Özbekiston 2027-yilda sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etildi CEOWORLD Magazine naşri tomonidan e’lon qilingan 2027-yilgi Travel Safety Ranking reytingida Özbekiston sayohat xavfsizligi darajasi juda yuqori deb baholangan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Bu e’tirof mamlakatimizda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, jamoat xavfsizligini mustahkamlaş hamda xorijiy sayyohlar uçun osoyişta muhit yaratiş borasidagi işlarning xalqaro miqyosdagi ifodasidir. Ma'lumot uçun: CEOWORLD Magazine — xalqaro biznes, iqtisodiyot, moliya, texnologiya va sayohat yönalişlarini yorituvçi ingliz tilidagi nufuzli onlayn naşr. Naşrning auditoriyasi dunyoning 180 dan ortiq mamlakatidagi 12,4 milliondan ziyod öquvçini qamrab oladi. Reytingda Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari ham xavfsizlik darajasi yuqori bölgan mamlakatlar sifatida e’tirof etilgan bölsada, Özbekiston «eng yuqori xavfsizlik" (Very High) toifasiga kiritilgan. Bunda mamlakatimizdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki osoyiştalik muhim omillar sifatida baholangan. Xususan, 2026-yilgi Global Peace Index natijalariga köra, Özbekiston dunyoning tinç mamlakatlari qatorida qayd etilgan. Şu örinda, reytingda qöşnilarimiz Qozoğiston 44-örin, Turkmaniston 57-örin, Qirğiziston 65-örin va Tojikiston 73-örinda qayd etilgan. Avvalroq, AQŞ Davlat departamenti Özbekistonni amerikalik sayyohlar uçun, xavfsiz sayohat yönalişi sifatida baholagan. Xususan, mamlakat uçun tört darajali sayohat xavfsizligi tavsiyalari tizimining 1-darajasi — "Exercise Normal Precautions" ("Odatiy ehtiyot çoralariga rioya qiliş") belgilangan. Bu sayohatçilar uçun xavfsizlik bilan boğliq xavflar eng past darajada ekanini va mamlakatga odatiy ehtiyot çoralariga rioya qilgan holda taşrif buyuriş mumkinligini anglatadi. Ma'lumot örnida, AQŞ Davlat departamenti xalqaro sayohatlar böyiça xavfsizlik tavsiyalarini tört darajaga ajratadi: 1-daraja — Exercise Normal Precautions — odatiy ehtiyot çoralariga rioya qiliş. 2-daraja — Exercise Increased Caution — xavfsizlik borasida qöşimça ehtiyotkorlik. 3-daraja — Reconsider Travel — sayohatni qayta körib çiqiş. 4-daraja — Do Not Travel — sayohat qilmaslik tavsiya etiladi. Agar Siz 2027-yilda sayohat qilişni rejalaştirayotgan bölsangiz, xavfsizlik darajasi juda yuqori deb e’tirof etilgan Özbekistonga taşrif buyuring! Sizni mehmondöst yurtimizda mamnuniyat bilan kutib qolamiz! Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
Открыть в TelegramДинамика просмотровСкрыть динамику
Рост просмотров
Часов после публикации
Показать таблицей
| Часов после публикации | Просмотры |
|---|---|
| 0 ч | 0 |
| 1 ч | 279 |
| 2 ч | 439 |
- Через 1 час279
- Всего сейчас439









