🇹🇷🇺🇿 ORZAX — ТУРКИЯДАГИ ВИТАМИНЛАР ВА БИОЛОГИК ФАОЛ ҚЎШИМЧАЛАР БОЗОРИ ЕТАКЧИСИ ЭНДИ ЎЗБЕКИСТОНДА! Туркияда катта муваффақиятга эришган ORZAX халқаро бозордаги фаолиятини кенгайтириб, энди Ўзбекистонда ҳам ўз фаолиятини бошламоқда! 🌍 Жамоамизни кенгайтириш мақсадида тажрибали тиббий вакилларни ишга таклиф қиламиз. 🚀 ORZAX жамоасига қўшилинг ва компаниямизнинг Ўзбекистондаги ривожланишига ўз ҳиссангизни қўшинг! 📅 14–15 ноябрь | КАРЬЕРА КУНЛАРИ Иштирок этиш учун резюменгизни қуйидаги электрон почта манзилига юборинг: 📩 [email protected] Резюменгиз кўриб чиқилгандан сўнг, сизга суҳбат вақти ва манзили ҳақида маълумот юборилади. 📍 Манзил: Holiday Inn Tashkent City, Uzbekistan 📞 Телефон: +998 50 805 29 50 Келажакни биргаликда яратамиз! Сизни жамоамизда кўришдан мамнун бўламиз.
Открыть в Telegram
PHARMCLUB.UZ
O’zbekiston Farmasevtika sohasi vakillarining assotsiatsiyasi Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, At-Termiziy 93 [email protected] +998773332222
Новые посты
🔴 🟦🟦🟦 ❗️Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлигига янги вазифалар юклатилди 🏢 Президентимизнинг янги Фармонига мувофиқ, Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги Тиббиёт ва фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги (кейинги ўринларда – Агентлик) этиб қайта номланди. 📆 2026 йил 1 сентябрдан бошлаб Агентликка қуйидаги қўшимча вазифалар юклатилади: 💫 нодавлат тиббиёт ташкилотлари тармоғини ривожлантириш, уларнинг соғлиқни сақлаш тизимига интеграциясини таъминлаш, илғор тиббий технологияларни жорий этиш борасида уларни қўллаб-қувватлаш; 💵 тиббиёт ташкилотлари фаолиятини самарали ташкил этиш учун тўғридан-тўғри хорижий ва маҳаллий инвестициялар (кейинги ўринларда – инвестиция)ни жалб этиш, ДХШ ва инвестиция лойиҳаларини амалга оширишга кўмаклашиш; ✅ давлат тиббиёт ташкилотларини стратегик ривожланиш дастурлари асосида бошқарувга беришда иштирок этиш; ➡️ соғлиқни сақлаш тизимида “ягона дарча” тамойили асосида маҳаллий ва хорижий инвесторларга консалтинг ва бошқа хизматлар кўрсатилишини таъминлаш; 📋 соғлиқни сақлаш тизимини ташкил этишнинг мастер режасини ишлаб чиқишга ва уни такомиллаштириб боришга кўмаклашиш. 🏢 Шунингдек, Агентлик таъсисчилигида акциядорлик жамияти шаклидаги “Health Invest” компанияси (кейинги ўринларда – Компания) ташкил этилади. ➡️ Агентлик қошида юридик шахс ташкил этмаган ҳолда Тиббиёт ташкилотларини ривожлантириш жамғармаси фаолияти йўлга қўйилади. 📌Агентлик директорига соғлиқни сақлаш вазирининг биринчи ўринбосари учун белгиланган ваколатлар берилади ҳамда унинг зиммасига соғлиқни сақлаш соҳасида тўғридан-тўғри инвестицияларни жалб қилиш, ДХШ лойиҳаларини амалга ошириш билан боғлиқ вазифалар юклатилади.
Открыть в Telegram🔴 Фармацевтика соҳасида инвестиция ва технологиялар трансфери масалалари муҳокама қилинди 📌 2026 йил 5 май куни Фармацевтика тармоғини ривожлантириш агентлиги директори Абдулла Азизов ва “Asia Pharm Group” ҳамда “Novamed Pharmaceuticals Pvt Ltd” компаниялари вакиллари билан учрашув бўлиб ўтди. ✅ Учрашувда Ўзбекистонда замонавий фармацевтика маҳсулотларини ишлаб чиқаришни ташкил этиш, жумладан, “Tashkent Pharma Park” (BioPharma City) фармацевтика кластери ҳудудида инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш, янги ва рақобатбардош дори воситаларини маҳаллийлаштириш ҳамда илғор технологияларни жорий этиш масалалари атрофлича муҳокама қилинди. ✅ Шунингдек, ҳамкорлик доирасида қўшма корхоналар ташкил этиш, контракт асосида ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш, халқаро сифат стандартларини жорий этиш ва маҳсулотларни экспорт бозорларига чиқариш имкониятлари юзасидан фикр алмашилди. ✅ Хорижий компания вакиллари маҳаллий бозорда ҳали ишлаб чиқарилмаган, импорт ўрнини босувчи дори воситаларини ишлаб чиқаришга алоҳида эътибор қаратаётганликларини таъкидлаб, Ўзбекистон фармацевтика бозорининг юқори ўсиш суръатлари ва инвестициявий жозибадорлигини қайд этдилар. ✅ Учрашув якунида томонлар фармацевтика соҳасида ўзаро манфаатли ҳамкорликни янада ривожлантириш, инвестиция лойиҳаларини амалга ошириш, технологиялар трансфери ва кадрлар салоҳиятини ошириш йўналишларида мулоқотларни изчил давом эттиришга келишиб олдилар.
Открыть в TelegramO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan: Abdulla Abdisalamovich Azizov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. — Постановлением Президента Республики Узбекистан: Азизов Абдулла Абдисаламович назначен на должность директора Агентства по развитию медицинской и фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности директора Агентства по развитию фармацевтической отрасли при Министерстве здравоохранения Республики Узбекистан.
Открыть в TelegramYig‘ilishda qayd etilganidek, Toshkent farmatsevtika instituti va Farmatsevtika texnik universitetining professor-o‘qituvchilari ham ilmiy faoliyatini farmapark hududida olib boradi. Oliygoh talabalari esa bu yerdagi korxonalarda dual-ta’lim asosida o‘qib, ishlaydi. Sohadagi olimlarni jalb qilib, yangi dorilarni ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning 100 ming dollargacha xarajati Farmatsevtika jamg‘armasidan kompensatsiya qilinadi. Bundan tashqari, korxonalar mahalliy olimlar yaratgan yangi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ysa, ularga ushbu tovarlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va klinik sinov xarajatlari uchun 100 million so‘mgacha subsidiya beriladi. Yig‘ilishda farmatsevtika korxonalari vakillarining taklif va tashabbuslari, mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramBugungi kunda farmatsevtika yo‘nalishidagi 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga 1 mingga yaqin yoshlar tamomlamoqda. Lekin sohada ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani qayd etildi. Shu munosabat bilan Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi. Ushbu institut “Toshkent farma park”da joylashadi va olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi. Buning uchun park hududida klinikoldi tadqiqotlarini o‘tkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari tashkil qilinadi. Shuningdek, 250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi ham barpo etiladi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramFarmatsevtika sohasiga yangi texnologiyalarni olib kelish, “Big Pharma” kompaniyalarni jalb qilishga ancha harakat qilinmoqda. Bunday kompaniyalar ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishdan oldin “Ichki bozorda dorilar sifati va xavfsizligi bo‘yicha kuchli nazorat tizimi bormi?” degan savol qo‘yadi. Lekin birgina o‘tgan yilning o‘zida mamlakatimizda 57 mingdan ziyod nomdagi ro‘yxatdan o‘tmagan, kontrafakt dorilar aniqlangan. Achinarlisi, qalbaki nusxasi ko‘paygani uchun nufuzli xorijiy kompaniyalar 21 turdagi original dorilarni O‘zbekistonga olib kirishni to‘xtatgan. Mas’ul idoralarga giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi qanday kurashilayotgan bo‘lsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi bo‘yicha ham xuddi shunday murosasiz kurashish shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Umuman, sifatsiz va qalbaki dorilarning oldi-sotdisi bo‘yicha javobgarlikni keskin kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish muhim ekani ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramSohada eksport 220 million dollarga yetdi. Lekin uning atigi 7 foizini dori vositalari tashkil qilmoqda. Yurtimizdagi 58 ta dori korxonasining barchasi milliy GMP sertifikatini olgan. Endilikda qimmat bozorlarga kirib borish uchun korxonalarni YevroGMP talablariga ham moslashtirib borish zarurligi qayd etildi. 1-iyundan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarga YevroGMP sertifikatini olish xarajatining 50 foizi Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasidan qoplanishi belgilandi. Farmatsevtika korxonalari davlat xaridlarida qatnashish bilan bog‘liq bir qator masalalarni ko‘targan. Masalan, 51 ta korxona o‘zi ishlab chiqargan 2 ming turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha mahalliy mahsulot sertifikatini olgan. Biroq mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetmagani uchun 16 ta ishlab chiqaruvchi 178 turdagi mahalliy dori va tibbiy buyumlarni davlat korxonalariga sota olmayapti. Umuman, mazkur masalani nafaqat farmatsevtika, balki elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik kabi sohalardagi 811 ta korxona ham ko‘targan. Shuning uchun 1-sentabrgacha mahalliy mahsulot sertifikati bor tadbirkorlarga mahalliylashtirish darajasidan qat’i nazar, davlat xaridlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Mutasaddilarga ilg‘or xorijiy tajriba asosida mahalliy mahsulot bo‘yicha mezonlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramOriginal dori yaratilganidan 20-30 yil o‘tib, boshqa farmatsevtika korxonalari ham bu dorini ishlab chiqarishi mumkin. Qaysi kompaniya harakat qilib, ushbu dorini ishlab chiqarish texnologiyasini tezroq o‘zlashtirsa, marra shuniki bo‘ladi. Eng muhimi, talab yuqori bo‘lgan bunday dorilarni ichki bozordagi narxi 5 barobargacha arzon bo‘ladi. Shu bois, mana shunday dori vositalarini bir yil ichida o‘zimizda ishlab chiqarishni boshlagan korxonalarning texnologiyalarni transfer qilish xarajatining yarmi Farmatsevtika jamg‘armasidan qoplab beriladi. Shuningdek, eng ko‘p import qilinayotgan 100 turdagi dorilarni ishlab chiqarishni ko‘paytiraman degan tadbirkorlar uchun “Toshkent farma park” klasteri hududi yana 100 gektarga kengaytiriladi. Janubiy Koreyalik hamkorlar o‘tgan yili “Toshkent farma park”ka qo‘shib berilgan 60 gektarni boshqaruvga olish taklifini bergan. Ular o‘z hisobidan infratuzilmaga 40 million dollar kiritib, ushbu hududga Koreyaning nufuzli kompaniyalarini olib kelish istagini bildirgan. Mutasaddilarga bu boradagi muzokaralarni yakunlab, biofarmatsevtika va kosmetika yo‘nalishida kamida 400 million dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramXorijdan olib kelinayotgan dorilarning yarmi 34 ta xorijiy ishlab chiqaruvchiga to‘g‘ri keladi. Chet el kompaniyalarini ishlab chiqarishini o‘zimizda tashkil etishga rag‘batlantirish zarurligi qayd etildi. Masalan, Turkiyaning “World Medicine” kompaniyasi Toshkent farmatsevtika parkida antibiotik, virusga qarshi va yurak-qon tomir preparatlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik loyihani amalga oshirmoqda. Bugungi kunda import qilinayotgan dori vositalarining yarmini 3 ta yirik korxona olib kelmoqda. Ushbu korxonalar 40 dan ziyod yirik xorijiy kompaniyalar mahsulotini O‘zbekistonga import qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega. Prezidentimiz mazkur korxonalarni o‘ziga ijtimoiy mas’uliyat olib, brendli dorilarni xorijiy hamkorlarini jalb etgan holda o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hammaga namuna bo‘lishga chaqirdi. Buni rag‘batlantirish uchun brendlarni olib kelishda hamkorlarga to‘lanayotgan brend nomidan foydalanganlik uchun to‘lov – royaltidan soliq 20 foizdan 5 foizga tushiriladi. Facebook|Instagram|X
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Davo travel@davotraveluzМедицина1,14 тыс.
Doktor Hikmatullo | Oftalmolog@doktor_hikmatulloМедицина1,21 тыс.
QR Sanitariya-epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması@qqsesМедицина1,27 тыс.
Ankalife EKO markazi Andijon filiali@ankalife_andijanМедицина1,32 тыс.
Врач-флеболог Жасур Насритдинов@doctor_phlebologМедицина1,37 тыс.
Shaharses.uz | Rasmiy kanal@toshsanepidМедицина1,38 тыс.
EZGU NIYAT тиббиёт маркази@ezguniyat_medМедицина1,55 тыс.
Profmedservice@profmedservice_uzМедицина1,56 тыс.