Кабинет

Посты канала Abdulaziz Ahmad | Blog

сначала новые

#9485Фото
Просмотры361−57%к среднему
Пересылки—
Реакции19
Комментарии—
#9483Фото
Просмотры685−18%к среднему
Пересылки—
Реакции66
Комментарии—
#9477Текст

Rasul iroqlik, baliqçi yigit, “film odam” deymiz, hayotiyam g‘irt kino😁 Ukasi 9 yildan beri Iroqda qamalgan edi, aybini heç kim bilmaydi, bizda davlat yöqki hisob sörasang, deydi. Mamlakatidagi tizimdan qattiq norozi, naq 10 yildan beri Turkiyada yashaydi... Xullas, öşa ukasi 4-5 oy oldin ozodlikka çiqdi, amallab Anqaraga keldi, bularning uruğ-aymoği shu yerda yaşaydi, boşimga nima iş tuşsa, orqamda “aşirat”im bor, deb faxrlanadi. Otasi yoşligida vafot etgan, onasi yolğiz, farzandlarining yonida yaşaydi. Tört öğilning hammasi, yaqinda qamoqdan çiqib kelgan bolasi ham işlaydi. Mehnatkaş yigitlar! Xullas, yaqinda öşa kenja öğilni uylantirmoqçi bölişibdi. Özlariga öxşagan iroqlik bir oilaga sovçilikka borişsa, qiz tomon 7 ming dollar qalin puli sörabdi. Onasi “Tört öğlimning hammasi toparmon-tutarmon!” deb maqtanib qöygan ekanda... “Bolalarim işlamaydi, ğirt “darmayit”, - desa balki bunça qalin solmasmidi, deb xörsinadi Rasul. “Bekorçi takasaltangga beradigan qizim yöq” deb uyidan quvib solsa nima qilarding, deb yarasiga tuz sepgan bölaman... :) Boya, keçki 6 lar atrofida Rasulga qönğiroq böldi. Qiz tomondan! Uyingga kelyapmiz, deyişibdi. Boşliqdan darrov qaytaman deb ruxsat oldi-da, apil-tapil uyiga ketdi. Özi şu atrofda yaşaydi. Bir soatlar ötib işga qaytgandi, bölgan voqeani eşitib içagimiz uzildi. Mehmonlar kelibdi. “Aqli boşiga kelgandir, köp pul sörab yubordik, qizimiz unçaga arzimas ekan” deb aytadimi deb oğzini poylab ötirsam, qiz taraf: “Biz sovçilikka keldik. Onangga talabgormiz. Biznikiga borganlaringda, qizning dadasi yaxşi körib qolibdi. Qizimizni olinglar-da, onangni bizga beringlar, hamma baxtli bölsin!”, deganmiş :) Sen ham qalinga 10 ming dollar söramadingmi, 7 mingini kelinning qaliniga qaytarib berarding, kamiga 3 ming dollar foyda qilvolarding, deb masxara qilaman. Rasulning jahli çiqadi. “Sen nega onang nomidan javob beryapsan, balki u kişining ham könglini söraş kerakdir” deb kuladi ustaboşi. Rasul esa, boşimga nimalar keldi, yetti uxlab tuşimgayam kirmagandi bunaqa bölişi, deb siqiladi... Xullas, ikki tomon ança kelişib qolibdi. Onaxon rozi bölmabdi. Unday niyatim bölsa, şu paytgaça allaqaçon erga tegardim, debdi. Qizni esa qalin pulisiz, irimiga nimadir berib oladigan bölişibdi. Tez kunda töy! P.s. Yoşlar baxtli bölsin. Keksalar özi biladi :) @Ijoddardi

Открыть в Telegram
Просмотры1 270+52%к среднему
Пересылки—
Реакции73
Комментарии—
#9476Превью ссылки

Переслано из Zamira Özturk kutubxonasi 📕📗📘📙

— Zamira, men KPSSga kiraymi? Imtihondan yaxşi natija olsam, balki politsiyalikdan boşqa kasbga ötarman. KPSS (Davlat xizmatchilarini tanlaş imtihoni) — Turkiyada davlat organlari va muassasalaridagi ştat birliklari hamda lavozimlarga ilk bor tayinlanadigan xodimlarni tanlab oliş maqsadida Baholaş, tanlaş va joylaştiriş markazi (ÖSYM) tomonidan taşkil etiladigan markazlaştirilgan imtihon tizimi. — Albatta, tayyorlaning! Men qanday yordam kerak bölsa, tayyorman! Uyni, bolani öylamang. Vaqt ötdi, uyqusiz keçalar boşlandi. Abdulaziz Ansor öşa paytda bir yarim yoşlarda edi. Dadasi dars qilib ötirgan xonaning eşigini tepardi. Dadasi esa “Farzandim bilan öyin öynay olmadim”, deya yiğlardi. “Mayli, bolam, hammasi sen uçun, onang uçun”, derdi. KPSS imtihoniga kirdi. Natijasi juda yuqori edi, şukr! 250 ming kişi qatnaşgan imtihonda Turkiya böyiça 50-örinni olgandi, alhamdulilloh! Alloh taolo peşona terining haqqini bermaydimi heç?! Şukr, Öziga şukr! Bu yuksak natija bilan birma-bir turli taşkilotlarning imtihonlariga kirdi. Yozma imtihonlardan yuqori ballar oldi. Faqat suhbat bosqiçida unga past ball beraverişdi... Nihoyat, oltinçi taşkilotning imtihonidan ötdi. Turkiya Respublikasi İçki işlar vazirligi huzuridagi Migratsiya boşqarmasi raisligining hududiy bölinmasida yordamçi mutaxassis lavozimini qölga kiritdi. Egnidagi politsiya formasi kostyum-şimga aylandi. Hududiy boşqarma bölganligi uçun maoşi markazdagiga qaraganda ança kam edi. Tuşlik ham, xizmat transporti ham yöq edi. Eng oğiri esa Migratsiya boşqarmasida oç-yalanğoç insonlar va ularning farzandlari bilan işlaşga töğri kelardi. “Bolalarni körsam, oğlimni eslayverardim, közimdan yoş oqardi...” Har bir insonning yaratilişi öziga xos, nima ham derdik... KPSSdan olgan yuqori balining amal qiliş muddati tugamasidan yana boşqa taşkilotlarning imtihonlariga ham kirdi. Turkiya Respublikasi Atrof-muhit, şaharsozlik va iqlim özgarişi vazirligida yordamçi mutaxassis lavozimini qölga kiritdi. Faqat, faqat yangi iş joyiga ötişi 15 oyga keçikdi. Bu orada üç nafar vazir almaşdi... Kutiş qançalik qiyin ekanligini öşanda yana bir bor his qildik... Nihoyat, yangi iş joyidagi faoliyatini boşladi. Tez orada közga taşlandi. Sababi, yillardan beri tinmay izlanişdan, öqib-örganişdan töxtamagan edi.. Bu orada talabalik yillaridan beri orzu qilgan joyi — TODAİE, ya’ni Turkiya va Yaqin Şarq davlat boşqaruvi institutida magistraturada öqidi. Ilmiy işida migratsiya va iqlim mavzularini birlaştirdi. TODAİE — Turkiyada davlat boşqaruvi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boriş, davlat xizmatchilarining malakasini oşiriş hamda davlat boşqaruvi böyiça mutaxassislar tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi. Yoşlikda olingan ilm, ayniqsa ingliz tilini yaxşi bilgani unga yangi eşiklarni oçdi. Vatanini sevişi, keça-kunduz demay mehnat qilişi natijasida unga vazirlikning “Iqlim özgarişiga moslaşiş va mahalliy siyosat boşqarmasi boşliği” vazifasi topşirildi. Bir paytlar politsiyada işlagan kezlari navbatçilik qiladigan temir kulbam 1+1 emas, koşki sal kengroq bölsa edi, degan orzularini Allohim halol mehnatlari evaziga mukofotladi. Keça Antaliyada boşlangan COP31 — Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi töğrisidagi doiraviy konvensiyasi (UNFCCC) tomonlarining 31-konferensiyasida muhim vazifani öz zimmasiga olgan. Video şu tadbirlardan biriga oid. Konferensiya 9–20-noyabr kunlari bölib ötadi. Balki kimdir bu yozganlarimni maqtanişga yöyar. Men esa bugun uning halol mehnati ortidan erişgan yutuqlarini e’tirof etişni xohladim. Aziz yoşlar, aslo mehnatdan qoçmang, Vataningizni seving, izlanişdan çarçamang, vaqtingizni qadrlang! Ana şunda, albatta, bir kun kelib mehnatingizning mukofotini olasiz! Vijdoningiz xotirjam holda: “Eng muhimi, farzandlarimga halol luqma yediryapman!” — deya olasiz! https://www.youtube.com/watch?v=QYjskrGk4IU @hamidovazamira

Открыть в Telegram
Просмотры1 130+35%к среднему
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—
#9472Текст

Bu asar haqidagi fikrlarimni yozib qo‘yishim kerak, yillar o‘tib yana qayta o‘qisam, xulosalarimni solishtirish uchun ham zarur... “Martin Iden”ni talabalikda o‘qigandim, jahon adabiyoti fanidan ustoz Uzoq Jo‘raqulov imtihonidan o‘tish uchun. Shunchaki omadi kelib qolgan yozuvchining ayanchli taqdiri deb hisoblaganman. Tamom. Imtihon ham bo‘lmagandi o‘shanda, ustozning vaqti yo‘q edi adashmasam... Hozir ishga kelib ketishda 2 soat bo‘sh vaqtim bor, avtobus va metroda yuraman. Quloqchinda audiokitobini tingladim, turkcha radiospektaklini eshitdim, inglizcha kinosini ko‘rdim. Ko‘p tarafdan o‘zimni ko‘rdim qahramonda. Hayotim, boshimdan o‘tgan voqealar gavdalandi ko‘z oldimda. Martindan farqim, yonimda onggiga burjua jamiyati sarqitlari singdirilgan Ruth emas, meni qo‘llab-quvvatlaydigan Sitora va oilam bor edi... Dunyo - beshafqat. Deyarli barcha munosabatlar manfaatlar ustiga qurilgan. Xohlaysizmi yo‘qmi, bu haqiqatni qabul qilishga mahkumsiz. Asar 1900-yillarda yozilgan bo‘lsa ham, mavzu haligacha dolzarbligicha qolmoqda. Bundan keyin ham ahamiyatini yo‘qotmasa kerak... Kamina ham ayni Martin Iden singari jamiyatga yot yo‘lga kirgan edim, “ishyoqmas”, “dangasa” maxluqotga aylangan edim atrofimdagilar nazdida. Lekin... Doim qog‘oz-qalam orasida yurgan jismimni birdaniga og‘ir mehnatga otishim boshida sog‘ligimga yomon ta’sir qilgandi. Ahvolim yomonlashdi. Ayolim esa ishdan bo‘shashimni, uyda milliy ovqatlar pishirib sotishni tavsiya qildi. 7-8 oy uydan ovqat sotdik. O‘zbekistonga turkcha kitoblar jo‘natardik. Restorandagi og‘ir mehnat endi uyga ko‘chgan edi. Er-xotin ikkimizda ham stress oshib ketgan, emaklay boshlagan Mahdiga e’tibor berishga vaqt yo‘q, Sitora darslariga ulgurmasdi vahokazo. Shekspirmidi, dunyo ko‘zyoshlaringga tupurgan, unga faqat natija kerak deganida haq edi. Mana shunday moddiy qiyinchiliklar va ichki bosimlar kuchaygan payti yaqinlarim ozgina qo‘llab, yordam berish o‘rniga “haqiqiy erkak qiladigan ishni qilsangchi”, “hozir o‘zbekcha kitoblar do‘konda chang bosib yotibdi, nashriyotlar zo‘rg‘a kun ko‘ryapti, turkcha kitobingni kim oladi?”, “endi kanal ochib, she’r-maqola yozib yurgan emishsanmi, yig‘ishtir, bo‘ladigan ishni qilsangchi...” deyishardi... Vaqt o‘tdi. Tuzaldim. Ishga qaytdim. Hammasi ortda qoldi. Yaxshilar qo‘llab-quvvatlashi bilan kitob do‘konimiz rivojlandi, baliqchilikni puxta o‘rgandim, tilni o‘zlashtirdim, oyligim oshdi, ayolimning o‘qishi ham tugay deb qoldi... Alam qilgani, o‘sha payt past nazar bilan qarab, qo‘l uchida ko‘rsatganlar bugun maslahat so‘rab yozishadi, javob bermasam, kibr bo‘lib ketibsan deb arazlashadimiyey, vaqtida haqiqiy erkaklikni o‘rgatmoqchi bo‘lganlardan biri yaqinda ish so‘rab ham yozdi, yoningga chaqir, deydi... Anglaganim, qanday yashasa to‘g‘ri bo‘lishi haqida aniq qoida yo‘q. Kimdir belgilab bergan muvaffaqiyat yo‘li sizga umuman to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Hatto to‘g‘ri deb bilgan haqiqatingiz yakunda puch bo‘lib chiqishiyam normaldir. Muhimi, to‘xtab qolmaslik, odamlarga emas, o‘z o‘zingizga g‘oyalaringiz to‘g‘riligini isbotlash, bu yo‘lda ter to‘kib, tajriba orttirishingiz... Men Martin Iden kabi mehnatimni soxta jamiyatga yoqish uchun emas, shaxsiy rivojlanish va oilamga yaxshiroq sharoit yaratish uchun sarf etyapman. Martin Iden yakunda tushkunlikka taslim bo‘lgan bo‘lsa, men ortda qolgan qiyinchiliklardan yanada kuchliroq bo‘lib, toblanib chiqdim, deb o‘ylayman. Yutug‘im shunda... Haqiqiy muvaffaqiyat - birovlarning qarsagi emas, o‘z prinsplaringizga sodiq qolgan holda bosib o‘tgan yo‘lingiz, xulosa va tajribalaringizdir. Odamlar qarashi, maqtovi, tanqidi... bari o‘tkinchi. Oxirigacha kurashish kerak. Yengilsangiz, hammasi tugaydi... @Ijoddardi

Открыть в Telegram
Просмотры1 650+98%к среднему
Пересылки—
Реакции42
Комментарии—
#9471Текст
Просмотры1 440+73%к среднему
Пересылки—
Реакции52
Комментарии—
#9468Фото

#bugunimiz Yana nimalar qilib yuribmizey... :) Mahallamizda yigirma qavatli “Site” bor - qo‘riqlanadigan yopiq turar-joy majmuasi, fitness, bolalar maydonchasi, turargoh... hammasi ichida. Boylar yashaydigan “Apartman” xullas. Shu yerdan ijara uy chiqdi, hamsoya opamiz topibdi. 3 xona, teppa tekin. Bo‘sh, lekin gaplashilsa, qo‘shnilar ichini to‘ldirishga yordam berarkan. Yana eng kam oylik ish haqi (550$) miqdorida maosh ham to‘lashadi! Kamiga, kommunal to‘lovlar yo‘q. Istaganingizcha gaz, elektr yoqing, suv ishlating, bir so‘m bermaysiz. Evaziga esa... “Kapıcılık” qilasiz. Yagona sharti shu. Ya’ni, kunda ikki mahal yigirma qavatdagi insonlar eshigi oldiga chiqarib qo‘ygan chiqindilarini to‘kasiz, haftada bir, yog‘ingarchilik mavsumda ikki marta zinalarni yuvasiz, keyin shu atrofdagi mayda-chuyda ishlar. Sitora opasi bilan ishni va uyni gaplashishga ketdi. Men ishdaman. Ichim qizib, ustalardan dam badam bu qanday ish, vazifasiga nimalar kiradi, qiyinmi osonmi... deb maslahat so‘rayman. “Sen 20 qavatdan qo‘rqma, ishi oson bo‘ladi, g‘ildirakli aravachani olasan, liftda qavatma-qavat yurib, chiqindilarni to‘playsan, ertalab bir mahal, kechda yana bir. Kunduzi baliqxonada ishlayverasan. Haftalik dam olishingda esa, zinalarni yuvasan. Grafikni to‘g‘rilasang bo‘ladi bemalol..” “Fursatni qochirma, bunday yog‘li ishlar ko‘p turmaydi, hash-pash deguncha birortasi tanish-bilishini joylashtiradi” “Bizning turklar yordam berishni sevadi. Ayniqsa, ramazon oylari, hayit bayramlarida. Oyliging bor, yashashing tekin, choy-chaqa ham berishadi, bundan tashqari, qurbon so‘yishganida go‘sht, pul-mul deganday. Mutlaqo bepul yashaysan, maoshingni yig‘asan” “Ko‘p tanishlarim 3-4 yil “kapıcılık” qilib, pulini biriktirib, yangi uyga ko‘chib o‘tishgan, mashina olishgan. Yaxshilab o‘ylab ko‘r, boshingga baxt qushi qo‘nibdi...” Men puldan ko‘ra, uyda bo‘lish, Sitora ilmiy ishini yozib, diplomini qo‘lga olvolgunicha bolalarga qarashda yordam berish payida edim. Baliqda ishlash uchun yo‘l bilan hisoblaganda kunlik 14+ soat tashqaridaman, tozalikni nari-borsa, 2-3 soatda qilib tashlayman, deb o‘ylardim. Ham bu yoqdagi maoshimning 70-80 foizi ijara uyga ketadi, undan ko‘ra tekin yashab, maosh olish maza edi-da :) Bu yoqdan ayolim men ham yordam beraman, bir o‘zingizni qoldirmayman deydi, men o‘zim eplayman, sen darsingni qilasan, deyman. Qo‘yingchi, Sitora yigirma qavatli majmua mas’ul xodimining yoniga yetib borgunicha men bilan tortishdi va  yarim soatcha telegramdan chiqib ketdi. Javob kutishni boshladim. Ustalar “prikol” qiladi: ramazonda ro‘za tutsang tutmasang, qo‘shnilar yonida “Hamd bo‘lsin, bugungi ro‘zamizni ham tutdik!”, “Alhamdulillah, ko‘rsatgan kuningga shukr” de, tozalik qilayotganingda esa, telefoningda suralar eshitib yur. Tilidan shukr tushmas ekan, shunday og‘ir ishda bo‘lsa ham ro‘za tutarkan, qo‘li ishda, ko‘ngli Allohda ekan deb yanayam ko‘proq yordam berishadi... Vanihoyat, Sitora gaplashib chiqdi. “Lag‘mon “otmen”, chuchvara qilamiz” dediku. “To‘g‘ri, kapıcı'ga ehtiyojimiz bor, mos nomzod topolmayapmiz anchadan beri. Lekin yabancı'larni qabul qilolmaymiz, bu ish faqat turklar uchun, xorijliklar qabul qilinmaydi” deganmish. Ha do‘stlar, chet ellik bo‘lganingiz uchun: • rasmiy ishga kirolmaysiz(qiyin); • qurilish va men ishlaydigan kafe-restoranlarda ham turklardan kam maosh olasiz • Ijara uy tutishingiz muammo, hammayam xorijlikka uyini beravermaydi • hatto, mana shunaqa qooop qora farroshlik ishlariga ham hadeganda yabancı'larni qabul qilishmaydi. Bora-bora yabancı so‘ziga allergiyam qo‘zib boshlayapti. Xayrlisi, Xudo meni va oilamni bir balolardan asradi, menimcha! @Ijoddardi

Открыть в Telegram
Просмотры1 340+61%к среднему
Пересылки—
Реакции51
Комментарии—
#9467Текст
Просмотры1 320+58%к среднему
Пересылки—
Реакции30
Комментарии—
#9463Фото
Просмотры1 140+37%к среднему
Пересылки—
Реакции38
Комментарии—