1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🦠SUVCHЕCHAK: BELGILARI, XAVFI VA HIMOYALANISH CHORALARI 👨👩👧👦Suvchechak — Varicella-zoster virusi qo‘zg‘atadigan, yuqumli infeksion kasallik bo‘lib, ayniqsa, bolalar orasida keng tarqaladi. Ko‘pincha yengil kechishiga qaramay, ayrim holatlarda jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. 🔬KASALLIK QANDAY YUQADI? ⌛Infeksiya asosan havo orqali, shuningdek, bemorning terisidagi pufakchalar suyuqligi bilan bevosita aloqa qilish natijasida yuqadi. Yashirin davri odatda 10–21 kunni tashkil etadi. 🚨Ayrim hollarda suvchechak teri infeksiyalari, pnevmoniya, ensefalit va boshqa jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, homilador ayollar, chaqaloqlar, kattalar va immuniteti zaif insonlar ehtiyot bo‘lishlari lozim. 🏥MUHIM! Kasallik belgilari kuzatilganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat qiling, o‘zboshimchalik bilan davolanmang. Nafas olish qiyinlashishi, hushyorlik pasayishi yoki kuchli bosh og‘rig‘i kuzatilsa, zudlik bilan tibbiy yordam chaqiring. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati 📱Telegram |📱Instagram |🌐 Web sayt
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 58 |
| 4 ч | 97 |
- Через 1 час58
- Через 6 часов97
- Всего сейчас97








