Кабинет
Farengeyt Press

Farengeyt Press

Ilmiy-ommabop, ma’rifiy adabiyotlarni nashrga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy-tadbirkorlik loyihasi. Email: [email protected]

Юзернейм
@farengeyt_press
Категория
Книги
Страна
УзбекистанУзбекистан
Подписчики1 075+2 за 1 день
Просмотров на пост, 7 дн.—за 7 дней
ERR—

Подписчики, 30 дней

23 нояб. – 24 нояб.+2 (+0,2%)

Показать таблицей
ДатаПодписчики
23 нояб. 2026 г.1 073
24 нояб. 2026 г.1 075

Новые посты

#169Фото
Просмотры1 100
Пересылки—
Реакции16
Комментарии—
#167Фото
Просмотры8 580
Пересылки—
Реакции21
Комментарии—
#166Видео
Просмотры866
Пересылки—
Реакции10
Комментарии—
#165Видео
Просмотры694
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#164Видео
Просмотры590
Пересылки—
Реакции11
Комментарии—
#162Фото

“…Eng muhimi shuki, ehtiros, namoyish yoki undovlar argument emas. Sizning (yoki boshqa birovning) biror da’voga qattiq ishonishingiz boshqalar ham ishonishi uchun sabab bo‘la olmaydi. Ba’zan shovqin va g‘azab qanchalik baland bo‘lsa, dalillar shunchalik zaiflashadi. Ishtiyoq va qat’iyat yaxshi argumentlarga baribir muhtoj. …Ushbu kitobda berilgan qoidalarni o‘zlashtirar ekansiz, nafaqat o‘z hayotingizda chinakam o‘zgarish qilish uchun zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz, ya’ni eshitganingizni quruq takrorlash yoki ommaga ergashish o‘rniga mustaqil va puxta o‘ylangan yo‘lingizni topasiz, balki ehtimol ommaviy bahslarni ham qayta jonlantirishga hissa qo‘sha olasiz. Agar boshqalar ko‘rmagan narsani payqay olsangiz, ishonchliroq manbalar keltirsangiz yoki kengroq tafakkur yo‘lini ochib bersangiz, boshqalar buni sezadi. G‘avg‘o va betartiblik ichida yangragan bosiq va oqil fikr qadrlanadi. Bunday fikrni ilgari surgan kishi yetakchiga aylanadi. Boshqalar tanqidiy fikrlamayotgan paytda shunday fikrlash orqali siz kuchliroq, erkinroq va atrofdagi muhitga ta’sir o‘tkazishga qodirroq bo‘lasiz. Demak, boshqalar nima qilishidan qat’i nazar, siz yanada konstruktiv bahs yurita olasiz, garchi bu ba’zan tavakkal qilishni talab etsa ham. Siz ijobiy taklif bera olasiz... eng yaxshi dalillarni izlay olasiz... ehtiyotkorlik bilan umumlashtira olasiz... statistikaga hushyor qaraysiz... yorqin va o‘rinli o‘xshatishlardan foydalana olasiz. Faqat eng ishonchli manbalardan foydalaning. Qarshi e’tirozlarni mufassal bayon eting va ularga javob berishga harakat qiling... Bu oson emas, albatta. Haqligingizga ham kafolat yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, deyarli kafolatlangan xatodan ancha yaxshiroq bu, shunday emasmi? Mening undovim shu: fikringizni tiniq, argumentlaringizni to‘kis qiling. Puxta o‘ylashga, manbalarni tanqidiy baholashga, konstruktiv muloqotga, fikr va ifodada aniqlikka intiling. Biz tanqidiy fikrlash va konstruktiv bahslar sinovdan o‘tayotgan bir zamonda yashayotgan ekanmiz, hozir chekinish fursati emas. Aksincha, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari aynan shunday zamonlar uchundir asli. Qaddingizni tik tuting, munosib bahs qiling.”

Открыть в Telegram
Просмотры864
Пересылки—
Реакции15
Комментарии—
#161Видео
Просмотры2 840
Пересылки—
Реакции25
Комментарии—
#159Фото

“Behalovat avlod”ni hali o‘qishga ulgurmadingizmi? Agar shunday bo‘lsa, qizib borayotgan global muhokamadan chetda qolyapsiz. Yevropa Komissiyasi bolalarni internetdagi xavflardan himoya qilishga qaratilgan yangi “EU Kids Act” loyihasini taqdim etdi. Taklifga ko‘ra, 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalana olmaydi, 13–15 yoshdagilar esa ota-ona nazorati ostida foydalanishi kerak bo‘ladi. Yangi qoidalar Facebook, Instagram yoki TikTok bilan cheklanmaydi. Video platformalar, onlayn o‘yinlar va bolalar foydalanadigan SI chatbotlar ham tartibga solinadi. Platformalarga qo‘yilayotgan talablarga qarang: - bolalar uchun qaramlikni kuchaytiruvchi funksiyalarni cheklash; - cheksiz scrolling va foydalanuvchini doimiy platformada ushlab turishga qaratilgan mexanizmlarni taqiqlash; - bolaning profiliga qarab ishlaydigan tavsiya algoritmlarini cheklash; - begona odamlarning bolalar bilan aloqasi oldini olish; - ota-onalar uchun qulay nazorat vositalarini yaratish; - foydalanuvchi yoshini tekshirishning samarali usullarini yo‘lga qo‘yish. Bu talablar “Behalovat avlod”da ilgari surilgan takliflardan ayrimlari, xolos. Talablarni buzgan kompaniyalarga global yillik daromadining 6 foizigacha jarima solinishi mumkin. Bu faqat Yevropa Ittifoqiga xos tashabbus emas. Shunga o‘xshash choralar yoki tashabbuslar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlarida ham paydo bo‘lmoqda. 👉🏻 Kitobni bu do‘konlardan topishingiz mumkin. #jonathan_haidt #anxious_generation #behalovat_avlod #raqamliavlod Facebook | Instagram | X

Открыть в Telegram
Просмотры1 190
Пересылки—
Реакции17
Комментарии—
#158Фото

“Asl intellekt” kitoblar turkumi – aqlingiz, fikringiz va mustaqilligingiz uchun Bugun sun’iy intellekt hayotimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib bormoqda. U matn yozadi, tahlil qiladi, rasm chizadi, hatto murakkab qarorlar qabul qilishda koʻmaklashadi. Ammo bu qulaylikning badali ham bor ko‘rinadi: agar barcha aqliy mehnatni texnologiyaga topshirib qoʻysak, insonning oʻz tabiiy, asl intellekti zaiflashib, dangasalashib borishi mumkin. Asl aql, tafakkur quvvati insonning bosh qo‘rg‘onidir. Shu bois sizga “Asl intellekt” turkum kitoblarni taqdim qilmoqchimiz. Nega aynan “Asl intellekt”? Ushbu turkumda chop etilajak kitoblardan ko‘zlangan bosh maqsad – tanqidiy fikrlash, mantiqiy asoslash va xulosalash, mustaqil mulohaza yuritish koʻnikmalarini parvarishlash, charxlash hamda rivojlantirishdir. Turkum doirasida talabalar va keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan, tushunarli va sara asarlar quyidagi yoʻnalishlarda nashr etiladi: Amaliy mantiq Tanqidiy fikrlash Ijodiy va tizimli fikrlash Turkum doirasida chop etilishi rejalangan ilk kitoblar qaysilar? “Asl intellekt” turkumini o‘qish, o‘rganish, fikrlash madaniyatini shakllantirishda poydevor boʻla oladigan uchta muhim asar bilan boshlashga qaror qildik: Sergey Povarnin. “Kitobni qanday oʻqish kerak?” Mutolaa faqat sahifalarni koʻzdan kechirish, nechta kitob o‘qish masalasi emas, balki chuqur mulohaza, tasavvur va tahlil jarayonidir. Ushbu kitob matnni toʻgʻri tahlil qilish, undagi bosh gʻoyalarni uqish va axborotni samarli oʻzlashtirishni o‘rgatadi. Anthony Weston. “Argument: asoslash va bahs mahorati” (A Rulebook for Arguments). Ushbu kitob fikrni mantiqan asoslash, dalillarni saralash, chalgʻituvchi mantiqiy xatolardan saqlanish, konstruktiv bahs yuritish madaniyatini oʻrgatuvchi amaliy qoʻllanmadir. Donella Meadows. “Tizimlar mantig’i: murakkab jarayon va muammolarni anglash” (Thinking in Systems) Muallif tizimlar va tizimli fikrlash mohiyatini sodda va hayotiy misollar bilan tushuntiradi, sabab va oqibatlar zanjirini, qayta aloqa halqalarini, yashirin bog‘liqliklarni va kichik o‘zgarishlar katta natijalarga olib boradigan vaziyatlarni ko‘ra olishni o‘rgatadi. “Asl intellekt” shunchaki kitoblar turkumi emas. Bu o‘z fikriga ega, dalil bilan mulohaza yurita oladigan, teran o‘qiydigan va mustaqil qaror qabul qiladigan insonni tarbiyalashga xizmat qiladigan loyiha. Bugungi sun’iy intellekt davrida asl ustunlik texnologiyadan foydalanishda emas, balki uni ongli boshqara oladigan kuchli tafakkurni shakllantirishdadir. Mazkur turkum ana shu yo‘lda sizning ishonchli hamrohingiz bo‘lishiga umid qilamiz.

Открыть в Telegram
Просмотры6 170
Пересылки—
Реакции45
Комментарии—

Все посты

Связи