“JIZZAX SUV TA’MINOTI” AJ DIREKTORI JAVOHIR QOPLONOVNING JIZZAX VILOYATI AHOLISIGA
MUROJAATNOMASI
Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar, muhtaram nuroniylar, aziz yurtdoşlar!
Bugungi kunda aholini sifatli va uzluksiz içimlik suvi bilan ta’minlaş, oqova suv tizimlari faoliyatini yaxşilaş “Jizzax suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Barçamiz yaxşi anglaşimiz kerakki, içimlik suvi – bebaho ne’mat. Uni tejaş, isrofgarçilikka yöl qöymaslik, suvdan oqilona foydalaniş har birimizning kundalik burçimizdir. Zero, bugun tejalgan har bir tomçi suv ertangi kunimiz va farzandlarimiz kelajagi uçun xizmat qiladi.
Qadrli yurtdoşlar!
Bugungi kunda Jizzax viloyatida aholi va yuridik taşkilotlarning “Jizzax suv ta’minoti” AJ oldidagi debitor qarzdorligi 20 milliard sömdan oşgan.
Uşbu qarzdorlik korxonaning moliyaviy faoliyatiga, içimlik suvi tarmoqlarini ta’mirlaş, eskirgan quvurlarni yangilaş, nasos uskunalarini soz holatda saqlaş va xizmatlar sifatini yaxşilaşga öz ta’sirini körsatadi.
Şu bois barça iste’molçilarimizdan foydalanilgan içimlik suvi va oqova suv xizmatlari uçun tölovlarni öz vaqtida amalga oşirişlarini hamda mavjud qarzdorliklarni bartaraf etişlarini sörab qolaman.
Unutmang, öz vaqtida amalga oşirilgan har bir tölov – sifatli va barqaror xizmat körsatiş uçun muhim manbadir.
Hurmatli iste’molçilar!
Yana bir muhim masala – oqova suv, ya’ni kanalizatsiya tizimlaridan töğri foydalanişdir. Afsuski, ayrim hollarda kanalizatsiya tarmoqlariga maişiy çiqindilar, oziq-ovqat qoldiqlari, plastik buyumlar va boşqa begona jismlarning taşlanişi natijasida tiqilişlar va nosozliklar yuzaga kelmoqda.
Buning oqibatida oqova suvlarning taşqariga çiqişi, noxuş hidlar va sanitariya muammolari kelib çiqmoqda. Şu sababli barçangizdan kanalizatsiya tizimlariga çiqindi taşlamaslik, ularning tozaligi va sozligini saqlaşga mas’uliyat bilan yondaşişingizni sörayman.
Aziz yurtdoşlar!
Biz, “Jizzax suv ta’minoti” AJ jamoasi, aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş, mavjud nosozliklarni tezkor bartaraf etiş, içimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini yaxşilaş borasida izçil iş olib bormoqdamiz.
Albatta, bu boradagi işlarimizning samarasi siz aziz iste’molçilarning hamkorligi va mas’uliyatiga ham bevosita boğliq.
Keling, içimlik suvini asraylik, tölovlarni öz vaqtida amalga oşiraylik, oqova suv tizimlaridan töğri foydalanaylik. Zero, suvni tejaş – hayotni asraş, tölov intizomi esa xizmatlar sifatini yaxşilaş demakdir.
Barçangizga mustahkam soğliq, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman!
Suvni asraylik – hayotni asraylik!
Hurmat bilan,
“Jizzax suv ta’minoti” AJ direktori
Javohir Qoplonov
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|