Ehtiyot bo‘ling... Bular koʼp kanallarda va shu qatori mening kanalimning izohlariga shunaqa xabarlar yozishadi. Goʼyoki farmon qabul qilinib pul tarqatiladi, rasmiy saytga kiring deydi. Lekin, rasmiy sayt ichida oʼzlarini linklari boʼladi. Agar kirsez telegram profilizga kirib olishlari, plastik kartangiz dostupiga ega boʼlishlari va hatto nomizga kredit olishlari mumkin. Har kuni joʼnatishadi, bot oʼchira olmagani uchun qoʼlda oʼchirishga togʼri keladi. Vaqtincha bular havsalasi pir boʼlguncha kommentariyani yopib turaman! @dilyorbek_husanov
Открыть в Telegram
Dilyorbek | Biznes va Marketing
Kichik va oʼrta bizneslar uchun real bizneslar tahlili, marketing keyslar va mijoz jalb qilish bo‘yicha amaliy yechimlar. Men Dilyorbek, @MSD_Agency asoschisi. Biznes va marketingda 9 yillik tajribamni siz bilan bo‘lishib boraman. ✍️ @dilyorbek_msd
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 28 окт. 2026 г. | 655 |
| 31 окт. 2026 г. | 491 |
| 3 нояб. 2026 г. | 448 |
| 7 нояб. 2026 г. | 475 |
| 9 нояб. 2026 г. | 415 |
| 11 нояб. 2026 г. | 486 |
| 17 нояб. 2026 г. | 350 |
| 24 нояб. 2026 г. | 201 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры655Пересылки—Реакции12Комментарии—
- 02Просмотры491Пересылки—Реакции9Комментарии—
- 03Просмотры486Пересылки—Реакции11Комментарии—
- 04Просмотры475Пересылки—Реакции9Комментарии—
Новые посты
Nega ba’zan o‘zimizga kerak bo‘lmagan narsani ham sotib olamiz? Chunki inson har doim ham qarorni mantiq bilan qabul qilmaydi. Yangi telefon ko‘rasiz. Dizayni yoqadi, kamerasi hayratlantiradi, o‘zingizni shu telefon bilan tasavvur qilasiz. Sotib olasiz. Keyin esa: «Eski telefonim eskirgandi, bunisi tezroq ishlaydi», deb o‘zingizga izoh berasiz. Marketingda bu juda muhim kuzatuv. Mijoz avval mahsulotga nisbatan hissiy munosabat hosil qiladi, keyin esa xaridini mantiqiy sabablar bilan asoslaydi. Shuning uchun mahsulotning faqat xususiyatlarini emas, u mijozga qanday his va tajriba berishini ham ko‘rsatishni bilish kerak. Odamlar mahsulotni ko‘radi, lekin ko‘pincha o‘zlari his qilmoqchi bo‘lgan tuyg‘uni sotib oladi. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramSotuvdagi eng kuchli variant ba’zan umuman sotilmaydi Marketingda shunday paradoks bor: ba’zan sotilmaydigan mahsulot boshqa mahsulotlaringizni ko‘proq sotishga yordam beradi. Buni "The Economist" jurnali obuna tajribasida ko‘rish mumkin. Mijozlarga elektron obuna 59 dollar, faqat bosma jurnal 125 dollar, bosma va elektron obuna birgalikda esa 125 dollardan taklif qilingan. Faqat bosma jurnal varianti deyarli hech kimga kerak bo‘lmagan. Lekin aynan shu taklif uchinchi variantni juda manfaatli ko‘rsatgan. Tajriba natijasi ham qiziq: uchta taklif mavjud bo‘lganida 84 foiz ishtirokchi to‘liq obunani tanlagan. Bosma jurnal varianti olib tashlanganda esa bu ko‘rsatkich 32 foizga tushib ketgan. Bu hodisa Decoy Effect deb ataladi. Ya’ni, sotish uchun emas, boshqa taklifning qiymatini oshirib ko‘rsatish uchun qo‘yilgan variant. Masalan, biznesingizda konsalting xizmati uchun uchta paket taklif qiling. O‘rtadagi paketdan biroz yuqoriroq narxda, lekin sezilarli ko‘proq imkoniyat beradigan premium paket yarating. (Huddi rasmdagi kofe narxlariga oʼxshab) Faqat bir narsa bu effekt bilan agar mijozga haqiqiy qiymat berilmasa, bu usul uzoq muddat ishlamaydi. Marketingda narx belgilash — shunchaki raqam qo‘yish emas. Bu mijozning qaror qabul qilish jarayonini tushunish va taklifni to‘g‘ri taqdim etish san’atidir. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramHarakat qilmasangiz, natija ham bo‘lmaydi Ko‘pchilik biznesida o‘zgarish bo‘lishini kutadi. Yangi mijozlar, ko‘proq savdo, katta daromad… Lekin bir narsani unutamiz: natija kutishdan emas, harakatdan boshlanadi. Bugun MSD marketing agentligida ham shunday quvonchli yangilik bo‘ldi. Xizmatlarimiz orqali mijozimizga potensial katta mijoz topishda yordam berdik. Natijada ular yirik shartnoma imzolashdi. Bu bir kunda sodir bo‘lgani yo‘q. Izlanish, taklif tayyorlash, aloqaga chiqish va davomiy harakatlar natijasi. Bugun qilgan kichik harakatingiz ertaga katta imkoniyatga aylanishi mumkin ekan. Harakatning natijasi darhol ko‘rinmasligi mumkin. Lekin harakatsizlik hech qachon natija bermaydi. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramMarketing — bu faqat reklama yoki ijtimoiy tarmoq yuritish emas Ko‘pchilik biznes egalari marketing deganda SMM, target reklama yoki kontent tayyorlashni tushunadi. Aslida esa marketing ancha keng jarayon. Reklama — uning faqat bir qismi. MSD Marketing Agentligi sifatida biz marketingga biznesning A dan Ya gacha bo‘lgan jarayoni sifatida qaraymiz. Avval biznesni o‘rganamiz: mahsulot yoki xizmat, mijozlar, raqobatchilar va bozordagi imkoniyatlarni tahlil qilamiz. Keyin marketing strategiyasi, pozitsiyalash va mijozga taklif qilinadigan qiymatni ishlab chiqamiz. Shundan so‘ng mijozlarni jalb qilish kanallari, kontent, reklama va sotuv jarayonlarini yo‘lga qo‘yamiz. Zarur hollarda CRM tizimi orqali murojaatlar, mijozlar va sotuvlarni hisobga olish hamda nazorat qilishni tashkil qilamiz. Eng muhimi, ish reklama ishga tushirilishi bilan tugamaydi. Natijalarni kuzatamiz, tahlil qilamiz va kerakli o‘zgarishlarni kiritamiz. Nima uchun bunday yondashuv muhim? Chunki reklama mijoz olib kelishi mumkin, ammo uni kutib olish, taklifni tushuntirish, sotuvga aylantirish va qayta xaridga olib kelish uchun ham tizim kerak. MSD'ning asosiy vazifasi — biznesga shunchaki marketing xizmatlarini ko‘rsatish emas, balki marketing va sotuv jarayonlarini bir-biriga bog‘langan, o‘lchanadigan va boshqariladigan tizimga aylantirishga yordam berish. Biz uchun yaxshi marketing — bu chiroyli reklama emas, biznesning o‘sishiga xizmat qiladigan ishlaydigan tizimdir. Biz MSD'da aynan shu yondashuv asosida ishlaymiz. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramKichik qadamlar kuchi... Ko‘pchilik hayotini o‘zgartirishni xohlaydi, lekin ulkan qadam tashlashdan qo‘rqadi. Aslida esa katta o‘zgarishlar ulkan qadamdan emas, balki kichik qadamlar bilan boshlanadi. Masalan, til o‘rganmoqchisizmi? Har kuni 5 daqiqa ajrating – yil oxiriga borib, yuzlab so‘zlarni bilasiz. Sport bilan shug‘ullanishni xohlaysizmi? Dastlab 10 daqiqa mashq qilib ko‘ring. Katta muvaffaqiyatga yetaklovchi sir – davomiylik va sabr. Bugun kichik bir qadam tashlab ko‘ring, ertaga u hayotingizni o‘zgartirishi mumkin! @dilyorbek_husanov
Открыть в Telegram#MingFikr 010/1000 Nega odamlar bir xizmat uchun millionlab so‘m to‘lashadi, boshqa xizmatning arzon narxiga ham qiziqishmaydi? Chunki xaridor narxning o‘ziga emas, undan oladigan qiymatiga qaraydi. Odamlar asosan uchta sabab bilan pul sarflashadi: 1. Muammoni hal qilish uchun. Og‘riqdan qutulish, stressni kamaytirish yoki muammoni ortda qoldirish. 2. Qulaylik uchun. Vaqtni tejash, ishni tezroq bajarish, ortiqcha harakat va murakkablikdan qochish. 3. Taassurot uchun. Yaxshi his qilish, zavqlanish, yangi tajriba orttirish va esda qolarli lahzalarni yaratish. Masalan, odam taksiga faqat bir manzildan boshqasiga borish uchun emas, vaqtini tejash va qulaylik uchun ham pul to‘laydi. Xizmatingizni mijozga berayotgan qiymatini ko‘rib chiqing. Balki xizmatingizni o‘zi emas, mijoz undan oladigan natija yetarlicha tushuntirilmayotgandir. Kuchli marketing aynan shu qiymatni ko‘rsatishdan boshlanadi. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramSotuvni oshirmoqchimisiz? Avval mijoz «nima uchun?» savoliga javob bering Nima uchun odamlar bir xizmat uchun millionlab so‘m to‘lashga tayyor, boshqasini esa hatto arzon bo‘lsa ham sotib olishmaydi? Chunki xarid qarori faqat narxga bog‘liq emas. Odam mahsulot yoki xizmat orqali qanday natijaga erishishini ham hisobga oladi. U ko‘proq pul topishni, vaqtini tejashni, ortiqcha mehnatdan qutulishni, qulaylikni yoki xotirjamlikni xohlashi mumkin. Ba’zan esa uning uchun hurmat, e’tibor va boshqalarning tan olishi muhimroq bo‘ladi. Shuning uchun kuchli marketing mijozga shunchaki mahsulot taklif qilmaydi. U mijozning ehtiyojini tushunib, taklifning aynan qaysi jihati unga foyda berishini ko‘rsatadi. Masalan, odam sport zaliga faqat mashq qilish uchun emas, sog‘lomroq bo‘lish, o‘ziga ishonchini oshirish yoki tashqi ko‘rinishini yaxshilash uchun ham boradi. Mijozni xaridga undaydigan sababni tushunmasdan, faqat reklama budjetini oshirish bilan savdoni barqaror rivojlantirish qiyin. Marketingda eng muhim savollardan biri: «Biz nimani sotamiz?» emas, balki «Mijoz buni nima uchun sotib olishi kerak?» degan savoldir. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramBoshqalardan ajralib turish uchun ba’zan qoidani o‘zgartirish kerak Tasavvur qiling: ish qidiryapsiz. Rezyume tayyor, tajribangiz yozilgan, ko‘nikmalaringiz sanab o‘tilgan. Ammo yuzlab nomzodlar orasida sizni qanday eslab qolishadi? Bu yigit bu savolga noodatiy javob topdi: o‘zi haqida interaktiv veb-sayt yaratdi. Bu yerda odatiy tarjimai holni o‘qish bilan cheklanmaysiz. Uning qo‘llari va oyoqlarini tortishingiz, pulsini o‘lchashingiz, hatto ichki organlarini ko‘rishingiz mumkin. Ha, sayt shu darajada noodatiy! Bu marketingda ham muhim tamoyil: e’tiborni jalb qilish uchun faqat nima deyishingiz emas, uni qanday taqdim etishingiz ham ahamiyatli. Xizmatingiz boshqalarnikiga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Ammo uni taqdim etish usulingiz boshqacha bo‘lsa, odamlar aynan sizni eslab qolishi ehtimoli ortadi. Ishga kirayotgan tanishingizga joʼnatib qoʼying 😊 @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramSamaradorlikni oshirish uchun uchta bloknot... Biznesda har kuni o‘nlab fikrlar, yangi g‘oyalar, mijozlarning talablari, vazifalar va qarorlar paydo bo‘ladi. Ularning barchasini xotirada saqlash esa miyani keraksiz ma’lumotlar bilan band qiladi. Shuning uchun men o‘zim uchun oddiy tizim yaratganman: uchta bloknot, uchta vazifa. Kattasi — strategiya va qarorlar. Katta ishlar, biznes rejalar, muhim keyslar va qarorlarimni katta bloknotga yozaman. Bu menga ishlarimga kengroq qarash va avvalgi qarorlarimni qayta ko‘rib chiqish imkonini beradi. Oʼrtachasi — bilim va tajriba. Marketing, biznes va shaxsiy brend bo‘yicha o‘rganganlarimni o‘rtacha bloknotga yozaman. Maqsadim shunchaki ma’lumot yig‘ish emas, foydali bilimlarni keyinchalik amaliyotda qo‘llash uchun saqlab borish. Kichigi — kundalik vazifalar. Mijozlar bilan uchrashuvlarda ularning ma’lumotlari, vazifalar, eslatmalar va chizmalarni kichik bloknotga qayd qilaman. Bu bloknot doim yonimda, shuning uchun kerakli ma’lumotni darhol yozib olishim mumkin. Nega bularni telefonda emas, bloknotda yozaman? Telefonda yozish ham qulay, albatta. Lekin bildirishnomalar, xabarlar va boshqa ilovalar diqqatni chalg‘itishi mumkin. Bloknotni ochib, fikrni yozish esa ko‘pincha diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi. Bundan tashqari, sahifalarni varaqlab, oldingi qaydlarimni ko‘rish, turli fikrlar orasidagi bog‘liqlikni topish va yoniga yangi g‘oyalarni chizib qo‘yish menga qulay. Samaradorlik har kuni ko‘proq ish qilish emas. Bu — muhim narsalarni unutmasdan, kerakli paytda to‘g‘ri ishga e’tibor qarata olish. Xotirangizga ortiqcha yuk tushirmang. Fikrlarni yozib boring, vazifalarni qayd qiling, qarorlaringizni saqlang. Chunki xotira fikrlarni saqlash uchun emas, ular ustida ishlash uchun ham kerak. @dilyorbek_husanov
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Conect Channel@conect_uzМаркетинг, PR, реклама1,16 тыс.
marketing.uz@uzbekmarketingМаркетинг, PR, реклама4,49 тыс.
Sadriddin Abdurahimov@janob_marketologМаркетинг, PR, реклама5,24 тыс.
Foydali SMM Yangiliklari 🔔@foydalismm_uzМаркетинг, PR, реклама9,38 тыс.
Вовлекай и Властвуй | Киняпин Андрей@pinkreativeМаркетинг, PR, реклама1,21 тыс.
Янчковская про маркетинг@alenatalkingМаркетинг, PR, реклама1,22 тыс.
Траектория@trajectoriyaМаркетинг, PR, реклама1,2 тыс.
TextBack о мессенджер-маркетинге@textback_ruМаркетинг, PR, реклама1,2 тыс.