va xonadonlar atrofi ko‘kalamzorlashtiriladi. Ehtiyojmand oilalar hamda yolg‘iz keksalar xonadonlariga ham ko‘chatlar ekiladi. Keling, yurtimiz obodligi va yashilligi uchun birgalikda hissa qo‘shaylik! Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: 📱Qumqörğon.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Открыть в Telegram«Dolzarb 15 kunlik»: Qumqo‘rg‘onda obodonlashtirish va tozalik ishlari keng quloch yoymoqda Surxondaryo viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Dolzarb 15 kunlik» obodonlashtirish va tozalik tadbiri doirasida Qumqo‘rg‘on tumanida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, tumanimizdagi barcha mahallalarda hududlarni obod va ozoda saqlash, ko‘cha-ko‘ylarni chiqindilardan tozalash, ariqlarni tartibga keltirish hamda yashil hududlarni parvarishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tadbirlar nafaqat hududlarimizni yanada chiroyli va ozoda qilish, balki aholida ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirishga ham xizmat qilmoqda. Tozalik va obodlik — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz. Shu bois, har bir mahalla, har bir ko‘cha va har bir xonadon atrofini ozoda saqlashga hissa qo‘shishimiz muhim. ✍️ Qumqörğon tumani hokimligi Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: 📱Qumqörğon.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
OLMALIQ 7/24@olmaliq7_24Новости и СМИ7,5 тыс.
Xonobod Bugun | Rasmiy kanal@xonobodbugunНовости и СМИ7,49 тыс.
Jaslar isleri agentligi Qaraqalpaqstan Respublikası basqarması@jaslar_isleri_agentligiНовости и СМИ7,55 тыс.
AvtoblogUz | Жамоатчилик назорати@avtobloguzНовости и СМИ7,43 тыс.
Олмалиқ хабарлари | Расмий канал | Allohning panohida bo‘ling!@olmaliqxabarlariНовости и СМИ7,4 тыс.
ZametkaUZ – Газета «Алмалыкский рабочий»@zametkauzarНовости и СМИ7,64 тыс.
@SizdanTelegram© | Yangi O'zbekiston@sizdantelegramНовости и СМИ7,33 тыс.
QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI@ozr_qsnНовости и СМИ7,67 тыс.