📌 HAFTANING ENG MUHIM VOQEALARI
🔹 Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi Yunusoboddagi “Mega Planet” savdo majmuasi oldida bayram tadbiri ötkazdi. Harbiy orkestr kuy-qöşiqlar ijro etdi, harbiy xizmatçilar körgazmali çiqişlar namoyiş etdi.
🔹 Poytaxtning asosiy köçalarida Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi Qorovul qöşinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya bölinmalari Davlat bayroği bilan saf tortib ötdi.
🔹 “Bayroğim – faxrim, ğururim!” şiori ostida Yunusoboddagi 58, Olmazordagi 326 va Yakkasaroydagi 172-maktablarning “Jasorat sinflari” öquvçilari bayroğimiz tarixi, ranglari va ramzlari ma’nosi bilan tanişdi.
🔹 “Özbekiston bayroği – milliy ğururimiz” telelavhasi efirga uzatildi.
🔹 “Payşanba – profilaktika kuni” doirasida harbiy xizmatçilar bilan xizmat intizomi, huquqbuzarliklarning oldini oliş va soğlom turmuş tarzi haqida suhbat ötkazildi.
🔹 Uçtepa tumanidagi “ONIX” tungi klubi oldida harbiy xizmatçilar xolislar iştirokida bir fuqaroni közdan keçirdi. Uning yonidan qoğozga öralgan, qora rangli, ötkir hidli modda topildi. Holat yuzasidan suriştiruv olib borilmoqda.
✅ Telegram | 🌐 Instagram | 📹 Youtube | ✅Facebook