HURMATLI HAMKASBLAR! Sizni Toşkent davlat tibbiyot universitetida 2026-yil 13-noyabr kuni bölib ötadigan "Bolalar salomatligini muhofaza qilişda pediatriya xizmatining ilmiy va amaliy jihatlari: innovatsiyalar va istiqbollar" mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda iştirok etişga samimiy taklif etamiz. Anjumanda pediatriya xizmatini rivojlantiriş, bolalar kasalliklarini taşxislaş va davolaş, klinik innovatsiyalar hamda tibbiy ta’limda sun’iy intellekt imkoniyatlari muhokama qilinadi. Sizning iştirokingiz va ilmiy fikrlaringiz anjuman faoliyatiga munosib hissa qöşadi. Hurmat bilan, Toşkent davlat tibbiyot universiteti, 1-son bolalar kasalliklari kafedrasi 📍Manzil: Toşkent davlat tibbiyot universiteti, asosiy kampus. 📍Lokatsiya Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram
O'zbekiston shifokorlari
Murojaat uchun: @Doctor_Muxtorov
Новые посты
⚡️“Eng yaxshi shifokor” tanlovi g‘oliblariga elektromobil beriladi Joriy yil ilk bor tuman bo‘g‘inidagi eng yaxshi shifokor va hamshira nominatsiyalari bo‘yicha viloyat tanlovlari o‘tkazilmoqda. Gʻoliblar 30 million so‘mdan mukofotlanadi. Kelasi yil rag‘bat yanada kuchaytiriladi: viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 nafar shifokor elektromobil bilan taqdirlanadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladigan eng yaxshi o‘nta loyiha muallifiga 200 million so‘mdan grant beriladi. Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram⚡️Shifokorlar uchun Ibn Sino nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi Prezident tibbiyot va farmasevtika sohasidagi o‘zgarishlarda 800 mingdan ziyod xodimning munosib hissasi borligini ta’kidladi. Yaqinda soha fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqida farmon imzolandi. Ular orasida tibbiyot xodimlari bilan birga tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mamlakatimiz yetakchisi davlat mukofotlarini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Inson salomatligini asrash, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va davolash usullarini joriy etishda barchaga o‘rnak bo‘layotgan tibbiyot xodimlari uchun alohida davlat mukofotini ta’sis etish tashabbusi ham ilgari surildi. U buyuk bobomiz Ibn Sino nomi bilan ataladi. Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram19 yoshdan kattalar uchun foydali kalkulyator - tana massa indeksi kalkulyatori! Vazningizni va boʻyingizni kiritsangiz boʻldi. Vazningiz normadami, ortiqcha vazn yoki semizlik bormi, aniqlab beradi. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov
Открыть в Telegram"Gʻazalkent" jamoasi futbolchilari O‘zbekiston Kubogi chorak finalida autizmli bolalar chizgan rasmlar tushirilgan libosda o‘ynadi Gʻazalkent futbol klubi Navbahorga qarshi O‘zbekiston Kubogi chorak finalida autizmli bolalar uchun maxsus ta’lim markazi tarbiyalanuvchilari yaratgan dizayn elementlari tushirilgan liboslarda maydonga tushdi. Klubning ma’lum qilishicha, futbolkalar savdosidan tushgan mablag‘larning barchasi autizmli bolalar ta’lim markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Yig‘ilgan mablag‘lar markazni rivojlantirish, maxsus uskunalar va o‘quv materiallarini xarid qilish uchun sarflanadi. Kanalimiz:👉@Dr_Muxtorov
Открыть в TelegramO‘zbekistonlik shifokor samolyotda ahvoli og‘irlashgan ayolga tibbiy yordam ko‘rsatdi O‘zbekistonlik shifokor Toshkentdan Seulga uchayotgan samolyotda ahvoli keskin yomonlashgan ayolning hayotini saqlab qoldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayol shok holatida bo‘lgan, tanasi ko‘karib, sovib ketgan. Tibbiy yordamdan so‘ng ayol o‘ziga kela boshlagan. «Bu holat shifokor uchun qahramonlik emas, bu bizning har kuni qilayotgan mashaqqatli mehnatimiz», – deydi Komilov. Manba👉 https://kun.uz/uz/49161988 Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram❗️O‘zbekistonda erkak shifokorlar ayol shifokorlarga nisbatan ko‘proq 📊 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda shifokorlar soni 112 420 nafarni tashkil etgan. 📊 Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 4 923 nafarga yoki 4,6 foizga ko‘p. ⬇️ Shifokorlarning jinsi bo‘yicha taqsimoti: 👩🏻⚕️ ayollar — 52 138 nafar (46,4 foiz); 👨🏻⚕️ erkaklar — 60 282 nafar (53,6 foiz). 🩺 Shuningdek, mazkur davrda har 10 ming nafar aholiga 29,4 nafar shifokor to‘g‘ri kelgan. Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram#Rezidentura (inside) 1. Akusherlik va ginekologiya - 5 yil 2. Umumiy jarrohlik - 5 yil 3. Neyrojarrohlik - 5 yil 4. Plastik jarrohlik - 5 yil 5. Yurak - qon tomir jarrohligi - 5 yil 6. Bolalar jarrohligi - 5 yil 7. Travmatologiya va ortopediya - 5 yil 8. Urologiya - 5 yil 9. Onkologiya - 5 yil 10. Yuz va jag' jarrohligi - 5 yil 11. Ichki kasalliklar / terapiya - 4 yil 12. Kardiologiya - 4 yil 13. Endokrinologiya - 4 yil 14. Gastroenterologiya - 4 yil 15. Nefrologiya - 4 yil 16. Gematologiya - 4 yil 17. Dermatovenerologiya - 4 yil 18. Nevrologiya - 4 yil 19. LOR (O'pka, burun, tomoq kasalliklari) - 4 yil 20. Pediatriya - 4 yil 21. Infeksion kasalliklar - 4 yil 22. Anesteziologiya - reanimatologiya - 3 yil 23. Oftalmologiya - 3 yil 24. Allergologiya va immunologiya - 3 yil 25. Psixiatriya - 2 yil 26. Oilaviy tibbiyot - 2 yil Rezidenturaga qabul qilingan talabalarga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdoriga nisbatan 2,15 koeffitsiyent miqdorida stipendiya to'lanadi. Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram🩺Tibbiy ta’lim va malaka tizimidagi asosiy yangiliklar 👩⚕️ Oliy ma’lumotli hamshiralar “Oliy hamshiralik ishi” → “Oliy tibbiy hamrohlik ishi”ga o'zgartiriladi. Ayollarga hamshira, erkaklarga tibbiyot og‘asi kvalifikatsiyasi beriladi. Bakalavr va magistr bitiruvchilariga mos ravishda 1 va 2 MHTEKM miqdorida ustama beriladi. Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda yangi maktab tashkil etiladi. ✍️ Davlat ro‘yxatidan o‘tish! 2027-yil 1-iyuldan yangi davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladi. 2030-yilgacha ixtiyoriy bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish maxsus imtihon yoki malaka toifasi berilganda avtomatik amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish 5 yilga beriladi. Imtihondan o‘tolmagan xodim ishdan chetlatilmaydi, 1 yil ichida qayta topshiradi. 3 yil va undan ko‘p ishlamaganlar ixtisoslashuv kursidan o‘tib qayta ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. 20+ yil staj va ilmiy darajaga ega shifokorlar imtihonsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ya'ni shifokorlar o'rtasidagi toifa, daraja, attestatsiya kabi tushunchalar "Davlat ro'yxatidan o'tish"ga o'zgaradi, har 5 yilda 1 marta imtihon. *Rezidentura esa mutaxassisliklarga qarab 3 yildan 7 yilgacha muddat davom etadi. Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в Telegram🩺 Tibbiy ta’limdagi asosiy o‘zgarishlar 2027/2028-o‘quv yilidan tor ixtisoslikdagi shifokorlar faqat rezidentura orqali tayyorlanadi. Klinik ordinaturaga qabul bekor qilinadi. Qisqa muddatli qayta tayyorlash orqali yangi tor mutaxassislik olish bekor qilinadi. Magistratura endi tor ixtisoslikdagi shifokor tayyorlamaydi — ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi. Rezidentura davlat granti asosida bo‘ladi va rezidentlarga 2,15 × eng kam ish haqi miqdorida stipendiya beriladi. Rezidentura bitiruvchisiga Milliy malakalar ramkasining 7-darajasi diplomi beriladi va doktoranturaga kirish imkoniyati bo‘ladi. “Davolash ishi” → 6 yillik “Umumiy tibbiyot” dasturiga o‘tadi: 5 yil ta’lim + 1 yil uzluksiz klinik amaliyot (5+1). Shifokorlik yo‘nalishlarida ta’limni o‘zlashtirish uchun minimal talab 70%, o‘rta tibbiyot uchun 60% etib belgilanadi. Kontrakt asosida qabul uchun ham kamida 60% natija talab qilinadi. Tibbiyot OTMlarida klinik bazalar, simulyatsiya markazlari va dalillarga asoslangan tibbiyot majburiy kuchaytiriladi. Qisqasi: tizim “6 yil Umumiy tibbiyot → rezidentura → tor mutaxassislik” modeligao‘tmoqda. Kanalimiz👉@Doctors_Uzbekistan
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Sog‘liqni saqlash vazirligi@ssvuzМедицина108 тыс.
Akmal Farm Medical@akmalfarmmedicalМедицина1,07 тыс.
PHARMCLUB.UZ@pharmclubuzМедицина1,07 тыс.
Davo travel@davotraveluzМедицина1,12 тыс.
Kadirov's Team@teamkhadirovМедицина1,14 тыс.
KDM Uzbekistan@kdmuzbekistanМедицина1,14 тыс.
Doktor Hikmatullo | Oftalmolog@doktor_hikmatulloМедицина1,2 тыс.
Planbaby.uz Sog'lomlashtirish Markazi@planbaby_companyМедицина1,26 тыс.
Кого упоминает
Sog‘liqni saqlash vazirligi@ssvuz1 упоминание