AI-чатbetaКабинет

Посты канала Nodir Jonuzoq ijodi

сначала новые

#368Превью ссылки
Просмотры2 038+15%к среднему
Пересылки76
Реакции14
Комментарии—
#366Фото
Просмотры3 344+88%к среднему
Пересылки20
Реакции24
Комментарии—
#365Фото
Просмотры922−48%к среднему
Пересылки30
Реакции22
Комментарии—
#363Фото
Просмотры1 924+8%к среднему
Пересылки10
Реакции35
Комментарии—
#361Превью ссылкиизменён

​​21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin! ​​​​YURAK TILI Dunyo soqov edi, tuyqus soʻz soʻradi – sado boʻlding, Jilva sochdi mavjlaringda oy-u yulduz – samo boʻlding, Koinotning burjlariga yoyilgan kuy – sano boʻlding, Sen tufayli vujudimga jo boʻldi-ku jonim, tilim. Toshga ham til ato etgan sirli bitik – tilsim sensan, Zarang moziy darvozasin ochqich kalit – “sim-sim” sensan. Kamalakday lisonlar koʻp – yolgʻiz yurak tilim sensan, Tilmoch boʻlding muhabbatga mehmon boʻlgan onim, tilim. Sen suluvsan – Koshgʻariyni Majnun kabi koʻyga solgan, Alisherbek vasf etay deb chiroyingni oʻyga tolgan, Qodiriy ham Choʻlpon suyib, oshiq joni oʻtda qolgan, Ishq ahlining sharoridan sharaf topgan shonim, tilim. Koʻksimdagi chechagim sen – kim qoʻl choʻzdi yulmoq uchun, Poymol etib, soʻng ustimdan qah-qah otib kulmoq uchun, Xazinasan, qulf eshigi – tilsiz, dilsiz gumroh uchun, Siym-u zarim, dur-gavharim, tilla toʻla konim, tilim. Yov yoʻlasa, qilich-qalqon soʻzing tutib, qasd boʻlaman, Taʼzim qilsa Senga, men ham otdan tushib past boʻlaman. Sasing tuysam safarlarda, safo ichra mast boʻlaman, Soqiy mudom saxiy senga – saodatli jomim, tilim. Dilim sarxush, tilim biyron – abad baxtga yorligimsan, Xudoyimning mukofoti – mangu maqtov yorligʻimsan, Koʻzim deymi, yuzim deymi – boshdan-oyoq, borligʻimsan, Yetmish ikki tomirimda oqib turgan qonim, tilim. Ey, sen xazon bilmas bogʻim, oʻzbekiy sof guling boʻlay, Guling uzra qanot qoqqan beorom bulbuling boʻlay.  Hech boʻlmasa, iltifot qil, bir qoʻriqchi quling boʻlay, Davlatli sultonim, tilim – oliymaqom xonim, tilim. Sen boʻlmasang, koʻkka eltar nurli narvon, yoʻlim qayda?! Sen sarbonsan, dilim – ziyo ortgan karvon, qoʻnim qayda?! Tirikman, sen bois boqiy menga davron – oʻlim qayda?! Sen borsanki, jaranglagay koʻk toqida nomim, tilim! @n_jonuzoq 

Открыть в Telegram
Просмотры2 377+34%к среднему
Пересылки17
Реакции23
Комментарии—
#360Фото

Переслано из ЭШҚОБИЛ ШУКУР ижоди

ДАШНОМ Самарқандга Мистер Бист келгандаги бемаъни ҳолат ўзини билган ҳаммани хавотирга солди. Бу қандай шовқиндир, қандай тўполон, Не-не улуғларнинг хоки ёнида... Ҳушини йўқотиб қўпар оломон Илму маърифатнинг Регистонида. Ўпкангни қўлтиқлаб қайга чопасан Кўзлаган манзилинг қай сомонхона? Боболаринг қолиб, кимни топасан, Наҳотки, муродинг – оломонхона? Етти ёт ажнабий муршидинг бўлса, Миллат пирларига кўз солармидинг? Мабодо, Навоий тирилиб келса, Ўтирган ўрнингдан қўзғолармидинг? Улуғбек қўлингга бир китоб тутса, Шундай тошармидинг айқирган сойдек? Салом берармидинг кўчангдан ўтса, Ўзбекнинг ҳасрати – ҳазрати Ойбек? Қўрчоққа топинган бутпараст мисол Мунча хор турасан, мутеъ, жодубанд. Нега сезмаяпсан, ортингда алҳол, Бош чайқаб турибди буюк Самарқанд. 12.10.26 ✍️ Эшқобил ШУКУР @Eshqobil_Shukur_ijodi

Открыть в Telegram
Просмотры951−46%к среднему
Пересылки13
Реакции42
Комментарии—
#359Фото
Просмотры2 435+37%к среднему
Пересылки20
Реакции50
Комментарии—
#357Превью ссылкиизменён

​​BEGONA Yer qotsa, chora bor, yumshatadi suv, Talqon qilish mumkin, agar qotsa non. Va lekin dunyoda eng og‘ir qayg‘u: Qalbing qotib qolsa, dahshat bu, inson! Ruhingni sezdirmay bosadi mudroq, O‘char ko‘zyosh bilan ko‘rilgan tasvir. Yuraging o‘ynamas – yo‘qolar titroq, Na beshik, na tobut etadi taʼsir. Daraxtlar gullaydi – qilmaysan parvo, Xazonlar yoprilar – buzilmas sining. Yashaysan tosh-temir qoliplar aro, Zanglaydi ko‘ksingda hislaring sening. Erish tuyulgaydir o‘psang bolangni, Ro‘zg‘oring qorong‘i, so‘nmish sevgi – sham. Sog‘inmay qo‘yasan tirik onangni, Tushga kirmay qo‘yar marhum otang ham. Olis yoshligingni qolsang bir eslab (Bilmadim, qay qutlug‘ sana bahona), Eski suvratlarga boqasan esnab, Do‘stlar ne, o‘zing ham – butkul begona! Yerning qay burchida qo‘psa sel, yong‘in, Go‘daklar otilsa, dunyo desa dod – To‘pig‘ingga chiqmas, kuymas hech yog‘ing, Sen uchun bu – kunlik oddiy axborot. Ey, odam, eng mudhish ko‘rgulik-ku bu, Qattiq ko‘ngil ichra qurib borar jon. Yer qotsa, non qotsa, yumshatadi suv, Qotgan dilga faqat singadi shayton! Ko‘zguga yuzlandim, hasratga botib, Sado keldi: “Ko‘zni ichingga burgil, Chalg‘ima. G‘aflatda qolmasin qotib, Qalbingni har lahza yumshatib turgil!” — — — — — БЕГОНА Ер қотса, чора бор, юмшатади сув, Талқон қилиш мумкин, агар қотса нон. Ва лекин дунёда энг оғир қайғу: Қалбинг қотиб қолса, даҳшат бу, инсон! Руҳингни сездирмай босади мудроқ, Ўчар кўзёш билан кўрилган тасвир. Юрагинг ўйнамас – йўқолар титроқ, На бешик, на тобут этади таъсир. Дарахтлар гуллайди – қилмайсан парво, Хазонлар ёприлар – бузилмас сининг. Яшайсан тош-темир қолиплар аро, Занглайди кўксингда ҳисларинг сенинг. Эриш туюлгайдир ўпсанг болангни, Рўзғоринг қоронғи, сўнмиш севги – шам. Соғинмай қўясан тирик онангни, Тушга кирмай қўяр марҳум отанг ҳам. Олис ёшлигингни қолсанг бир эслаб (Билмадим, қай қутлуғ сана баҳона), Эски сувратларга боқасан эснаб, Дўстлар не, ўзинг ҳам – буткул бегона! Ернинг қай бурчида қўпса сел, ёнғин, Гўдаклар отилса, дунё деса дод – Тўпиғингга чиқмас, куймас ҳеч ёғинг, Сен учун бу – кунлик оддий ахборот. Эй, одам, энг мудҳиш кўргулик-ку бу, Қаттиқ кўнгил ичра қуриб борар жон. Ер қотса, нон қотса, юмшатади сув, Қотган дилга фақат сингади шайтон! Кўзгуга юзландим, ҳасратга ботиб,  Садо келди: “Кўзни ичингга бургил, Чалғима. Ғафлатда қолмасин қотиб, Қалбингни ҳар лаҳза юмшатиб тургил!” 2026 @n_jonuzoq

Открыть в Telegram
Просмотры1 661−7%к среднему
Пересылки13
Реакции31
Комментарии—
#355Видео

Переслано из Иқбол МИРЗО шеърлари

ДАДАМНИ СОҒИНДИМ Ким қўяр юракка малҳамни? Ким берар керакли далдамни? Соғиндим энг буюк одамни, Дадамни соғиндим, дадамни.. Минг шукр, қаторда камим йўқ, Бировдан қарзим йўқ, ғамим йўқ. Кўнгил меҳробимда шамим йўқ, Дадамни соғиндим, дадамни. Илк бора қўлимдан тутган зот, Дардини билдирмай ютган зот, Яхши кунларимни кутган зот, Дадамни соғиндим, дадамни. Улфатлар мақташар ошинг еб, Қайтишда ғийбатга берар зеб. Ким айтар мендан зўр бўлгин деб? Дадамни соғиндим, дадамни. Дўстлар бор, зўр бўлсанг, қўллайди, Беғараз ҳиммати бўлмайди, Даданинг миннати бўлмайди, Дадамни соғиндим, дадамни. Маърака, тўйларда кўзларим Излайди дадамнинг дўстларин, Эслатса дейманда сўзларин, Дадамни соғиндим, дадамни. Ўксийман гоҳи ёш боладай, Ўғлимдан беркиниб гоҳ, атай. Ўзимни мен қандай юпатай? Дадамни соғиндим, дадамни. Офтобим чарақлар бошимда, Ҳулкар жилваси кўзёшимда. Бугун, “дода” бўлган ёшимда Дадамни соғиндим, дадамни. Хиёнат қилмадим ваъдамга, Учмадим алдоқчи оламга, Жаннатда қул бўлай дадамга, Дадамни соғиндим, дадамни. ✍️ Иқбол МИРЗО

Открыть в Telegram
Просмотры1 040−41%к среднему
Пересылки16
Реакции36
Комментарии—
#353Превью ссылки

​​SALOM Bilmagan ne bilsin bizni – Bilganlarga salom bo‘lsin… Yunus Emro Darvozamiz qoqib, kimlar kelib-ketmish, Kelganlaru ketganlarga salom bo‘lsin. Kim ko‘nglini kulbamizda chiroq etmish, Bizni oydin etganlarga salom bo‘lsin. Shaldir-shuldur o‘tayotir eski karvon, Dildan dilga, ruhdan ruhga tashib armon. Orzusini jonimizga qilib darmon, Umid tug‘in tutganlarga salom bo‘lsin. Shudgor kechib shubha-gumon dalasida, Toshlar tashib taʼqib-taqiq qalʼasida, Sherday o‘zib shoqol-qashqir galasidan, Manzil sari yetganlarga salom bo‘lsin. Yo‘lga chiqay desak – hanuz yo‘qdir ruxsat, To‘sib turar g‘ala-g‘ovur to‘la uzlat. Dilnomamiz – Quyosh muhri bosilgan xat –  Salomimiz eltganlarga salom bo‘lsin. Ishq gulxani goh porlab, goh tutayotir, Qismat qo‘li qo‘r-cho‘g‘imiz titayotir. Bir kun yonib borgaymiz – Yor kutayotir, Yor-la bizni kutganlarga salom bo‘lsin! — — — — — САЛОМ Билмаган не билсин бизни – Билганларга салом бўлсин… Юнус Эмро Дарвозамиз қоқиб, кимлар келиб-кетмиш, Келганлару кетганларга салом бўлсин. Ким кўнглини кулбамизда чироқ этмиш, Бизни ойдин этганларга салом бўлсин. Шалдир-шулдур ўтаётир эски карвон, Дилдан дилга, руҳдан руҳга ташиб армон. Орзусини жонимизга қилиб дармон, Умид туғин тутганларга салом бўлсин. Шудгор кечиб шубҳа-гумон даласида, Тошлар ташиб таъқиб-тақиқ қалъасида, Шердай ўзиб шоқол-қашқир галасидан, Манзил сари етганларга салом бўлсин. Йўлга чиқай десак – ҳануз йўқдир рухсат, Тўсиб турар ғала-ғовур тўла узлат. Дилномамиз – Қуёш муҳри босилган хат –  Саломимиз элтганларга салом бўлсин. Ишқ гулхани гоҳ порлаб, гоҳ тутаётир, Қисмат қўли қўр-чўғимиз титаётир. Бир кун ёниб боргаймиз – Ёр кутаётир, Ёр-ла бизни кутганларга салом бўлсин! 2020 @n_jonuzoq

Открыть в Telegram
Просмотры1 013−43%к среднему
Пересылки9
Реакции19
Комментарии—
#352Фото
Просмотры1 041−41%к среднему
Пересылки10
Реакции33
Комментарии—
#350Фото
Просмотры1 045−41%к среднему
Пересылки13
Реакции33
Комментарии—
#347Превью ссылки
Просмотры1 792+1%к среднему
Пересылки11
Реакции33
Комментарии—
#346Превью ссылки

​​Tabrik Iqbol Mirzo – ohanrabosi bor ijodkor: bu xislat uning oʻzida ham, soʻzida ham yaqqol seziladi. Buning siri nimada, desangiz, siri oddiy – samimiyat va mehr. U samimiy suyadi, samimiy kuyadi, yaxshilardan bor mehrini ayamaydi. Bu fazilati bois xalqimizning, adabiyot muhiblarining e’tiborini, hurmatini qozonib kelmoqda. Fursatdan foydalanib, ustoz adibimizni bugungi tavallud kuni bilan samimiy tabriklaymiz! TO‘G‘RI CHIZIQ Birinchi o‘qituvchim Dilbaroy OXUNOVAga Bolalikni qo‘msab kezaman tunda, Yulduzlar nuriga belanar xayol. Kulib kelaverar qarshimdan shunda Munavvar bir ayol, dilbar bir ayol. U – Siz... Xotiralar asta jonlanar: Sinf. Bo‘yoq hidi. O‘ttiz polapon. Bu – men. Mehribon qo‘l boshimni silar: “Chiziqdan chiqmasdan yozing, Iqboljon!” Opa, xotiradir u kunlar, opa, Opa, u kunlarga bugun intiqman. Bugun xatolarim qilmasmi xafa, Chiqib ketmadimmi to‘g‘ri chiziqdan?! Opa, qoliplardan zerikkanman xo‘b, Daftar chizig‘ining yo‘rig‘i boshqa. Opa, bu dunyoning chiziqlari ko‘p, Lekin hammasi ham eltmas Quyoshga. Mehringiz sog‘inib kezaman tunda, Chiroqlar nuriga belanar xayol. Kulib kelaverar qarshimdan shunda Munavvar bir ayol, dilbar bir ayol. U – Siz... Eski surat asta jonlanar: Sinf. Kitob hidi. O‘ttiz polapon. Bu – men. Mehribon qo‘l boshimni silar: “Chiziqdan chiqmasdan yozing, Iqboljon!” KUYAYMI? Og‘aynilar, yoshlik tez o‘tganiga kuyaymi, Yurakdan qo‘r, ko‘zdan nur ketganiga kuyaymi? Olachaloq tush kabi sudralar qora turmush, Sochu soqol mosh-guruch bitganiga kuyaymi? Ko‘zyoshingga qaramas, ko‘ngil o‘zi yosh axir, Ko‘ngil qurg‘ur tamanno etganiga kuyaymi? O‘zim-ku yo‘l istagan, qarab kulgim qistagan, Etagimdan birovlar tutganiga kuyaymi? Tegajoq qiz juvonlar, oq-do‘mboq qiz juvonlar Sheʼrim aytib menga gap otganiga kuyaymi? Kecha kalta kiyganlar, suykalganni suyganlar Qariganda o‘ranib o‘tganiga kuyaymi? Tez botadi oftob ham, tez tugaydi sharob ham, Ulfat cho‘qishtirmay “g‘o‘lt” yutganiga kuyaymi? Eski qo‘shig‘im tinglab, eski rasmimni o‘pib, Sodda qizlar haliyam kutganiga kuyaymi? O‘ZINGNIKILAR O‘zimniki deysan, jigaring pora, Go‘shtingni chaynaydi o‘zingnikilar. O‘shalar g‘amida xorsan, bechora, Dardingni bilmaydi o‘zingnikilar. Birining ishi deb giryonsan Shoshda, Birin o‘qishi deb muammo boshda. Agar ko‘rinmasang nahorgi oshda Uzringni olmaydi o‘zingnikilar. Ular doim tayyor araz urishga, To‘nini ters kiyib, yuz o‘girishga. Ulgurji xaridor g‘iybat, mish-mishga, Sen so‘lsang, gullaydi o‘zingnikilar. Bitta sen yugurdak, qolganlar arzdor, Ular bari haqdor, bitta sen qarzdor. Boshingga ish tushsa, Xudoga yolvor, Yoningga kelmaydi o‘zingnikilar. “Tanilib, o‘zini bosolmay qoldi, Semirib ketdi-yu ozolmay qoldi, Pishdi”, deydi, “Endi yozolmay qoldi”, Hiring-hiringlaydi o‘zingnikilar. Yuraver suvlarga aytib tushingni, Puxta tut ishingni, yig‘vol hushingni. Boshingda aylangan Humoqushingni Tosh otib haydaydi o‘zingnikilar. Poshsho izzatingni qilgan bo‘lsayam, Kimligingni jahon bilgan bo‘lsayam, Senga Xizr nazar qilgan bo‘lsayam, Nazarga ilmaydi o‘zingnikilar. YOLG‘IZ Milyon yilda meni yaratdi hayot, Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz. Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv, Quyoshdan ishorat – ko‘z yorar ildiz. Men, axir ularga o‘xshamayman-ku, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Har elat o‘zicha atar shamolni, Mingta ism bilan yashaydi yulduz. Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Nafasim – g‘animat, so‘zim – g‘animat, Fojia – poyimdan uzilgan har iz. Mening nigohlarim eng ezgu neʼmat, Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz. Yaratganga borib aytaman seni! O‘zi hukm etsin odil va xolis. Men qaytib kelmayman, tushunyapsanmi? Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz... Iqbol Mirzo @n_jonuzoq

Открыть в Telegram
Просмотры3 039+71%к среднему
Пересылки20
Реакции36
Комментарии—