Кабинет
ProRector dasturida ishlash

ProRector dasturida ishlash

ProRector дастурида ҳақида маълумотлар. Сайтимиз: www.prorector.uz Гурухимиз: @ProRectorGroup

Юзернейм
@prorectorchannel
Категория
Образование
Страна
УзбекистанУзбекистан
Подписчики3 564
Просмотров на пост, 7 дн.1 484−33,2% к пред. 7 дн.
ERR41,62 %за 7 дней

Средние просмотры поста по дням

По дню публикации

Показать таблицей
ДатаПросмотров на пост
9 нояб. 2026 г.1 316
10 нояб. 2026 г.1 750
11 нояб. 2026 г.1 565
16 нояб. 2026 г.1 260
17 нояб. 2026 г.2 410
18 нояб. 2026 г.2 510
23 нояб. 2026 г.1 168
25 нояб. 2026 г.2 430

Самые просматриваемые за месяц

  1. 01
    Просмотры3,6 тыс.
    Пересылки—
    Реакции14
    Комментарии—
  2. 02

    🚀 ProRector 2026: yangi versiya chiqdi! Bu safar asosiy e'tibor maktabning kundalik hayotiga qaratildi: koridordagi ekran, zavuchning o'rinbosar qo'yish ishi va dars taqsimotini tez kiritish. 📺 Koridor ekrani Qaysi sinfda hozir qaysi dars, qaysi xonada va kim o'tyapti — barchasi katta ekranda. Tepada soat, nechanchi dars ketayotgani va tugashiga necha daqiqa qolgani, tanaffusda esa keyingi dars qachon boshlanishi ko'rinadi. • o'rinbosar qo'yilgan dars — sariq, o'qituvchi kelmagan dars — qizil, yonida «O'RINBOSAR» / «KELMAGAN» yozuvi • har bir sinf kartochkasida keyingi dars ham bor • to'q va yorug' mavzu • ekran ochiq turganda kompyuter uxlab qolmaydi 🖥 Bir nechta monitor Kompyuterga 2-3 ta monitor ulansa, sinflar ular orasida bo'linadi: masalan, 5–6-sinflar bir ekranda, 7–9-sinflar ikkinchisida, 10–11-sinflar uchinchisida. 🌐 Istalgan qavatda — maktab tarmog'i orqali Bir bosishda koridor ekrani maktab ichki tarmog'iga chiqadi. Har bir qavatdagi Smart TV, noutbuk yoki telefon brauzerida manzilni ochsangiz (yoki QR-kodni skanerlasangiz) yetarli — ularga hech narsa o'rnatish shart emas. • har bir qavat faqat o'z sinflarini ko'rsatishi mumkin • zavuch o'rinbosar qo'yishi bilan barcha qavatlarda yangilanadi • sahifadan hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi, internetga chiqmaydi 🧑‍🏫 Zavuch paneli • o'qituvchi faqat ayrim soatlarda kelmasligini belgilash mumkin (masalan, faqat 2- va 5-soatda) — o'rinbosar faqat shu soatlarga so'raladi, qolgan soatlarda u o'zi boshqa sinfga o'rinbosar bo'la oladi • o'rinbosarlarga Telegram orqali xabar: har bir o'qituvchiga kuniga bitta xabar, tayinlov bekor qilinsa — u haqda ham xabar boradi 📋 Dars taqsimoti • yangi «Sinflar» ko'rinishi: sinflar va fanlar bitta jadvalda • parallel sinflarni Ctrl bilan bosib alohida ochish • yonma-yon turmagan sinflarni ham bitta darsga birlashtirish • bog'langan darslar chiziq bilan ko'rsatiladi • o'qituvchi ikki marta bosilganda qo'yiladi — adashib almashtirib yuborilmaydi • «Kataklar rangi» tugmasi: fon, rangli matn yoki rangsiz • dars soatlari kattaroq va aniqroq yoziladi 🏠 Yangi kirish oynasi va Boshlash sahifasi • oxirgi 8 ta jadval, kerakligini mahkamlab qo'yish, tezkor tugmalar • yangi jadvalda qadamma-qadam yo'l: maktab va qo'ng'iroq vaqtlari, ro'yxatlar, xonalar, darslar • Excel orqali kiritish uchun namuna fayl 🔑 Litsenziya Litsenziyani endi dasturning o'zidan uzaytirish mumkin: muddatni tanlang, to'lov chekini biriktiring — tamom. Ro'yxatdan o'tish so'rovining holati ham dasturda ko'rinib turadi. ⬇️ Qanday yangilash kerak? Dasturni oching — yangi versiya haqida xabar chiqadi, «Yangilash» tugmasini bosing. Yoki kanaldagi faylni yuklab olib, eski versiya ustidan o'rnating. Jadvallaringiz saqlanib qoladi. 🌐 prorector.uz 📢 @prorectorchannel

    Превью ссылки
    Просмотры3,39 тыс.
    Пересылки—
    Реакции1
    Комментарии—
  3. 03
    Просмотры2,43 тыс.
    Пересылки—
    Реакции3
    Комментарии—
  4. 04

    🚀 ProRector 2026: darsni sudrang — qolganini yordamchi hal qiladi! Dars jadvalini qo'lda tahrirlash endi ancha oson. Yangi aqlli yordamchi darsni qayerga qo'yish mumkinligini ko'rsatadi, kerak bo'lsa boshqa darslarni o'zi surib, joy ochib beradi. ❓ «Nega joylanmadi?» Darsni sudrayotganda har bir katak ustida sababi yoziladi: o'qituvchi band, xona yo'q, ish vaqtidan tashqari va h.k. 🔀 6 tagacha darsni o'zi ko'chiradi Band katakka qo'ysangiz, yordamchi 6 tagacha darsni shartlarni buzmasdan ko'chiradi. Raqamchalar va katta jadvaldagi strelkalar qaysi dars qaysi sinfda, nechanchi soatdan nechanchi soatga ketayotganini ko'rsatib turadi. ✅ Darcha qolmaydi Ko'chirishdan bo'shagan soatlar boshqa dars bilan avtomatik yopiladi. Yopishning iloji bo'lmasa, yordamchi oldindan ogohlantiradi. 📚 Fan takrorlanmaydi Darcha yopilayotganda bir kunga ikkita bir xil dars qo'yilmaydi. Barcha qat'iy shartlar tekshiriladi. ⭐️ Sifat bahosi Izohda har bir ko'chirish jadval sifatiga qanday ta'sir qilishi yoziladi: 🟢 sifat oshsa, 🟡 pasaysa, 🔴 sinflarda darcha ko'paysa. 🔘 Eski usul ham bor Holat panelidagi «Yordamchi» tugmasi bilan yordamchini o'chirib, odatdagidek ishlash mumkin. 👨‍🏫 «Kimning darchasi» Tuzish va yaxshilashda o'qituvchi darchalarini qanday hisoblashni o'zingiz tanlaysiz: faqat ro'yxatdagi o'qituvchilar uchun yoki hamma uchun (bunda ro'yxatdagilar ustuvor bo'ladi). Ro'yxatni dasturning o'zidagi tanlash oynasida o'zgartirasiz. 🎨 Yangi ko'rinish • tugma va menyu belgilari bir bosishda rangli bo'ladi • yorug' mavzularda darslar to'qroq va o'qilishi oson • «Ko'rinish» paneli ikki ustunda, ixchamroq 🗺 Nomli bandlik xaritasi Eksport oynasida yangi variant: band kataklarda sinf yoki fan nomi yozilgan bandlik xaritasi. ⚡️ Tez va ishonchli Haqiqiy maktab jadvallaridagi sinovlarda 1 273 ta ko'chirish rejasining birortasida ham shart buzilmadi. Bitta reja o'rtacha ~20 ms da hisoblanadi, sudrash sezilmaydi. 📌 Avvalgidek dasturda: avtomatik tuzish va yaxshilash, tungi rejim, zavuch paneli va almashtirishlar jurnali, maktab qo'ng'irog'i, eMaktabdan yuklash, Telegramga jadval yuborish, HTML hisobot — 33 tilda. Yangi versiyani yuklab oling va jadvalni bir necha daqiqada joyiga keltiring! 🌐 prorector.uz 📢 @ProRectorChannel 💬 @ProRectorGroup

    Превью ссылки
    Просмотры1,75 тыс.
    Пересылки—
    Реакции4
    Комментарии—

Новые посты

#429Файл
Просмотры2 430+48%к среднему
Пересылки—
Реакции3
Комментарии—
#425Текст
Просмотры1 730+6%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#422Превью ссылки

🚀 ProRector 2026: yangi versiya chiqdi! Bu safar asosiy e'tibor maktabning kundalik hayotiga qaratildi: koridordagi ekran, zavuchning o'rinbosar qo'yish ishi va dars taqsimotini tez kiritish. 📺 Koridor ekrani Qaysi sinfda hozir qaysi dars, qaysi xonada va kim o'tyapti — barchasi katta ekranda. Tepada soat, nechanchi dars ketayotgani va tugashiga necha daqiqa qolgani, tanaffusda esa keyingi dars qachon boshlanishi ko'rinadi. • o'rinbosar qo'yilgan dars — sariq, o'qituvchi kelmagan dars — qizil, yonida «O'RINBOSAR» / «KELMAGAN» yozuvi • har bir sinf kartochkasida keyingi dars ham bor • to'q va yorug' mavzu • ekran ochiq turganda kompyuter uxlab qolmaydi 🖥 Bir nechta monitor Kompyuterga 2-3 ta monitor ulansa, sinflar ular orasida bo'linadi: masalan, 5–6-sinflar bir ekranda, 7–9-sinflar ikkinchisida, 10–11-sinflar uchinchisida. 🌐 Istalgan qavatda — maktab tarmog'i orqali Bir bosishda koridor ekrani maktab ichki tarmog'iga chiqadi. Har bir qavatdagi Smart TV, noutbuk yoki telefon brauzerida manzilni ochsangiz (yoki QR-kodni skanerlasangiz) yetarli — ularga hech narsa o'rnatish shart emas. • har bir qavat faqat o'z sinflarini ko'rsatishi mumkin • zavuch o'rinbosar qo'yishi bilan barcha qavatlarda yangilanadi • sahifadan hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi, internetga chiqmaydi 🧑‍🏫 Zavuch paneli • o'qituvchi faqat ayrim soatlarda kelmasligini belgilash mumkin (masalan, faqat 2- va 5-soatda) — o'rinbosar faqat shu soatlarga so'raladi, qolgan soatlarda u o'zi boshqa sinfga o'rinbosar bo'la oladi • o'rinbosarlarga Telegram orqali xabar: har bir o'qituvchiga kuniga bitta xabar, tayinlov bekor qilinsa — u haqda ham xabar boradi 📋 Dars taqsimoti • yangi «Sinflar» ko'rinishi: sinflar va fanlar bitta jadvalda • parallel sinflarni Ctrl bilan bosib alohida ochish • yonma-yon turmagan sinflarni ham bitta darsga birlashtirish • bog'langan darslar chiziq bilan ko'rsatiladi • o'qituvchi ikki marta bosilganda qo'yiladi — adashib almashtirib yuborilmaydi • «Kataklar rangi» tugmasi: fon, rangli matn yoki rangsiz • dars soatlari kattaroq va aniqroq yoziladi 🏠 Yangi kirish oynasi va Boshlash sahifasi • oxirgi 8 ta jadval, kerakligini mahkamlab qo'yish, tezkor tugmalar • yangi jadvalda qadamma-qadam yo'l: maktab va qo'ng'iroq vaqtlari, ro'yxatlar, xonalar, darslar • Excel orqali kiritish uchun namuna fayl 🔑 Litsenziya Litsenziyani endi dasturning o'zidan uzaytirish mumkin: muddatni tanlang, to'lov chekini biriktiring — tamom. Ro'yxatdan o'tish so'rovining holati ham dasturda ko'rinib turadi. ⬇️ Qanday yangilash kerak? Dasturni oching — yangi versiya haqida xabar chiqadi, «Yangilash» tugmasini bosing. Yoki kanaldagi faylni yuklab olib, eski versiya ustidan o'rnating. Jadvallaringiz saqlanib qoladi. 🌐 prorector.uz 📢 @prorectorchannel

Открыть в Telegram
Просмотры3 390+107%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#421Файл
Просмотры1 430−13%к среднему
Пересылки—
Реакции1
Комментарии—
#420Текст

Ассалому алайкум, ҳурматли устозлар! Маълумки, ProRector дастурида кўплаб янги имкониятлар яратилди. Жумладан: ✅eMaktab билан интеграция; ✅параллел синфларга бир хил дарс қўйиш; ✅филиали бор мактаблар жадвалини тўғри шакллантириш; ✅ўқитувчилар дарчаларини минималлаштириш; ✅булутга сақлаш ва ишни истаган компьютерда давом эттириш; ✅дарс жадвалини Telegram бот орқали юбориш; ✅ишга келмаган ўқитувчилар дарсларини осон алмаштириш; ✅мактаб қўнғироқларини бошқариш ва бошқалар. Лекин айрим мактаблар ҳали ҳам анча эски версиялардан фойдаланишда давом этмоқда. Дастурни янада оммалаштириш ва ривожлантиришга ёрдам бериш мақсадида ушбу маълумотни таниш завучларга юборишингизни ҳамда туманингиздаги завучлар гуруҳига жойлашингизни сўраймиз. Дастурни янгилаб олиш бепул ва маълумотлар ўчиб кетмайди! Дастур фойдаланувчилари сонининг ошиши янги имкониятлар яратиш ва нархларни янада ҳамёнбоп қилишга замин яратади. @prorectorchannel prorector.uz

Открыть в Telegram
Просмотры1 260−23%к среднему
Пересылки—
Реакции6
Комментарии—

Все посты

Связи