#txty2026 #titf2026 #тмтя2026 #Buxoro ⚡️ TXTY–2026: Buxoro milliy hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etilmoqda “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida o‘tkazilayotgan “Souvenirs and Craft Fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasida Buxoro viloyatining 10 nafardan ortiq mohir hunarmandlari o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmada kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, qorako‘l terisiga ishlov berish, kashtachilik, milliy liboslar tayyorlash, pichoqchilik, miniatyura san’ati, kulolchilik hamda patdo‘zlik yo‘nalishlaridagi betakror hunarmandchilik mahsulotlari namoyish etilmoqda. Mazkur ko‘rgazma Buxoro hunarmandchiligini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, milliy mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish hamda hunarmandlar uchun yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 46 |
| 2 ч | 118 |
- Через 1 час46
- Всего сейчас118