🇺🇿🇯🇴 Özbekiston va Iordaniya iqtisodiy hamkorligining beşta ustuvor yönalişi belgilandi Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston — Iordaniya biznes forumining oçiliş marosimida iştirok etdi. Davlat taşrifi doirasida imzolangan imtiyozli savdo bitimi 300 turdagi tovarga nisbatan pasaytirilgan bojxona bojlari stavkalarini qöllaşni nazarda tutadi. Prezident iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişning beşta ustuvor yönalişini körsatib ötdi: ▪ Töqimaçilik. Aqaba maxsus iqtisodiy zonasida qöşma işlab çiqarişni yölga qöyiş va mahsulotlarni uçinçi mamlakatlarga eksport qiliş; ▪ Toğ-kon sanoati. Toşkent va Samarqandda taşkil etilayotgan “Kelajak metallari” texnoparklarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş; ▪ Farmatsevtika. “Tashkent Pharma Park” klasterida yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş; ▪ Kimyo sanoati. Mineral öğitlar, ozuqa qöşimçalari va maişiy kimyo mahsulotlarini birgalikda işlab çiqariş; ▪ Qişloq xöjaligi. Qöşma agrosanoat klasterlarini taşkil etiş, uruğçilik, boğdorçilik va çorvaçilikni rivojlantiriş. Özaro savdo hajmini 500 million dollarga yetkaziş maqsad qilingan. 2027-yilning mart oyida Toşkentda navbatdagi Özbekiston — Iordaniya biznes forumi ötkaziladi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в Telegram
Jahongir Olimov | Rasmiy
Jurnalist va teleboshlovchi Jahongir Olimovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Reklama va hamkorlik uchun: @manageradmin_jo Instagram: https://www.instagram.com/jahongirolimov_official/profilecard/?igsh=b2FsdjhxdGNmd3Q2
Подписчики, 30 дней
16 нояб. – 24 нояб.−363 (−0,9%)
Показать таблицей
| Дата | Подписчики |
|---|---|
| 16 нояб. 2026 г. | 42 031 |
| 17 нояб. 2026 г. | 41 937 |
| 18 нояб. 2026 г. | 41 861 |
| 19 нояб. 2026 г. | 41 783 |
| 20 нояб. 2026 г. | 41 915 |
| 21 нояб. 2026 г. | 41 845 |
| 22 нояб. 2026 г. | 41 761 |
| 23 нояб. 2026 г. | 41 727 |
| 24 нояб. 2026 г. | 41 668 |
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 12 нояб. 2026 г. | 7 742 |
| 13 нояб. 2026 г. | 8 271 |
| 14 нояб. 2026 г. | 8 397 |
| 15 нояб. 2026 г. | 7 672 |
| 16 нояб. 2026 г. | 7 140 |
| 17 нояб. 2026 г. | 6 289 |
| 18 нояб. 2026 г. | 8 031 |
| 19 нояб. 2026 г. | 5 971 |
| 20 нояб. 2026 г. | 6 936 |
| 22 нояб. 2026 г. | 6 920 |
| 23 нояб. 2026 г. | 6 354 |
| 24 нояб. 2026 г. | 3 259 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры16,2 тыс.Пересылки371Реакции229Комментарии—
- 02Просмотры9,71 тыс.Пересылки116Реакции129Комментарии—
- 03Просмотры9,27 тыс.Пересылки18Реакции44Комментарии—
- 04Просмотры9,21 тыс.Пересылки13Реакции—Комментарии—
Новые посты
Özbekiston va Iordaniya yetakçilarini taqdirlaş marosimi 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в Telegram🇺🇿🇯🇴 Özbekiston va Iordaniya örtasida strategik şeriklik munosabatlari örnatildi Ammon şahrida Prezident Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn iştirokidagi muzokaralar yakunida strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisidagi bitim imzolandi. Şuningdek, imtiyozli savdo, energetika, suv resurslarini boşqariş, madaniyat, huquqiy yordam, soğliqni saqlaş, toğ-kon sanoati va boşqa sohalarda hamkorlik böyiça kelişuvlarga erişildi. Toşkent va Ammon şaharlari, şuningdek, Samarqand şahri va Petra turizm mintaqasi örtasida hamkorlik bitimlari almaşildi. Davlat taşrifi doirasida jami 19 ta ikki tomonlama hujjat qabul qilindi va imzolandi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 150 |
| 2 ч | 2 970 |
- Через 1 час1 150
- Всего сейчас2 970
Prezident Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoşimiylar Podşohligi Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara ötkazdi. Rasmiy delegatsiyalar aʼzolari iştirokida ötgan uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi döstlik va köp qirrali aloqalarni yanada rivojlantiriş hamda hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilindi. Siyosiy muloqotlar va idoralararo almaşinuvlar faollaşgani, özaro savdo hamda investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiya, transport va logistika, toğ-kon sanoati, qişloq xöjaligi, töqimaçilik, soğliqni saqlaş hamda farmatsevtika sohalari körsatib ötildi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 2 ч | 2 350 |
| 3 ч | 3 410 |
- Через 1 час2 350
- Всего сейчас3 410
🇺🇿🇯🇴 Şavkat Mirziyoyev Iordaniyaning oliy davlat mukofoti — “Al Husayn ibn Ali” ordeni bilan taqdirlandi Ammon şahrida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn rafiqalari iştirokida tor doirada uçraşuv ötkazdi. Uçraşuvdan söng ikki mamlakat yetakçilarini oliy davlat mukofotlari bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Öz navbatida, Prezidentimiz Iordaniya Podşohini ikki mamlakat örtasidagi döstlik va hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan salmoqli hissasi uçun “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan taqdirladi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 1 390 |
| 2 ч | 2 940 |
| 4 ч | 3 730 |
- Через 1 час1 390
- Через 6 часов3 730
- Всего сейчас3 730
🇺🇿🇯🇴 Özbekiston Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi bölib ötdi Ammon şahridagi “Al-Husayniya” saroyida davlat taşrifi bilan Iordaniya Hoşimiylar Podşohligida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi ötkazildi. Davlatimiz rahbari va rafiqasini Podşoh Abdulla II ibn al-Husayn va Malika Raniya al-Abdulla samimiy kutib oldi. Birgalikda suratga tuşildi. Oliy martabali mehmon şarafiga töplardan öq uzildi. Saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 240 |
| 2 ч | 2 430 |
| 4 ч | 3 480 |
| 7 ч | 4 740 |
- Через 1 час1 240
- Через 6 часов4 740
- Всего сейчас4 740
❗️️️️Bugun Javohir Sindorov jahon şaxmat toji uçun bahsni boşlaydi! Şveysariyaning Jeneva şahrida Javohir Sindorov va amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju örtasidagi bahsning birinçi partiyasi Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Qur’a natijasiga köra, hamyurtimiz ilk partiyani oq donalarda ötkazadi. Matç jami 14 ta partiyadan iborat. 7,5 oçkoni birinçi töplagan şaxmatçi jahon çempioniga aylanadi. Hisob teng bölib qolsa, ğolib tay-brekda aniqlanadi. Musobaqaning umumiy mukofot jamğarmasi 2,5 million dollarni taşkil etadi. Olğa, Javohir! Biz senga işonamiz! 🇺🇿 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 360 |
| 2 ч | 2 600 |
| 3 ч | 3 400 |
| 6 ч | 4 730 |
- Через 1 час1 360
- Через 6 часов4 730
- Всего сейчас4 730
🇺🇿🇯🇴 Prezident Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat taşrifi bilan Iordaniyaga keldi Mamlakat havo hududida davlatimiz rahbarining samolyotiga Podşohlik Harbiy-havo kuçlarining qiruvçi uçoqlari hamrohlik qildi. Malika Aliya nomidagi xalqaro aeroportda Prezidentimiz va uning rafiqasini Iordaniya Podşohi Abdulla II ibn al-Husayn va Malikasi Raniya al-Abdulla, şahzoda Ğoziy ibn Muhammad va rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmonlar şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Yetakçilar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladi va faxriy qorovul safi oldidan ötdi. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 840 |
| 2 ч | 2 000 |
| 3 ч | 2 210 |
| 7 ч | 2 440 |
| 25 ч | 6 730 |
- Через 1 час840
- Через 6 часов2 440
- Через 24 часа6 730
- Всего сейчас6 730
“Nega Siz doim uzoq safarlarga ketasiz?” — Şavkat Mirziyoyev nabirasiga maktub yozdi Prezidentimiz Iordaniyaga parvoz davomida nabirasi Şavkatbekka maktub yölladi. Unda davlatimiz rahbari nabirasining ertalab bergan savoliga javob berib, öz zimmasidagi mas’uliyat, bolaligi va yoş avlodga tilaklari haqida söz yuritgan. “...Taqdir zimmamga şunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga öxşagan millionlab Özbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham öylaşim, qayğurişim kerak”, — deyiladi maktubda. Prezident bolaligida paxta dalalarida mehnat qilganini eslab, lavozimga kirişgaç birinçi galda bolalarni dalalardan maktabga qaytarganini yozgan. Şuningdek, nabirasini ilm olişga, xorijiy tillarni örganişga, vaqtdan unumli foydalanişga çaqirdi. Zamonaviy gadjetlar va sun’iy intellektdan foydalanişda ularga qaram bölib qolmaslikni maslahat berdi. “Mening öz nasihatlarim Özbekistonning barça bolalariga bağişlangan ezgu tilaklardir”, — deb yozadi Şavkat Mirziyoyev. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 1 250 |
| 2 ч | 2 500 |
| 5 ч | 4 010 |
| 7 ч | 4 210 |
| 24 ч | 6 750 |
- Через 1 час2 500
- Через 6 часов4 210
- Через 24 часа6 750
- Всего сейчас6 750
🇺🇿🇯🇴 Iordaniyaning “Ad-Dustour” gazetasi bir sonini töliq Özbekiston bilan munosabatlarga bağişladi Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat taşrifi uşbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Iordaniyaning markaziy naşrlaridan biri — “Ad-Dustour” gazetasi maxsus sonida quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi: ▪ 33 yillik hamkorlik. Özbekiston va Iordaniya örtasidagi tarixiy-ma’naviy yaqinlik, siyosiy muloqot va kelgusi hamkorlik istiqbollari; ▪ Podşoh taşrifi. Iordaniya Podşohi Abdulla II ning 2025-yil avgust oyida Samarqandga davlat taşrifi, uning yakunida 15 ta hujjat imzolangani va munosabatlarni keng qamrovli şeriklik darajasiga kötariş böyiça kelişuv; ▪ Umumiy yondaşuv. Ikki davlat nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, suverenitetni hurmat qiliş va xalqaro huquqni mustahkamlaş tarafdori; ▪ Savdo aylanmasi. Ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş 2017-yildagi 850 ming dollardan 2025-yilda qariyb 8,5 million dollarga yetgani, ya’ni 10 barobar oşgani; ▪ Eksport imkoniyatlari. Hozir asosan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksport qilinayotgani, mahsulot turlarini köpaytiriş va Aqaba porti orqali ularni Yaqin Şarqning boşqa mamlakatlariga reeksport qiliş istiqbollari. “Ikki xalq aloqalari zamonaviy siyosiy va iqtisodiy manfaatlargagina emas, asrlar davomida şakllangan umumiy islomiy meros va özaro hurmatga ham tayanadi”, — deyiladi gazetada. Naşr endigi vazifa savdo, ta’lim va turizm sohalarida amaliy natijalarga erişiş ekanini ham qayd etgan. 👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 1 370 |
| 2 ч | 2 800 |
| 3 ч | 3 510 |
| 6 ч | 4 420 |
| 24 ч | 5 790 |
- Через 1 час1 370
- Через 6 часов4 420
- Через 24 часа5 790
- Всего сейчас5 790
Связи
Похожие каналы
Mikrofon kötargan ayol@qurbonova_aНовости и СМИ6,99 тыс.
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov@press_secretary_uzПолитика165 тыс.
Farg'ona viloyati hokimligi@fvhokimligiНовости и СМИ50,2 тыс.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati@poytaxt_uzНовости и СМИ26,1 тыс.
Sirdaryo.uz@sirdaryouzНовости и СМИ9,39 тыс.
platforma.uz@platformauzbНовости и СМИ41 тыс.
ХAVFSIZLIK 🇺🇿@xavfsizlik_uzНовости и СМИ43,4 тыс.
Joqarǵı Keńes.uz@joqargikenesНовости и СМИ43,4 тыс.
Кто упоминает
Mikrofon kötargan ayol@qurbonova_a1 упоминание, 1 репостПоследний пост
Кого упоминает
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov@press_secretary_uz3 упоминания
Farg'ona viloyati hokimligi@fvhokimligi1 упоминание
Sirdaryo.uz@sirdaryouz1 упоминание
Mikrofon kötargan ayol@qurbonova_a1 репост
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati@poytaxt_uz1 упоминание
Toshkent shahar YHTEM | ЦОДД Ташкента@codd_tashkent1 упоминание