1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo’lsin! ✨ Har bir katta natijaning ortida o‘z vaqtida berilgan to‘g‘ri maslahat, ulashilgan tajriba va ishonch turadi. IT sohasida ham ustozning birgina tavsiyasi yangi bilim, yangi imkoniyat va hatto butun bir kasbiy yo‘nalishning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan bizga bilim va tajribasini ulashib, rivojlanishimizga turtki bergan barcha ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etamiz. Mehnatingiz, sabringiz va bergan bilimingiz uchun rahmat! Hurmat bilan, RealSoft jamoasi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Открыть в Telegram
RealSoft
O‘zbekistondagi yetakchi IT kompaniyalardan biri RealSoft kompaniyasining rasmiy telegram kanali. Website: https://realsoft.uz Instagram: https://urls.uz/Mh3yMYY YouTube: https://urls.uz/eVbYmMt Koll-markaz: 71 205 84 84
Новые посты
🎙 RS Podcastning yangi soni yana efirda! Bugun soat 19:00 da premyera! Bu galgi mehmonimiz: Nuruddin Iminoxunov Podcastda: 🔘 AI agent nima va u oddiy chatbotdan nimasi bilan farq qiladi? 🔘 AI agentlar bilan ishlangan eng qiziqarli case qaysi bo'ldi? 🔘 AI davrida junior dasturchiga o'rin qoladimi? 🔘 Sun'iy intellekt menejmentni ham tezlashtirdimi? 🔘 Coding rostdan ham "sekretar ishi"ga aylanib qoldimi? 🔘 Universitet diplomi bugun nima uchun kerak? 🔘 "Fishing" nima va IT gigiyena qanday saqlanadi? Shu kabi savollarga mutaxassisdan sodda va tushunarli javob oldik. ▶️ To'liq versiyani shu yerdan tomosha qiling: https://youtu.be/3lHnALGodnY Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Открыть в TelegramRealSoft kompaniyasi bosh direktori Hikmatullo Nasrullayevning Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tabrigi. 🇺🇿Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayotga intilishi, milliy qadriyatlarimiz va davlatimiz taraqqiyotining mustahkam poydevoridir. Bugun Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, bunyodkorlik ishlari va zamonaviy texnologiyalarning jadal rivoji mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirmoqda. Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka, xalqimizga farovonlik va hamjihatlik tilaymiz. Yangi Oʻzbekistonning bunyodkor va fidoyi xalqiga ulkan zafarlar, mamlakatimizga esa yanada yuksak taraqqiyot tilaymiz. Barcha yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy boʻlsin! https://youtu.be/w4p8BJCRaNM
Открыть в Telegram🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin! “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” g‘oyasi ostida nishonlanayotgan Mustaqillik bayrami — xalqimizning ezgu orzulari, bunyodkorlik salohiyati va kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan ulug‘ ayyomdir. Mustaqillik yillarida axborot texnologiyalari va raqamlashtirish yo‘nalishidagi yangilanishlar mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biriga aylanmoqda. Bugun yangi imkoniyatlar va zamonaviy texnologiyalar davrida RealSoft jamoasi ham innovatsion IT yechimlari orqali yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish, insonlar hayotini yanada qulay va samarali qilish yo‘lida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin dildan muborakbod etamiz! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Открыть в Telegram🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Tashkent viloyatining turli hududlaridan bir guruh faol yoshlar kompaniyamizda mehmon bo‘lishdi! “Yoshlar bilan uchrashuv” doirasida ishtirokchilar IT olamiga yaqindan nazar tashlab, kompaniyamiz faoliyati, zamonaviy kasblar va sohada o‘zini rivojlantirish imkoniyatlari haqida mutaxassislarimiz bilan suhbatlashdilar. Yoshlar uchun yangi bilim, foydali muloqot va katta motivatsiyaga boy uchrashuv bo‘ldi! Kelajakni bugungi yoshlar yaratadi. Biz esa ularning ilk qadamlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Открыть в Telegram🎙 RS Podcastning yangi soni yana efirda! Bugun soat 19:00 da premyera! Bu galgi mehmonimiz: Jamshed Djurayev Podcastda: 🔘 Smart Office qanaqa tizim va uni kimlar ishlatadi? 🔘 CMMI nima va u kompaniyaga amalda nima beradi? 🔘 Jarayonlarni tizimlashtirish va hujjatlashtirish qanday amalga oshiriladi? 🔘 CMMI Scrum va Agile'ga zid bo'lib qolmaydimi? 🔘 ISO standarti CMMI'dan nimasi bilan farq qiladi? 🔘 5-level qanday daraja va unga kim yeta oladi? 🔘 Sun'iy intellekt rivojlanishi ishsizlikni ko'paytiradimi? Shu kabi savollarga mutaxassisdan sodda va tushunarli javob oldik. ▶️ To'liq versiyani shu yerdan tomosha qiling: https://youtu.be/NBjY8zrQkZg Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Открыть в TelegramTRT World telekanalining NexTech dasturi O'zbekistonga tashrif buyurib, "The Digital Silk Road" — "Raqamli Ipak yo'li" maxsus sonini tayyorladi. Ko'rsatuvning bir qismi bizning loyihamizga bag'ishlandi. RealSoft investitsiyalar bo'yicha direktori Abdukarim Qodirov an'anaviy o'zbek bozorlarini raqamlashtirish tajribasi haqida so'zlab berdi. 📈 Bugungi kunda mamlakatimizda 300 dan ortiq bozor faoliyat yuritmoqda. Shundan 150 dan ortig'i «Raqamli bozor» tizimiga ulangan. Loyihaning maqsadi aniq: bozorlarda raqamli tartib o'rnatish — jarayonlarni shaffof qilish, korrupsiya holatlarining oldini olish, sotuvchi va xaridorlar uchun qulay muhit yaratish. Tizim nimalarni qamrab oladi: 🔃 Sun'iy intellekt (AI) — bozor hududiga o'rnatilgan kuzatuv kameralari rastalarning bandligi va mahsulot turini yuqori aniqlikda belgilaydi, savdo jarayonlarini kuzatish va tahlil qilish imkonini beradi. 🗂 Avtomatik hujjatlar — bozor ma'muriyati va savdo shaxobchalari o'rtasidagi shartnomalar avtomatik shakllanadi, har bir ijarachi uchun shaxsiy hisob varaqasi yuritiladi, to'lovlar va qarzdorlik holati real vaqtda yangilab boriladi. 🪧 Nazoratchilar uchun modul — rastalar bandligi va patta to'lovlari holati yagona tizimda ko'rinadi. Bu monitoringni kuchaytiradi, inson omilini va xatolarni kamaytiradi. 🚗 Avtoturargohni raqamlashtirish — kameralar orqali kirish-chiqish nazorati, to'lovlarning elektron qayd etilishi, tushumlar va transport oqimi bo'yicha aniq hisobotlar. 💻 Sotuvchilar uchun mobil ilova — ayni paytda ishlab chiqilmoqda. Ilova orqali sotuvchilar ijara va patta to'lovlarini naqd pulsiz amalga oshirish, to'lov tarixi hamda qoldiqni kuzatish va avtomatik eslatmalar olish imkoniga ega bo'ladi. 🪟 To'liq ko'rsatuv: https://youtu.be/Q5SwjNd9RwE?t=976 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube
Открыть в Telegram🎙 RS Podcastning yangi soni yana efirda! Bugun soat 19:00 da premyera! Bu galgi mehmonlarimiz: ▪️ Mukhammadkarim Tukhtaboev — CTO ▪️ Xondamir Abduxoshimov — Engineering Manager Podcastda: 🔘 Sun'iy intellekt rivojlanayotgan paytda tabiiy intellekt inqirozga uchrayaptimi? 🔘 AI'ni ishlatmaganlar haqiqatan orqada qolyaptimi? 🔘 Talabalar diplom va PhD ishlarini GPT'da qilishi qanchalik to'g'ri? 🔘 Nega ba'zi kompaniyalar AI'ni to'laqonli cheklamoqda? 🔘 Startaplarda AI qurib bergan mahsulot nimani hal qiladi, nimani yo'q? 🔘 Hayplarning qurboni bo'lmaslik uchun nima qilish kerak? Shu kabi savollarga mutaxassislardan sodda va tushunarli javob oldik. ▶️ To'liq versiyani shu yerdan tomosha qiling: https://youtu.be/9Prlx-30xBQ Obuna bo'ling, fikr bildiring va like bosishni unutmang! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube
Открыть в TelegramПереслано из Keeping | Онлайн бухгалтерия
Keeping platformasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida taqdim etildi Keeping vakillari O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligida platforma taqdimotini o'tkazdi. Uchrashuvda buxgalteriya hisobini raqamlashtirish, sun'iy intellekt asosida hujjatlarni tahlil qilish hamda 2027-yildan boshlanadigan Moliyaviy hisob tizimini xalqaro standartlarga o'tkazish jarayoni muhokama qilindi. Vazirlik RealSoft kompaniyasini ushbu yo'nalishdagi IT hamkorlaridan biri sifatida jalb etishni taklif qildi. 🔗 Batafsil: https://keeping.uz/news/keeping-iqtisodiyot-va-moliya-vazirligida Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Web-sayt | Instagram | Telegram | Telegram Bot | YouTube
Открыть в TelegramO'zbekistonda Easy Trip xalqaro turizm platformasi ishlab chiqildi RealSoft mamlakat turizm salohiyatini dunyoga tanitish maqsadida Easy Trip xalqaro platformasini ishlab chiqdi. Ilova orqali chipta va mehmonxona bron qilish, taksi chaqirish, gid xizmatidan foydalanish mumkin, shuningdek SafeTrip (SOS yordam) va EasyPay (QR-kod orqali to'lov) kabi qulaylik va xavfsizlik yechimlari mavjud. Platforma hozircha Buxoro shahrida sinov tariqasida ishlamoqda, keyingi bosqichda Samarqand va Xivaga ham kengayadi. Batafsil o'qish Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Instagram | Telegram | Facebook | LinkedIn
Открыть в TelegramСвязи
Похожие каналы
Data Community Uz@datacommunityuzТехнологии1,08 тыс.- kamoloff.log@kamoloff_logТехнологии1,07 тыс.
Huawei Uzbekistan@joinhuaweiuzbekistanТехнологии1,17 тыс.
AWS User Group Tashkent@awsusergrouptashkentТехнологии1,23 тыс.
Aziza | AI studio@aziza_ai_studioТехнологии1,3 тыс.
HumbleBeeAI@humblebeeaiТехнологии1,44 тыс.
TerraX@terrax_uzТехнологии1,46 тыс.
AICA | Central Asian Association for AI@aica_orgТехнологии1,69 тыс.
