👺 O‘zbekistonning 27 million fuqarosiga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bazasi Dark Web’da tarqalgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, "Butterfly" guruhi arxivda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqamlari, shaxsiy identifikatsiya raqamlari (JShShIR), yashash manzillari, pasport ma’lumotlari hamda biometrik fotosuratlari mavjudligini da’vo qilmoqda. 🔐 Ma’lumotlar sizib chiqqanining haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida xakerlar O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatovning shaxsiy ma’lumotlarini ham dalil sifatida taqdim etgan. Kiberjinoyatchilar talablar bajarilishi uchun 2-noyabr kuni soat 08:00 gacha muddat belgilagan. Agar ushbu muddatgacha ularning talablari bajarilmasa, ma’lumotlar ochiq savdoga (public sale) chiqarilishi aytilmoqda. ⚠️ Eslatma: Hozircha ma’lumotlar sizib chiqqani va arxivdagi ma’lumotlarning to‘liq haqiqiyligi mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. 🤖 Voqealar rivojini bizda kuzatib boring! ↘️ @CybersUz - t0 b3 4n0n1m!
Открыть в Telegram
Uzb Dasturchilar | CybersUz
Axborot Texnologiyalari, Dasturlash, Kiberxavfsizlik Shaxsiy IT-Blogga xush kelibsiz! 》 instagram.com/uzcybers 》 youtube.com/UzMastersTV Admin: @UDGuz Kanaldan ma'lumot olayotganda manba ko'rsatilishi shart! ©UDG & CybersUz™ 2017-2026
Средние просмотры поста по дням
По дню публикации
Показать таблицей
| Дата | Просмотров на пост |
|---|---|
| 30 окт. 2026 г. | 440 |
| 1 нояб. 2026 г. | 325 |
| 2 нояб. 2026 г. | 569 |
Самые просматриваемые за месяц
- 01Просмотры569Пересылки—Реакции13Комментарии—
- 02Просмотры440Пересылки—Реакции11Комментарии—
- 03Просмотры325Пересылки—Реакции1Комментарии—
Новые посты
#hacktime Toshkent Iqtisodiyot va Texnologiyalari Universitetining rasmiy www.uztitu.uz sayti "RootSecUz" nomli xakerlar jamoasi tomonidan "deface" qilindi. Videoda saytda zaifliklar qanday topilgani ko'rsatilgan Hozirda sayt ishlamayapti... P.S: "Katta hack" deganimiz bu emas, u haqida batafsil e'lon qilamiz. ↘️ @CybersUz - t0 b3 4n0n1m!
Открыть в Telegram👺 Data Leak: MobiUz kiberhujumga uchradi! DarkNet'da O'zbekiston mobil operatori MobiUz axborot tizimiga kiberhujum qilingani haqida xabar tarqaldi. Xabarga ko'ra, xaker (ByteToBreach) Active Directory infratuzilmasiga ulangan 280 ta kompyuterga kirish huquqini qo'lga kiritganini ma'lum qilgan. Bu orqali u: - foydalanuvchi hisob ma’lumotlari, - pochta serverlari, - domen administrator huquqlari, - billing xizmatlari, - SMS-shlyuzlar, - Minio S3 repozitoriylari, - MyID yuzni aniqlash tizimiga kirish imkoniga ega bo‘lganini bildirgan. 🔐 Shuningdek, mobil operatorning 8 ta ma'lumotlar bazasi, taxminan 3000 ta xodimning shaxsiy ma'lumotlari va korporativ mijozlar hujjatlari qo'lida ekanini ta'kidlagan. ⚠️ MobiUz matbuot xizmati kiberhujum faktini tasdiqladi, lekin mijozlar ma'lumotlariga kirish bo'lganini rad etdi. Operator tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda batafsil tekshiruvni davom ettirayotganini va axborot tizimlarini himoya qilishni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirayotganini ma'lum qildi. ↘️ Ushbu xabarni yaqinlaringiz va do'stlaringizga ham ulashing, fikrlaringizni izohlarda qoldiring, reaktsiya* bildiring, bizni qo'llab-quvvatlang va eng asosiysi kanalimizga obuna bo'lib, bizni kuzatib boring! Kibergigiyena qoidalariga amal qilishni unutmang! @CybersUz - t0 b3 4n0n1m!
Открыть в Telegram🔒 Phishing hujumi va NetSupport RAT: O‘zbekiston IT tizimlariga yangi tahdid 📣 Shu va boshqa foydali maqola va yangiliklarni biz bilan birga kuzating! ↘️ Maqolani o'qish ✉️ Kanal: @CybersUz
Открыть в Telegram👺 O‘zbekistonda yirik data leak 3-fevral kuni, ijtimoiy tarmoqlarda 15 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarolariga oid shaxsiy ma’lumotlar Dark Web’da e’lon qilingani haqida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu hodisani Kiberxavfsizlik markazi ham inkor etmadi. ☁️ Xabarlarga ko‘ra, xakerlar davlatning asosiy autentifikatsiya tizimi — OAuth serverini buzib kirib, foydalanuvchilarga oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. Mazkur server Ichki ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish kompaniyasi kabi davlat va nodavlat axborot tizimlarida avtorizatsiya qilish uchun ishlatiladi. 📂 Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘irlangan baza quyidagi shaxsiy ma’lumotlardan iborat: - fuqaroning surati, - ism va familiyasi, - telefon raqami, - yashash manzili, - tug‘ilgan sana, - pasport ma’lumotlari, - elektron pochta manzili. 🔎 Kiberxavfsizlik markazi hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilayotganini va qo‘shimcha rasmiy ma’lumotlar taqdim etishini ma’lum qildi. ⚠️ Bunday holatda fuqarolar nima qilishi kerak? • OneID tizimidagi parolingizni darhol o‘zgartiring • Shubhali havolalarga kirmang, noma’lum manbalardan fayl yuklamang • Notanish raqamlardan kelgan SMS-kodlarni hech kimga aytmang, hech kimga ishonmang • Kibergigiyena qoidalariga qat’iy amal qiling ↘️ Bu borada foydali tavsiyalar kanalimizda mavjud. Bizni qo'llab-quvvatlang, izohlarda o'z fikringizni qoldiring, reaksiya* bildiring, do'stlarga ham ulashing. 🔒 @CybersUz
Открыть в TelegramDizayn orqali ijtimoiy sahifalar yoki reklama postlariga taklif havolasi sifatida ishlatsangiz bo'ladi. ➡️ Kanalimiz obunachilari uchun maxsus tuzildi! ↘️ Kanal: @CybersUz
Открыть в Telegram⚡️ Matrix uslubidagi cyber-terminal sahifa 🔥 Tez orada kodini joylaymiz ↘️ @CybersUz
Открыть в Telegram⚡️ Telegram Android foydalanuvchilari uchun to'liq yangilangan UI dizaynini taqdim etdi. Yangi interfeys iOS versiyasidan deyarli farq qilmaydi. Bu yangilik hozircha 12.3.0 beta versiyasida mavjud, rasmiy reliz sanasi hozircha noma'lum. ✉️ @CybersUz
Открыть в TelegramYangi Yil bayrami muborak bo'lsin! Aziz obunachilarimiz va barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi Yil bayrami bilan samimiy qutlab qolamiz. Oilangizga baxt va sihat-salomatlik tilaymiz. Bayram muborak bo'lsin! Hurmat ila UDG & CybersUz jamoasi!
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
AWS User Group Tashkent@awsusergrouptashkentТехнологии1,23 тыс.
ICT WEEK UZBEKISTAN 2027@ictweekuzbekistanТехнологии1,25 тыс.
Aziza | AI studio@aziza_ai_studioТехнологии1,29 тыс.
Huawei Uzbekistan@joinhuaweiuzbekistanТехнологии1,17 тыс.
RealSoft@realsoftuzТехнологии1,12 тыс.
Data Community Uz@datacommunityuzТехнологии1,08 тыс.
kamoloff.log@kamoloff_logТехнологии1,07 тыс.
HumbleBeeAI@humblebeeaiТехнологии1,44 тыс.