Germaniyada qurilishchilikni o‘qib, oyiga 885 yevro olish mumkin: ariza 30-noyabrgacha Migratsiya agentligi Germaniya Federal bandlik agentligi bilan birga qurilish sohasidagi Ausbildung (o‘qish va pullik amaliyot birga) dasturiga qabul ochdi. Dastur 2027-yil kuzida boshlanadi, 16 nafar nomzod tanlanadi. Yo‘nalishlar: yo‘l, kanalizatsiya va quvur tarmoqlari qurilishi (2 yil), chuqur poydevor qurilishi (3 yil). Talablar: - yoshi 18–25; - nemis tili B1 sertifikati (2026-yil fevralidan oldin berilmagan bo‘lsin); - maktab attestati yoki kasb-hunar diplomi; - qurilishda tajribasi borlar ustun. Birinchi yili oyiga 885 yevro stipendiya, o‘qish bepul, aviachipta, viza va tibbiy sug‘urta qoplanadi, turar joy taxminan 250 yevro. Tugatgach, oyiga kamida 2 400 yevro maoshli doimiy ish imkoniyati bor. Ariza Migratsiya agentligining «Xorijda ish» platformasi orqali 30-noyabrgacha topshiriladi. Savollar uchun: 1282. @keshnews
Открыть в Telegram
KESHNEWS
Қашқадарё ва қашқадарёликлар ҳақида маълумотлар, фактлар, янгиликлар ва эълонлар! Ўзимизникиларни таклиф этинг! Янгиликлар юбориш учун 👇 @Keshnews_bot Kanalga taklif qilish: https://t.me/keshnews
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 23 нояб. 2026 г. | 2 330 |
| 24 нояб. 2026 г. | 2 240 |
| 25 нояб. 2026 г. | 2 180 |
| 26 нояб. 2026 г. | 1 250 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры3,06 тыс.Пересылки—Реакции26Комментарии—
- 02Просмотры2,95 тыс.Пересылки—Реакции25Комментарии—
- 03Просмотры2,73 тыс.Пересылки—Реакции7Комментарии—
- 04Просмотры2,2 тыс.Пересылки—Реакции—Комментарии—
Новые посты
Qashqadaryoda uyda boqilayotgan mol yemining 10 foizini davlat qoplashi rejalashtirilmoqda Chorva ozuqasini ko‘paytirish bo‘yicha yangi rejada Qashqadaryo sinov hududi etib belgilandi. 2027-yildan viloyatda xonadonlarda boqilayotgan chorva uchun sotib olinadigan yem-xashak xarajatining 10 foizi subsidiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Viloyat uchun yana nimalar rejalashtirilgan: - 8 ta tumanda qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli ozuqa ekinlari ekiladi; - Misr olimlari bilan birga ilmiy va urug‘chilik markazlari ochiladi; - tiklangan yaylovlarning bir qismida chorva komplekslari qurishga ruxsat berilishi mumkin. Mamlakat bo‘yicha 100 dan ortiq ozuqa markazi ochilib, yemni ulgurji olib xonadonlarga arzon narxda yetkazadi. Hozir qoramolning 87 foizi aynan xonadonlarda boqiladi. Bir sigirga yiliga 6,5 tonna ozuqa kerak, amalda esa ko‘pi bilan 4 tonna to‘g‘ri kelmoqda. P.S. Yem arzonlashsa, go‘sht narxi ham barqarorlashishi kutiladi. @keshnews
Открыть в TelegramShahrisabzning 9 ta mahallasida hovlilar obodonlashtirilmoqda Shahrisabz shahridagi ko‘p qavatli uylar hovlilarida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Ishlar Uychilik, Tutzor, Bo‘ston, Tiklanish, Pillakash, Ipak yo‘li, Kamolot, Do‘stlik va Sinabog‘ mahallalarini qamrab oladi. Reja bo‘yicha: - 9 ta bolalar o‘yin maydonchasi; - 3 ta jamoat hojatxonasi; - 4 968 metr sug‘orish quvuri; - 7 000 kv.m piyodalar yo‘lagi va yoritish tizimi. Ishlarni ochiq tanlov asosida xususiy pudratchi bajarmoqda. Uychilikdagi 358-uy hamda Pillakashdagi 15- va 22-uylarning podyezdlari va tashqi devorlari to‘liq ta’mirlandi. Shu kunlarda Ma’rifat mahallasidagi ko‘chalardan biriga ham yangi asfalt yotqizildi. @keshnews
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 3 ч | 1 100 |
| 6 ч | 1 490 |
- Через 6 часов1 490
- Всего сейчас1 490
Bolalar puli bo‘yicha eng ko‘p shikoyat qayerdan? Qashqadaryodan Yil boshidan oktyabr oxirigacha Prezidentning Xalq qabulxonalariga respublika bo‘yicha 781 792 ta murojaat kelgan. Qashqadaryo murojaatlar soni eng ko‘p bo‘lgan viloyatlar qatorida. Viloyatimiz bo‘yicha raqamlar: - bolalar nafaqasi tayinlash bo‘yicha 8 492 ta murojaat — bu respublikadagi eng yuqori ko‘rsatkich; - ish haqi qarzdorligi bo‘yicha har 6-murojaat Qashqadaryodan; - suyultirilgan gaz (ballon) to‘ldirish bo‘yicha murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan 41% ko‘paygan. Respublika bo‘yicha eng ko‘p so‘ralgan mavzular: bolalar nafaqasi, aliment undirish, gaz ballon, moddiy yordam va ish haqi. P.S. Raqamlar ko‘p narsani aytadi: nafaqa va gaz masalasi hamon dolzarb. @keshnews
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 4 ч | 1 270 |
| 7 ч | 1 540 |
- Через 6 часов1 540
- Всего сейчас1 540
Bugun Shahrisabz tumanining 3 ta mahallasida svet o‘chadi Bugun, 26-noyabr kuni elektr tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu sababli quyidagi mahallalarda vaqtincha elektr ta’minoti uziladi: - 11:00–13:00 — Shamaton MFY (Shahrisabz podstansiyasidan chiquvchi 10 kV “Internat” liniyasi); - 14:00–17:00 — Uloch va Polmon MFYlari (Oqsuv podstansiyasidan chiquvchi 10 kV “Uloch” liniyasi). Telefonlarni oldindan quvvatlab oling, muzlatgich va elektr jihozlardan ehtiyot bo‘ling. @keshnews
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 5 ч | 1 490 |
| 8 ч | 1 700 |
- Через 6 часов1 490
- Всего сейчас1 700
🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 🅰🅰🅰🅰🅰 "KAMOLON" erkaklar kiyimlari do'konimizga marhamat. Bizda kiyimlar assortimenti katta. Yuqori sifat va yoqimli narxlar aynan siz uchun. ☝️ ✅Eng asosiysi insofli va o'z nomi bilan ishonchli do'kon. 📍Kitob tumani: Mo'ljal: Kitob dehqon bozori ro'parasi 📍Shahrisabz shahri: 61 chorrahasi, Kristall bozorida 😎Telegram 😎Instagram
Открыть в TelegramUmraga borishni rejalashtiryapsizmi? Avval firma litsenziyasini tekshiring Litsenziyasiz «Umra» safarlari uyushtirgan ikki turistik firma rahbari qo‘lga olindi: - Toshkent viloyati, Bekobod shahrida firma rahbari 3 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga jo‘natish uchun 3 450 dollar olgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. - Samarqand shahrida litsenziyasi yo‘q firma rahbari 4 nafar fuqaroga Umra safarini va’da qilib, 6 000 dollar olgan. Tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda. Ikkala holatda ham ular DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan. P.S. Pul to‘lashdan oldin firmaning ziyorat safarlarini tashkil etishga ruxsati borligini aniqlab oling — aks holda pulingiz ham, safaringiz ham xavf ostida qoladi. @keshnews
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 22 ч | 1 910 |
| 25 ч | 1 970 |
- Через 24 часа1 970
- Всего сейчас1 970
Bolalarda Koksaki virusi: xavotirga o‘rin bormi? Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bugun ma’lum qilishicha, yurtimizda enterovirus infeksiyalari, jumladan Koksaki virusi bo‘yicha vaziyat barqaror va to‘liq nazorat ostida. Xavotirli tarqalish kuzatilmayapti. Bolalarda kasallik belgilari: - harorat 39–40 darajagacha ko‘tariladi, limfa tugunlari kattalashadi; - kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish; - badanda toshma, og‘iz, til va milkda og‘riqli yaracha va pufakchalar — shu sababli bola ovqatdan bosh tortishi mumkin. Virus havo-tomchi yo‘li, iflos qo‘l, o‘yinchoq, umumiy idish-tovoq va pufakcha suyuqligi orqali yuqadi. Qo‘lni tez-tez sovunlab yuvish, faqat toza suv ichish va gigiyenaga rioya qilish tavsiya etiladi. P.S. Bolada shunday belgilar sezilsa, o‘zingiz davolamay, oilaviy shifokorga murojaat qiling. @keshnews
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 23 ч | 2 070 |
| 26 ч | 2 150 |
- Через 24 часа2 070
- Всего сейчас2 150
Tog‘li mahallalar suyultirilgan gazni qayerdan oladi? Shahrisabz tumanining tog‘li hududlaridagi 31 ta mahalla aholisi suyultirilgan gazni “Uloch” gaz to‘ldirish shoxobchasidan oladi. Shoxobcha 2023-yilda ochilgan, unda 8 nafar xodim ishlaydi. Hozir u 34 mingdan ortiq xonadonni gaz bilan ta’minlamoqda. P.S. Qish yaqin — ballonni oldindan va faqat maxsus shoxobchada to‘ldirib qo‘ygan ma’qul. @keshnews
Открыть в TelegramChet el armiyasiga yollanganlar 5 yilgacha, yollovchilar 10 yilgacha qamalishi mumkin Qonunchilik palatasi 24-noyabr kuni O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlar armiyasi, xavfsizlik, politsiya va shunga o‘xshash tuzilmalarida xizmat qilishi uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi. Hozir Jinoyat kodeksining 154¹-moddasi bo‘yicha bunday harakat uchun 300 BHMgacha jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari belgilangan. Loyihaga ko‘ra: - xorijiy harbiy xizmatga kirganlar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosiga tortiladi; - O‘zbekiston fuqarosini bunday xizmatga yollaganlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Yangi jazolar hali kuchga kirmagan. Xorijda ishlayotgan yurtdoshlarga chet el harbiy xizmati bo‘yicha hech qanday shartnoma imzolamaslik tavsiya qilinadi. Savol bo‘lsa, 1282 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. @keshnews
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Shahrisabz shahar hokimligi@shahrisabz_shahar_hokimligiНовости и СМИ10,4 тыс.
Jadid.uz | Расмий канал@jadid_rasmiyНовости и СМИ6,67 тыс.
Angren shahar hokimligi Axborot xizmati@angrenhokimligi_7Новости и СМИ6,61 тыс.
STV:НОВОСТИ - Будь в курсе!@samarkandstvНовости и СМИ6,59 тыс.
WAYU Korea@wayu_koreaНовости и СМИ6,87 тыс.
Хаёт Шамсутдинов@hshamsutdinovНовости и СМИ6,89 тыс.
Davlatobod tumani hokimligi | rasmiy kanali@govuzdavlatobodНовости и СМИ6,55 тыс.
MILLIY GVARDIYA Toşkent şahri böyiça boşqarmasi@milliygvardiya_toshkentshaharНовости и СМИ6,92 тыс.