ŞAROF RAŞIDOV TUMANIDA MEBELÇILIK MIKROSANOAT MARKAZI TAŞKIL ETILMOQDA
Şarof Raşidov tumani Saroylik mahallasida 3,2 gektar maydonda taşkil etilayotgan mebelçilikka ixtisoslaşgan mikrosanoat markazida dastlabki ustaxonalar qurilişi boşlandi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda viloyat hokimining birinçi örinbosari Zafar Azimov, tuman hokimi Asilbek Aşurov, tadbirkorlar va mahalla faollari iştirok etdi.
Ta’kidlaş joizki, yaqin atrofdagi Yaxtanlik, Eski Toşkentlik, Saroylik va Taraqqiyot mahallalarida bugungi kunda 300 ga yaqin xonadonda mebel işlab çiqariş faoliyati yölga qöyilgan.
Yangi mikrosanoat markazi uşbu mahallalarda faoliyat yuritayotgan hunarmand va tadbirkorlarni bir hududga jamlaş, ular uçun qulay işlab çiqariş muhitini yaratiş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda mahsulot işlab çiqariş hajmini oşirişga xizmat qiladi.
Markazning 2,1 gektar qismi 43 ta lotga ajratilib, tadbirkorlarga auktsion savdolari orqali taklif etilgan. Loyiha töliq amalga oşirilişi natijasida 830 ta yangi iş örni yaratilişi, hududda mebel işlab çiqariş kölami va tadbirkorlik faoliyati yanada kengayişi kutilmoqda.
Markaz infratuzilmasini barpo etiş uçun drayver loyihalar dasturi doirasida 2,7 milliard söm mablağ yönaltirilgan. Hozirga qadar hududga içimlik suvi tarmoği tortilib, tungi yoritiş çiroqlari va suğoriş novlari örnatildi. Ayni paytda transformator punktini örnatiş va elektr tarmoqlarini tortiş işlari davom ettirilmoqda.
Yangi mikrosanoat markazi mahalliy mebelsozlik an’analarini rivojlantiriş, tadbirkorlar faoliyatini qöllab-quvvatlaş va aholi bandligini ta’minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|