1-ish yili uchun xodimga ish beruvchi 6 oydan so’ng ta’til berishga majburmi❓ SAVOL: Bir masalada rosa bahs ketmoqda. Iltimos, shu bahsga nuqta qo’yib bersangiz. Xodim 1-ish yili uchun har yilgi mehnat taʼtilini sh beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy oʻtganidan keyin so’rasa, ish beruvchi har yilgi mehnat taʼtilini berishga majburmi yoki kelishuv bilan hal qilinadimi bu masala❓ JAVOB: Har yilgi mehnat taʼtiliga bo’lgan huquq (keying o’rinlarda - ta’tilga bo’lgan huquq) va har yilgi mehnat taʼtilidan foydalanish huquqi (keying o’rinlarda - ta’tildan foydalanish huquqi) — mehnat huquqida bir-biridan farq qiladigan tushunchalar bo‘lib, ular xodimning qachondan boshlab ta’til olishga da’vogarlik qilish imkoniyati paydo bo‘lishi va qachon u amalda ta’tilga chiqishi mumkinligini belgilaydi. ✅ Ta’tilga bo’lgan huquq (huquqning yuzaga kelishi) Mohiyati: Bu ish yili uchun yillik haq to’lanadigan dam olish huquqini olishning qonun bilan kafolatlangan imkoniyatidir. Xususiyatlari: Xodimning ta’tilga bo’lgan huquqi ushbu ish beruvchidagi ilk ish kunidan boshlaboq yuzaga keladi (chunki ta’til olish huquqi ish yili davomida ishlangan vaqtga mutanosib ravishda to’planib boradi, MK 224-moddasi). ✅ Ta’tildan foydalanish huquqi (huquqni amalga oshirish) Mohiyati: Bu o’z ish o’rni va o’rtacha oylik ish haqini saqlab qolgan holda dam olishga ketib, ta’tilni amalda talab qilish va foydalanishning real imkoniyatidir. Birinchi yil uchun xususiyatlari: Umumiy qoidaga ko’ra xodimda birinchi ish yili uchun yillik mehnat ta’tilidan foydalanish (amalga oshirish) huquqi mazkur ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oydan keyingina yuzaga keladi. Istisnolar: 6 oy oʻtguniga qadar, xodimning arizasiga ko’ra ta’til ayrim toifadagi shaxslarga majburiy tartibda berilishi shart (masalan, voyaga yetmaganlarga, homiladorlik va tug’ish ta’tiligacha yoki undan keyin ayollarga, MK 227-moddasi 3-qismi va 400-moddada nazarda tutilgan boshqa hollarda). Shuningdek, taraflarning kelishuviga ko’ra ta’til istalgan xodimga 6 oydan oldin ham berilishi mumkin. Keyingi yillar uchun: Ikkinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’til tasdiqlangan ta’til jadvaliga muvofiq ish yilining istalgan vaqtida beriladi, MK 228-moddasi. ⚠️ Demak, xodim 6 oy ishlagandan keyin unga har yilgi mehnat ta’tilini berish borasida kelishmovchilik kelib chiqmasligi uchun, u ishga qabul qilingandan keyin mehnat ta’tilini berish masalasini hal qilib olish ya’ni har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqtini kelishib olib “Ta’tillar jadvali”ga kiritish maqsadga muvofiq boʻladi. ✅ Aks holda xodim 6 oy ishlagandan keyin xohlagan vaqtda ta’til berilishini talab qilishi va ish beruvchi uning bu talabini bajarishi shart boʻlib qoladi. Chunki MK 214-moddasiga (Xodimning taʼtil olish huquqini taʼminlash kafolatlari) ko’ra, ish beruvchi: xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan taʼtillar berishi; xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam boʻlmagan taʼtillar berilishini taʼminlashi; taʼtillar berish tartibiga rioya etishi; xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan taʼtillar sohasidagi qoʻshimcha huquq va kafolatlarni berishi SHART. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в TelegramHuquqshunos yordami
Реклама бериш учун👉 @Akbar_1504 Ҳуқуқшуносга саволлар юбориш учун 👇👇 @Online_maslaxatchii @telefon_orqali_maslaxat
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 10 нояб. 2026 г. | 4 770 |
| 11 нояб. 2026 г. | 5 300 |
| 12 нояб. 2026 г. | 4 790 |
| 13 нояб. 2026 г. | 4 680 |
| 14 нояб. 2026 г. | 4 520 |
| 15 нояб. 2026 г. | 4 480 |
| 16 нояб. 2026 г. | 4 320 |
| 17 нояб. 2026 г. | 4 510 |
| 18 нояб. 2026 г. | 4 250 |
| 19 нояб. 2026 г. | 4 630 |
| 20 нояб. 2026 г. | 3 210 |
| 21 нояб. 2026 г. | 3 060 |
| 22 нояб. 2026 г. | 3 760 |
| 23 нояб. 2026 г. | 2 720 |
| 24 нояб. 2026 г. | 3 220 |
| 25 нояб. 2026 г. | 2 390 |
| 26 нояб. 2026 г. | 1 230 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры5,3 тыс.Пересылки—Реакции11Комментарии—
- 02Просмотры4,79 тыс.Пересылки—Реакции10Комментарии—
- 03Просмотры4,77 тыс.Пересылки—Реакции9Комментарии—
- 04Просмотры4,68 тыс.Пересылки—Реакции18Комментарии—
Новые посты
📣 Ipoteka kreditlari böyiça subsidiyalarga arizalar qabul qiliş BUGUN soat 10:00 da boşlanadi. Ipoteka kreditlari böyiça subsidiyalar tölaşning maqsadli körsatkiçlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qiliş muddatida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qiliş boşlanişini maʻlum qilamiz. 📌 Ipoteka kreditlari böyiça subsidiya olişda ariza beruvçi ijtimoiy mezonlar asosida baholaş natijasiga köra 30 va undan yuqori ball töplaşi hamda kredit tarixi dasturda iştirok etuvçi kamida bitta tijorat bankining içki talablariga mos bölişi talab etiladi. Bunda ariza beruvçida, şu jumladan, uning turmuş örtoğining nomida respublikaning barça hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bölmasligi, şuningdek, örtaça oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bölişi lozim. Subsidiya oliş uçun quyidagi usullar: 🟣 Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qiliş; 🟣 myGov mobil ilovasi; 🟣 my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topşirişingiz mumkin. ❗️ Muhim eslatma: ➡️ Ariza beruvçi tomonidan ariza topşiriş (baholaş) davrida OneID tizimida şaxsga doir ma’lumotlarni boşqariş paneli orqali iştirok etuvçi tijorat banklariga kredit tarixini baholaş maqsadida tegişli ma’lumotlardan foydalaniş uçun ruxsat berilgan bölişi lozim (tijorat banklari röyxati ilovada). Şuningdek, kredit tarixini olişga çeklov vaqtinça örnatilmagan bölişi kerak. Aks holda, ariza beruvçining kredit tarixini örganiş imkoniyati çeklanib, uning arizasi rad etilişiga sabab böladi. ➡️ Harbiy tuzilmalar xodimlari bevosita davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda ariza topşirişlari mumkin. Ariza beruvçining kredit tarixi tijorat banklarining içki qoidalariga muvofiqligini baholaş orqali subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratiş dasturida iştirok etuvçi tijorat banklarining röyxati: 1. “Agrobank” ATB 2. “Aloqabank” ATB 3. “Asakabank” AJ 4. “Asia Alliance Bank” ATB 5. “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB 6. “Hamkorbank” ATB 7. “Ipak yöli” AITB 8. “Ipotekabank” OTP Group 9. “Mikrokreditbank” ATB 10. “Orient Finans” XATB 11. “Trastbank” XAB 12. “Turonbank” ATB 13. “Xalq banki” ATB 14. “Özmilliybank” AJ 15. “Özsanoatqurilişbank” ATB @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в Telegram❗️Ipoteka subsidiyasi uçun arizalar qabuli 25-noyabr kuni soat 10:00 da boşlanadi Avval taqdim etilgan subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qiliş boşlanmoqda. Subsidiya oliş uçun ariza beruvçi quyidagi talablarga javob berişi kerak: ➖ ijtimoiy mezonlar böyiça kamida 30 ball töplaşi; ➖ kredit tarixi dasturda iştirok etayotgan 15 ta bankdan kamida bittasining talablariga mos kelişi; ➖ özining va turmuş örtoğining nomida respublika hududida mulk huquqi asosidagi turar joy bölmasligi; ➖ örtaça oylik daromadi belgilangan mezonlar doirasida bölişi. Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari, MyGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali (https://my.gov.uz/uz/service/325) orqali topşiriş mumkin. ℹ️ Muhim: ariza topşirişda OneID tizimi orqali banklarga kredit tarixini örganiş uçun tegişli ma’lumotlardan foydalanişga ruxsat berilgan bölişi hamda kredit tarixini olişga çeklov örnatilmagan bölişi kerak. Aks holda, ariza rad etiladi. Harbiy tuzilmalar xodimlari bevosita Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda ariza topşirişlari mumkin. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в TelegramBARCHA FARZANDLARGA MEROS TENG TAQSIMLANADIMI ❓ SAVOL: Men yashayotgan uy qaynonamni nomida, qaynona vafot qilgan holda meros qanday taqsimlanadi? 4 ta farzandi bor qaynonamni. Javob uchun oldindan rahmat. ✅Javob: Fuqarolik kodeksining 1118-moddasi Merosxoʻrlar haqida. Unga ko‘ra: Meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin. Yuqoridagi qoidaga asosan, qaynonangizni 4 nafar farzandi teng merosxo‘r bo‘lishadi yaʼni har bir farzandiga 25 foizdan ulush ajratiladi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в Telegram1 yillik harbiy xizmatga chaqirilgan xodim, xizmatni o’tab kelsa avvalgi lavozimini berishimiz shartmi❓ JAVOB: Xodimning harbiy xizmatga chaqirilganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi MK 168-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan bekor qilinadi va MK 173-moddasida belgilangan tartibga ko’ra xodimga ishdan bo’shatish nafaqasi to’lab beriladi. ⚠️ Diqqat: Agar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat davrida, sodda qilib aytganda, 1 oylik armiya davomida xodimning ish oʻrni (lavozimi) va o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi, mehnat shartnomasi bekor qilinmaydi❗️ MK 102-moddasi (Ish beruvchi alohida asoslar boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimlarni qayta ishga qabul qilish tartibi) 3-qismiga ko’ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) xodim zaxiraga boʻshatilganidan yoki isteʼfoga chiqarilganidan keyin, agar u ishga joylashish masalasi boʻyicha ish beruvchiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoʻshinlaridan boʻshatilgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay murojaat qilgan boʻlsa, avvalgi ish joyida ishga joylashishda ustuvor huquqqa ega boʻladi. “Ustuvor huquq” nimani anglatadi? Ish beruvchi bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lsa, boshqa nomzodlardan oldin shu xodimni ishga olishga majbur. Agar bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lmasa, ish beruvchi xodimni ish bilan ta’minlashga majbur emas! MK 102-moddasi 4-qismiga ko’ra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan eʼtiboran koʻpi bilan uch oy oʻtgan boʻlsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega. Ya’ni harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan xodim zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqanligi sababli, agar xizmatga chaqirilib, ishga qaytib kelishi kunigacha uch oy oʻtmagan boʻlsa avvalgi ishiga qaytib kelish huquqiga ega. Bu holatda ish beruvchi xodimni avvalgi ishiga qabul qilishga majbur! Uning o'rnidagi xodimga esa MK 144-moddasi tartibida isgh taklif qilinadi, agr bo'sh ish o'rni bo'lmasa yoki xodim taklif qilingan ishni rad qilsa mehnat shartnomasi MK 168.1.2 ya'ni shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan bekor qilinadi! Demak, 102-moddaning 3-4-qismlariga diqqat qilinglar❗️ 3-qismda faqat ustuvorlik bor (ya’ni bo‘sh o‘rin bo‘lsa), 4-qismda esa “ustuvor huquq” emas — to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytish huquqi bor. Ya’ni ish beruvchida xodimni avvalgi ish joyiga qaytarish majburiyati mavjud! Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 49-bandiga ko’ra, Sudlar mehnat shartnomasini ushbu asos bilan bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda “Umumharbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonun normalariga ham alohida eʼtibor qaratishlari lozim. MKning 102-moddasiga koʻra, harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan), lekin keyinchalik zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqarilgan xodim, agar u harbiy xizmatga chaqirilgan (kirgan) kundan eʼtiboran uch oy oʻtmagan boʻlsa, avvalgi ish joyiga (lavozimiga) qaytish huquqiga ega. Ushbu asos boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda, sudlar xodimni harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganini tasdiqlovchi hujjat (chaqiruv komissiyasining maʼlumotnomasi va boshqa hujjatlar) taqdim qilinganligi va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanganligini tekshirishlari lozim. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в Telegram1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Xodim quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytiriş yoki boşqa muddatga köçiriş huquqiga ega: ▫️vaqtinça mehnatga qobiliyatsizlik davrida; ▫️homiladorlik va tuğiş ta’tilining muddati boşlanganda; ▫️har yilgi mehnat ta’tili öquv ta’tiliga töğri kelib qolganda; ▫️davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajariş davrida; ▫️jamoa kelişuvi yoki jamoa şartnomasida nazarda tutilgan boşqa hollarda. 👉 Xodim mehnat ta’tilidan foydalanişga tösqinlik qiluvçi sabablar vujudga kelganida, bu haqda iş beruvçini yozma ravişda xabardor etişi şart. ➡️ Batafsil @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в TelegramIş stajiga qöşib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi Qonunning 37-moddasi (“b” va “e” bandlari)ga köra, pensiya oliş huquqini beradigan iş stajiga quyidagilar qöşib hisoblanadi: ☑️harbiy xizmatni ötaş, şuningdek davlat xavfsizlik organlari, Milliy gvardiya va içki işlar organlaridagi xizmat; ☑️oliy taʼlim muassasalarida, aspirantura, doktorantura va boşqa ilmiy bosqiçlarda kunduzgi taʼlim oliş (jumladan, xorijda öqiş). ❗️ ESLATMA! 👉 Oliy taʼlimda öqigan davr iş stajiga qöşilişi uçun kamida 7 yil umumiy iş staji bölişi şart. Harbiy xizmat davrini iş stajiga qöşiş uçun esa oldindan iş staji talab etilmaydi. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в Telegram#ijtimoiy_yordam 1 MILLION SÖMLIK YORDAM VA KOMMUNAL KOMPENSATSIYALAR: KIMLARGA BERILADI? 2026/2027-yilgi isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam va kommunal kompensatsiyalar ajratiladi. 📌 1 million sömlik bir martalik yordam Ijtimoiy reyestrdagi hamda reyestrda bölmasa-da, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida va boshqa belgilangan mezonlarga mos ehtiyojmand oilalarga beriladi. 💳 Mablağlar 30-noyabrga qadar bank yoki ijtimoiy kartalarga ötkaziladi. ⚡️ Elektr energiyasi va tabiiy gaz Belgilangan mezonlarga mos oilalarning bazaviy me’yordan ortiq iste’moli uçun tariflar farqi qoplanadi. Gaz ta’minoti mavjud bölmagan yoki qiyin hududlarda isitiş mavsumi uçun elektr energiyasi bazaviy me’yori 350 kVt soat etib belgilangan. 🔥Ko‘mir va suyultirilgan gaz uchun qancha kompensatsiya beriladi? Belgilangan mezonlarga mos oilalarga: ✅Suyultirilgan gaz uchun — xarid qilingan har bir kilogrammga 3000 so‘mdan, oyiga 20 kilogrammgacha; ✅ mycoal.uz orqali xarid qilingan ko‘mir uchun — har bir tonnaga 300 ming so‘mdan, bir kalendar yilda jami 600 ming so‘mgacha kompensatsiya berilishi nazarda tutilgan. ❗️ Muhim: Bir martalik yordam va kommunal kompensatsiyalar alohida çoralar bölib, ularni oliş şartlari farqlanadi. 📍Batafsil ma’lumot uçun “Inson” markazi yoki mahallangizdagi ijtimoiy xodimga murojaat qiling. 📋Huquqiy asos: PF-236-son Farmon, Vazirlar Mahkamasining 601 va 602-son qarorlari. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в Telegram❓ Savol: Bobomning nomidagi uyni dadamga o‘tkazmoqchimiz. 5 nafar ammam bor, ular rozi. Vafot etgan amakim bor, shuning xotini ulush talab qilyapti. Lekin biror marta bobomdan xabar olmagan, umuman bordi-keldi qilishmaganmiz, nega ulush berishimiz kerak? 💬Javob: Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga ko‘ra "Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar". Ota-onasini umuman ko‘rmaganligi, parvarish qilmaganligi, meros qoldiruvchi bilan yomon munosabatda bo‘lganligi merosdan mahrum bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. Ushbu kodeksning 1145-moddasida merosxo‘r o‘ziga tegishi lozim bo‘lgan merosni, agar u keyinchalik merosdan voz kechmasa yoki vorislik huquqidan mahrum etilmasa, olish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan. @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в Telegram1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Tungi vaqtdagi işning davomiyligi va haq tölaş tartibi 🕙 Soat 22-00 dan to soat 06-00 gaça bölgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi. Iş davomiyligi: Har kun belgilangan iş davomiyligining kamida yarmi tungi vaqtga töğri kelsa, iş haftasining davomiyligi bir soatga qisqartiriladi. 📄 Jamoa şartnomasida boşqaça qoidalar mavjud bölmasa, iş davomiyligi qisqartirilmaydi. Tungi mehnat uçun haq tölaş: Vaqtbay tizimda: har bir soat uçun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyent. Işbay tizimda: soatlik tarif stavkasining ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida. Qöşimça tölovlar: tungi vaqtdagi iş uçun qöşimça tölovlar jamoa şartnomasida yoki içki hujjatlarda belgilanadi. ➡️ Batafsil @Huquqshunos_yordami Savol yuborish uchun 👇👇 @Online_maslaxatchii
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Huquqiy axborot | Lex.uz@lexuzofficialПраво23,6 тыс.
Prokuratura Departamenti@department_uzПраво22,1 тыс.
Advice.uz huquqiy axborot kanali@advice_uzПраво27,5 тыс.
Advokat Abdullayev | Rasmiy@advokat_abdullayevПраво28,7 тыс.
Қарақалпақстан Республикасы прокуратурасы@qrprokuraturaПраво30,1 тыс.
Soliq Servis@soliqservisПраво31,4 тыс.
Законы и постановления Узбекистана@bhblawПраво31,6 тыс.
Odil sudlov akademiyasi | Rasmiy kanal@odilsudlovakademiyasiПраво18,8 тыс.
Кого упоминает
my.gov.uz@mygovuz1 упоминание