Qarşida boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati keskin tanqid qilindi
Qarşi şahrida köp qavatli uy-joylarga xizmat körsatuvçi boşqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga bağişlangan tanqidiy-tahliliy yiğiliş bölib ötdi. Unda şahar hokimi Normömin Xolboyev, şahar prokurori Sobirjon Temirov, şahar IIB boşliği Nodirbek Raximov, hokim örinbosarlari, tegişli taşkilotlar rahbarlari, Obodonlaştiriş boşqarmasi mas’ullari hamda boşqaruv servis kompaniyalari rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda, avvalo, köp qavatli uy-joylarning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati atrofliça muhokama qilindi. Işçi guruh tomonidan ötkazilgan örganişlar natijalari esa ayrim boşqaruv servis kompaniyalari öz vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondaşayotganini körsatdi.
Xususan, ayrim köp qavatli uylarning kiriş yölaklaridagi deraza oynalari mavjud emas yoki singan, ba’zi uylarning yertölalari esa suvga tölib ketgan. Mazkur kamçiliklar aks etgan tasvirlar yiğiliş iştirokçilariga namoyiş etilib, kompaniyalar rahbarlarining e’tibori mavjud muammolarga qaratildi.
Afsuski, muammolar faqat uylarning içki holati bilan çeklanmaydi. Köp qavatli uylar atrofidagi hududlarning obodonçiligi va sanitariya holati ham talab darajasida emas. Uylar oldi, piyodalar yölaklari va ariqlar çiqindilarga tölib ketgan. Töplanib qolgan barg-xazon, xas-xaşaklar öz vaqtida olib çiqib ketilmagani oqibatida hududlarda noqonuniy çiqindi töplaniş joylari yuzaga kelgan.
Bu kabi holatlar, tabiiyki, aholining haqli e’tirozlariga sabab bölmoqda. Çunki boşqaruv servis kompaniyalarining asosiy vazifasi faqat xizmat haqlarini undiriş emas, balki aholiga munosib yaşaş şaroitini yaratiş, uy-joylarning texnik holati va atrof-muhit tozaligini doimiy nazorat qilişdan iborat.
Yiğilişda aniqlangan kamçiliklar keskin tanqid qilinib, kompaniyalar rahbarlariga qat’iy talablar qöyildi. Muammolarni ortga surmasdan hal etiş maqsadida 10 kunlik dolzarb muddat belgilandi.
Unga köra, boşqaruv servis kompaniyalari rahbarlari belgilangan muddatda köp qavatli uylarni kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, kiriş yölaklaridagi deraza oynalarini örnatiş va singanlarini almaştiriş, yertölalarni suv va çiqindilardan tozalaş, kanalizatsiya tizimidagi nosozliklarni bartaraf etiş hamda uylarning tom qismini ta’mirlaş çoralarini körişi şart. Şuningdek, uylar atrofida töplanib qolgan barg-xazon va xas-xaşaklarni zudlik bilan olib çiqib ketiş vazifasi topşirildi.
Yiğilişda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ham e’tibordan çetda qolmadi. Hududlarni obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, daraxt köçatlarini ekiş va ularning parvarişini ta’minlaş yuzasidan tegişli mas’ullarga aniq topşiriqlar berildi.
Kanalga ulaniş:
➖ @shaharhokimligi