🗓 Bugun poytaxtda | 26-noyabr, payshanba
✅ Bugun — Yoshlar kuni!
☀️ Ob-havo: Toshkentda hozir havo qisman quyoshli, harorat +13°C. Bugun kunduzi +22°C, kechasi +7°C atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 🌧
📍 Bugun uchun kerakli imkoniyatlar, deadline’lar va poytaxtdagi qiziqarli manzillar bir joyda.
👍 Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov Toshkent davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
🎓 Ta’lim, ilm-fan va texnologiyalar:
👨💻 Techstars Startup Week Tashkent 2026 — Humo Arenada xalqaro startap festivalining yakuniy kuni. Dasturda kreativ iqtisodiyot, sun’iy intellekt, biznes va innovatsiyalarga oid uchrashuvlar mavjud. Dastur
💭 “G‘oyaLab” — talabalar uchun loyihalar taqdimoti! Soat 14:45 da Humo Arenada talabalar o‘z g‘oyalarini namoyish etadi. Eng yaxshi loyiha amalga oshirilishi uchun qo‘llab-quvvatlanadi. Batafsil
💻 “ML Choy” — sun’iy intellekt mutaxassislari bilan uchrashuv! Soat 14:00 da Humo Arenada AI va mashinali o‘qitish bo‘yicha mentorlik sessiyasi rejalashtirilgan. Dastur
⏲ “CODE IB | Tashkent 2026” — soat 09:30 dan kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va dasturiy ta’minot bo‘yicha xalqaro konferensiya. Manzil: Uztelecom, Mo‘minov ko‘chasi, 4/2. Ro‘yxatdan o‘tish
🩺 Tibbiyot talabalari o‘rtasidagi I Osiyo xalqaro olimpiadasi — Toshkent davlat tibbiyot universitetida to‘rt davlatdan kelgan 22 ta jamoa ishtirokidagi jarrohlik bo‘yicha bellashuvlar yakunlanmoqda. Batafsil
📚 Turin politexnika universitetida xalqaro ilmiy konferensiya! Menejment, iqtisodiyot, texnologiya va sun’iy intellekt sohasidagi innovatsiyalar muhokama qilinadi. Batafsil
📃 Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ilmiy konferensiya! 26–27-noyabr kunlari raqamli iqtisodiyot va qurilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Konferensiyalar taqvimi
💼 Biznes, startap va xalqaro tadbirlar:
🎉 “PizzaPitch Women” g‘oliblari e’lon qilinadi! Ayollar startaplari uchun umumiy mukofot jamg‘armasi 45 million so‘m bo‘lgan tanlov yakunlari bugun ma’lum qilinishi rejalashtirilgan. Batafsil
🏕 “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro yarmarkasi — CAEx majmuasida soat 10:00–17:00 oralig‘ida davom etadi. Turizm, xalqaro hamkorlik va biznesga oid taqdimotlar o‘tkaziladi. Bugungi tashrif soha mutaxassislari uchun. Dastur
📸 “Global Media Campus” — soat 14:00–18:00 da turizmda media, blogerlik, kontent marketingi va mamlakat brendini rivojlantirish mavzularida sessiyalar. Manzil: CAEx, turizm yarmarkasi doirasida. Batafsil
🌾 Agro Expo Uzbekistan — 2026 — “O‘zekspomarkaz”da qishloq xo‘jaligi, zamonaviy texnika va innovatsion agrotexnologiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazma davom etmoqda. Batafsil
🛠 CAIHE 2026 xalqaro ko‘rgazmasining so‘nggi kuni! Qurilish asbob-uskunalari, sanoat mahsulotlari va texnologiyalar namoyish etiladi. Manzil: “O‘zekspomarkaz”. Batafsil
🏆 Sport va yangi imkoniyatlar:
🤼♂️ Toshkentda xalqaro dzyudo mashg‘ulotlari! 26–28-noyabr kunlari O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan yosh sportchilar ishtirokida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi. Batafsil
👨💻 Uzspace Hackathon 2026 — ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni! Sun’iy intellekt va geografik axborot tizimlari bo‘yicha g‘oyasi bor yoshlar uchun imkoniyat. Ro‘yxatdan o‘tish
🎨 Madaniyat, ijod va hordiq:
👩🎨 “San’at Up” — bepul san’at ko‘rgazmasi! Gyote institutida O‘zbekiston va Tojikiston yosh rassomlarining ijodiy ishlari namoyish etilmoqda. Batafsil
🖼 Anvar Rahmatullayevning 90 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma — O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida. Kirish bepul. Batafsil
🌃 Kechki madaniy dasturlar:
🎵Soat 19:00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “XX asr palitrasi” kamer musiqa konserti,
🎭 “Ilhom” teatrida “Tortilya-Flet kvartali” spektakli:
🎭 SAHNA klubida stendap dasturi. Tadbirlar chiptali. Afisha
😉Bugungi imkoniyatni ertaga qoldirmang!
🔎 Bizni kuzatishda davom eting!
🕊 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📺 YouTube